« 𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬 »
" Qo’lingdagi to’pponcha donalarideksan, birgina so’zing o’ldirishi mumkin "
- Kim Taehyung
Hayotning eng og'ir pallasida ham o'zimni qo'lga ola bilishimni - qobiliyatim deb bilaman. Yolg'on hayotimdagi eng jirkanch tuyg'u. Bu menga zarar keltirgan holda ham yolg'on gapirmayman. Lekin bobo… siz uchun yolg'on ichiga o'zimni otdim. Siz sabab hammasini chigallashtiraman. Ishonchim komilki o'sha ayolni atayin ajalga itarmagansiz. Ular esa tushunishga harakat ham qilmay sizni yo'q qilishdi. Endi yo'q qilish navbati menga va bu o'yin tugaydi.
- O'ylashimcha bizda ayb yo’q.. Taehyung. - qisqa va o'zini itarish ohangi yangraydi.
- Qanchalik baxtiyor ekanimni so'z bilan ifodalay olmayapman.. agar istasang mehmonxonaga borishimiz mumkin.. bobom bilan qolishni..
- Hechqisi yo'q va hojat ham. Shunchaki ichkariga kiraylik. - qiz negadir ko'zlarini o'zgacha tusda pirpiratgan ko'yi Taehyungdan o'zini olib qochgancha harakat qilyapti. Taehyung buni shunchaki hijolatga yo'ydiyu baxtiyor yuzini yashirmay qizni belidan qo'llarini o'tkazib quchib oldi.
- Xotinjon.. qaytganingdan xursandman endi seni qo'yib yubormayman doim yonimda bo'lasan.
Biz yirtqichlar bilan to'lgan o’rmonda yashayotgan imkonsiz tuyg’ula birlashgan jonzot kabi edik. Imkonsiz. Hammasi.
- Biror nima yeb olishni istamaysanmi? - havotiri ohangida ufurib turgan yigitning qo'llarini qizni o'ng yuzini mayin va ehtiyotkorlik bilan siladi. Qizdan esa hissiz yuz ifodasini olganida qo'llarini pastga tushirdi. Yotoq ustida yonma-yon o'tirgan Raniya va Taehyung og'ir sukunat uzra parvoz qilishadi. Raniya xuddi endi hech qachon gapirmaydigan insondek, Taehyung esa unga qayta so'zlashishni o'rgatmoqda.
- Bilaman bu og'ir, ammo Raniya… sening kuchingni men ko'rganman. Men guvoh bo'lganman. Hayotim davomida hech qachon sendagi kuchni boshqa insonda ko'rmadim, ko'rolmadim. Chin ma'noda haqiqiy kuchli inson qanday bo'lishi kerak ekanini sendan o'rgandim. - gapirishi davomida qizga ko'z tashlab qo'yadi Taehyung biroz bo'lsada undan harakatni umid qilar ekan.
- Nima kutyapsan?
- Xotinimning tabassumini..
Umid uchqunlari yer bilan bitta bo'lgan on Taehyung qizni belidan qo'llarini o’rab olar ekan o'ziga tortib oladi. Hech qanday yo qarshi harakat, yo rozilik alomatini bermagan Raniya Taehyungni oyoqlari ustiga o'tirib qolar ekan eri uni yanayam mahkamroq qo'yniga kirgizib quchadi. Hammasi sokin va izdan chiqish uchun shaydek.
- Nimanidir o'ylayotganingni bilaman..- dedi Taehyung uning qulog'iga pichirlar ekan.
- Qasos olishni istaysan..
Raniyaning yuragi maromidan oshgudek urdi, ko'zlari hissizlik bilan yigitga boqdi.
- Istaganingni qil.. ammo qon to'kma. Bu hayotda hech narsa sening qo'ling qonga belanishiga arzimaydi.
Taehyung gapirishi davomida qizni ustiga chiqib yotqizib oladi. Ikki qo'lini yuqoriga ko'tarib ko'zlariga juda chuqur boqadi. Hammasi yana eski xotiralar kabi avvalgidek, ammo farqi shundaki bu gal hissiyotlar bir taraflama. Yigit.
- Qon to'kishni istasang… buni lablarimda sinab ko'rishing mumkin. - Taehyung jilmaygan ko'yi xotinining lablaridan yoqimli o'pa boshladi.
Pov Raniya : Yana meni aqldan ozdirgan teginishlar. Lablari.. yuragimni haqiqiy davosi. Uni o'pishni istamayman! ammo harakatlarim menga bo'y sunmayotgandek. Yuragim aqlimdan ustun kelyapti, ixtiyorsiz bo'salariga javob qaytaryapman. Qo'llarim jingalak sochlari orasidan o'tib uni qattiqroq bag'rimga tortib olgim kelyapti. Uning ifori meni qaram qilgan. Bir soniya ham uzoqlashishni istamayman. Lekin… lekin to'xtashim kerak! bu imkonsiz!
Kuchayib borayotgan bo'salar Raniya tomonidan bir zumda to'xtadi. Qiz to'k urgandek o'rnidan shoshib turar ekan Taehyungdan uzoqlashdi. Taehyung tushunarsiz holda qoldi, yotog'i ustida hansirab ko'ksiga qo'lini qo'yib nafas chiqarayotgan xotiniga ma'noli uzoq termuldi. Bu Raniya emas, yo'q bu u qiz emas.
- Menga bunday qilma… - yig’lamsiragan tovush yangradi. Taehyung turgan joyida sevgilisiga yalinadi.
- Menga buni ravo ko'rma… endi meni o'pishni istamaysanmi? mendan o'zingni tortib olasanmi? ko'zlaringdan mahrum qilasanmi?
Raniya sochlarini ortga tarar ekan suyanib Taehyungdan yuz o'girdi. Yoshlanib ketgan ko'zlarini yashirish uchun unga qaramaydi.
- Gapirmaysanmi? sevgilim… bo'lgan ishlarda biz aybdor emasmiz.. iltimos menga qara Raniya..
Raniya umuman qaramadi. Bir ikki soniyadan so'ng qizdan yig'i ovozi chiqa boshladi. Taehyung birinchi marta Raniyani bu ahvolda ko'ryapti.
- Qizaloq… seni sevaman. Sevaman! sevaman! sevaman jonimdan ortiq sevaman!!! ayt nima qilay?! seni yaxshi bo'lishing uchun..
- Taehyung… iltimos meni yolg'iz qoldir. Chiqib ket..
Kelganimdan buyon u meni ko'zimga ko'rinmayapti. Xonasidan chiqmasdi. Albatta bu qo'rg'onga shunchaki qaytmadim. Orqamga yashiringan to’pponchani chiqarish vaqti keldi. Qo'limga uni oldim, va orqa hovlida yolg'iz sigaretini tutatib turgan Junhoga oynadan ko'z tashladim. Qo'rg'onda Jimin, Selen, Ina va Kyungja xonimdan boshqa odam yo'q. Taehyung hozirgina chiqib ketdi. Ko'zlarim bobomning qoni bilan berkitib qo'yilgandek, miyam esa o'chib qolgan. Hech narsani his qilmayapman, ongim faqat bir so'zni qaytaradi : " O'ldir! ".
Qurolni o'qlagan ko'yim joyimdan endi siljimoqchi bo'ldim hamki eshik ochilib xonaga Taehyung kirib qoldi. Qo'limda turgan qurol bilan qarshisida aqlsiz qiz kabi turardim. Ko'zlarim atrofi qorayib, ichki sohasi qizil tusga kirgandi. Qasos shunchaki emas, meni butun ongimni egalladi. Ko'zlarim Taehyungni ham ko'rmayapti, quloqlarim esa eshitmayapti. Ortiq bir daqiqa sabr qilishni ham istamayman, bu uy bo'g'ishda davom etadi meni. Endi foydasiz qanday tugashi.
Taehyung qizning qanday maqsadda bu yerga kelganini fahmladiyu ko'zlari og'ir yumib ochildi, nafasi ham. Yurak deb nomlanuvchi bir organida og'riq turdi. Qiz uchun nima qila olsin?
- Bobomni o'ldirmoqchisan.. shundaymi? - dedi yigit.
- Bingo! topding… - telba. Haqiqiy iblisga aylangan Raniya boshini chap tomonga egdida qo'rqinchili tarzda jilmaydi.
- Yo'limga tushsang seni ham o'ldiraman.
Raniya qurolini Taehyung tomon yo'naltirdi. Lablari keng tabassum qilgan, ko'zlari qip-qizil. Nafrat ufurib turibdi.
Pov Taehyung : Qo'lingdagi to'pponcha zarralarideksan… birgina so'zing o'ldirishi mumkin..