July 2, 2025

𝐄𝐯𝐢𝐥 𝐰𝐢𝐥𝐥 𝐩𝐫𝐞𝐯𝐚𝐢𝐥

𝟐𝟖-𝐪𝐢𝐬𝐦

Taklifnoma

- Eski qadrdoningizni kutib olmaysizmi ? - kuladi Yoongi ikki qo'lini keng yoyib. Xonadagi hammaning yuz tuzilishi bir xil edi hayratlanarli ammo jaxl bilan.

- ABLAX !!! - qichqirdi Jin kulib turgan do'stiga jaxl bilan.

- 3 yilga yo'q bo'lib ketib so'ng mana bunday jilmayib kelishini buni - qoshlarini chimirdi Jin ni gapini maqullab Jimin.
- Bu nima ahvol

- Yaaaa tushuntiraman !!! avval ko’rishmaymizmi ? - lab chetida jilmaydi yana bir bor Yoongi. Yuna birdan kulib yubordida o’zini do'stining quchog'iga otdi. Yoongi va Yuna bir-birlarini tabassum qilgancha bag'rilariga bosishar ekan qolganlar ham asta-sekin ularning ortiga navbatga turishdi. Taehyung bir necha kun oldingi bolaning gaplarini esladi ammo uning do'stiga bo'lgan ishonchi yuqoriroq bo'lgani uchun Taehyung boshini yo'q degandek ikki yonga chayqab u ham Yoongining oldiga yaqinlashdi. Hamma bilan birin ketin quchoqlashib ko'rishib chiqqan Yoongi Taehyungga kelganda lablarini keng yoydi. U ko'zlarini do'stidan olib qochib u bilan ham ko'rishdida so'ng yana avvalgi holiga qaytdi.

- Qani o'tir bir boshidan boshlaysan

- Aytarli gap yo'q

- Aytarli gap yo'q deganing nimasi 3 yil avval bir og'iz so'zsiz ketding shu bilan daraging yo'q Yoongi - dedi hayron bo'lgan Namjoon.

- Hammasi juda chalkash edi, menga Londonda ish taklif qilishgan edi bilasiz o'sha vaqtlari pulga muhtoj vaqtim bo'lgan. Rozi bo'ldim va ketdim meni qaytish niyatim bo'lmagani uchun hech kimga xabar bermay ketdim bu uchun uzr so'rayman

- Sen shuncha vaqt Londondamiding ? - so'radi Taehyung Yoongiga jiddiy qiyofa bilan qarab. Yoongi Taehyungga doim boshqacha nigohda qarayotgani shubhali edi.

- Men ishladim

- Xo'sh qanday yutuqlarga erishding ? - vaziyatni qo'liga oldi Hoseok.

- Biznes sohasida asosan ko'p yutuqlarga erishdim Londonda va Koreyada o'z biznesimni yo'lga qo'ydim

- Oh demak shartnoma tuzar ekanmizda - kuldi Jin.
- Albatta qarshiligim yo'q - qo'shildi Taehyung.

- O'zim ham o'ylagandim bu yerga kelishdan avval shu haqida - dedi Yoongi.

- Bu haqida unda qachondir yana gaplashamiz

- Ha kelishimda qulog'imga chalindi… kimningdir to'yi bo'lyabdimi ? - so'radi Yoongi.

- Aytsam ishonmaysan bizning Taehyung uylanyabdi !
Yunaning gapini eshitishi bilan hayratdan Taehyungga qaragan Yoongi qarshisida do'stining mayus yuzini ko'rishi bilan gap nimada ekanini darhol payqadi.
- T..tabriklayman - deb qo'ya qoldi Yoongi mavzuni chuqurlashtirmay. Taehyung javoban rahmat degandek bosh irg'adi.

- Mayli m..men ketishim kerak - deya o'rnidan turdi Yoongi.

- Yana kelasanmi ?! - so'radi Yuna

- Albatta

Yoongi hammaga qo'l siltab xonadan chiqib ketdi. U xonadan chiqishi bilan mayus tortar ekan ko'ylagining chetiga bilintirmay o'rnatgan eshitish moslamasini olib uni o'chirdi.

Yoongi Pov :

- Yana bir bor qiynalar ekansan…

Yoongi alamli tabassum qilib kompaniyadan chiqib ketdi.

𝐘𝐨𝐨𝐧𝐠𝐢

***

Butun kompaniyaga tarqalgan xabar hammani hayratga soldi. Prezidentning to'y kuni aniqlandi. O'zining to'y kunini eshitgan Inok hayajondan titrab ketdi. Xuddi ertaklardagi baxtdek tuyilardi unga o'zining to'yi. Keyingi hafta 21-sentyabr kuni.
***
- Kim Taehyung va Lee Inok xonimning nikohi haqidagi taklifnoma sizga yuborildi xonim - gaplarini qizga zo'rga aytgan yordamchi unga achinish ko'zlari bilan qarab qolaverdi. Jennie hech qanday harakatsiz sukunat ila taklifnomani qo'liga oldi.

- Ketaver…

- X..onim tuzukmisiz ?
- Ketaver dedim…

Yordamchi ilojsiz tazim qilib xonadan chiqib ketdi. Ko'zlarini taklifnomadan uza olmayotgan qiz yozuvlar ustiga qo'llarini yugurtirdi.

𝑻𝐀𝐊𝐋𝐈𝐅𝐍𝐎𝐌𝐀

~ Hurmatli Kim Jennie !

Biz uchun unutilmas bo‘lishi kutilayotgan ushbu go‘zal kunda

Kim Taehyung va Lee Inok

o‘zlarining aziz oilalari bilan birgalikda o'zlarining bazmlariga sizni chin dildan taklif qiladilar.

💍 Muhabbat ila boshlangan yo‘l, bugun yangi bir sahifaga aylanmoqda…

📅 Yakshanba kuni, soat 18:00

📍 Kim xonadonida

Sizning tashrifingiz biz uchun katta baxt va sharaf bo‘lur.

Hurmat va ehtirom bilan, “Kim” oilasi.

Qo'lidagi taklifnomani yerga tushurib yuborgan qiz pastga uni olish uchun egildiyu ammo o'zini yo'qotib qo'ygani bois yerga yiqilib tushdi. Ichidan chiqara olmayotgan ko'z yoshlarini mana endi chiqarib yuborgan Jennie ovoz chiqarib yig'lab yubordi.

𝐉𝐞𝐧𝐧𝐢𝐞

***

Xonasini ag'dar to’ntar qilib tashlagan yana bir qiz sochlarini changallagancha xonaning qoq markazida yerda o'tirardi. Ko'zlarining yig'i va jaxldan qizarib ketgan tomirlari ko'rinib turadi. Qo'llari bilan sochlarini siqib joniga azob beradi. Yuragi o'rtanib ketayotgani bois hech bir so'z demaydi shunchaki sukut saqlashni maq'ul deb biladi. Hammasi tugamoqda. Ortiq hech kimning qo'lidan hech narsa kelmaydi. U uylanyabdi…

𝐒𝐞𝐫𝐚

***

Uyiga og'ir qadamlari bilan kirib kelgan Yoongi to'g'ri xonasining yonidagi ikkinchi xonaga kirmoqchi bo'ldi ammo uni bir inson to'xtatdi.

- Keragi yo'q aka - dedi qiz akasini o'z yoniga chorlab. Yoongi ho'rsindida singlisining yoniga kelib o'tirdi.
- Taehyungning to'yiga biz ham boramizmi ?
- Ha bizga ham taklifnoma jo'natildi ular seni ham sog'inishgani aniq - tabassum qildi Yoongi singlisining sochlaridan mayin silab.

- Oradan qancha vaqt o'tdi

- O'zimni yomon his qilyabman u yana qiynaladimi ? - mayus singlisiga qaradi Yoongi.

- Ahvoli…

- Qanday ?

- Birinchi marta eshitgandagi holatini ko'rganingizda edi… - dedi qiz alamli lablarini tishlab. Yoongi boshini egib hafsala bilan og'ir nafas chiqardi.

- Seva…

- Aka

- To'yga tayyorlan - Yoongi kuldi Seva ham.
- Mensiz to'y to'y bo'lmasligi aniq

- Sen avval bolalar bilan ko'rish !
- Ertaga kompaniyaga borasizmi ? siz bilan birga boraman

- Yaxshi

- Aka hissiyotlaringiz qanday bo'ldi ?! 3 yildan buyon ularni ko'rmadim o'zimni qanday tutishni bilmayabman Taehyung, Yuna, Jimin, Jin, Namjoon, Hoseok, Ara… hammalari o'zgarib ketishgandir - zavq bilan so'raydi Seva akasini yelkasidan siltab.

- Heeey bas qil boshim aylanib ketdi. Hammasi o'zgargan lekin hali ham o’sha-o'sha - dedi Yoongi boshini ushlab.

- Nima degani bu ? hammasi o'zgargan lekin o'sha-o'sha ?

- Ayshsh Seva charchaganman boraqol xonangga

- Yalqov ! - deb o'rnidan turgan Seva akasiga yostiq otdida xonasiga kirib ketdi.

𝐒𝐞𝐯𝐚

***

Ish vaqti tugashi bilan kechki ovqat uchun Seuldagi eng yaxshi restaurantga kelgan Inok va Taehyung bir-birlariga qanday munosabatda bo'lishni bilishmas shunchaki orada ko'zlari to'qnashib qolar edi.
- Bu yerga o'tiramiz - deb Taehyung Inok uchun stulni ortga surib berib qizni o'tkizdi. Inok hayajondan qaltirar harakatlari tartibsizligidan uyalardi. Taehyung esa unga qanday gapirishni hali ham bilmay hunob bo'layotgandi.

- A… bizga qarab yuboring - deb ofitsiantni chaqirdi Taehyung. O'zlariga buyurishlari kerak bo'lgan taomlarni buyurgan juftlik ofitsiant ketishi bilan bir-birilariga qaradilaru noqulaylikdan ko'zlarini olib qochishdi.

- H..aligi kelganing uchun minnatdorman - deb sukunatga nuqta qo'ydi Taehyung. Inok mayin tabassum bilan bosh chayqadi. Uning hayajonlanganidan qo'llarini stol tagida qayiltirayotganini xatto Taehyung sezayotgan edi.

- Avvalambor… rahmat aytmoqchiman hayotimga kirib kelganing uchun… - Taehyung qizga qaradi. Inok yigitning so'zlarini tinglar ekan ko’zlaridan asta-sekin yosh tomchilay boshladi.

- Unutmagan insonim borligini bila turib menga turmushga chiqishga rozi bo'lding… Meni baxtli qilish uchun. O'zimni o'ylamayman muhimi seni baxtli qilish uchun qo'limdan kelganini qilaman. Sen endi Lee Inok emas… Kim Inoksan. Sevish uchun va'da bermayman Inok… ammo baxtli qilaman.

Inok yuzidan oqib tushayotgan yoshlarini artib o'zini xursanddek ko'rsatish uchun majburan jilmaydi.

- Janob… sizni sevganim uchun rozi bo'ldim nega rahmat deysiz ? men bu uchun qilmadim hech birini hatto rahmat aytadigan ishga qo'l urmadim. O'zingiz haqingizda o’ylang qaysi yo'lda baxtli bo'lsangiz o'sha yo'ldan yuring

- Hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman - dedi Taehyung. Inok hech qanday javobsiz kulib qo'ydiyu miyasiga kelgan fikrdan o'rnidan sakrab turdi.

- Nima bo'ldi ?
- Janob turing ketamiz… - deya Inok Taehyungni qo'lidan ushlab turgiza boshladi.

- Lekin qayerga hali kechlik qilmadik

- Sevgan insoningiz oldiga

- Nima ? - hayron bo'ldi Taehyung.

- Qabristonga boramizmi ? - Inok mayus achinish ohangi bilan shunday dediyu Taehyungni kuzata boshladi. Taehyung " Qabriston " so'zini eshitishi bilan jimib qoldi. Hech qanday qarshiliksiz bosh irg'ab ular restaurantdan chiqib ketishdi.
***

𝐈𝐧𝐨𝐤

***
Mashina qabriston oldida sekinlik bilan to'xtaydi. Tun bo'lgani bois atrof zulmatga cho'kkan. Sevgan insoni mana shu zulmatda qolib ketganini o'ylab yig'lab yuboray deyotgan Taehyung qabristonga bir muddat qarab qoldi. Inok Taehyungning yuz ifodasini ko'z uzmay kuzatar haqiqiy sevgi timsolida uni ko'rayotgan edi.
- Kiramizmi ? - tabassum qilib ichkariga ishora qildi qiz. Taehyung bosh irg'ab ichkariga kirmoqchi bo'lganida Inok uning qo'lidan tutib oldi. Har bir qizning ichida " Rashk " tuyg'usi mavjud. Inok Taehyungni xatto o'lgan bo'lsa ham Namradan rashk qildi shu bois uning qo'lidan tutib kirishni istadi. Taehyung hech qanday gap gapirmadi chunki uning ko'ngliga hozir hech narsa sig'masdi. U ko'zlarini qabristondan uzmagan holda ichkariga kirdi va o'zi sevgan o'sha insonining qabri tomon yura boshladi. Oyoqlari qaltirayotgan sog'ingani bois yuragi tartibsiz urayotgan Taehyungning yuziga yosh quyilib tusha boshladi. Uning har bir oqib tushayotgan yoshlarini kuzatib ketayotgan Inok qanchalar azoblanayotganini o'zi bilayotgandi. Sevgan insoni boshqa bir qiz uchun ko'z yosh to'kayotgani Inokning qalbini sindirardi. Vanihoyat o'zi ko'rishni istagan qabrga yetib kelgan Taehyung qabrdagi qizning ismini ko'rishi bilan battar ovoz chiqarib yig'lab yubordiyu Inokning qo'lini darhol qo'yib yubordi. Qo'yib yuborilgan qo'liga qarab qolgan Inok yoshlanib ketayotgan ko'zini bir ikki yumdiyu o'zini chalg'itishga urindi.

- Iltimos yig'lamang… - dedi qiz ammo Taehyung yig'lashdan to'xtamasdi. Inok uni qanday chalg'itishni bilmagani bois darrov qabrning oldiga yaqinlashib gapira boshladi.

- Hoy qiz !!! - deb do'q qildi Inok yig'i aralash Namraning qabridan ko'z uzmay.

- SENGA GAPIRYABMAN !!! - yana bir bor baqirdi Inok.
- QARA UNI YIG'LATYABSAN ! SEN SABAB YIG'LAYABDI NEGA KETIB QOLDING… - dedi Inok. Taehyung yuzini chetga qaratdida so'ng u ham Inokning ortiga turib pastga tiz cho'kib o'tirib oldi.
- Seni yomon ko’raman ! chunki janob seni deb yig'laydi… - deb Inok yerdagi tuproqni qo'llari bilan siqib tashlab yubordi. Alamdan har nimaga qo'l urib ko’rgan, Taehyungni chalg'itish uchun har nima deyayotgan Inok chuqur ho'rsinib qo'ydi.

- Janob ketaylik… - oxiri u chiday olmay ketishni taklif qildi. Bu manzarani ko'rishga hech kimning bardoshi uzoqqa yetmaydi.
- Seni sevaman… meni kechir qizaloq men yana kelaman - shu so'zlarni aytib o'rnidan turgan Taehyung qabristondan chiqquniga qadar qabrdan ko'zlarini uzolmay ketdi.

28-qism tugadi