« 𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬 »
" Inson sevishni o‘rgangan zahoti o‘limdan qo‘rqishni unutadi, chunki chin sevgi hayotni ham, o‘limni ham bir xil ma’noga ega qiladi. "
- Fyodor
Umuman olganda sening qo'lingda o'lim topsamgina taqdirimdan roziman. Marhamat.
- Bunday qilma. - yigitning qo'llari hotirjamlik bilan pastga tushirildi. O’ziga qaratilib turgan to'pponchadan zarracha qo'rqish hissi yo'q. Aksincha qiziqish degan tushuncha bor. Uning lablari asta jilmaydi. Xo'sh xotini uni ota oladimi? yo yo'q?
- Avvaliga o'z nabiralariga, keyin esa menga, so'ng bobom! - to'pponchani jaxl bilan siqadi qiz, o'zini zo'rg'a bosib turar ekan. Asabiylashganida uning qo'llari titraydi, lablarini esa jaxl bilan tishlab turadi. Raniyaning bir qo'li shunchaki havoda muallaq turadi, ikkinchisi esa Taehyungga o'qtalgan to'pponchani siqib otish uchun shay ushlab turibdi.
- U onam uchun qildi..
- Bobong va men biladigan haqiqat bor Taehyung! meni bobom buni atayin qilmagan!!! SEN VA SENING OILANG UNI O'LDIRISHGA HAQQINGIZ YO'Q EDI!!! - tomog'idan og'riq bilan chiqqan so'zlari sabab ko'zlari yoshlangan qiz yigitga baqirdi.
- Va agar sen haq bo'lmagan taqdiringda ham men sen tarafda bo'lgan bo'lar edim.. - davom etadi Taehyung qizga nisbatan ufurib turgan muhabbati uchun tabassum qilar ekan.
Raniya uni hech qanday tovushsiz tinglaydi. Bor vujudi bilan, chunki uning ko'zlari… Qizga qanday qarayotganini tasvirlash qiyin. Tinch okeani - tubidan ziyod chuqur. Eng muhimi undan muhabbatga sar-mast bo'lgan inson ifori kelmoqda.
- Xatto begunoh insonlar qoniga dunyoni cho'ktirganingda ham farishta - deb atay oladigan darajada sevdim. Istagan insoningni o'ldir, yo'q qil! men seni… butun dunyoga yomonlik qilgan taqdiringda ham himoya qilaman. - sukut. Chuqur olingan nafas, Raniyaning nafrat sabab chiqayotgan ko'z yoshlari va Taehyung yana davom etadi.
- Ammo bu o'zing uchun. Zarracha o'zimni yoki bobomni o'ylamadim… Sening hislaringga tayangan holda aytaman. Ular ablax bo'lsin.. ular qotil bo'lsin, ular bobongni o'ldirdi. Ammo sen.. ular kabi bo'lma. Bundan naf yo'q.. faqatgina afsus qoladi.
So'zlar to'pponchalikka ta'sir qilgandek. Bir zum to'xtadi. Nega tuyg'ular barini so'nggi lahzada chalkashtiradi. Bu adolatsizlik. To'xtashni istaysan ammo ich etingda bir nafrat hissing, sen bilan yakunlanmagan ish tugallanmadi - degan ko'yda qichqiradi. Davom etmoqchisan.. ammo keyin nima bo'lishini tasavvuringa sig'dira olmaysan. Ha biz shunday ojizmiz.
- Yo'limdan qoch! - Raniya bo’shashgan chog'ida yana aqliga signal kelgandek sergaklashdi. Va avvalgidan battar jur'atda.
- O'ldir bobomni emas! Meni!!!
- SENGA QOCH DEDIM!!
- Raniya… agar bobomni o'ldirsang - qotilga aylanasan.. men esa bunga ruxsat beryapman. Sen ularga o'xshama. Qon to'kishni istaysanmi? qarshingda turipman bobomni yoniga qo'yolmayman seni. - Taehyung qat'iy idroki bilan gapirardi. Hech qanday qo'rquvsiz.
Raniya mazaxona kuldi. Kulgu ovozi xonani qamrab oldi. Oppoq yuz qoramtir kiprik bo'yoqlariga bejalgan, lablardagi qizil bo'yoq esa rangini yaxshi ko'rsatib turibdi. Yig'i sabab ko'zlar tagi qoramtir bo'yoq bilan chalkashib bu sahnaga o'z ko'rkini qo'shib turganga o'xshaydi. Xona tartibli, qizning ustida qora koja, qo'liga mahorat bilan surtilgan qora tirnoq bo'yog'i, o'ziga o'xshash qop-qora to'pponchaga qorishgan. Hammasi qora tusda. Ammo shu qora zulmatda nur sochib turgan - Taehyungning oltin rangli sochlari. Raniyani birinchi kunni o'zida e'tiborini tortgan sochlar.
- Meni qilolmaydi deb o'ylayapsanmi?
- Qasosga qul emasligingga ishonyapman xolos..
Qiz bosh chayqadi.
- Bugun seni ham bobong o'ladi! o'sha qari iflos!!! - qiz oldinga tisarildi. Taehyungning yonidan o'tib ketmoqchi bo'ladi ammo yigit uni yo'lini to'sdi. Eshik oldida hali ham bobosini himoyasi ostiga qo'yarkan.
- QOCH DEYAPMAN!!! MENI MAJBUR QILMA!!
- YO'L QO'YMAYMAN!!! SENI HAM BOSHQALARNI HAM HAYOTINI BARBOD QILISHINGGA!!
- TAEHYUNG QOCH!!
- YO'Q!
- QOCH!!!… QOCH DEDIMMMM!!!!
Tinchlik. Ammo tasodifan yangragan o'q ovozidan so'ng. Birgina o'q ovozi hamma baqir-chaqir ovozlar yo'qolishiga sabab bo'ldi. Bu vaqtda qo'rg'ondan allaqachon Jin va Kim Junho ish masalasida chiqib ketishgandi. Faqatgina Jimin, Ina va Selen. Balki ular eshitgandir. Lekin eng muhimi bu o'q qayerga tegdi? yoki kimga…
Hech qachon u to'pponchadan o'q uzganda titroqni yoki qo'rquvni his qilmagan edi. Lekin bugun bu o'q otilishi o'zgacha bo'ldi. Titragan qo'llari qurolni yerga tashladi. Yoshlanib ketgan ko’zlar qarshisida ko'ksi qonga belanib yerga holsiz yiqilgan tanani ko'rib qotib qoldi. Na nima qilishni, na biror nima deyishni biladi. Ha Raniya qila oldi. Taehyungga o'q uza oldi. Lekin keyin bu endi aqliga emas yuragiga signal bilan yetib keldi. Birgina savol. Nima qilib qo'ydim?
Taehyung avval yerga tiz cho'kkan ko'yi o'tirdi. Keyin esa boshini ko'tarib qizga qaradi. Va :
- .. B..bu se..ning aybing e..mas. Yig'..yig'lama.. - dedi u. Raniyaning ko'zlaridan to'xtovsiz yosh oqmoqda.
- Xotinjon.. - Taehyung kuldi. Yelkasi tomon, ammo ko'ksiga yaqin tekkan o'q izini g'ijimlab ushlab turar ekan :
- Men… seni.. sevaman.. - dedi va xushini yo’qotdi. Tana yerga bor og'irligi bilan yiqildi. Raniya endi nima qilib qo'yganini anglaydi. U sekinlik bilan Taehyungning yoniga o'tirdi, va sochlarini silaydi.
- T..Taehyung.. ? hoy.. uyg'on.. Taehyung!!
O'q ovozi sabab bu hovlidan yoki ichkaridan kelganini bilolmagan Jimin Selen va Ina bilan yo'lakka chiqishdi. Atrofni ko'zdan kechirishdi, hammayoq tinch. Faqatgina Raniya va Taehyungning xonasidan yig'i tovushi kelmoqda. Jimin sekinlik bilan bordida eshikni taqirlatdi.
- Raniya.. Taehyung! sizda hammasi joyidami?
Ichkarida Raniyaning yig'i aralash ovozi kuchli ohangda yangradi. Afsus, azob va nadomat bilan.
- Jimin.. JIMIN TEZROQ KELING.. UNI O'LDIRIB QO'YDIM!!!