January 14

Samolardan balandda

" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare

1998-yil | Koreya.
Xo'sh… to'laqonli ma'noga ega emas hayotimning hikoyasini aynan qaysi so'z bilan boshlasam bo'ladi? Bu tashqi tomondan qiziqarsiz deb ta'riflanadi. Qaniydi chindan ham qiziqarsiz, ma'noga ega emas bo'lsa. Yoki men o'zimni tanqid qilaverishim oqibatida hayotim mana shunday be ma'no ko'rinadimi? Yo'q… chunki u chindan ham ma'nosiz. Ayni damda 17 qavatli bino tomidan pastga qarab turibman. Nima qilay o'zimni pastga tashlaymi? Shunda hammasi oson yakun topadi deb o'ylayapmanmi? Umuman olganda men jonimga qasd qilish uchun bu yerga kelmadim. Bu yerdan osmon juda chiroyli va yetuk ko'rinadi. Hayotimda jamiiyki hodisalar yuz berdi deguncha shu makonimda hoziru-nozirman. Ha to'g'ri tahmin qildingiz! Ayni vaqtda menda yana bir meni shu yerga kelishimga undaydigan sabab paydo bo’ldi. Bugun onam turmushga chiqti, bu galgi eri uning uchinchi eri. Birinchisi dadam - men uni xatto eslay olmayman, u erta olamdan o'tgan. Ko'p o'tmay onam boshqa bir erkakka turmushga chiqti, u bilan 13-yil birga yashashdi. Bu vaqt mobaynida men ham ulg’aydim. O'gay otamni yaxshi odam bo'lgan deb aytolmayman, biz ko'p gaplashmasdik. Avvaliga uni ishlari yaxshi ketdi, onamga ko'p pul berib turardi, keyinchalik esa hammasi o'zgardi. Meni onam uchun puldan muhimroq narsa yo'q bu dunyoda. Shunday qilib pulsiz qolgan o'gay otam bilan onam ajrashishdi. Va bugun yana u turmushga chiqyapti. U o'zining yangi erining uyiga ko'chib o'tdi, men esa kichkina bino ichidagi uyimizda bir o'zim qoldim. Bu menga bir tomondan yoqti, o’z hislaring bilan yolg'iz qolish degan baxtni hamma ham tushunavermaydi.
- Yana qancha o'sha yerda turmoqchisan? - ortimdan ovoz keladi. Hayollarim og'ushidan chiqib pastga tushdim. Toza havodan nafas oldimda so'nggi bor tepadan pastga qarab so'ng ortimga o'girildim.
- Ancha yaxshimisan? - so'radi dugonam mendan havotir olar ekan sinchiklab tikildi. Ba'zida shunday holga kelib qolamanki oddiy so'zlashish ham qiyinlik qiladi. Hozir esa faqatgina boshimni irg'ab jilmaydim.
- Bugun senikida qolaman bir o'zing qolma.
- Sog' bo'l Jinri, sensiz nima qilardim.

Dugonam ikkimiz kayfiyatimizni ko'tarish uchun Seulning har bir burchagiga borib chiqtik. Tun bo'lishiga qaramay ko'chalar yorug' va odam kam edi. Hayot kutilmagan tasodiflarga boy shunday emasmi? O'z-o'zidan hayotimiz tubdan o'zgarib ketadi, xatto o'zimiz anglay olmay qolamiz. Balki bugundan boshlangandir.. yoki hali vaqt bo'lmadi. Mening hayotimning boshlanish sarlavhasiga.
- Uyda menga ramyon tayyorlab berasan. - deydi dugonam meni kuldirishga urinar ekan. Chunonan o'zim uchun bo'lmasada u uchun kulishga urindim.
- Yordamlashasanmi?
- Mm.. evaziga nima olaman?
- O'zing uchun ramyonda yana nima bo’lishi mumkin? - dugonam qo'limdan mahkam quchoqlab olgancha yo'lda davom etdi. Ketayotgan ko'chalarimiz borgan sari qorong'ulashib ketayotgandek tuyula boshladi. Men Jinrini qo'lidan mahkamroq ushladim. To'g'ri Seul xavfsiz shahar ammo to'satdan nima sodir bo'lishini kim ham bilibdi deysiz.
- Endi uyingga tez-tez kelib turaman.
- Yo'q demasdim, har holda endi bir o'zimman. - biz deyarli uyga yetib qoldik.
- Gaplashishni istamaysanmi? - Jinri yurayotgan joyida to'xtab menga qarab turib oldi. Ayni damda kimnidir quchgancha yig'lashni juda istayapman. Ba'zan sabab bor bo'ladi, ba'zan esa sababsiz yig'lashni istayman. Ammo hozir nima his etayotganim noma'lum edi.
- Nima deyishimni kutyapsan? - dedim o'zimni chinakam ahmoqona tutgancha.
- Rani, men seni tushunaman, doim tushunganman. Oying bilan bo'lgan voqealar… - u gapini yakunlamasidan men o'zim Jinrini to'xtatdim. Chunki bu umuman hozir meni qiziqtirmasdi.
- Jinri, qasam ichaman bu meni umuman tashvishga solmayapti. Aksincha xursandman!

Chindan xursandman, savsata emas. Onamning kurakda turmas so'zlarini endi eshitmasligimdan mamnunman.
- Aminmisan?
- Mutlaqo. - Umuman olganda Jinrining ham ota-onasi ajrashishgan. Nega bu dunyoda ota-onalar farzandlari haqida umuman tashvishga tushishmaydi? agar bizning taqdirimiz, his-tuyg'ularimiz ularga muhim bo'lmasa nima uchun biz ularga farzandmiz? Yoki boshqalarning hayoti bunday emasmi? Jinri ikkimiz bir universitetda o'qiganmiz shundan buyon u mening qalin dugonam. Uning oilasi yo'q, deyarli mendek holatda. Ikkimiz ham bir-birimizdan bo'lak hech kimga kerak emasmiz. Shu sababdir uni mendan, meni undan boshqa tushunadigan odam yo'q. Bir kun kelib hayotim tubdan o'zgarib ketishini xohlayman. Men hech qachon " Sevgi " - deb atalmish tuyg'uni his qilmaganman. Aniqrog'i maktab vaqtlarimda bir yigitni sevardim, ammo bu bolalik edi. Haqiqiy sevgi - esa umuman boshqacha bo'ladi deb o'ylayman… Yo'q be'manilik o'ylashimcha sevgi yo'q narsa. Bunga ishon…
- Ahhh..! jin ursin..!!! - Jinri ikkimiz baravariga so'kingancha yerga yiqilib tushdik. Soniyalar ichida yonimizdan bir qancha qora mashinalar yashin tezligida uchib ketishdi. Xatto ko’z ilg'ay olmas tezlikda, odamlarni urib yuborish mumkinligi haqida ham o'ylashmaydi. Agar Jinri meni tortib qolmaganida aniq asfala sofinga ravona bo'lardim.
- Ahmoq! tentaklar! o’ldirib qo'yardingiz! *** - allaqachon ko'zdan g'oyib bo'lgan mashinalar ortidan so'kinishdan to'xtamay qichqirayotgan Jinri yuzini burishtirgan ko'yi meni yotgan joyimdan turgazib qo'ydi. Qo'lim biroz shilinibdi, uni esa oyog'i.
- Bular kim bo'ldi?
- Kim bo'lardi, bir to'da olifta yigitlardirda. - javob berdi dugonam.
Ikkimiz bir-birimizni qo'ltiqlagancha uyga tezroq kirib ketdik. Yo'qsa yana bir baloga yo’liqmasak bo'lgani.

Men oyim bilan 17 qavatlik binoning 8 chi qavatida yashardim. Endi bu uyga bir o'zim kirmoqdaman, albatta Jinri bilan. Xuddi yolg'iz qoldirilgan ikki yosh go'dakdek his qilyapman o'zimni va dugonamni. Qizig'i u ham mensiz yolg'iz qoladi, men ham usiz.
- Amringizga muntazirman Raniya xonim. - Jinri ikkita ramyonni qo'lida ko'tarib ko'z-ko'z qilar ekan, lablarim o'z-o'zidan keng yoyildi.
- Menga achchig'i.
- Yaxshi, tezda tayyor bo'ladi. Sen bor kiyimlaringni almashtirib chiq.
Uni oshxonada yolg'iz qoldirib o'zim xonamga kirdim. Sukunat hukm surayotgan xonam unchalik katta emas, o'z olamimdan kelib chiqqan holda to'ldirganman. Yotog'im ustidagi yumshoq o'yinchoqlar, devorga ilingan sevimli yulduzlarim sur'atlari, va kichik deraza. Miyamga urilgan hayol sabab negadir yuragimdan allaqanday his o'tib ketdi. Bu qo'rquvmidi? yoki boshqa.. Bilmayman ammo derazam oldiga yugurdimda boshimni oynadan chiqarib uzun va zulmatga botgan ko'chaga qarab qoldim. Nega bunday qildim hayronman. Sal avval men va Jinrini asfala sofinga yubormoqchi bo'lgan mashina allaqachon ketib bo'lgan, balki ko'rinib qolar deb o'yladim menimcha. Chuchvarani hom sanagan ekanman. Oddiygina olifta yigitlarni poygasidirda. Seulda ayniqsa biz yashaydigan joyda bundaylar son mingta.
- Hoy yana hayol suryapsanmi?! - ortimdan Jinrining norozi ohangi keldi. Shunda ahmoqona hayollarimdan qutildim.
- A.. men haligi..
- Tezroq chiq, hammasini qoyillatdim.
- Yaxshi.. chiqyapman.
Yana tun qoplagan ovloq ko’chaga so'nggi marta razm solib Jinrining ortidan ketdim.

Agar bo'layotgan voqealiklardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam.. kim ham o'ylabdi deysiz. Oddiygina kichik tutashuv yoki boshqa voqea sabab hayotimizning aslida eng muhim pallasi boshlanar ekan. Demak mening 25 yillik hayotim aslida eng muhim pallam bo'lmagan ekanda. Agar hayot biz bilan o'yin o'ynamoqchi bo'lsachi? Bunda bizning aybimiz bormi? Shunchaki qo'g'irchoq bo'lishdan boshqa nimadir qila olarmikinmiz? Asli bizning hayotimiz kattakon qizil devorlarga burkangan - teatr. Atrofimizdagi jamiiyki insonlar esa o'sha teatrda ro'l ijro etayotgan mohirona - aktyorlar.

Seulning eng qorong'u ko'chasi deb atalmish - Euljiro ko’chalaridan o'tayotgan uch, to'rtta mashinalar eng yuqori tezlikda ketishardi. Birinchida ketayotgan mashina rusumi qora - Daewoo Espero, tezlik va kichik tomchilayotgan yomg'ir sabab kirlanib qolgan, ammo juda tez haydalayotgandi. Aniq qilib ko'rsatilganda birinchidagi mashina ortidagi uchta mashinadan qochmoqda. Daewoodagi mashina ortidagi mashina rangi qora, ichidagi odamni tashqaridan ko'rish imkonsiz. Xatto zulmatda ham yarqirab turardi, rusumi aniqki Mercedes-Benz S-Class W140, raqami - 777. Mashinalar Euljirodan so'ng uning janubida keladigan Toegyero ko'chasiga kirib qolishdi. Ulardan biri ham taslim bo'lishni tasavvur qilolmasdi. Oddiygina qarorning o'zi ham daxshatli oqibatlarga olib kelish mumkin. Daewoodagi odam ro'parasidan kelayotgan ikki qizning sharofati bilan oldimlab o'tib keta oldi. Tabiiyki ikki qizni urib yuboray degan ko'yida. Ammo oxir oqibat yo'lning oxiri devor bilan to'sib qo'yilgani, 1-hafta avval Toegyero ko'chasida qotillik yuz bergani va aynan o'sha makonni o'rab o'tish yo'lini to'sib qo'yishganidan Daewoo mashinasini haydab ketayotgan kimsaning xabari yo'q edi. Nam asfaltni yedirib yuborgudek bo'lib to'xtagan mashinaga soniyalar ichida to'xtovsiz o’qlar uchib keldi. Mashina ichidagi odam eshikni bazo'r ochib o'q tekkan qo'lini mahkam siqdi. Qon nam asfalt ustiga tomchilay boshladi. Uni ustiga neon chiroqlar xuddi qon rangiday usiz ham aks etib turibdi, atrofda ulardan boshqa hech kim yo'q. Haligi kimsa tutilishdan boshqa chorasi yo'qligini anglab ortiq harakatga tushmadi. Buni sezgan dushmanlari birin-ketin mashinadan tushishdi.
- Nega to'xtab qolding Raon.. - sovuq tovush. Butunlay qora rangga burkangan kimsa va uning odamlari yaralanganini oldiga sekinlik bilan o'yin o'ynayotgandek yaqinlashishmoqda. Qo'lidagi qonni siqib o'tirgan yigitning ko'zlari o'zining yonginasiga kelib to'xtagan bir juft qora qimmatbaho tufliga tushdi. Shu on hayoti poyoniga yetib kelganini angladiyu, aqli tan olsada, yuragi qo'rquv sabab fikr yurita olmasti.
- A..axir men.. hech narsa qilmadim! - tilga kirdi yigitcha. Yuqoridagi odamning yoniga yana biri kelib turdi. Ikkisini ham yuzini qorong'uda yaxshi ko'rish mushkul kechdi.
- Ammo keyinchalik qilishing mumkin.. - yuqoridan javob keldi.
- Janob.. janob iltimos! qasam ichaman bunday niyatim yo'q! hech kimni sotmoqchi emasman.. onam haqqi qasam i..ichaman… janob..!
- Bechora onangni tinch qo'y.. onang allaqachon samoga ravona bo'lganini ikkimiz ham yaxshi bilamiz. - mazax qildi yuqoridagi.
- Men.. men shunchaki bu ishlarimni to'xtatmoqchi edim holos.. o'yindan chiqmoqchi edim. Chin so'zim sizga sotqinlik qilish xatto hayolimga kelmadi..
- Nima uchun to'satdan…? anavi qizni debmi? - u egilib Raonga yaqinroq keldi.
- Ja..janob men shunchaki sevib qoldim.. va o'z oilamni, bundan keyingi hayotimni tinch va farovonlikda o'tkazishni istadim.
- Siz buni eshitdingizmi janob.. sevib qolganmish. - yigitlardan birining mazaxona tovushi keldi va baravar hamma kula boshladi. Raon deganlari ko'zlaridan tomayotgan yoshni artib lablarini bir-biriga qattiq bosdi.
- Yetarli! - kulayotgan yigitlarni to'xtatdi boshqa biri. Bo'yi novchadan kelgan, ko'zlari biroz qisiq, lablari qirmizi va oriqqina yigitga bu unchalik ham kulgili tuyilmadi. Hamma yana baravariga jim bo'ldi.
- Bizni sotmasligingga qanday kafolat bera olasan Raon? - o'sha yigit mana endi o'zi tilga kirdi.
- Ja..janob Jimin.. siz meni yaxshi bilasiz!
- Ammo meni seni kafilligingni olib boshimni baloga solib qo'yish niyatim yo'q. - sovuq javob berdi yigit.

- Janob.. menga ishoning..! - Raon yalinishiga qaramay belidagi to'pponchani sekinlik bilan chiqarayotgan Jimin qurolni tiz cho'kib yalinishdan to'xtamayotgan yigitchaga yo'naltirdi. Qop-qora to'pponcha tepkisiga yetib kelgan barmoqlar soniya uzra umuman qimirlamadi.
- Janob..! iltimos!! janob yolvoraman!!! Axir men shunchaki sevib qoldim!! Faqat o'yindan chiqmoqchi edim xolos!! Senlarda ham yurak borku axir! bir kun siz ham sevib qolsangiz meni tushunasiz! - yig'laydi Raon dod solar ekan. Jimin ko'z o'ngida umuman begunoh bo'lgan, shunchaki aybi - sevib qolgani va sevgisi uchun qing'ir ishlarini yakunlashga harakat qilib aybdorga chiqqani sabab qaltirayotgan yigitni otolmay hunob bo'la yozdi.
- Janob!!! o'tinib so'rayman.. o'ldirmang… yolvoraman, iltimos janob… JANOB KIM DAMRYEONG!! YOLVO…. - boshqa tarafdan o'q otildi. Jiminning oppoq yuziga sachragan qip-qizil qon Raonniki edi. Yigitcha peshonasidan otildi va tanasi yerga yiqildi. Chuqur hafsala bilan nafas chiqargan Jimin yon tomoniga qaradi, ya'ni o'q otilgan tomonga. O'zining qurolida hech qanday o'q kamaymadi.
- Uni bizga zarari tegmasdi.
- Sassiq baliq… butun ko'lni sasitadi Jimin. Xo'sh uni zararsizligi qachongacha davom etardi? 1-yil avval Minjae bizni qanday sotib ketgani yodingdan chiqtimi?
Jimin ortiq hech bir so'z demadi. Doimgi qotilliklar ularga oddiy kundek ta'sir qilib qolgandi. Hozirgi yigitcha esa shulardan biri edi, dunyoda bittagina bo'lsa ham jinoyatchi kamaygani qoldi. Aslida hayotimizda bunday insonlardan qancha? Ularni soni tobora kamayish o'rnida ortmoqda. Giyohvand modda bilan shug'ullanuvchi jinoiy to'dalar ham shu yo'sinda.
- Bugungi ishimiz tugadi yigitlar.
- Sizni uyingizga olib borib qo'yaman.
- Ketaver Jimin, o'zim boraman.
- Ammo janob..
- Ketaver.
Noiloj qolgan Jimin qurollarini yig’ishtirib mashinasiga joylashdi. Bir ikkita yigitlar esa jasadni yo'qotish ishlarini olib borishayotgandi. Qonni artish, kameralarni tozalash va hokazo. Haligi yigitni otgan kimsa ayni vaqtda uning jasadini qanday olib ketishlariyu, to'kilgan qonini qanday artib ketkizishayotganiga chuqur o'ylanib qarab qoldi. Uning bo'ylari uzun, sochlari tim qora rangda tunda ham tovlanardi, ko'zlarining chuqur nigohi, o'tkir tabassum, qat’iylik, liderlikka hos yurish hammasi shoxona ko'rinishda. Yigit bugungi qotilligining badalini bu gal qanday tushlar bilan to'lashi haqida o'ylardi.
- Janob Kim Damryeong.. - odamlaridan biri uning qotib qolgan nigohi sabab savol tariqasida dedi.
- Jasadni..?
- Organ bozoriga jo'nating..
Jasad olib ketilganidan so'ng katta shahar ko'chasida yolg'iz o'zi soat tungi 2:37 da sayr qilayotgan yigit o'z uyi tomon piyoda borishni avfzal ko'rdi. Ba'zida jinoyat olami ham ozodlikka chiqishni ich-ichidan istaydi. Ammo bu yo'lga kirganingdan so'ng, yo o'lguningcha shu yo'l oxirlab qadam tashlaysan, yo ortga faqat jonsiz tanang qaytib ketadi. Xo'sh unda bu yo’lga qadam tashlashdan nima naf? Hamma ham o'z istagi bilan jinoyatchi bo'lib qolmaydi. Ba'zilar shu olamni ichida tug'iladi, va shu yerda o'sadi. Badalini esa yuvishga majbur.

#Muallif - Kang Raniya