June 5, 2025

𝐄𝐯𝐒π₯ 𝐰𝐒π₯π₯ 𝐩𝐫𝐞𝐯𝐚𝐒π₯

πŸπŸ•-πͺ𝐒𝐬𝐦

Dam olish

Oradan 1 oy vaqt o'tdi

Bu vaqt davomida Taehyungni boshidan o'tgan voqealar aqlga sig'mas darajada azobli edi. U kunini kompaniyada o'tkazsada hech kim bilan gaplashmas, umuman kulmasdi. Qisqa qilib aytganda u yana avvalgi holiga qaytdi deyarli undan battariga ham. Har kuni tunini turli xil klublarda o'tkazadigan Taehyungning ko'ziga butun boshli klubdagi eng chiroyli qizlar ham ko'rinmas, qizlar unga yaqinlashish uchun eng ochiq va eng jozibador ko'ylaklarini kiyib kelishganda ham Taehyung hech biriga bir marta ko'z ham tashlab qo'ymasdi. U mastlikdan aqldan ozar aftidan 3 marta mashinada avto halokatga ham yo'liqdi. Onasi uning sog'lig'idan, ahvolidan havotir olgani uchun Taehyungni majburan muntazam ravishda psixolog huzuriga jo'natar ammo psixologning tashxisi va u aytadigan yagona so'z doimgidek bir xil edi " Namra ". Barcha savollarning javobi o'lgan qiz.

Taehyung

Jiminning ahvoli ham havas qilarli darajada emas, uning kuni klubda qizlar bilan o'tardi. Jimin alamini qizlar va ichkilikdan olardi. Ba’zida u shunchalik ko'p ichib yuborganidan yonidagi qizlarni xuddi Namra deb o'ylardi, va u singlisidan yolvorib kechirim so'rardi. Yuna va Hoseok u uchun ko'p qayg'urishardi, hech qanday yo'l bilan bu ikki do'stni bu tushkunlikdan olib chiqib bo'lmasdi.

Jimin

Bugun ham doimgidek ish kuni. Inok doimgi kayfiyatsiz holati bilan ishga oyoqlarini og'ir sudirab kirib keldi. U 1 oydan beri Taehyungni ahvoliga tushunmas nega u birdan bunday bo'lib qolganini tushunishga qancha harakat qilsa ham tushunmasdi. Inok Taehyungga 1 oy davomida juda ko'p marotaba g'amxo'rlik qildi, ba'zan Taehyungni ovqatlanishi uchun majburlab o'zi bilan birga qahva xonaga olib borib ovqat yeyishga majbur qilardi. 1 oy ichida ular yaqin bo'lib qolishgan edi, ammo sirlashishmasdi. Inok undan nega bunday bo'lib qolganini sababini so'ray olmadi.

- Bugun ham doimgidek unga ertalabgi qahvani olib kiraman u esa menga ko'z ham tashlab qo'ymaydi… Uni bu muammolardan olib chiqishim uchun nima qilishim kerak ?! - dedi Inok doimgi sirdoshiga aylanib qolgan Jinga. Jin va Inok do'stlik rishtalarini qurishganiga ancha bo'ldi. Jin uning ichki hislarini tushungani uchun Inok Jindan Taehyungga bo'lgan muhabbatini yashirib o'tirmadi.

- Unga qancha vaqt kerakligini tushunmayabman Inok, uning ichki hislarini men ayta olmayman, qandaydir yo'l bo'lishi kerak yana uni qaytara olishimiz uchun - dedi Jin Inok bilan birga Taehyungning xonasi tomon yurar ekan. Jin biroz qoshlarini chimirdida miyasiga kelgan fikrdan quvonib kula boshladi.

- Nimadir bo'ldimi janob ?! - so'radi qiz qoshlarini tushunarsiz qimirlatib.

- Inok uni dam olishga olib boramiz !!!
- Dam olish ? - so'radi qiz tushunqiramay.

- Qara biz har yili tog'ga dam olgani borar edik, bu yil ertaroq boramiz to'g'ri hozir kuz fasli ammo havo ancha toza

- Janob Taehyung rozi bo'ladilarmi ?

- Rozi bo'lmay qayerga boradi, aslida uning o'zi u yerga borishni yaxshi ko'radi. Qolaversa bu sen uchun qulay imkoniyat u bilan ancha vaqtingni o'tkaz, unga dalda bo'l, atrofga qarashiga majbur qil bu faqat sening qo'lingdan keladi Inok - dedi Jin Inokning yelkariga qo'lini qo’yib.

- Ammo.. ular xatto menga bir marta ham qaramaydilar, men ular uchun yaqin inson bo'lib qolgan bo'lishim mumkin ammo bu yerda bundan ortiq his yo’q - mayus yuzini yerga qaratadi Inok

- Men senga ishonaman, qo'lingdan keladi uni qutqar ! - degancha Jin Inokni Taehyungni xonasi tomon yengil itarib qo'ydi.

Inok chuqur nafas oldida eshikni taqirlatib ichkariga kirdi. U ichkarida tinimsiz hujjatlardan bosh ko'tarmay ishlayotgan xo'jayinini ko'rib ko'z suzib qo'ydi.

- Kel Inok - dedi Taehyung eshik oldida hali ham qahva ko'tarib qotib qolgan kotibasiga.

- H..haligi janob qahvangiz

- Rahmat

Taehyung qahvasini olib yoniga qo'yar ekan u hali ham ketmayotgan va qo'llarini qayirib nimadir demoqchi bo'lgan kotibasiga qoshini chimirib savol berdi.

- Kelishganmanmi ?
- A.. a ? - Inok boshlig'ining unga qarata aytilgan gapidan hayajonlanib nima deb javob berishni bilmay qoldi.
- Senga savol berdim kelishganmanmi ?! - bu gal jiddiy gapirdi Taehyung.
- H.. ha janob - Inok hayajoni va gaplarini yutib gapirishini ochiqchasiga ko'rsatib qo'yganidan o'ziga o'zi lan'at aytardi. Taehyung kotibasini hayajoni va ko'zlarining kattalashib ketishini ko'rib baland ovozda kulib yubordi.

- Men hazillashgan edim nega qo'rqasan ?!
- Janob siz shunday gapirasizki yuragim yorilay deydi - nolidi Inok Taehyungni kulayotganini ko'rib jilmayar ekan.
- Xo'sh menga aytadigan gapingni ayt

- Qanday gap ?!

- Menga nimadir demoqchisan Inok qani ? boshla qulog'im senda

- A h..haligi janob Jin aytgandilarki …

- Jin nima debdi ?

- Bu hafta oxiri dam .. olishga ketar ekan.. - Inok qo'rquvdan yuragini hovuchlagancha gaplarini bazo'r chiqarib Taehyungga tushuntirishga harakat qilayotganda Taehyung unga bosh ko'tarib qarab qo'ydi.

- Tog'mi ? Lekin hozir kuz emasmi ? Biz doim yozda va qishda borar edik

- Bilmayman janob balki sizning tushkun… h..holingizgadir… - deyishi bilan Inok ortga o'girilib qo'llari bilan og'zini yopdi.

Inok POV :

- Miyasiz ahmoq Inok aytib qo'yding ! tentak ishni qoyil qilding ! uf Inok uf !

- Mayli yaxshi o'ylabsiz - dedi Taehyung hotirjam qayta hujjatlariga ko'z tashlab.
- Nima rostdanmi ?! Janob bu sizmi !? - baxtdan ko'zlari quvonib ketgan Inok tasodifan Taehyungni ikki yuzini ushlab istmasini tekshira boshladi ammo sal o'tmay unga jiddiy yuz ifodasi bilan qarab turgan boshlig'ini ko'rgan qiz qo'rqib ketganidan tezda qo'llarini tortib oldi. Taehyung sal avval ikki yuzidan ushlab olgan qizni tushunarsiz kuzatib qosh chimirdi. Qiz qo'llarini og'ziga olib borib aydorlikdan tirnog'ini tishlay boshladi.

- Janob menga bunday qaramang, yuragim yorilib o'lib qolsam janob Jin akam sizni sog' qo'ymaydi !! - dedi Inok mo'ltirab. Taehyung mana endi boyagidan battar kulib yuborar ekan Inok o'zidan mamnun qaddini tik tutib mag'rurlanib qo'ydi.

Inok POV :

- Albattada uni bunday kuldirish mendan boshqasini qo'lidan kelmaydi, ofarin Inok, Sera va Jennie xonim xatto Yuna xonim ham mendek uni kuldira olmaydi.

- Inok sen boshing bilan yoshlik chog'ing yiqilib tushmaganmisan ? - kulishdan to'xtamagan Taehyung eshikdan kirib kelgan Jin va Jiminni ham payqamay qoldi. Jin va Jimin Taehyungni bunday kulayotganini 1 oy ichida endi birinchi marta ko'rishgani bois Inokka fahrlanib maqtovdek qarab kulib qo'yishdi.

- Ofarin Inok xonim - deb pichirladi Jin Inokning qulog'iga yaqin kelib. Inok o'zidan yana bir bor mag'rurlanib kekkayib qo'ydi.

- Hozirgina Inok dam olishga ketayotganimizni aytdi sendan chiqqan fikr ekan - deb Taehyung Jinga yuzlandi.

- Ha havo almashtirish zarar qilmaydi noz qilmada hafta oxiriga tayyor tur, malikam seni o'g'irlaymiz - oxirgi so'zlariga urg’u berib gapirgan Jin o'zini qizlardek tutib Taehyungning stoli ustiga o'tirib o'ng oyog'ini qizlardek chalishtirib o'tirib oldi. Buni ko'rib Jimin va Inok o'zlarini tutolmay kulishar ekan Taehyung Jinga ko'z suzib bor gavdasi bilan o'girilib qaradi.

- Oppa menga bunday qaramang uyalib ketyabman - dedi Jin yuzlarini berkitib. Inok uning aksientini ko'rib o'zini kulgudan to'xtata olmasdi. Jin qiz bolani juda zo'r o'xshatayotgan edi.

- Xonim siz ham menga bunday gapirmang aks holda sizni haqiqatdan ham qiz bola deb o'ylab qolishim mumkin - xuddi do'stidek javob qaytargan Taehyung biroz jilmaydi.

- Oppa ! keyingi hafta bo'shmisiz sizni o'g'irlash uchun borsak qarshimasmisiz ? - nozlandi Jin Taehyungning galstugini o'zicha to'g'irlab.

- O'g'irlikni ogohlantirib qilasizmi ?
- Halol o'g'rilarmiz - deb qo'shimcha qildi Inok Jinning gapini tasdiqlagancha. Taehyung bir kotibasiga bir o'zidan qiz bolani yasab olgan do'stiga qaradida o’z-o'ziga eshitiladigan ohangda " Ahmoqlar " deb qo'ydi. Shu vaqt Jin shartda Taehyungning tizzasiga bor og'irligi bilan joylashib olib yana uni jig'iga tega boshladi. Taehyung ustiga o'tirib olgan do'stini turg'azishga urinar ekan Jimindan najot kutardi.

- HOY ! AHMOQ TUR USTIMDAN !

- Oppa nega qarshilik qilasiz yoki yolg'iz qolishimizni kutyabsizmi ?! - Jin bo'sh kelmay jilmayib Taehyungning burniga bir chertib qo'ydi. Taehyung Jinga ahmoqqa qaragandek kesatiq kulib qaradi.

- Jimin mana buni ustimdan olsangchi ! yordam ber olib chiq bu ahmoqni

- Taehyung oppasi unga nega qarshilik qilasiz axir bir-biringizga juda mossiz - Jimin lablarini tishlab kulmaslikka harakat qila boshladi. Taehyung og'zini lang ochib Jimin va Inokdan foyda yo'qligini tushunib aysh degancha tepaga qarab nolib qo'ydi. Birdan eshik ochilib ichkariga kirib qolgan Yuna ichkarida bo'layotgan ishni ko’rib ko'zlarini katta-katta ochar ekan Jimin uni ko'rib biroz tik turib oldi. U xuddi Yunani yonida kelishgan ko'rinishi uchun yonidagi kichik oynaga qarab sochlarini bir yonga tarab kiyimini to'g'irlab qo'ydi.
- A.. haligi men bemavrid kirdim shekil … band ekansiz - lablarini tishlab o'zini kulgudan zo'rg'a tiygan Yuna Taehyungdan ko'zlarini olib qochdi.

- Iltimos Yuna sen ham shularga qo'shilma mana buni ustimdan ol yo Xudo !..

- Yuna xonim men Taehyung oppam bilan yolg'iz qolmoqchi edim iltimos chiqib ketsangiz - dedi Jin noz karashma bilan hammani kuldirib.
- Albatta yolg'iz qoling, uzukka ko'z qo'ygandeksiz - deb qo'ydi Yuna yonidagi Jiminga bir marta nazar tashlab yana jiddiy bo'lib qolar ekan.

- Hoy baribir qiz bolani o'rnini bosolmayabsan ! - baqirdi Taehyung.

- Menimcha yaxshi uddalayotgan edim mayli istasang o'rnimga Inok bor - ayyorona jilmaydi Jin qizga ishora qilib. Taehyung va Inok bir-birlariga hijolat bilan qarashdida, ko'zlarini uyoqdan buyoqqa olib qocha boshlashdi.

- Nima deding ?!

- TUSH USTIMDAN !!!

- OPPA YURAGIM SIZNI DESA MENDA NIMA AYB ! - Jin shunday deyayotgan vaqt ortida unga qo'llarini ko'ksiga bog'lab qarab turgan xotinini ko'rishi bilan o'rnidan sapchib sakrab turdi. Ara sal avval xonada erini shu ahvolda ko'rib qoshlarini chimirdida ikki qo'lini birlashtirib jahl bilan qarab turaverdi. Jinning ko'zlari o'zining haqiqiy xotinini ko'rishi bilan kattalashib ketar ekan mana endi u o'zining haqiqiy qiyofasiga qaytdi.

- A… a men men haligi .. Ara biz - qo'rquv sabab gaplarini chaynalib aytayotgan Jin ni ko'rgan Yuna, Inok, Jimin va Taehyung butun xonani to'ldirgancha kulib yuborishdi.

- Yuragingiz Taehyungni deydimi ?! - so'radi Ara ko'zlarini asabiy qisib.

- Y..yo'q unday emas sen bizni haligi .. noto'g'ri tushunding men..

- Qoyilman janob Kim Seokjin ! ofarin yaqinda ota bo'ladigan erkak ! erkak deyishim ham xatomi aslida boya nima deyayotgan edingiz ?! - jahlini ochiqchasiga ko'rsatgan Ara Jin ni yengil urdida xonadan jahl bilan chiqib ketdi.

- Hoy Ara .. meni eshit … sen noto’g’ri tushunding - degancha xotinini ortidan yugurib unga vaziyatni tushuntira ketdi Jin. Ularni ortidan bolalar kulgancha qolib ketishdi.

Taehyung va Jin

***

- Shu yetmay turgandi ! - noligancha Jiminning xonasi tomon mo'ralagan Yuna unga qo'lidagi xujjatlarni berishi kerakligini o'ylab asabiylashayotgan edi. Taehyung va Namjoon atayin Yunaga Jiminni xonasiga borishini va shu hujjatlarni berishi kerakligini aytishgan edi. Yuna ohistalik bilan asabiy eshikni taqirlatar ekan ichkaridan eshitgan ovozi sabab ichkariga kirdi. Jimin xonaga kirgan odamni ko'rishi bilan lablarini keng yoyib boshini ko'tarib qizga qaradi.

- Yuna xonim - dedi u sevgilisini erkalab.

- Senga mana bu hujjatlarni berishimni aytishdi - dedi Yuna hujjatlarni yigitga uzatib. Jimin hujjatga bir marta qarab ham qo'ymadi uni ko'zlari hali ham qizdan uzilmagan edi. Qiz esa unga qarolmasdi, u hayajoni sabab deyarli xonani ko'zdan kechirmagan burchagi qolmadi.

Yuna POV :

- Ablax bunday tikilma menga !

Yuna ichida aytgan so'zlarini ustida ham biroz balandroq aytib yuborgani uchun Jimin buni aniq tiniq eshitdi.

- Nima deding ?! - tezda o'rnidan turdi Jimin xuddi jahli chiqqan odamdek qizning ustiga bostirib kelib. Yuna unga dovdirab qarab qoldi ammo u yigitning unga yaqinlashayotganini sezib ortga xuddi u kabi qadam tashlab yurardi.

- M..menga yaqinlashma

- Yo'qsa nima qilasan ? - yurishda davom etdi Jimin qizning gapiga parvo qilmay.

- Taehyungga aytib beraman yaqinlashma ! - dedi Yuna hayoliga birinchi kelgan Taehyungning ismi bilan Jiminga uni qarshi qo'llab. Jimin qizning gapiga baralla kulib yubordi go'yo uni mazax qilgandek. Yuna jahlini ochiqchasiga ko'rsatdida Jiminga yengil musht tushirdi.

- Kulma ablax

- Nega men ablax bo'lar ekanman a !!! - ovozini ko'tarib norozilik bildirdi Jimin.

- ABLAXSAN CHUNKI !

- NIMA QILDIM ABLAX BO'LARKANMAN - baqirdi yigit xuddi qizdek ohangda.

- O'G'LING BOR EKANINI AYTMADING MENGA ABLAXSAN, UYALMASDAN UYLANGAN BO’LA TURIB MENI QUCHDING 5 YIL GO'RGA KIRIB KETDING MANA NEGA ABLAXSAN ?! ABLAX !!! - baqirdi Yuna ichida saqlab kelayotgan gaplarni Jiminga do'q qilib aytib. Ammo u aytgan gaplaridan uyalib " aysh " deb o’ziga o'ziga lan'at tilay boshladi. Jimin qizga ko'zlarini pirpiratib qarardi, lablarini tishlab kulmaslikka harakat qilib turgani Yunani o'ylantirar bundan uning battar jahli chiqardi. Orada sukunat paydo bo'ldi va bu sukunatni Jiminning mazaxona ohangi buzdi.

- Yuna xonim … - dedi yigit past ohangda qizdan javob kutib.

- Ha.. - Yuna hotirjam ohangda gapirishi bilan baquvvat qo'llar uni belidan aylanib devorga tirar ekan qizning ko'zlari deyarli kosasidan chiqib ketgudek kattalashib yurak urishi ohangi butun xonaga eshitiladigan darajada baland va tez urib ketdi. U miq etmasdan Jiminga qarab turardi, Jimin ayyorona lab chetida kuldida qizning lablariga ora-orada qarab uning jig'iga tegib qo'ydi.

- Uylanganman farzandim ham bor …

Yunaning ko'zlaridan yosh oqib tushishi bilan Jimin qizni rashkini darhol payqab kuldi.

- Rashk qilyabsan

- Senimi ? hah mena ?! - ko'z suzdi Yuna

- Sen !
- Kechirasiz men uylangan farzandi bor erkaklarni rashk qilmayman !
- Xatto shu gapingni o'zidayoq rashk qilayotganing bilinib turibdi - kuldi yigit. Yuna ko'zlarini pirpiratib qanday javob berishni bilmadida gapni burib yubordi.

- Qo'yib yubor meni tegma, yo'qol xotiningni yoniga ! - tipirchiladi Yuna hali ham Jiminning qurshovida turgani uchun.

- Xotinim bor lekin qo'shimchasi bilan ayt aniqroq bo'ladi… Bo'lajak xotinim …

- Nima…

- Jin ning o'yini ish berdi … - mazaxona kuldi Jimin

- Nima haqida gapiryabsan ?! - Yuna shu so'zlarni aytishi bilan lablariga o'zga ammo o'zi sevgan insonini lablari urildi. Qiz alam va yig'i bilan ko'zlarini yumar ekan ko'zidan yosh qalqib tushdi. Ayni damda u o'zini uylangan farzandli erkak bilan o'pishayotgan behayo ayoldek his qildi. Jimin uni biroz erkalab mayin o'pdida so'ng qizdan 2sm ga uzoqlashdi. Yuna o'pkasini to'ldirib nafas chiqardi u kabi yigit ham. Jimin so'nggi bor qizning qulog'iga yaqin kelib pichirladi.

- Meni deb har kuni ko'z yoshing to'kma, meni farzandim va xotinim bularning bari safsata bu Jin ning o'yini edi… biz shunchaki seni hali ham menga bo'lgan hislaring mavjudmi yo'qmi bilmoqchi edik… buning uchun … seni azoblaganim uchun kechir meni oppog'im … ortiq havotir olma … men senikiman… - deb Jimin Yunaning ko’zidagi yoshni artib uning peshonasida kichik o'pich qoldirdida xonadan chiqib ketdi. Ayni damda qiz joyida qotib qolgan u hatta nafas olishni ham unutib qo'ygan edi. Hozirgi bo'sa va Jiminning gaplari sabab Yuna o'zi bilmagan holda lablarini keng yoyar ekan uning hali oila qurmagani qizni osmonga qanotsiz uchirib yubordi.

Yuna

17-qism tugadi