January 6

ยซย  ๐ˆ๐ง๐ฌ๐ข๐๐ข๐จ๐ฎ๐ฌย ย  ยป

๐Ÿ๐ŸŽ-๐๐ˆ๐’๐Œ [ ๐Ÿ๐ข๐ง๐š๐ฅ ]
" - Dunyolarni orzu qilibman, bilsam butun dunyo o'zing ekansan. "
- Sen va men

Xonaga otilib kirgan Selen, Ina va Jimin yerda yelka tarafi qonga belangan Taehyungni ko'rishdiyu joylarida qotishdi. Allaqachon vahimaga tushgan Selen ikki qo'li bilan og'zini berkitar ekan, buni qizni o'zi qilganini fahmlagach battar qotib qoldi. Jimin ukasini tepasiga yugurib kelib nafas bosimini tekshiradi. Ina esa darhol tez yordamga qo'rg'inroq qilishga yugurdi.

- Tirik.. - Jimin shunday deyishi bilan Raniya yengil nafas chiqaradi.

- Nafas olyapti, lekin ko'p qon yo'qotgan! INA TEZ YORDAMNI KUTOLMAYMIZ!! - baqirdi Jimin ukasini turg'azishga urinar ekan, qizlar ham yordamga tushishdi. Qo'rg'ondagi bir ikkita ishonchli xizmatchilar ham ularga yordam berib Taehyungni mashinaga yotqizishdi. 10 daqiqaga yetib bormay mashina shifoxona eshigi oldida to'xtadi. Yigitni rangi oqarib ketdi, lablari ham shu qatorda. Vahimali tusga kirdi, xuddi soniyaga kech qolinsa hamma uni yo'qotib qo'yadi. Doktorlar shoshib Taehyungni o'zlari bilan olib kirib ketishdi. Tabiiyki qonga belangan qo'llarini titrashini kuzatib yerga qulab yiqilgan Raniya ikki tizzasini quchgan ko'yi tinim bilmay yig'lardi.

Usti boshi sevgan insonining qoniga burkandi. Kamiga o'sha qonni o'zi to'kdi. Tirik qolgan taqdirda ham endi Taehyung Raniyani kechira oladimi?

- Kechirmasa ham roziman.. yuzimga ham qaramasin! faqat nafas olsa bo'lgani.. yashasin!


Pov Raniya : Doktor tirik qolgani xabarni aytganida qayta nafas olgandek bo'ldim. Operatsiyadan deyarli 2 soatda chiqti. Bu vaqt davomida bir necha marta o'lib tirildim. O'zim qilgan ishni deb bunchalik afsus chekmaganman umrim davomida. Vaโ€ฆ hech qachon bunday yig'lamaganman. Bemorlar kiyimida qarshimda xushsiz yotipti.. hali ham. O'rningda men bo'lsam bo'lmasmidi..

- Menga qara.. iltimos yuragimni azoblama.. chindan afsusdaman. Bunday qilmoqchi emasdim. - uning harakatsiz qo'llarini kaftim ichiga soldim, ular sovuq edi. U har doim meni tushundi, bobosiga qarshi chiqib doim meni qo'llab-quvvatladi. Har qanday to'siqni bosib men tomon intildi. Bularni eslar ekanman ko'zlarim yana yoshlandi, qo'llarini yuzimga bosib o'pib qo'ydim.

- Seni ko'rolmaganim uchun kechir, o'rningda men bo'lsam edi. Hech qachon ko'rolmagan hislarimni ko'rsatding menga. Oldingda aybdorman, doim sovuqqonlik qildim. Bu hislar biz uchun emas deya o'zimdan itardim. Ilk marta seni o'pganimni eslaysanmi..? O'shanda " Meni jaxldan bosish uchun atayin shunday qildingmi " deb savol berganingda " Ha " degandim. Ammo o'shanda bu uchun seni o'pmadim. - Raniya biroz jilmaydi.

- Rashking sabab seni o'pishni istagandim.. - U yana kulgili tarzda tabassum qildi.
- Agar uyg'onsang, balki meni kechirmassan. Axir seni otdim.. ketishimni istasang so'zsiz ketaman. Va bu gapni o'ngingda aytolmayman shu sabab hozir aytaman. - Raniya qaddini rostlab Taehyungni qo'llarini mahkam siqdi. Chuqur nafas olib yuzidagi yoshlarni artib tashladi.

- Seni sevaman! - qizning so'zlari bazo'r lablari orasidan chiqadi, yig'lab yuboray deb turgani uchun lablari titrab ketayotgandi. U yana yuzini berkitib yig'laydi. Lekin shu vaqt qayerdandir :

- Rostanmi?!! - degan tovush keldiyu, qizni ko'z yoshlari ortga qaytib ketdi.

U sekin harakatlanadi. Juda sekin. Quloqlariga ishonqiramay, barchasi tushdek. Qizg'ish aralash toliqqan koโ€™zlar bemorga yo'naldi. Yo'q hammasi haqiqat. Sevgan insoningni uyg'ongan ko'zlarini va senga qaratilib turganini ko'rishdan ortiq qanday baxt bo'lishi mumkin?

Taehyung tabassum qilgan holda ko'zlarini ochgandi, Raniya esa hayratdan lom lum deyolmaydi. Ko'zlar battar yoshlanmoqda, tana bo'shashib ketgan. O'rtada g'alati ammo yoqimli sukunat.
- S..sen.. - ilk so'zlarini boshlaydi Taehyung. Raniyaning yuragini qo'rquv hissi chulg'ab oldi shu on. Taehyung endi uni ko'rishni istamasachi?

- Taehyungโ€ฆ men.. chindan..

- Sen.. hozir meni sevishingni aytdingmi?

Qizni qoshlari ahmoqona chimirildi. Hozirgina ko'zlarini ochgan yigitda esa baxtiyor tabassum, yaqinda o'q yegan bo'lsada.

- Qaytara olasanmi?

Bir ikki soniya noqulay vaziyatdan ikkisi ham jim turishdi, lekin keyin bir-birini yuziga qarab kulib yuborishdi. Biri uyatdan, biri baxtdan.

- Sen poyladingmi??!
- Atayin qilmadim. - jilmaydi yigit. Raniya birdan kulayotgan joyida yana jiddiylashdi. Mayus yuz ifodasida Taehyungga termuldi.

- Buni qachon tushunib yetdim bilasanmi?
- Qachon?
- โ€ฆ seni otganimda, aqlimni yo'qotgandim. Tepkini, o'z-o'zidan bosdim, vaโ€ฆ o'q senga tegdi.. ammo meni ko'ksim jaroxatlandi.. shu on bir signal bo'ldi. Menโ€ฆ kirishiga izn bermagan hisdan. Hech qachon uni yuragimga kiritmaganman deb o'ylardim ammoโ€ฆ u mendan izn so'ramagan ekan.. u allaqachon ruxsatsiz kirib kelibdi.. Nega yuragim eshigini taqirlatmay kirding?!!! - so'ngida Raniya Taehyungga do'q qilib o'shqirdi. Taehyung baland ovozda kulib yubordi.

- Bu uchun uzr so'ramayman!!

- Tentak! qanchalik qo'rqqanimni bilasanmi?!! - dedi qiz. Taehyung mayin jilmayadi.

- Shu holatim sog' ahvolimdan ko'ra ko'proq yoqyapti.. endi men bilan qolasanmi? axir meni otdingku?

- Otganim uchun jazomi bu?

- Albatta.
- Yaxshiroq otsam bo'larkan..

Taehyung va Raniya uzoq va yoqimli suhbat qurib, hech tashqi dunyo haqida o'ylashmasdi. Ularni tashqaridan kuzatib turgan Jimin, Ina va Selen o'zaro kulishar ekan :

- Men pastga ovqatlanish uchun ketdim. Jinga ham qo'ng'iroq qilaychiโ€ฆ - degancha Ina qo'llarini ko'ksiga bog'lab, oldimlab ketib qoldi. Uni ortidan Jimin ham Selenni yelkasidan qo'lini o'tkazib jilmaydida ular ham ketishdi.

- Shoshma biz ham!


1-oydan so'ng. Amerika | Las-vegas.

Amerika. Avval aytib o'tganimdek bolaligimdan orzuyim Amerika bo'lgandi. Orzular bir kun ushalar ekan demak. Hozir 11-qavatdagi shinamgina orzuyimdagi uyimdan pastga qarab ochiq havoda Amerikani shovqinli ko'chalarini kuzatyapman. Barcha ichki og'riqlarimni chiqarib tashladim. Endi tabassum qilishni bilaman, jilmayishni o'rgandim. Hamma orzularimga erishdim. Hayotga go'zal boqishni o'rgandim. Kichik narsalardan quvonishni ham. Ammo bir narsa muhim. Uyimiz ichkarisida berilib men uchun oshxonada bir nimalar tayyorlayotgan yigit. Uni ko'rib kulmaslikni iloji yo'q. Bularning bari u sabab. Orzularimni u ro'yobga chiqardi, o'zinikidan meniki muhimroq edi. Meni tabassumim. Menga hammasini u berdi. Baxtni..

Raniya Las-vegas ko'chalarini maroq bilan tomosha qilgan ko'yi hayol surar ekan, belidan o'tib uni quchoqlab, bo'yniga tiralgan iyak sabab xuddi bilgandek tabassum qildi.

- Nimalarni o'ylayapsan xotinjon.
- Seni otganimni..
- Ayshsh hali ham og'riyapti! - Taehyung yuzini burishtirishi bilan Raniya kuladi.

- Bu shaharni qara.. u yerga bir o'zim kelishni o'ylardim doim. Hech qachon kichik oilam bo'ladi deb o'ylamasdim. Butun umr yolg'iz o'zim Amerikada yashasam kerak deb o'ylardimโ€ฆ sen qayerdan paydo bo'lding? - Raniya yuzini yon tarafga burib Taehyungga qaradi. Taehyung avvaliga jim unga tikildi, so'ng esa qizni yuziga yaqin kelib yuzlarini birlashtirib oldi.

- Taqdiring orzuyingni qo'shimchasi bilan ushaltiribdi demakโ€ฆ

Qiz kuladi.
- Dunyolarni orzu qilibmanโ€ฆ bilsam o'sha dunyo sen ekansan.. barchasi ishon, hammasisan. Sen bilan bari baxtga qorishgan, haqiqatdan ham ushalgan orzu kabi. Sensiz esaโ€ฆ tasavvur qilib bo'lmaydi.. bularning hech biri sensiz orzu emas Taehyung..

- Bir-birimizni to'ldiramiz Raniyaโ€ฆ men senga bergan baxtni sen menga ming hissa ortiq bergansan. Men senga oshiqman..

- Senga oshiqmanโ€ฆ


" Bu baxt uchun - umr bo'yi hayotimga minnatdorchilik bildiraman "
Las-vegas orzular ifori, kichik oilamiz.

- Sen va men.. - pichirlaydi Raniya. Taehyung esa uni ko'zlariga chuqur boqqancha takrorlaydi.

- Sen va men..

๐Œ๐ฎ๐š๐ฅ๐ฅ๐ข๐Ÿ - ๐Š๐š๐ง๐  ๐‘๐š๐ง๐ข๐ฒ๐š.