August 2

Samolardan balandda

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare

Ertasi kun yigitning ishlari ortgandan-ortib boraverdi. U sevgilisining yonida bo'lmagan vaqtlari Cabonega bergan va'dasini o'ylar, o'z hayotidan havotir olmasada unga yaqin bo'lganlarnikidan qo'rquvga tushardi. Damryeong hech qachon " Qo'rquv " degan tuyg'uni his qilib ko'rmagan edi. Yoshlik vaqtlari Cabone unga bergan og'ir xotiralarni hisobga olmasa, u yetuk shaxs edi. Ancha vaqt u jinoiy ishlarga aralashmay, o'zini tobora bulardan uzoq tutishga urindi. Ammo bu yo'l, tuganmas va bir marta kirdingmi, ortga yo'l yo'q. Hech qachon chiqib ketolmaysan.
Raniya betashvish qo'ynidagi kichik likopcha ichida saralangan turli mevalarni yeb, film tomosha qilayotgandi. Allaqachon kech tushgan, o'n birinchi qavat katta oyna ortidan shahar tungi chiroqlari miltillab turibdi. Qiz havotirsiz juda baxtli ko'rinardi. Undan ko'z uzmay bir burchakda, qo'llarini ko'ksiga bog'lab turgan yigitning yuzida esa og'riqli bir tashvish bor edi.

U ortimda turganini sezardim, ko'zlari menga qadalganini ham. Yuragim doimgidan tezlashib hayollarim ham bir joyda emasdi. Birdan ekranda paydo bo'lgan maxluq qichqirig'idan cho'chib ketdim. O'zim bilmagan holda likopni ham yerga tushirib yuboribman. Aslida bunday filmlardan sira qo'rqmasdim, u meni yana hayolimni o'g'irlamaganida. Uni doim xuddi birinchi marta ko'rib turgandek hayajonlanaverishdan charchadim bu adolatsizlik, unda bunday bo'lmaydi-ku! Shoshiqib u tomon o'girildim, qilgan ishimdan lablariga g'alati tabassum yugurgandek men tomon kulib yaqinlashdi. Hozir aniq bir nima qilmoqchi ekanini payqab turibman. Lekin menga emas ekan. U yerga tizzalarini qo'yib tushirib yuborgan likopchamni oldida, yerga sochilgan mevalarni o'zi tera boshladi.
- Men, men o'zim qilaman.
- O'tirgan joyingda qol. - dedi menga xuddi buyruq ogangida. Aytganini qilib indamay o'tirdim. U mevalarni terib olganidan so'ng likopni stol ustiga qo'ydi va meni yonimga kelib o'tirdi.
- Filmdan shunchalik qo'rqdingmi?
- Bunday narsalardan qo'rqmayman shunchaki hayolim joyida emasdi.
- Qayerda edi?
Aslida ayyor qarashlaridan hammasini bilib turganini bilardim. U atayin meni hayajonga solishni, hislarim bilan o'ynashishni yoqtiradi.
- Sizda…
Yigitning lablarida mamnun tabassum paydo bo'ldi.
- Har doim shunday bo'lsin… hech qanday ahmoqona narsalar haqida o'ylama. Faqat men! tushunarlimi? - dedi Damryeong qizning qulog'iga yaqin kelib. Aslida uning bu gapida juda ko'p aytilmagan gaplar bor edi. Bir eshitganda bu haddan ortiq rashk yoki egalik hissidek tuyilishi mumkin. Ammo Damryeong aslida umuman boshqa ma'noda aytgandi.
Hech qanday qo'rquv bo'lmasin senda, hech nimadan tashvishlanma. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz, ammo baribir qo'rqma. Men seni butun dunyodan asrayman. Sen faqat meni o'yla… faqat men haqimda.
Damryeong qizning lablaridan chala o'pib, so'ng peshonasini o'zinikiga tiradi.
- Har bir soniyada, hamma hayolingda, faqat men bo'lay… nima bo'lishidan qat'iy nazar menga ishon. - bu ovoz biroz pichirlashdek eshitildi. Raniya uning ko'zlaridagi qo'rquvni aniq ko'rdi. Ammo ortiqcha savol berishni noto'g'ri deb bildi va yengil jilmaydi.
- Sizga ishonaman, hammadan ko'p sizga ishonaman.
Tun o'z bag'rini yana qorong'ulashtiryabdi. Xona ichida ular barcha g'am tashvishdan holi birga edilar. Damryeong qizni juda mahkam quchoqladi, xuddi hozir qo'yib yuborsa unga biror korhol bo'ladigandek. U qizni asrash uchun butun dunyoni qonunga qarshi burishga ham tayyor edi.

Bir kun Damryeong o'zining ish kabinetida derazadan quyosh botishini kuzatib turgan edi. Nigohida hech qanday hissiz insonning tasviri bor edi. Raniya ham shu kun uyda bo'lmadi. Erta tongdan teatrga ish bilan ketdi. Xona eshigi sharaqlab ochildi va ichkariga Won kirib keldi. Damryeong undan eshitishi kerak bo'lgan xabarni sabrsizlik bilan kutar, bu lan'ati ish qancha tez bitsa shuncha tez yigit hammasidan qutilardi. Won hurmat bilan egilib, qaddini tik rostladi. Lablarida tayyor javobni aytishga hozirlik bor edi. Damryeong yengil nafas yutdi, so'ng burilib yordamchisiga qaradi.
- Topdingizmi? - dedi hotirjam qifoyada. Cabone unga ushbu vazifani topshirganidan buyon Damryeong Xunrezning ketiga tushgandi. Topish oson bo'lmadi, u xuddi sharpadek edi. Ba'zan paydo bo'ladi, ba'zan esa yo'qolib.
- O'zi ko'rinish berdi. - Won noodatiy ko'zlarini olib qochdi. - Sizga qarashli kazinoda.
Damryeong umuman hotirjamligini buzmadi. Xuddi bu kutilgan xabardek. Ochiqchasiga hujum qilib bo'lmasligini u juda yaxshi sezib turibdi. Xunrez o'ta ketgan vaxshiy, iblisona kimsa ekanini jinoyat olamidagi hamma biladi. Damryeong bir soniya ham kutib o'tirmay kazinoga yo'l oldi. Kelganida atrof muhit kunlik holatidan ancha o'zgargandi. Hamma joy sip-silliq, ayollar raqs tushmayabdi, jetonlar ovozi faqat bir tomondan jaranglamoqda, baqir-chaqir ham yo'q. Musiqa to‘xtagan, odatda gavjum va shovqinli bo‘ladigan kazino zalida faqat bir stoldan chiqqan yog‘och chiplarning bir-biriga urilish sadosi eshitilardi. Damryeong og‘ir va bosqichma-bosqich qadamlar bilan ichkariga kirdi. Won va uning bir qancha odamlari orqada, tayyor holatda turishardi. Zaldagi xizmatchilar va qo‘riqchilar nafas olishga ham qo‘rqib, devor bo‘ylab qotib qolishgan. Markazdagi eng katta poker stoli qarshisida bir kishi o‘tirardi. Uning qarshisida esa bir nechta dillerlar daxshatdan titrab turishardi. Xunrez... Jinoyat olamida nomi tilga olinsa, tajribali jallodlarning ham eti shinqirlaydigan kimsaning shaxsan o‘zi edi. U ko‘k rangli qimmatbaho kostyumda, qo‘lidagi qadahni yengil aylantirib, Damryeong tomon sekin burildi. Uning yuzida sovuq va qonxush bir tabassum paydo bo‘ldi.
- Nihoyat.. - lablari orasida aytgan gapini hamma tushundi. Xunrez o'tirgan o'rnidan vazmin turdi, nigohida mazaxona bir kulgu bor edi. Damryeong o'zini hotirjamlik qiyofasini yechmay, Xunrezga bosh ko'tarib qimir etmay turaverdi.
- Sizni bu yerlarda ko'raman deb o'ylamagandim. - dedi Damryeong bir qoshini uchirib. Damryeong Xunrezni qo'l bilan sanoqli marta ko'rgandi xolos. Bu ham Sitsiliyada yashab yurgan kezlari, Cabone bilan og'u savdosi yig'ilishlarida bo'lgandi.
- Men ham.. - Xunrez, Damryeongning qarshisiga kelib to'xtadi. - Cabonening itlaridan biri, qanday qilib shunday yetuklikka erishganini anglolmayabman chog'i.
Damryeong pinagini ham buzmadi. Ortida turgan odamlari xuddi urishga kelgandek, bellaridagi qurolni siqishdi. Damryeong xuddi yo'q degan ma'noda qo'llarini ko'ksiga yaqin chalishtirdi. Uning birgina shu ishorasi odamlariga kifoya edi.
- Sizga yollanma qotilligimni eshitgandursiz.
- Eshitdim.. eshitdim. - Xunrez shunday tirjaydiki, hunuk basharasi yana-da badbasharalashib ketdi. - Meni o'ylantirayotgan narsa, sen Cabone eng ishongan o'ng qo'li eding shunday emasmi? Nega u bu xazinani muqarrar o'limga itaryabdi? Nima qilib uni ranjitganding?
- U meni o'limga itarmadi. Janob tozalash kerak bo'lgan axlatni eng ishonchli qo'llarga topshirdi xolos.
- Unga aytib qo'y… o'sha axlat qizini odamlarimga yemdek tashlaganimda uning haqiqiy obro'si topdalib bo'lgandi. Endi menga malaylarini yuborishdan foyda yo'q. Qulagan martabasi tiklanib qolmaydi. - Xunrez Damryeongga juda past nazar bilan qaradi. Chunki bu yigitni u doim Cabonening ortida ko'rgan xolos. Oddiy yordamchi, yoki itlaridan biri. Ammo Damryeong Cabone to'dasidan chiqib ketgani va hozir Seul unga qarashli ekanini tahmin qilolmadi. Uning qo'li ancha joyga yetadi, Xunrezdagi bu kibr esa tushunishga yo'l bermaydi.
- Men allaqachon qiladiganimni qilib bo'ldim. - pichirladi Damryeong.
Erkak tushunarsiz Damryeongdan ko'z uzmay qarab turaverdi. Damryeong aynan yo'l tanlashda adashmagan edi. Xunrezning yagona nozik tomoni bu uning kibri edi. Mensimaslik va haddan ortiq o'ziga bo'lgan ishonchidan dushmanlaridan tuzuk himoyalanmasdi. Bu esa Damryeongga yaxshi qo'l keldi. Ayniqsa boshqa birovning hududida osoyishta kezib yurish ahmoqlik. Seulda Xunrez bir qo'lidan ayrilgandek, axir o'zining davlati emas.
- Sitsiliyadagi kontrabanda omboringiz… - juda sekin gap boshladi Damryeong, lab chetida mazaxona bilinar-bilinmas kulib. - Yo'q qilindi. Baltik dengizidagi oxirgi yukingiz esa allaqachon politsiya qo'lida. Lekin eng qizig'i bu emas… - Damryeong sekin egilib Xunrezning qulog'iga shivirladi:
- Sizni maxfiy sirlaringizni biladigan o'ng qo'lingiz Roderigo hozir meni omborimda chalajon yotibdi. Umri uzoq bo'lsin barcha hujjatlaringiz va kodlaringizni bizga topshirishga rozi bo'ldi. - Damryeong shu so'zlarini tugatib ortga chekindi. Va yana o'sha sovuq, hissiz nigoh bilan qarshisidagi kimsaning yuziga tikildi. Xunrez avvaliga bir nuqtadan ko'z uzmay qotib turaverdi. Bilsa bo'lardiki uning kibrli tabassumini asta-sekin so'nib borganini. U g'azabini ham, daxshatini ham o'z ichiga yutishga majbur edi. Seulda, kamiga dushmanining inida, ochilgan qurollar qarshisida shovqin ko'tarish nojo'yi harakat bo'lishini tushungandi. Bir oyog'idan kesilganini ham sezib yuribdi. Lekin yiqilishni o'zining obro'siga ep ko'rmadi.
- Buning badali og'ir kelishini bilasan-a?..
- Ayni vaqtda o'z g'amingizni yeydigan ahvoldasiz.
- Yirtqich oyog'idan jaroxat olganida, u yanada shafqatsizroq bo'ladi. Sen Cabonega ishlab, juda katta xato qilyabsan yigitcha… o'z ishongan odamini yonayotgan olovga tashlagani bekorga emasligini unutma.
- Mendan tashvishlanmay qo'yaqoling o'z g'amimni o'zim yeyman. - dedi Damryeong Xunrez ketishi uchun unga yo'l ochib chetga o'tar ekan. Cabone topshirgan topshiriq, ozodlik uchun so'nggi yo’l. Damryeong birinchi qadamni tashladi.
- Won, mehmonimizni eshikkacha kuzatib qo'y. Won va uning ortidagi soqchilar darhol yo‘l ochib, Xunrezga chiqish eshigini ko‘rsatishdi. Xunrez kostyumining tugmasini asta qadab, so‘nggi bor Damryeongga qora va mazlumiy nigoh tashladi-da, zalni tark etdi. U baqirmadi, baqir-chaqir qilgani yo‘q, ammo uning har bir og‘ir qadami ortida daxshatli bir fitna pishib yetilayotgani sezilib turardi. Zaldagilar chuqur nafas olishdi. Won Damryeongning yoniga yaqinlashib, ehtiyotkorlik bilan gap boshladi:
- Xo‘jayin... U chindan ham shunday osonlikcha chekinadimi? Roderigoning sotilganini va omborlarining yo‘qotilganini hazm qila olmaydi. U har qanday pastkashlikka tayyor. Biz uning faqat bitta oyog'ini chopdik…
Damryeong chuqur hafsalasiz nafas chiqardi. Wonning gaplarini eshitdi ammo javob berishga so'z topolmadi.

Xunrezning burchakka siqilgan holi Damryeongni biroz hotirjam torttirdi. Ammo Damryeong bir narsani hisobga olmadi. Bor yo'g'idan ayrilgan maxluq ochiqchasiga jangga kirmaydi. U pisib ish tutadi, eng iflos pastkashlikka qo'l uradi.
Damryeong kazinodan chiqqanidan so'ng Jiminga qo'ng'iroq qildi. O'zi yo'q vaqti Raniyani xavfsizligini faqat Jiminga ishongani uchun, Jiminni qoldirib ketgandi. Jimin qizni teatrdagi hamkasblari bilan ekanligini, kichik yemakxonada kechlik qilishayotganini aytdi va manzil yubordi. Won mashinani Seuldagi kichik yemakxona qarshisida to'xtatdi. Damryeong bunday kichik joylarga hayotda qadam bosmagan, lekin bugungi kayfiyati sabab e'tibor ham berib o'tirmadi. Mashinadan tushib yemakxona kichik darchasidan ichkariga ko'z yugurtirdi. Ichkarida haqiqiy sojuxo'rlik bo'layotgandi. Qaysidir burchakda bir to'da erkaklar handon otib kular, yana qaysinisidadir ayollar va juftliklar bor edi. Mast bo'lgan erkaklar tarafdan har xil haqoratomus so'zlarni eshitganidan so'ng Damryeongning jaxli chiqishni boshladi. U Raniyaning bunday joyga kelishini sira istamasdi ayniqsa o'zining yo'qligida. U lablarini asabiy yalab sevgilisini odamlar orasidan ko'z qiri bilan qidirishda davom etdi. Birinchi tanigan odami markaz yaqinida joylashgan stol atrofida sojuni bir ko'tarishda ichayotgan Soyon bo'ldi. Qiz bo'shagan idishini stolga taraqlatib qo'ydi. Atrofidagi hamkasblari baralla qichqirib kulishdi. Stolda bir qancha Myeongdongdagi ishchilar, Narang, Soyon, Jinri, Raniya va Tein bor edi. Soyon Narangning yonida, Jinri esa bir ishchi yigit bilan ko'z urishtirib o'tirardi. Damryeongning g'azabi orta boshladi chunki Raniya Teinning yonida u bilan yoqimli suhbat qurib o'tirganini aniq ko'rdi. Ular nima haqida suhbatlashayotgani aniq emas, ammo yonma-yon o'tirishganini o'zi yigitni rashkini olovda kuydira boshladi. U o'tkir nigoh bilan kuzatib turaverdi. O'sha soniyada Raniya stolda turgan kichik go'shtni og'ziga soldi. Go'shtga surtilgan qayla qizning lablariga tegib qoldi. Tein unga ishora qilganda, qiz unga burilib tushunmagandek qaradi. Damryeong shu lahzani sinchikilab kuzatib turar ekan, qo'llari shunday qattiq siqildiki qon talash bo'lib qoldi. Tein bosh barmog'ini bilan qizning labiga tekkan qaylani artib qo'ydi. Damryeongning yuragiga qattiq xanjar kelib sanchilgandek bo'ldi, u tamoman rashkdan telbaga aylanib ulgurgandi. Raniya bu ishni Teindan kutmagani uchun ham qarshilik qilmay jim turgandi, lekin Teinning keyingi harakati Damryeongni joyida jim ushlab turolmadi. Yigit hislarini jilovlay olmay hamma ichkilik bilan band vaqtda Raniyaning iyagidan ushlab lablari tomon yaqinlashib o'pishga urindi. Lekin yetib bormadi. Yemakxona eshigi qattiq zarbdan uzilib tushay dedi. Ichkariga qutirgan hayvondek qora kostyum shimli erkak otilib kirdi. Ko'zlarida g'azab qonga aylangan, qo'lidagi tomirlari bo'rtib chiqqan edi. Yemakxonadagi shovqin-suron, kula-kula ichkilik ichayotgan barcha Damryeongga qarashdi. Tein hali yetib ulgurmagan yuzini Raniyadan uzib ikkisi ham o’sha tomon burildi. Raniya bir vaqtning o'zida do'sti tomonidan bunday harakatni kutmaganini o'ylasa bir tomondan buni Damryeong ko'rmagan bo'lsin deb ichida o'tinib so'rardi. Ammo yigitning o'tkir qarashi Raniyaga hammasini ayon qildi. U kelishi bilan Teinning yoqasidan ushlab yuziga shunday musht tushirdiki, kichik yemakxonada qarsillagan ovoz jaranglab ketdi.
- Janob! - bir vaqtda hammaning so'zi shunday chiqdi. Raniya uning baquvvat qo'llariga yopishib do'stidan ajratishga urindi. Damryeong unga e'tibor ham beray demasdi. Qizni o'zidan xuddi aybdordek itarib yubordi. Soyon Raniyani ushlab quchog'iga oldi. Raniya qo'rquvdan va hayratdan qimirlay olmay tin oldi. Ular tanishganidan buyon Damryeong hech qachon qizni o'zidan itarib, siltamagandi. Uning ko'zlari yoshlanib ketdi, va bu safar yo'qotib qo'yishdan qo'rqa boshladi. Kuchli mushtlashuv shovqinidan ichkariga Jimin bilan Won otilib kirishdi va xo'jayinlarini Teindan ajratib olishdi.
- Janob tinchlaning qizlar shu yerda.. - Jimin uning qulog'iga yaqin kelib pichirladi. Damryeong chuqur-chuqur nafas ola boshladi. Hansirashidan qanchalik jaxli chiqayotganini bilsa bo'lardi. Bu yigit unga tegishli bo'lgan lablarga qo'l tekkazdi xatto o'pishga urindi. U asta-sekin ortga burilib dugonasining quchog'ida titrayotgan sevgilisiga qaradi. Nigohi shunchalik sovuq va hissiz ediki Raniya beixtiyor bir qadam ortga yurdi. Damryeong ogohlantirgandi uning rashki bilan o'ynashmasli haqida.
- Agar seni yana uni yonida ko'rsam… burdalab tashlayman. - dedi Damryeong yerda ikki bukilib qolgan Teinga so'nggi marta qarar ekan. Tein bir so'z aytishga ulgurmadi Damryeong Raniyani Soyonning quchog'idan yulib oldi. Qizlar va Narang bir og'iz so'z ochishga ham cho'chishdi. Yemakxonadan birinchi Damryeong va Raniya, so'ng Won bilan Jimin chiqishdi. Damryeong mashinasi eshigini ochib qizni ichiga uloqtirgudek siltab o'tkizdi. Jimin bilan Won bir soniyada shamoldek uchib ketgan mashina ortidan xoda yutgandek qolib ketishdi.
Yo'l bo'yi bir so'z ham demay tezlikda mashina boshqarib ketayotgan Damryeongning g'azabi hali ham tarqamagandi. Sal avval Xunrezning kurakda turmaydigan gaplarini eshitganida ham bunchalik qoni qaynamagandi. U har Tein bilan Raniyaning bir-biriga qarab turgan holatini tasavvur qilganida rulni qattiqroq siqardi. Agar u eshikdan kirib qolmaganida sevgilisi boshqa yigit bilan o'pishgan bo'larmidi? hayolidan o'tkazdi yana. Mashina chiyillab o'zi yashaydigan o'n sakkiz qavatli bino qarshisida to'xtadi. Damryeong qizni qo'lidan sudirab uyga olib kirdi. Qiz endi og'iz ochaman deganida yigit uni ikki yelkasidan siqimlab devorga zarb bilan tiradi.

Qattiq devorga tanam urilganida yengil og'riqdan ingradim. Ammo uni harakatlarini juda yaxshi tushunardim, men uni rashk olovida yonishiga sabab bo'lganim uchun ham aybdor edim. Yengil yutunib boshimni tepaga qaratdim u esa pastga. Yuzimni ikki kafti bilan ushlab peshonalarimizni birlashtirdi. Ko'zlarimiz to'qnashdi, men unda unsiz bir rashkni sezardim.

Bir so'z ham deyolmadim, u ham qanchadir daqiqa jim tikilib turaverdi. Go'yo meni ko'zlarimga qarab g'azabini tinchlantirib olmoqchidek. So'ng chuqur xo'rsinib gapira boshladi.
- Nega u yerga mendan so'ramay bording?
- Janob.. janob Narang taklif qildi hammamizni. - dedim hayajon va qo'rquvim qorishib. Uzuq-yuluq tartibsiz so'zlar chog'im, undan hayiqa boshladim. Chunki uni hech qachon avval bunday holatda ko'rmagandim.
- Men senga ruxsat berdimmi?… javob ber! - Damryeong biroz ovozini balandlatdi. Endi esa Raniyaning ham jaxli chiqa boshladi.
- Nega sizdan ruxsat so'rashim kerak? bunga majburmanmi?
- Majbursan! kimniki ekaningni unutib qo'yma.
- Men mulkingiz emasman! - Raniya Damryeongni ko'ksidan itarib o'zidan uzoqlashtirdi. Ovozini ham xuddi o'zinikidek balandlatdi. Damryeong qizning bu kutilmagan isyonidan bir soniya qotib qoldi. Lekin bu uning g'azabini pasaytirmadi, aksincha, alangaga moy sepgandek bo'ldi. U sekin, lekin tahdidli tarzda yaqinlashib, Raniyaning ikki tomonidagi devorga tirandi. O'rtalarida hatto nafas olishga joy qolmagandi.
- Men senga hech qachon mulkdek munosabatda bo'lmadim. - yigitning ovozi juda past va xafadek eshitildi. Raniya uning ohangidan noto'g'ri gapirib qo'yganini anglab yumshab qoldi.
- Lekin doim aytganman.. har bir qon oqib turgan tomiring, har bir olayotgan nafasing meniki ekanini.
- D..Damryeong…
- Jim.. men o'sha onda nimani his qilganimni qanday tushuntiray? Ko'ksimda paydo bo'lgan cho'g'li olovni qanday o'chiray? Senga boshqalar qarashini ham istamayman ammo ba'zilar xatto qo'l tekkazishga boryabdi sen esa qarshilik ham qilmading.
- Men kutmagandim, bu to’satdan bo'ldi. Tein shunchaki do'stim.
- Do'stlar bir-birini o'pishga harakat qilmaydi.
- Men unday qilmadim!
- Lekin qarshilik ham qilmading. - Damryeong undan uzoqlashdi va bazo'r jilmayishga urindi. Raniya endi payqadiki erkakning rashki ancha kuchliroq bo'lishini.
U mendan uzoqlashgan vaqti yuragim qo'rquvdan gupirlab ketdi. Yuzida qandaydir alamli tabassum bor edi. Men.. men axir atayin qilmadim, Teindan bunday harakatni kutmaganim uchun ham shoshib qoldim. Balki u meni o'pgan bo'lardi.. agar u..u kelib qolmaganda. Tomog'imdan achchiq bir narsa o'tdi. Men xato gapirdim. Uni qo'lidan ushlab kechirim so'ramoqchi bo'ldim lekin ulgurmadim. Uydan otilib menga xatto qaramay chiqib ketdi. Ko'zlarimda qotib qolgan yoshni chiqarolmay u chiqib ketgan eshikka qarab qolaverdim. Uni juda sevaman… hozir mendan yuz o'girganda yana bir bor amin bo'ldim.

Og'ir ko'zni qamashtiruvchi chiroqlar tungi klub barini ranglarga bo'yamoqda. Raqs maydoni juftlik yoshlarga to'lib toshgan. Musiqa ovozi balandligidan quloq qomatga kelardi. Qaysidur burchakda juftliklar kuchli bosimdagi musiqa ovozini yoki odamlar qarashini ham unutgan holatda og’iz-burun betashvish bir-birlariga yopishardilar. O'sha eshikdan chiqib ketganidan keyin alamini ichkilikdan olishni xohlagan Damryeong aynan shu tungi klubga tashrif buyurgandi. Yonida sherik bo'lib halittan buyon Jimin ham to'xtovsiz o'tkir viskini bo'shatib yotibdi. Damryeong unga boshini ko'tarib qaradi. Jiminning ko'zlarida og'ir tashvish va alam uchquni ko'rk berib turibdi. Damryeong yolg'iz emasligini tushunib kuldi.
- Senga nima bo'ldi? - so'radi Damryeong viskisidan ho'plab.
- Farzandli bo'lmoqchiman.. - Jimin xuddi aqldan ozgandek kula boshladi.
- Nima buni iloji bor ekanmi?
- Ha boshqa ayoldan.. - javob berdi Jimin hotirjam holatda. U Damryeongni yoniga kelishidan avval Doona unga yana doimiy aytadigan gaplarini aytgandi. Yana doimgi g'alva, Jiminning ko'zlaridagi otalik xohishi. Ayolga ham qiyin, turmush o'rtog'i nimani xohlashini shunchaki yashiryabdi, ammo u buni qanchalik orzu qilishini bilardi. Jimin ikki taraflama kuchli bosimdan, xotinining doimiy itarishlaridan juda charchagandi.
- Qo'lingdan keladimi? - so'radi Damryeong Jiminga sinchiklab tikilar ekan. Jimin javob bermadi va o'zlarining stollari tomon kelayotgan ayollarga nigohini qaratdi. Uning ko'zlaridagi alamli kulgu o'rnini to'satdan sovuq bir qat'iyat egalladi. U yoniga nazokat bilan o'tirgan ayolga boshdan-oyoq extiros bilan tikilgancha, stakandagi so'nggi qultumni bir ko'tarishda ichib tarsillatib qo'ydi.
- Boshqa choram bormi? - Jimin shu so'zlarini aytdi-yu yonidagi qizni belidan quchib tungi klubning vip xonasi tomon chiqib ketdi. Damryeong uni yaxshi tushunardi, hozir o'zining ham ichida rashkdan kurtak ochgan qora nihol joniga azob bermoqda. Raniyaning aytgan so’zlari ham alam ustiga alam bo'lib ruhini cho'ktirdi. Yigit tanasini ortga tashladi. Hozir miyasida sevgilisining oxirgi so'zlari aylanar, ko'z o'ngidan maftunkor ammo ko'zlari to'la yosh bo'lgan chexrasi ketmasdi. U har Tein bilan bo’lgan voqeani eslaganida g'azabi battar to'lib toshaverdi. Alamini nimadan olishni bilmay hunob bo'la yozdi. Damryeong Jimin bilan birga chiqib ketgan ayolning sherigi yonida ekanini endi payqadi. Qizning ko'ylagi qizil rangda xuddi bir vaqtlar Raniya teatrda Damryeongning xushini o'g'irlagan nafis ko'ylakga juda o'xshash edi. Sochlari tekis yelkasiga tushib turar, hiyol ko'zlariga surtilgan qora surmalari extirosni oshiradigan darajada chiroyli, lablari qizil rangga bo'yalgan va har bir harakati qat'iy, tajribali edi. Damryeong qizning yuz tuzilishiga va qip-qizil boyalgan lablariga tikilarkan, tomog'iga achchiq bir narsa tiqilgandek bo'ldi. Har bir detali ko'ylagining botiq biqimlari, yelkasiga tushib turgan tekis sochlari va qizil bo'yog'i hayolini tamoman zaharlab, uni Raniyaning o'sha teatr sahnasida porlab turgan suratiga qaytarib olib o'tardi. Ammo qarshisidagi bu ayol Raniya emasdi. Unda Raniyaning sofligi, ko'zlaridagi beg'ubor qo'rquv va sevgining uchqunlari yo'q edi. Qizil ko'ylakli ayol Damryeongning o'tkir va sovuq nigohlarini o'zicha boshqacha tushundi. U yigitning e'tiborini tortdim deb o'ylab, lablarida shirin, jozibali tabassum bilan sekin-asta unga yaqinlashdi. Ayolning xushbo'y, og'ir parfumi Damryeongning burniga urildi-yu, yigitning dimog'i achishib ketdi. Ayol uning ko'ksiga uzun tirnoqlarini botirib, yurak qismiga bosh qo'yib belidan quchib yotib oldi. Ular xatto jamoat joyida ekanliklariga ham e'tibor berishmasdi. Damryeong og'ir nafas olardi. Lekin bir zumga boyagi rashkdan o'layotgan hislari tinchigandek bo'ldi. U bu qiz bilan birga bo'lganda uning teginishlariga qarshilik qilmaganda xuddi Raniyaning ishiga javoban ish qilayotgan his qildi o'zini. Va shu yo'l bilan alamini olmoqchi bo’ldi. Barchasi teng bo'lishi uchun. Damryeong ayolga imkon berdi, ayol boshini ko'tarib marraga yetgandek quvonib kuldi. So'ng yigitning qora ko'ylagini yechish uchun qo'l cho'zdi va och bo'ridek unga suykalib ketdi. Damryeong esa hech qanday harakat qilmay uning harakatlarini kuzatardi. Ko'ylak tugmalari birin-ketin yechilar ekan, lablarini asabiy yalab boshini ortga tashladi… va xuddi oldindan kechirim so'ragandek bo'ynidagi qora yozuvli tatusi ustidan silab qo'ydi…

#Muallif - Kang Raniya