October 10

Samolardan balandda

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare

Bahorning iliq havosi ochiq derazadan kirib xonani to'ldirib turibdi. Pardalar yengil shamolda hilpirab turar, shu bilan birgalikda shamolga yuzini tutib o'tirgan qizning sochlari bilan o'ynashardi. Og'ir tundan o'tib kirib kelgan yangi yorqin kun bugun har kungidek oddiy edi. Ammo kechagi tunni eslaganda Raniya soat uchgacha uhlay olmadi. Beshda alaxsirab qo'rqinchili tushdan baqirib uyg'ondi. Yig'i aralash aytishiga qaraganda, kimdir uni taqib qilgan emish. Ko'ksida qon yig'ilib qolganini, uni qancha artishga urinmasin ketmaganini va qarshisidan o'ldirgan insoni chiqib qo'lini qonga botirganini aytdi. Keyin soat yettigacha mijja qoqmadi. Undan ko'z uzishga kuch topolmay Damryeong biroz nariroqdan uhlaguncha qarab o'tirdi. Raniya yotoqda tizzalarini quchgancha bir nuqtaga qarab turar, Damryeong esa undan sal nariroqdagi divan ustida o'tirardi.
Raniya og'ir xo'rsinib shamolga yuzini tutib turdi. Ba'zan u soatlab shu holatda qolib ketadi. Hozir ham o'z hayollari og'ushiga o'zini ko’mib, qiynashda davom etmoqda. Soat tahminan ikki yarimlar atrofida Raniya o'tirgan xona eshigi hiyol ochildi. Qiz buni xatto payqamadi ham, u ko'p ovozlarni eshitsa ham ba'zi vaqtlari qulog'iga kirmasdi. Bir necha daqiqa o'tdi. So'ng qayerdandir sukunatni buzib mushuk miyovlagani eshitildi. Raniya hayollaridan chiqib ketdi. U beixtiyor boshini ko'tarib yon tomoniga qaradi. Qaradi-yu ko'zlari porlab, xuddi chexrasidan quyosh nur sochgandek o'zgardi.
Uncha kichik emas, ammo unchalik katta ham emas, yunglari oq va pahmoqqina bo'lgan mushukcha u tomonga sekin, vazminlik bilan yurib kelayotgandi. Raniya mushukni qo'rqitib yubormaslik uchun asta yerga tizzalab o'tirdi. Bir qo'lini unga uzatganda mushuk qizga yaqinlashdi. Raniya uni sekinlik bilan erkalab, siladi. Keyingi navbatda qo'llariga ko'tarib boshidan, keyin bo'ynidan ketma-ket silay boshladi. Raniya mushuklarni yaxshi ko'rardi, holbuki hech qachon mushuk boqib ko'rmagan bo'lsada. Qizning lablari beixtiyor, o'zi ham sezmagan holda hiyol tabassum qildi. Mudhish kunlaridan buyon u hech qachon hali bunday samimiy kulmagandi.
Mushuklar odamning ichki qiyin kechinmalarini o'zlariga olib, o'zidan quvvat chiqaradi deyishadi. Damryeong buni yaqinda eshitgandi. U hiyol ochiq qolgan eshik ortidan sekingina mo'ralab bu yoqimli manzarani kuzatib turar ekan, Raniyaning tabassumini ko'rib u ham yuziga tabassum oldi.

Qilgan ishidan mamnun jilmayib, mushukni qiz bilan yolg'iz qoldirish uchun eshikdan uzoqlashdi.
Raniya uni silayotib bo'yniga ilingan bo'yinboq va bo'yinboqqa qistirilgan qog'ozchani ko'rdi va qog'ozni qo'liga oldi. Qog'ozda shunday yozuv bor edi:

- Mushuk o'g'il bola. Ko'p quchoqlayverma.

Raniya so'zlarni qayta-qayta ko'p marta o'qidi. Tabassum qilib turgan lablari qayta tekis bo'lib qoldi. U qog'ozni qo'llari orasida g'ijimladi-da e'tiborsiz qoldirib chetga otib yubordi. Keyin yana mushukka qaradi. Shu tariqa butun kuni mana shu mushuk bilan o'tdi.
Kechki soat sakkizlar atrofida xona eshigi yana sekin ochildi. Bu safar Damryeong qo'lida kichik patnisda issiq sho'rva va bir finjon choy bilan kirib keldi. U o'zini juda ehtiyotkor tutar, qizni cho'chitib yubormaslikka urinardi.
Damryeong patnisni kichik stolcha ustiga qo'ydi-da, bir necha qadam nariroqda to'xtadi. Uning ko'zlari bir zum yerda g'ijimlanib yotgan o'sha kichik qog'ozchaga tushdi. Yigitning lablarida mahzun va biroz istehzoli tabassum paydo bo'ldi, ammo u hech narsa demadi. Qizning xatni g'ijimlab otgani uni xafa qilmadi aksincha, Raniyaning hech bo'lmaganda mushuk bilan butun kunni o'tkazgani, oz bo'lsada chalg'igani uning uchun eng katta yutuq edi. U xatto mushukka qarab mamnun, bosh egib ham qo'ydi. Go'yo mushukka sevgilisiga tabassum ulasha olgani uchun rahmat aytgandek.
Damryeong patnisni oldi, sekin yaqinlashib, Raniyadan bir oz masofa saqlagan holda yerga o'tirdi. Raniya unga qaramasdi. Ko'zlari faqat oyoqlari ustida yotgan mushukda edi.
- Bu safar ovqatni o'zim olib kelishni istadim.. - Damryeong sekin pichirladi.
Raniya javob qaytarmadi.
- Balki, endi yana avvalgidek men bilan ovqatlanarsan? - Damryeong unga umidga to'la ko'zlari bilan termuldi.
- Sen, men va mushukchamiz.
- Elio ovqatlanib bo'lgan. - dedi Raniya boshini ko'tarmay. Damryeong uning javob qaytarganidan quvonib ketdi. So'ng yana gaplashishga harakat qila boshladi.
- Unga ism qo'ydingmi?
Raniya sekin bosh irg'ab qo'ydi. Yuzi tundlashgan va doimiy sovuq edi. U o'zini beparvo tutar, e'tiborini mushukka qaratishga urinayotgandek edi. Qizning lablari qattiq tishlandi, ko'zlari namlanib ketgandi. Lekin yig'lamaslikka chunonan urindi.
Damryeong sho'rvadan bir qoshiq olib, Raniyaning lablariga yaqin olib keldi. Raniya yuzini teskari tarafga burdi. Yigitning qo'llari esa havoda muallaq qolib ketdi.
- Istamayman… meni tinch qo'ying.
Uning uzoqlashib borishi meni dunyolarimni qulatardi. Qo'llarim sekin yana pastga tushdi. Ammo yana urindim.. qayta, qayta, qayta va yana. Qo'llarimni itarib yuborganda qoshiqdagi ovqat har qayoqqa sachrab ketdi. Og'ir nafas chiqarib yerga sochilgan ovqat bo'laklarini terishga tushdim. Bo'lgan ishdan cho'chib ketgan jonivor ham uzoqroqqa qochib ketdi. U yana yig'lashga tushdi. Qilgan ishidan balki o'zini ayblayverib shunday qilayotgandir? O'zimni tutib turolmadim. Xudbinligim hislarimdan ustun kelgan on, patnisni qo'ydim-da uni bag'rimga tortib mahkam quchoqladim.

Damryeong yana vahimasi boshlangan sevgilisini bu safar qarshiliklariga ham qaramay bag'riga bosdi. U qizni bag’riga bosishi bilan Raniya go‘yo alanga ichiga tushgandek seskanib ketdi. Uning issiq quchog‘i qizga tasalli emas, aksincha, shusiz ham tilka-pora bo‘layotgan qalbini ezuvchi yana bir azobdek tuyulardi. O‘zini qon va gunoh girdobida deb bilgan qiz, Damryeongning bu sevgisi, beg‘ubor mehriga o‘zini zarracha loyiq ko‘rolmas, bu yaqinlikdan ruhi chidamsizlanib faryod urardi.
- Meni qo‘yib yuboring! - dedi Raniya bo‘g‘iq, ammo o‘ta sovuq va keskin ovozda. - Tinch qo'ying meni iltimos! Qo'yib yuboring, keting! Nega tushunmaysiz sizni ko'rishni istamayman!
U yigitning ko‘ksiga qo‘llarini tirab, bor kuchi bilan ortga itarishga urindi. Zarblari darmonsiz bo‘lsa-da, ulardagi nafrat va o‘z-o‘zini qoralash hissi shunchalik kuchli ediki, har bir harakati yigitning ko‘ksiga xanjardek botardi.
- Siz yonimda bo'lsangiz menga havo yetmaydi..

Damryeong uni mahkamroq ushladi. Sochlaridan o'pib, yuzini bo'yniga ko'mdi. Raniya uni ko'ksiga ketma-ket urar, o'zidan uzoqlashtirishga ko'p harakat qilardi. Qalbida yonib kul bo'la yozgan iztirob battar kuchayib, endi o'rnini nafrat egalladi-yu ko'zlari ko'r bo'ldi.
- QO'YIB YUBOR DEDIM! - endi uning ovozi baland jarangladi.
Damryeongning qo'llari bo'shashdi. Shu onda Raniya uning issiq quchog'idan chiqib, yana sovuq olamga qaytgandek bo'ldi. Damryeong uning ko'zlaridagi nafratni aniq payqadi. Nafasi qiyinlashib, turgan holida qimirlay olmay qotib qoldi. Raniya uni yelkasiga ketma-ket ura boshladi.
- Meni tushunasizlarmi o'zi? Men sizdek emasman! Biror kimni hayotini tortib olib hech narsa bo'lmagandek yashab ketolmayman! Mendan nimani kutyapsiz o'zi?!
Damryeong uning so'zlari jim eshitdi. Ko'ksiga urilayotgan qo'llar unga og'ir yetkazmas, agar bu unga yengillik bersa mayli ursin degandek o'zini yaqinroq tutib berardi.
- Albatta bu sizlarga odatiy hol bo'lgan-ku. Menga oson tutyapsiz! Men har kuni o'sha kimsani yuzini qarshimda paydo bo'laverishidan charchadim! Qo'llarimga qaragimda ularda qon borgandek his qilaverishdan to'ydim… tushlarimda menga tinchlik bermaydi. U yomonmidi yoki yaxshi baribir inson edi-ku?! Nega bunga oddiy qaraysiz! Ming qilsa ham men bir insonni o'ldirdim-ku! Qanday hotirjam yashay?! Qanday! Qanday qilib kulay? qanday qilib bir insonni tuproqqa tashlab o'zim tamaddi qilay? Men sizdek emasman!
Damryeongning tushkun va g‘amgin ko‘zlarida cheksiz bir sabr, shu bilan birga tubsiz bir iztirob aks etib turardi. Uning uchun o‘z tanasiga tushayotgan zarbalar emas, balki Raniyaning nigohida yonayotgan o‘sha sovuq va shafqatsiz nafrat tuyg‘usi ming bor og‘irroq edi. U achchiq yutindi.
- Bularga sizdek o'rganmaganman.
Damryeong qotib qoldi. Qizning so'zlari yuragining qoq markaziga otilgan o'qdek og'riq berardi. Uning nafasi siqildi. Lablari titradi. Bir narsa demoqchi bo'ldi, lekin ichiga yutdi. Bir necha daqiqa o'tib yigit unutib qo'ygan o’zligining nafasini his qilishi bilan o'rnidan ohistalik bilan turdi. Raniya aytgan gaplari qanchalik og'ir ekanini mana endi payqagandi. Uning yuzi tundlashdi, sekin lablari titrab boshini sevgilisining yuzi tomon ko'tardi. Damryeongning ko'zlaridagi alamni, lablarining orasi ochilganini, yuzi sovuqlashib qolganini va eng muhimi qalbidagi og'ir yarani qayta qo'zg'atganini aniq ko'rdi. Raniya buni ustida aytmadi ammo ichidagi bu yigitga bo'lgan sevgisi unga lan'at ayta boshladi.
- Nima qilib qo'yding? - dedi u. Raniya bu ovozni his qildi. Ko'zlaridan yosh quyilib keldi. U qo'llarini cho'zmoqchi bo'ldi, Damryeongning qo'llarini tutgisi keldi, aytganlari uchun kechirim so'rashni, quchog'iga qayta bosh qo'yishni juda xohladi. Lekin bardosh bermadi.
Damryeong og'ir yutindi va hech qanday gap so'zsiz xonadan sekin chiqib ketdi. Raniya uning ortidan " Ketmang.. " degandek qarab qoldi. So'ng piqillab yig'lab yubordi. U tizzalarini quchdi, sochlarini changallab, lablarini tishladi. Damryeongni xafa qilishni sira istamagandi. U sovuq xona ichida mushugi bilan yolg'iz qolib ketdi.

Raniya tuni bilan sovuq pol ustida o’tirgancha, bir nuqtaga qarab chiqti. Damryeong xonaga kirmadi. U kelmadi. Raniya balki uni kutgandir, balki qo'rqqandir bilmasdi. Ammo eshikka bir necha bor ko'z tashladi. Damryeong yo'q.
Yigit shu yerda edi. Doim Raniyaning yonida bo'ldi. Lekin bu tun pastgi qavatdagi divan ustida yotdi. Bir zumgina ko'zlari ilinmadi, Raniyaning so'zlarini o'yladi. Balki undan uzoq bo'lsam unga yaxshi bo'lar degan xulosaga kelganda, o'zining qaroridan o'zi xafa bo'lib ketdi. Erta tong sahar vaqti Damryeong o'rnidan turib, Raniyaning xonasiga bordi. Ichkariga kirmadi shunchaki kecha o'zi atayin ochiq qoldirgan eshigidan ko'z tashladi. Raniya o'tirgan joyidan qimir etmagan Elioni quchib o'tirgandi. Damryeong yengil nafas chiqarib yana pastga tushib ketdi. Tartibini yo'qotgan kiyimlarini uyoq-buyog'iga ko'z tashlab zinalardan pastlar ekan, uy eshigi taqirlab qoldi. Damryeong erta tongdan kim kelganiga hayron holda eshikni o'zi ochdi. Qarshisida yuzlari kulib turgan Hanni turardi. Qiz eshikni Damryeong ochishini kutmagan chog'i tezda sochlariga qo'l yugurtirib, ko'ylagini to'g'irlagan bo'ldi. Damryeong unga yengil salom o'rnida bosh chayqab ichkariga kirdi. Hanni uning ortidan kirib, eshik oldida biroz turib qoldi. Kelganini qanday sababga ko'ra ekanini, tushuntirish uchun biroz duduqlandi.
- Haligi men, holingizdan xabar olay deb kelgandim. Raniyaning ahvolini eshitib juda xafa bo'ldim.
Damryeong divanga o'zini tashlab, og'riyotgan boshini biroz uqaladi. Hanniga esa yengil jilmayib qo'ydi. Qiz aslida Raniya haqida zig'ircha tashvishlanmagan bo'lsa-da, Damryeongning tushib qolgan ahvolini ko'rib ich etidan ezildi. Avval qanday edi-yu, mana shu qiz hayotiga kirib qanday bo'lib qoldi? O'yladi u. So'ng ijozatsiz kelib Damryeongning yoniga kelib o'tirdi.
- Yaxshimisiz?
Damryeong bu savolni eshitib, g'alati holatga tushib qoldi. " Yaxshimisan? " chindan u yaxshimi? Bu savolni o'ziga-o'zi berib ko'rdi, javob topolmadi. Nega u yaxshi emas? Chunki Raniyaning ahvoli yomon. Bu savolga birgina javob bor edi xolos. Raniya yaxshi bo’lsa, u ham yaxshi bo'ladi. Barchasi sevgilisiga bog'liq.
- Bilmayman, yaxshimanmi? yoki yo'q?
- Ko'rinishingizdan unaqaga o'xshamaydi. O'sha qizni deb o'zingizni yeb bitiribsiz.
- Unday emas… u meni deb o'zini yeb bitirdi. - dedi Damryeong, Hannining so'zlarini jiddiy qabul qilmay.
Hanni bu javobdan so‘ng bir zum jim bo‘lib qoldi. Uning ko‘zlarida oshkorona norozilik va hasad uchqunlari miltilladi. Damryeongning har bir so‘zida, har bir nigohida faqat Raniya yashayotgani qizning nafsiga og‘ir botardi. U o‘zini tutishga urinib, ovoziga biroz mehribonlik va achinish tusini berishga harakat qildi:
- Damryeong... nega barini uning yelkasiga qo‘yib, o‘zingizni aybdor his qilasiz? U o‘z tanlovini qildi, endi esa o‘zining dardi bilan hammani azoblayapti.
Damryeong uqalayotgan barmoqlarini to‘xtatib, boshini ko‘tardi. Uning nigohi shunchalik sovuq va charchagan ediki, Hanni beixtiyor gapirishdan to‘xtab, bir qadam orqaga chekingandek bo‘ldi. Yigitning lablarida mahzun, ammo o‘ta qat’iy bir tabassum paydo bo‘ldi.
- Sen tushunmaysan. - dedi Damryeong past, ammo vazmin ovozda. - Agar uning yonida bo‘lish, uning nafratiga chidash o‘zimni yeb bitirish bo‘lsa... men buni jonim bilan qabul qilaman.
Hanni lablarini qattiq tishladi. Yigitning bu darajadagi ko‘r-ko‘rona sevgisi va sadoqati uning g‘ashini keltirardi.
- Men sizga undan ko'prog'ini bera olardim.. - dedi bazo'r lablarini tishlar ekan. - O'zimni olib qochmasdim, dardlarimni ichimga yuta olardim sizni qiynamasdim.
Damryeong unga qarab, jimib qoldi. Balki Hannidan bunday gaplarni kutmagani bois hayron edi. Hanni iqrorini yuzaga chiqarishni istadi. Yillar davomida asrab kelgan sevgisini vaqti kelgani uchun oshkor qilmoqchi bo'ldi. Qiz Damryeongning qo'llaridan ushladi-da, o'zining yuziga olib keldi.
- Bu yanoqlar sizni ko'rsa qizg'ish tusga kiradi, - so'ng ko'zlariga bosdi. - Bu ko'zlar faqat sizni ko'radi, - va lablari. - Bu lablar sizni qumsagan.. doim… men sizga ko'p narsa bera olaman. Chunki men kuchliman. Bardoshliman.
Damryeong undan qo'llarini tortib olishga ulgurmadi. Yuqori qavatdan bu so'zlarni, va bu tomoshani Raniya allaqachon kuzatib, barchasini eshitib turgandi. Damryeong o'zgasining yanoqlariga teginganini, uning lablariga qo'llari tekkanda qarshilik qilmaganini, uning sevgi izxorini indamay eshitganini barchasini o'z ko'zi bilan ko'rdi. Qizning tomog'iga achchiq bir narsa tiqildi. U Hannining " Men sizga undan ko'prog'ini bera olaman " degan so'zlarini hayolidan ko'p o'tkazdi. U aslida haq ekanini, tan olish esa jonini battar azobga qo'yardi. Raniya Damryeongni nechi kunlardan beri qiynab yuborganini, Damryeong tunlari uhlamay chiqishini, Raniya uni o'zidan itarganda mungib qolishini, qalbiga ozor bergan so'zlarini ko'targan vaqtlarini esladi. Damryeongni boshqasi bilan yonma-yon ko'rishga bardoshi yetmadi.
Raniya ichkariga kirib ketganidan so'ng, Damryeong endi vaziyatni qo'lga olgandi. U qo'llarini Hannidan siltab uzdi. Asablari taranglashdi, kichik hiyonatni ham qabul qilolmadi. Zero u hali hech narsa qilmagan bo'lsa-da. Damryeong sovuq nigohini sarosimada qolgan Hanni tomon burdi. So'ng deyarli pichirlab gapirdi:
- Haddingdan oshma…

#Muallif - Kang Raniya