« 𝐈𝐧𝐬𝐢𝐝𝐢𝐨𝐮𝐬 »
" Siz o'q oladigan inson aslida qo'lida qurol ushlab turibdi "
- Insidious
Eng og'ir dam yoki odam bolasiga eng og'ir zarbani beradigan narsa nima ekani yoki kim ekanini bilasizmi ? - bu ota-ona bilan bog'liq har qanday sababdir.
Ba'zan muhabbat. Qalbimizni jumbushga keltiradigan tuyg'u. Sevgisiz yashaganlarga achinish kerak. Chunki hayotning faqatgina oq-qora ranglardan boshqa turfa xil ranglari ham bor ekanini ular ko'rolmaydi. Sen meni rangimsan, asl hayotni ko'rsatgan tuyg'usan.
- Bir qizni deb erkakligingni ham unutib qo'yar darajaga kelma! - dedi Junho uyga mast holda kirib kelgan nabirasiga qarar ekan. Taehyung haqiqatdan achinarli holatda. Ko'zlari qizarib ketgan, oyog'ida turishga kuch qolmagan. Janob Junho og'ir nafas oladi va mehmonxonaga barcha nabiralarini chaqirib gap boshlaydi :
- Onangizni o'limiga sabab bo'lgan insondan qasos olishni istamaysizmi? - va gap so'ngini shu so'zlar ila yakunlaydi u.
- Onamiz… o’lganmi?
- Afsuski o'g'lim, men ruhini tinchlantirish uchun harakat qildim.
Ko'zidan bir tomchi oqib tushgan yoshni yashirishni istagani uchun ham xonadan chiqib ketadi Jimin hech qanday gap so'zsiz. Jin esa qo'llarini chalishtirgan holatida ancha sukut saqladi.
- Onam haqida bir nima deyolmayapman bobo. Chunki buni siz bizga endi aytyapsiz. Biz xatto uni ismini ham bilmaymiz, va endi Taehyungdan nimani kutyapsiz? bu adolatdan emas. - dedi Jin.
- Sizdan foydali bir ish chiqmasligini bilganim uchun ham Taehyungni tanlagandim. - mensimagan ohangi yaqqol sezildi. Taehyung divanga suyangancha qoldi. Lablari mazaxona jilmaydi va o'rnidan turdi.
- Mendan Raniyani o'ldirishimni kutyapsizmi demak? - bobosiga kinoyali so'zladi u.
- Umid qilamanki sen eng to'g'ri yo'lni tanlay olasan, kuchli va hissiyotga berilmagan bo'lganing uchun ham buni senga qoldirganman Taehyung yuzimni yerga qaratmasliginga ishonaman. Sen aqllisan…
- Aql va sevgi bir yo'ldan yurmas ekan bobo.. - mayin nota kabi chiqqan tovush xonani jimlikka yo'yadi. Taehyung lab chetida bilinar-bilinmas tabassumini ko'rsatdida divanda o'tirgan bobosining qarshisiga, yerga oyoqlarini chalishtirib o'tirib oldi.
- Men… siz menga tuhfa etgan atirgulni sevib qoldim bobo… mendan uni uzishni aslo so'ramang.. - Taehyungning ko'zlari qizardi, lablari esa hali ham mayin tabassumda. Mastligi esa holatiga kuchli ta'sir berib turgandek. U film sahnasini yaratayotgandek holatda edi. Kim Junho chin ma'noda bugun Kim Taehyung bilan yangidan tanishdi. U endi qariyaning hissiz va razil nabirasi emas. Taehyungni hech kim avval bunday ahvolda ko'rmagan.
- Bir qizni deb aqldan ozganmisan?
- U meni xotinim… va uni mendan hech kim aslo tortib ololmaydi. Modomiki bunga harakat qilsa qarshisida meni ko'radi. Buni aytishni istamasdim ammo bunga majbur qildingiz. Aslo mendan umid qilmang… ASLO!
- Shu kungacha qarorim muhokama qilinmagan bola!
- Qilinadi.. bu masalada albatta qilinadi. Kim bilan qanday husumatingiz bo'lsa ham bunga zarracha aralashmayman bu hatto qiziq ham emas. Ammo meni xotinimni hech kim bu o'yinlarda o'yinchoq qilolmaydi.
- O'sha qizni deb menga qarshi chiqa olasanmi? - dedi qariya nabirasining yuziga yaqinlashib.
- Nafaqat bobo… butun dunyoga..! - Taehyung shunday dediyu o'rnidan turib xonadan chiqib ketdi.
Pov Taehyung : Qo'rg'on ichida nafasim siqyapti, bir daqiqa ham kutolmayman allaqachon tong otib bo'ldi. Qo'l oyoqlarim titraydi, men tamoman aql degan tushunchani yo'qotdim. Bu xona, bu uy, bularning bari! jin ursin uni eslatishni boshladi. Allaqachon tushunganman endi usiz yashay olmasligimni. Ko'zlarimni og'riqli yumaman, butunlay tashvishga ko'milgan tanamni zo'rg'a ko'tarib xonamdan chiqdim. Tomog'imdan tuz ham o'tmaydi, onam deb kelgan ammo onam bo'lmagan ayolni chaqiruvlarini ham eshitib o'tirmay ko'chaga chiqib ketdim.
Mashina rulini holsiz boshqarar edim. Yana o'sha halovatimni o'g'irlagan qal'a misol qo'rg'onga qadam qo'yaman. Uni menga bermagunlaricha men to'xtay olmayman. Ikki kundan buyon qora ko’zlarini ko'rolmadim. Bugun ham ko'rolmasam men butunlay holdan toyaman. Endi usiz iloji yo'q.
Holsiz qo'rg'on eshigi oldida turgan Taehyung har bir derazaga qarab chiqti. Birma-bir o’ziga kerakli insonini qidirib. Lekin ularning hech birida u qiz yo'q.
- U yana shu yerdami? - bu safar jaxl bilan o'rnidan turgan janob Shin qo'riqchilarini turtib Taehyung bilan gaplashish uchun shaxsan o'zi qo'rg'on hovlisiga chiqti. Taehyungni ham hovliga kirgizishdi. Qarama-qarshi kelgan yigit va viqorli janob Shin Hwan ochiqchasiga hozirning o'zida gaplashib olmoqchi edilar. Ularning atrofini qurolli odamlar o'rab olgan. Barcha qizni bermaslik uchun qurol ko'tarsa, Taehyung bu shoqollarning qarshisiga bir o'zi hech qanday qurolsiz chiqti.
- Birinchi safar kelganingda yigitcha senga indamadim, ammo bu keyin ham istaganimni qilaman degani emas edi. - gap boshlaydi janob Hwan.
- Sizda bobomning adovati bor, men unga qo'shilishni istamayman. Onamni o'ldirgan bo'lsangiz ham..
Shu so'zlarning o'zida boboning eti junjikib ketdi. U o'ldirmagan ammo o'limiga sababchi bo'lib qolgan ayol qichqirig'i uni qulog'i ostida yangrab og'riq berdiyu qoni qaynashni boshladi. O'sha kuni narko savdosi ostida u bir omborni hech qanday tekshiruvsiz portlatib yuborgan. Ichida esa xabarsiz qolgan begunoh ayol qolib ketgan. Hozir esa o'sha ayolning o'g'li Shin Hwanning qarshisida uning nabirasini olib ketish uchun turibdi. Bu taqdir edi.
- Kim uchun kelganimni bilasiz… menga xotinimni qaytaring..
- Xotiningni? yigitcha allaqachon siz uchun ajrim hujjati tayyorlandi.. bobong aytmadimi?
Taehyung hayrat bilan unga qaraydi. Bir zumda tanasiga sovuqlik yugurdi.
- Nimalar deyapsiz? bu.. bunday bo'lmaydi! Bunga yo'l qo'ymayman!! - talvasaga tushdi Taehyung.
- Ket Kim Taehyung! hujjat senga yetganda unga qo'l qo'y! muammo kerak bo'lmasa ko'zimdan yuqol… hech qanday qiz yo'q!
- Yo'q!.. YO'Q UNI O'ZI BILAN GAPLASHMAGUNIMCHA…
- RANIYA ALLAQACHON AJRIMGA QO'L QO'YIB BO'LDI!!! - dedi ketayotgan joyida to'xtab ortiga burilgan Hwan. Mana endi Taehyung turgan joyida qotib qoldi.
- Uni ko'chaga uloqtiring agar qarshilik qilsa bilagida kuchi qolmaguncha do'pposlab bobosiga sovg'a sifatida jo'natib yuboring! - Shin Hwan shunday dediyu ichkariga kirib ketdi.
Qo'riqchilar Taehyungni o'rab olishdi, birin ketin uni qo'lidan ushlab tashqariga tortqilashni boshlashdi. Ammo Taehyung baqirib butun qo'rg'onni oyoqqa turgiza yozdi. Faqat bir xil gap, va faqat oldinga chiranish.
- BUNDAY BO'LMAYDI ESHITYAPSIZMI!!! HECH KIM AYIRA OLMAYDI! SIZNI ADOVATINGIZ SABAB BIZ AYRILMAYMIZ!!! ISTAGAN ISHINGIZNI QILING AMMO BARIBIR UNI SIZDAN OLAMAN!!
Mana endi unga kuch ishlatishga majbur bo'lgan bir qancha barzangilardan biri Taehyungni yuziga zarb bilan musht tushirdi. Taehyungdan u ancha gavdali va kuchli, Taehyung esa hali ham chiranishdan to'xtamadi.
- RANIYA!!! MENI AJRASHADIGAN XOTINIM YO'Q!!! ESHITYAPSANMI YO'Q!!! SEN MENIKISAN! FAQAT…
Yana bir musht. Og'zi burni qon bo'lgan yigit endi gapirolmay yerga yiqildi. Yerga tomchilab tushishni boshlagan yomg'ir xuddi uni qonini yuvish uchundek. Avvaliga sekin bilinmas darajada, zum o'tmay esa sharros quyilib yomg'ir yog'ib ketdi. Usti boshi ivib qon aralash bo'lib ketgan Taehyung shu holida ham qizni chaqirishdan to’xtamas, u bilan birga barzangilar ham uni xuddi zavq olayotgandek do'pposlashda davom etishardi.
Daxshatli manzara. Yuqori derazadan barchasiga guvoh bo'lgan qiz umuman ortiq bir daqiqa ham chidab turolmadi. Yuragi og’rib, mushtini siqib turgan holida endi xonasidan otilib chiqdi. Zinalardan shoshinqirab yugurib tushar ekan uni to'xtatishga uringan otasini oldidan quloq solmay o'tib ketdi.
- Raniya! Raniya to'xta qizim! Raniya!
- Mayli.. qo'y ketaversin.. - janob Hwan o'g'lini to'xtatdi va Raniyani ketishiga imkon berdi. Yig'lamsirab hovliga otilib chiqqan qiz qarshisida yerda qonga belangan bo'lsa ham uni ismini aytib chiranayotgan erini ko'rishi bilan u tomon bor kuchi bilan yugurdi.
- TO'XTANG!!! - qichqirdi u maxluqdan farq qilmay, do'pposlashdan to'xtamayotgan barzangilarga.
- MEN TO'XTANG DEDIM!!! - Raniya bor kuchi bilan ularni to'xtatib qoldi. Ular sekinlik bilan Taehyungdan uzoqlashishdi. Yigit qarshisida o'zi ko'rishni istagan insonini vanihoyat ko'rishi bilan harakatdan to'xtadi. U topdi..
Raniya va Taehyung bir-birlariga butun dunyo sog'inchi bilan tikilib qolishdi. Taehyung yerda holsiz tiz cho’kkan holda o'tirardi. Raniya unga yaqinlashib u ham xuddi Taehyung kabi uning qarshisiga tiz cho'kdi. Taehyung qizga termulishdan o'zini to'xtata olmas, sog'inchi bosilishi uchun ham to'yib-to'yib qarab olishi kerak. Raniya Taehyungning yuzini ikki kafti bilan ushlab o'ziga qaratdi. Qontalash lablari, yuzlari, ko'zlari ustini mayin silay boshladi. O'rtada sukunat va tikilish. O'rtadagi sukunatga avval Raniya nuqta qo'ydi.
- Taehyung… - dedi u Taehyungni yuzlarini silash davomida.
- Sevgilim.. - Taehyung javoban uni shunday atadi. Ilk bora…
- .. Bunday qilma… boshqa bu yerga kelma..
- Men bilan ket… seni o'zim bilan olib ketish uchun keldim, seni o'rning meni yonimda abadiy men bilan.. - Taehyung ham uni yuzini kaftlari orasiga oldi va yuzlarini birlashtirdi.
- Seni qanchalik sog'inganimni tasavvur qilolmaysan.. - chuqur nafas oldi Taehyung.
- Sen ketishing kerak.. ular seni bu ahvolga solishiga men qarab turolmayman!
- O'ldirishsa ham roziman agar sen menga qaytmasang.
- Esingni yig'… endi biz birga bo'lolmaymiz, bu ilojsiz!
- Hamma narsaning iloji bor.
- Bir-birimizga to'g'ri kelmaymiz!
- Bu muhim emas.
- Oilalarimiz dushman!
- Faqat sen va men.
- Bu shundoq ham hamkorona turmush edi!
- Seni sevaman…
Raniya gapirishdan to'xtab qoldi. Nafasi ichiga tushib ketgandek. Ko'zlaridan birinchi marta yosh oqib tushdi ammo bu yomg'irda bilinmadi ham. U Taehyungga mo'ltirab qarar ekan Taehyung bir zum yo'qotmay qizni lablarini o’zinikining orasiga oldi. Ho'l va yumshoq lablar yana birlashar ekan, yuraklarning urish tovushi bir-biriga eshitiladi. Taehyung va Raniya yig'ilib qolgan sog'inchlarini bosish uchun ham bir-birlarini shoshinqirab to'xtovsiz o'pa boshlashdi. Taehyungning qonagan lablari Raniyaniki bilan birlashganda qon tami qizga bilinadi. Qon bilan aralashgan bo'sa esa ikkisini ishtiyoqini battar oshiradi. Umuman ajrala olmay. Faqatgina nafas tanqisligi sabab ajralgandan so'ng ikkisi ham hansirab nafas olishar ekan Taehyung qizni belidan ushlab o'ziga tortadi.
- Yur ketamiz..
- Bunday oson bo'lmaydi. Oqibati yaxshilik bilan tugamaydi tushun.
- Menga farqi yo'q sen yonimda bo'lsang bo'ldi.
- Taehyung shoshma..
Taehyung Raniyani qo'lidan ushlab olib ketmoqchi edi hamki Raniya uni to'xtatdi.
- Sen.. sen hozir ket. Men o'zim bobom bilan gaplashganimdan so'ng yoningga qaytaman.
- Yo'q! hozir!
- Taehyung iltimos.. va'da beraman yoningga qaytaman.. - Raniya uning yuzidan silab ohista jilmaydi.
Qiz biroz sukut saqladi. Keyin lablari bilinar bilinmas jilmaydida :
- Anjir gullaganda. - deb kuldi. Taehyungni ham yuziga kulgu yugurdi.
- So'z berasanmi?
- So'z beraman. - Raniya shunday deyishi bilan Taehyung yana uning lablarini o'pa boshladi. Bir necha daqiqalik yana to'yib bo'lmas bo'sadan so'ng ikkisi quchoqlashib hayrlashdi. Taehyung endi qo'rg'ondan indamaygina chiqib ketdi. Uning ortidan kayfiyatsiz qarab qolgan Raniya bir xo'rsindiyu ko'zidagi yoshni artib tashladi.
- Anjir hech qachon gullamaydi..