ππ―π’π₯ π°π’π₯π₯ π©π«ππ―ππ’π₯
Kompaniyada ish doimgidanda ko'proq. Taehyung va boshqalar ham o'z ishlariga kelishdi. Ayni vaqtda Taehyung to'yni qachon qanday boshlash haqida o'ylardi. Bu qanday davom etadi ? hozir u Inok bilan hayotini davom ettira oladimi ? barchasi oson kechadimi ?.
- Menimcha u bilan vaqtimni ko'proq o'tkazishim kerak. Bir-birimizga o'rganishimiz kerak. Umid qilaman⦠o'zim baxtli bo'lmasamda uni baxtli qilishim zarur. Bu sening vazifang.
Taehyung darhol o'rnidan turib kotibasining oldiga qarab ketdi. Inok o'z ishlari bilan mashg'ul ham yettinchi osmonda uchib jilmaygancha ish qilayotgan edi. Taehyung uni oldiga keldida qizga biroz muddat tikilib turdi. Gapni nimadan boshlashni bilmay bosh qashladi. Inok aylanadigan stulida zavq bilan aylanar to'xtab qolsa oyog'i bilan yerni tepib yana o'zini o'zi uchirardi. Qiz aylanayotgan vaqti stul boshlig'ining qarshisida to'xtashi bilan hayratdan sakrab tushdida kiyimlarini to'g'irlab tazim qildi.
- A.. bemalol uchaver men haligi⦠seni kechki ovqatga taklif qilgani k..kelgandim - dedi Taehyung qizni noqulay vaziyatidan olib chiqib. Inok hayajondan titrab ketdi. Qizning ko'zlari yoshlanardi haqiqatdan ham u hozir sevgan insoni tomonidan uchrashuvga taklif qilinyabdi. U hech qachon bunday bo'lishiga ishonmagan edi. Bu haqiqatdan ham o'zgacha his.
- Minnatdorman albatta janob jonim bilan boraman - deb tabassum qildi qiz.
- Unda.. ish vaqti tugaganda tashqarida kutaman seni
Taehyung ohista lab chetida jilmayib qo'ydida yana qaytib xonasiga kirib ketdi. Eshik ochilib yopilishi bilan baxtdan sakragan Inok og'zini qo'llari bilan yopib kula boshladi.
- ISHONGIM KELMAYABDI !!! TAEHYUNG
- Bu yaxshi emasmi ? - dedi Taehyung bor og'irligi bilan o'zini o'rindig'iga suyab. Yuna kinoya tarzida mazaxona kuldida hafsala bilan qolganlarga qaradi.
- Hali bilmayman ammo cho'zish niyatim yo'q
- AQLDAN OZAMAN YANA GAPIRADIYA
- Bas qilsangchi Yuna. Taehyung to'g'ri qaror qilgan yangidan hayot boshlamoqchi Inok esa eng yaxshi nomzod nega jaxl qilasan - dedi Hoseok.
- Yo'q avval oβylash kerak edi qayerdan bilamiz balki oqibati yaxshilanish o'rniga yomonlashar - asabiylashadi Yuna sochlarini ortga tarab.
- O'ylashimcha yaxshi bo'lsa bo'ladi lekin yomon bo'lmaydi. Sen to'g'ri odamni tanlading - dedi Jimin doβstining qarorini maqullagandek bosh chayqab.
- Men uning baxtini o'ylayabman
- Baxtli bo'ladi Yuna Inokka ishonamiz
Yuna og'ir nafas chiqarib joyiga o'tirdi. Taehyung bu bahslarga umuman aralashmay shunchaki sukut saqlab o'tirdi. Lekin gap aynan o'zining hayoti haqida ketyabdi.
- To'yni keyingi haftaga rejalashtiryabman - vanihoyat Taehyungdan sado chiqdi.
- Nega bunchalik tez ? - so'radi Jin.
- Cho'zishdan nima naf ? shunchaki hayotimdan charchadim, yuragim og'rib ketyabdi. Ham o'zim uchun yangi hayot boshlayman ham bir qizning sevgisiga javob beraman
Xonada o'tirgan Jin, Namjoon, Yuna, Jimin va Hoseok bir vaqtda Taehyungga qarashdi. Barchaning yuzi mayus.
- Namraning oldiga borib kelishim kerak - birdan joyidan turdi Taehyung.
- Ha bunga ancha bo'ldi ko'nglim negadir shu kunlarda notinch - dedi Taehyung.
- To'ydan avval barchamiz borib kelamiz keyin shu bilan to'y ishlari bilan shug'ullanamiz - dedi Namjoon.
Ular shu tarzda o'zaro to'y ishlarini maslahatlashayotgan vaqtlari xona eshigi ruxsatsiz birdan ochildi va ichkariga bir inson qo'llarini keng yoygancha bostirib kirib keldi. Hamma beparvo unga qarashdi ammo uni ko'rishlari bilan jimib qolishdi. Barchaning nigohi hayratdan jiddiylashib ketdi. Kutilmagan mehmon xush kelibsiz.
- 3 yil ichida kimlar o'zgaribdiβ¦