December 26, 2025

ยซย  ๐ˆ๐ง๐ฌ๐ข๐๐ข๐จ๐ฎ๐ฌย ย  ยป

๐Ÿ๐Ÿ-๐๐ˆ๐’๐Œ
โ€œ Har qanday haqiqiy sevgi bir oz telbalikdan iborat. โ€
- Friedrich Nietzsche


Nima uchun inson aqlidan mahrum bo'lishi mumkin ? xo'sh bu savolga javobni bilasizmi ?
Hayotimizda bunga javob bo'la oladigan ko'pgina sabablar bor, ammo men bunga faqat birgina so'zni javob deb bilaman.
Xatto u bilan hozir bir-birimiz uchun kim ekanimizni bilmaymiz. Bu juda chalkashdek ko'rinadi. Ammo jaxlimni chiqarayotgani u ham men ham asosiy maqsadimizni unutib qo'yayotganimiz. Kechagi tunda hammasi shunday o'tdikiโ€ฆ xatto xotiramdan o'chib ketgandek bo'ldi. Go'yoki ikkimiz ham aqlimizni yo'qotib qo'ygandik. Faqat lablar harakatlandi, faqat ular bir-birini qumsadi. Ortiq hech narsa.

Tongda esa go'yo hech narsa bo'lmagandek uyg'onishimiz kulgimni keltiradi. Lekin menga uning menga qarashi, meni ko'rganda yuzida hosil bo'ladigan o'zgacha reaksiyalarni kuzatish menga yoqadi. Shu sabab ham atayin o'zimni hech narsa bo'lmagandek tutaman.


Bugungi boshlagan kunimiz avvalgilaridan farq qilardi. Sababi shundaki bugun janob Junho, janob Inho va Kyungja xonim qo'rg'onni tark etishadi. Qandaydir ziyofatga tashrif buyurishar ekan. Taehyungni aytishiga qaraganda avvallari kattalar ish bo'yicha qayergadir ketishsa hamma o'zi xohlagan ishini qilarkan. Jimin klubga borgan, Selen va Ina esa qo'rg'onda, Taehyung o'zining yashirin makoniga ketadi u yerda o'q otishni mashq qilarkan. Bugungi kunda er-xotinlarning munosabati yaxshilanganiga qaraganda hammamiz birgalikda qayergadir ketamiz.

Qal'aga o'xshash qo'rg'ondan qutilish istagi menda yo'q emas albatta. Hayotimiz kushandalari eshikdan chiqib ketishlari bilan hammamiz bir joyga to'plandik. Qayergadir borishni, bir kecha o'zimiz istagandek zavqlanishni tanladik. Bunday joy sizningcha qayer ?

Ichingizdagi vulqonni chiqarib tashlaydigan, barcha g'am-tashvishni unuttiradigan joy albatta - klub.


Yigit-qizlar qichqirig'i atrofga yoyiladi. Birgina eshik va undan keyingisi haqiqiy jirkanch olam. Ammo ba'zilar aynan shu yerda o'zini jannatdagidek his qiladi. Baland musiqa, rang-barang chiroqlar bolalarni ko'zlarini qamashtirib yuboradi. Baland poshnali tuflida kelgan qiz asta-sekin klub ichiga kirar ekan ko'zlarida porlayotgan zavqi uni go'zalligiga chiroy qo'shadi. Qiz xatto yonidagi erini ham butkul unutib qo'ydi. Unda kechayotgan jumbush hissiyotlar aynan shu yerda barham topishini istaydi.

Boya aytib oโ€™tganimdek kattalarni bosimidan bir kunga ozod bo'lgan Jimin, Selen, Ina, Jin, Taehyung va Raniya vaqtdan unumli foydalangan holda tungi klubga tashrif buyurishdi. Ichkariga birinchilardan kirib borgan Raniya kimlar bilan kelganini ham yodidan chiqardi, u shunchaki oldinga qarab ketardi. Go'yo atrofda undan boshqa hech kim yo'qdek.

- Ajoyib joy.. - pichirladi Raniya lablarini tishlab. Qiz sekinlik bilan ustidagi paltosini yechadi. Ustidagi libosi qora rangda, o'ziga juda yarashgan ammo kaltaroq edi.

- Xo'sh bunday ochiqlik kim uchun ? - xotinining quloqlariga yaqinlik qilib pochirlaydi Taehyung.
- Sendan bo'lak hamma uchun! - ko'z suzdi Raniya. Taehyungning lablari keng yoyiladi :

- Bu degani faqat sen uchun degani..

- O'zing istagan gapni aytyapsan.
- Lekin haqiqatni.

- Yur biror joyga o'tiramiz. - Jimin raqs tushayotgan odamlarga anqayib qarab turgan Selenni qo'lidan sudirab o'tirish uchun bo'sh davraga olib ketdi. Ularning ortidan Ina va Jin ham borishdi. Raniya va Taehyung ham. Hammalari bir burchakdagi stolga kelib o'tirishdi. Aynan bu yerga kelish Jiminning fikri edi. Albatta undan boshqasi klublarni undan zo'r bilmaydi.

- Bu yerga faqatgina raqs tushayotganlarni kuzatish uchun kelmadik to'g'rimi ? - gap boshladi Jin.

- Unday emas, ammo bunday niyati yo'qlar bor oramizda.. qamoqdan ozod bo'lgan kuningiz qanday qilib ilk qadamning o'zidayoq shunchaki hayotdan zavq olmaslik mumkin ? - Raniya stol ustida turgan ichkilikni qo'liga oladiyu Taehyungni o'tkir qarashlariga parvo qilmagan holda ichib yuboradi.
- Sizlarni bilmadimu ammo men kunimni bunday o'tkazmoqchi emasman.. - so'ng qiz o'rnidan turib raqs maydoni tomon oldimlab ketdi.

- U haq.. men ham ketdim. - Raniyaning ortidan Jin va Jimin ham ketishdi. Taehyung ularning ortidan jiddiy qarab qolar ekan raqsni yoqtirmasligini bilgani uchun boshqalarni zavqlanishiga to'sqinlik qilishni istamadi. Qizlar ham shu qatorda.

- Siz raqs tushmaysizmi ? - umrida birinchi marta akalarining xotini bilan tuzukroq muloqotga kirgan Taehyung Ina va Selenga qaradi.

- Men introvertman. - keskin javob beradi Ina qo'l telefonini o'ynab o'tirar ekan.
- Men ham. - qo'shimcha qilib qo'ydi Selen ham.


Buni nimasi qiziq bilasizmi ?
Shunchaki bir muddatga bizni qiynayotgan hislarni unutishni istaymiz. Ichkilik shunday narsaki joningga jon qo'shib hayotga bo'lgan ishtiyoqingni oshiradigan sehrli suyuqlikka oโ€™xshaydi. O'zimni osmonda uchib yurgan qushdek his qilyapman. Yonimda Jimin va Jin ham xuddi mendek ahvolda. Uchchalamiz shunchalik berilib hech kimga e'tibor bermagan holda musiqaga ham-ohang o'ynar edikki. Bir vaqt qo'limdan ushlagan qo'llar sabab o'zimni anglab olmasam keyin anglolmasdim. Tabiiyki menga tegishga Taehyungdan boshqasi jur'at etmasdi. Men ham bu odamni Taehyung deb o'ylagan holda unga indamay qo'lidan tutib turaverdim. Toki Taehyungning o'zi kelib meni undan tortib olmaguncha. Hammasi jonimga tegdiโ€ฆ

- Sen bu yerda nima qilyapsan! - shovqin aralash joyda bor qaxru g'azabini qarshisidagi yigitga sochadi Taehyung. Raniya mana endi ikkinchi yonida turgan yigitga diqqatini qaratdi. Bu yigitlar uni butun zavqli kunini rasvo qilishdi.

- Sevgilimni ko'rgani keldim. - javob berdi Yeuno hotirjam so'zlar ekan, Taehyungga mazaxona qarab.

- Sevgilim? YANA SEVGILIM DEYDI!!!

Yigit hech qanday insonga na so'zlarga qaraydi. Uning maqsadi hozir faqatgina uning xotinini sevgilim degan bu iflosni yo'q qilish. Taehyung Yeunoga shunday musht tushirdiki yigit ichkiliklar taxlab qo'yilgan stol ustiga uchib tushdi. Yerga birin keyin singan shishalar tushadi. Butun klubni o'ziga qaratdi bu rashkchi, jaxli oldida qulga aylangan Taehyung.

- Taehyung!
- U HOZIR MENI XOTINIM!!! MENI!!! MENIKI FAQAT!!! YONIGA YAQINLASHISHGA HAQQING YO'Q KIM BO'LSANG HAM!!!

Ukasining vajohatini ko'rgan Jimin va Jin darhol ularni ajratishga tushishdi. Ammo Taehyungdan Yeunoni ajratib olisholmadi.

- Taehyung qo'yib yubor.. ketaylik.
- Lan'ati seni o'ldiraman! Ortiq xotinimni yonida o'ralashma!
Taehyung Yeunoni siltab qo'yib yubordi, Yeuno xatto pinagini buzmasdi. Bu yigitda yoki jasorat juda kuchli, yoki o'ziga ishonchi.

- Maqsadim uni olib ketish.. sizdek ifloslar qo'lida qolishini istamayman! - vanihoyat yigit tilga kiradi. Ko'zlarida olov porlagani uni haqiqiy yetuk yigit bo'lib yetishganini isbotlaydi. Raniya bir muddat Yeunoning bu harakatlariga nisbatan hayron bo'ladi.

- Aqldan ozdingmi Yeuno?! - klub o'rtasida haqiqiy baxs boshlandi.
- Uni sevmaysanku! - o'shqirdi Yeuno.
- SEN QAYERDAN BILASAN QAYERINGGA QARABโ€ฆ

- Taehyung yetar! - Jin oraga o'zi suqilib kirdida ukasini chetga oldi. Yeuno shu vaqt Raniyaga o'tkir qarab qoldi. Sinchiklab, ammo teshib yuborar darajada.
- Sen u bilan nima qilding ?!

Taehyung lab chetida kuldi. Jindan qo'llarini tortib qaddini tiklagan holda dedi :

- Sen qilmagan ishni!
Yeunoning rangi o'zgarib ketdiyu Raniyaga og'zini ochib qaradi. Qiz asabdan qo'llarini peshonasi uzra yugurtiradi ammo bir og'iz so'z ochishni istamay.
- Har holda men uni yonida edim.. biz u bilan bir-biriniz juda yaxshi tushundik. - davom ettiradi mag'rurona.

- U seni kimligingni bilmaydi! - tupurdi Yeuno.
- Yeuno.. u meni juda yaxshi biladi, xatto uning o'pishiโ€ฆ xuddi avvaldan takrorlanib kelayotgandek edi. Buning lazzatiโ€ฆ xuddi qulupnayli.. - lablarini yalab qo'ygan Taehyung xotiniga qarab tabassum qiladi.

- Taehyungga qarshi xatto so'z ham ochib gapirolmadim. Yeunoning qanday asabiylashishi, chuqur nafas chiqarishlari barchasini zimdan kuzatar edim. Bu yigit bilan bir vaqtlar juftlik bo'lganmiz. Ammo u qayergadir ketgan endi esa qaytib kelyapti.

- Seni ogohlantiraman yigitcha.. qaytib ko'zimga ko'rinma! yoki dunyoni xuddi avval tug'ilmagandek bo'lib tark etasan! yur Raniya! - so'nggi so'z va hammasi nihoyasiga yetdi. Kun ham rasvo bo'ldi. Taehyung Raniyani sudiragancha klubdan olib chiqip ketdi. Jimin, Selen, Ina va Jin ham og'ir xo'rsingan holda qo'rg'onga qayta yo'l olishdi.

Yeuno pov : Meni ortiq sevmaysan deb o'ylagandim Raniโ€ฆ ammo bugungi nigohingdan hali ham qalbingda ekanimni his etdim..


๐Ÿ๐Ÿ-๐ช๐ข๐ฌ๐ฆ ๐ญ๐ฎ๐ ๐š๐๐ข.