Samolardan balandda
" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare
Raniya Damryeong aytgandek Won bilan birga dugonasining uyiga bordi. Jinri ancha tushkun holatda edi. Ikki hafta avval uchrashishni boshlagan yigit do'sti aslida haqiqiy lo'ttivoz ekanini kecha biliibdi. Qiz bechoraning ko'z kosasi yig'idan shishib ketgandi. Ikki hafta ichida shunchalik sevib qoldimi? O'yga tomdi Raniya. Ammo baribirga ham dugonasiga ancha tasalli berdi, ovqat tayyorlab ichirib qo'ydi, birga film tomosha qilishdi. Jinri ancha chalg'iganidan so'ng Wonning chaqiruviga asosan Raniya uyga qaytishga majbur bo'ldi. Damryeong ham uni uyda kutgandi. Bugun hech qayerga chiqishni istamadi. Ular birga uyda vaqt o'tkazishni istashdi xolos. Yigit qiz uchun o'z qo'li bilan kun bo'yi nonushta ham, kechlik ham hammasini o'zi tayyorladi. Raniya uni zimdan kuzatar, o'zini dunyodagi eng baxtli qiz deb hisoblardi. Kechlikdan so‘ng, idish-tovoqlarni birga yig‘ishtirishayotganda Damryeong kutilmaganda Raniyaning belidan asta quchib, uning yelkasiga boshini qo‘ydi. Oshxonadagi iliq va osoyishta muhitda faqatgina ularning bir-biriga mos tushayotgan nafas olishlari eshitilardi.
- Agar istasang o'sha dugonangni yigitini o'ldirishim mumkin. - sokin va past ovozda so'radi Damryeong Raniyaning sochlarini ohista silab, taralayotgan mayin iforni ichiga tortishga urinib.
- O'ldirish? - hayron bo'ldi Raniya, biroz cho'chigan holatini yashirib ortga burildi.
- Ha u seni kayfiyatingni buzdi, senga qadrli insonni yig'latdi. U senga ozor bergan bo’lsa, uni asfala sofinga ravona qilish eng to'g'ri ish emasmi?
Raniya chuqur xo'rsinib boshini pastga egdi. So'ng ikki kafti bilan Damryeongning qo'llarini ushladi.
- Insonlar muammosi har doim uni asfala sofinga ravona qilish bilan hal qilinmaydi. - dedi qiz ovozini iloji boricha yumshatib, tushuntirishga urinar ekan. - Har kim lo'ttivoz bo'lishi mumkin yoki boshqa. Ammo bu degani ularni yo'q qilish kerak degani emas… bu bizni ishimiz emas.
- Demak bu senga yoqmaydi.. - yigit o'zini hotirjamdek tutishga urinadi. Ammo ichida allaqachon yovuzlik va yaxshilik o'rtasidagi jang boshlanib bo’lgandi.
- Yo'q.. mutlaqo.
- Ammo baribir taklifim o'zgarmaydi.. o'ldir desang..
- Hoy, bu fikrni hayolingizdan chiqarib tashlang.
Damryeong miriqib kuldi-da qizni bag'riga tortib qattiq quchoqladi. Allaqachon shaharni tim qorong'ulik qoplagan. Faqatgina ko'cha chiroqlari miltillab atrofni bazo'r yoritmoqda. Damryeong qizning belidan qo'llarini aylantirib, ortidan quchoqlagan ko'yi ochiq derazadan tungi Seulni kuzatardi. O'n birinchi qavatdan shaharning barcha nuqtalari yaqqol ko'rinmoqda.
Ikki kun oralab Damryeong va Jimin ketishi kerak bo'lgan kun yetib keldi. Yigit o'zi taklif etilgan to'yga hamroh sifatida o'nga yaqin odamini, Won va Jiminni oldi. Ketgan vaqti yolg'iz bo'lmasin deb Raniyani Doonaning yonida qoldirdi. Soat kechki yettilarga yaqin qora BMW mashinasi katta muhtasham to'y tashkil etilgan ochiq majmua qarshisiga kelib to'xtadi. Majmua shunday hashamat bilan bezatilgan ediki, oddiy odamlar taklif etilmasligi va bu yerda taniqli kishilar yig'ilishi kundek ravshan edi. O'nlab osma miltillab yonib turgan chiroqlar atrofni yoritib turardi. Gullar bilan bezatilgan stol-stullarda mehmonlar allaqachon qizg'in suhbatni boshlab yuborgan. Erkaklarning egnida qora smoking, ayollar esa rang-barang ochiq ko'ylakda bezanishgan edi. Mashina eshigi ochilib avvaliga Jimin ketidan Won tushdi. Won chaqqonlik bilan orqa eshikni mulozamat tarzda ochar ekan Damryeong sovuq va viqorli holatda mashinadan tushdi. Uning yuzida sevgilisining oldida paydo bo'ladigan mehr, iliq sevgi ko’rinishi va havotir yoki issiqlik ko’rinmasdi. Kibirona qarash, mensimaslik, jasurlik va sovuqqonlik baravar qalashib ketgan. Odamlari uni ortidan o'rab olishdi. Ichkariga kirib borganida stoldagilarni deyarli barchasini nigohi faqat Kim Damryeongda edi. Ba'zi burchaklarda shivir-shivirlar boshlandi. Ko'pchilik Damryeongning mavqeyi va hislatlarini yaxshi bilardi. Ayniqsa u bu to'y egasiga qanchalik muhim odam ekanligini. Bu yerda ko'p jinoyat olami vakillari oddiy odamdek o'tiribdi. Ayniqsa Damryeongni jini suymaydigan ba'zi kishilar ham yo'q emas. Damryeong birinchilardan kelin va kuyovni stoli yaqinida joylashgan, markaziga katta guldonda qizil atirgul qo'yilgan va usti noz-ne’mat, ichimliklarga to'la bo’lgan stolga qaradi. U tomon qaratilgan ayyorona nigohlarni u juda yaxshi taniydi. Elvis.
- Bu yalang oyoqqa nima bor ekan. - dedi Won nafratini yashirmay.
- Cabone uni itdek yugurtiradi esingdan chiqtimi? - javob berdi Jimin bosiqlik bilan Wonga bir ko'z tashlab. Wonning ensasi qotib ketdi.
- Uni yuzini ko'rsam, o'zimni ushlab turolmayman. Borib musht tushirgim keladi.
Elvis ko'rinishidan unchalik ko'zga xush yoqadigan kimsa emasdi. Yuzi uzun, suyakdor, uzun burnini hammayoqqa tiqaverishidan bilsa bo'ladi. Ko'zlarida ayyorlik aks berardi. Doimgidek oq fedorasini yuzining yarmigacha tushirib olgandi. Damryeong unga qiyo boqmadi. U arzirli raqib emas bu yerda xatto mansabi tuzuk-quruq ham emas. Soniya o'tar-o'tmas Damryeong shu turgan holatida yon tarafidan Cabonening o'zi ham ko'rinish berib qoldi.
- Damryeong! - ovozini balandlatdi erkak, xuddi Damryeongni ko'rganidan boshi osmonga yetgandek. Damryeong hissiz va biroz hafsalasiz o'ng tarafiga burildi. Jimin, Won va qolganlar Cabone yaqinlashgan zahoti biroz ortga qadam tashlashdi. Cabone Damryeongni yelkasiga kaftini qo'yib, jilmaydi. Damryeong unga bir marta bo'lsa ham javoban indamadi.
- Ko'rganimdan xursandman, ancha bo'ldi ko'rishmadik.
- Meni unutdingiz deb o'ylagandim.
- Seni qanday unutay-a? Qiziqsan. - xitob qildi erkak. Cabonening bo'yi deyarli Damryeongdek keladi. Sochlari oq-sariq yuz rangi bilan bir xil. Ko'zlari katta-katta ko'k rangda bo'lib, oq smoking kiyib olgan mezbon edi. Cabonedagi viqorlik, kinoya gap-so'zlari va eng muhimi manfaat talab hislati uni yana-da ayyor ko'rsatib turardi.
- Ha yodimdan ko'tarilibdi, manfaat bor joyda unutilish bo’lmaydi. - Damryeong ochiqchasiga kinoya qildi. Cabone o'zini bosiq tutdi, haqiqiy jinoyatga hos. Uning baland va yoqimsiz kulgusi atrofni to'ldirdi.
- Seni shu hislating menga yoqadi. Ammo bugun seni kinoyali gaplaringni eshitish uchun chaqirmadim. Bugun qadrli qizimni to'y kuni, biroz zavqlanib tur.
Cabone oldinga tushib yo‘l boshladi. Damryeong uning ortidan viqor bilan qadam tashlarkan, uning o‘ng va chap tomonida Won bilan Jimin hushyorlikni qo‘ldan bermay borishardi. Elvis esa uzoqroqdan, shlyapasi ostidan ularni nafrat va ichiqoralik bilan kuzatishda davom etardi. Markaziy stolga yetib kelishganida, Cabone o‘zi shaxsan Damryeongga joy ko‘rsatdi. Atrofdagi boshqa nufuzli mehmonlar ham Damryeongga ta'zim qilgandek bosh silkib qo‘yishdi.
Markaz tomonda o'tirgan kelinning berkitilgan yuzi hammani e'tiborini tortdi. Avvaliga Damryeong e'tibor bermagandi. Lekin keyin unga sinchikilab qaradi. Qizning yuzi allaqanday ko'ylagiga mos mato bilan berkitilgandi, oppoq uzun ko'ylagi havo iliq bo'lsada ancha yopiq edi. Damryeong bu qizni ko'p marotaba uchratgan, shaxsan gaplashmagan bo'lsada tanish edi. Qizning hurliqo yuzi xatto matosining ortidan ham bilinar, katta-katta yashil ko'zlari holg'in edi. U bir nuqtaga tikilib, vazmin o'tirar, o'tgan-ketgan mehmonlarga bir qarab ham qo’ymasdi. Qizni birinchi marta ko'rib turgan odamlar Cabonedek hayvonning qizi bunday go'zal, ojiza yuzli bo'lib chiqqaniga hech ishona olmasdi. Qizning go'zalligi hammani og'zini lang ochirardi. Ba'zilar bu chiroyni berkitish uchun yuzini berkitib olgan degan tahminga kelishdi. Damryeong esa allaqachon tushundi, bu yerda boshqa gap bor. Cabone uni qizi bilan bog'liq masalada chaqirgandek tuyildi unga. To'y marosimi allaqachon boshlanib ketgan vaqt juda sekin o'tmoqda. Nikoh ham o'qib bo'lindi, mehmonlar biroz kamayib endi muhim shaxslargina stolda qoldi. Cabone qizini kuzatishidan avval Damryeongning yoniga keldi.
- Kuyovni ko'rdingmi? - so'radi pichirlab Cabone.
- Qizingizni shunday yigitga qanday topshirganingizga tushunolmadim janob.
- Senga shu haqida aytmoqchi edim. - u biroz vazmin tus oldi. Yuzida allaqanday nafratga qorishib ketgan alam bor edi. U Damryeongni yelkasidan tutib o'zi bilan birga biroz chetroqqa yetakladi.
- Bir oy avval Italiyada bo'lgan kezlarim, qizimni Chikagoda qoldirgan edim. Yevropada og'uga talab kuchli, sen yaxshi bilasan Damryeong. Menga katta bitim taklif qilishdi, bordim. Ishlarim bilan bo'lib qizimdan xabar olmadim, hayvonlar yo'qligimdan foydalanib qizimni o'g'irlashdi. Uni topganimda ahvoliga qarab bo'lmasdi… og’zi burnini qon qilishgan, gapirolmasligi uchun sim bilan lablarini tortib qo'yishgandi. Keyinchalik unga tajovuz qilinganini bildim.. - Cabone hissiz yuzini yashirmay atrofga tikila boshladi. Damryeong bularni eshitar ekan, bir tuki ham qimirlamasdi. Faqat mushtipar qizga achindi xolos.
- Bunga kimni qo'li bordi?
- Uni og'u bozorida Xunrez deb atashadi, laqabi shunday.
Damryeong " Xunrez " ismini eshitishi bilan nafasi tin oldi. Bu nomni u ko'p marta eshitgan. Jimin va Won xo'jayinining yuzi tundlashganini uzoqdan ham sezishdi. Yigit asabiy lablarini yalab qo'ydi, yuzidagi kinoyali jilmayishdan Cabone nimani undan talab qilmoqchi ekanini tushungani ma'lum edi. Xunrez fors tilida " Qon to'kuvchi " degan ma'noni beradi, xuddi egasiga qo'yilganidek. U jinoyat olamida qanchalik vaxshiy va iflos kimsa ekanini hamma yaxshi biladi. O'z vaqtida yuzlab insonlarni jonini olgan. Hozirgi kunda u Damryeongning qarshisida turgan kimsa Marcus Cabone bilan raqobatdosh bo'lib qolgan.
- Ishonchingiz komilmi?
- Ishonchim komil bo'lmaganda men hech qachon og'iz ochmayman, yodingdan chiqibdi. Chikagodagi portda uning tamg'asi bosilgan og'u qutilari va odamlarim topgan dalillar aynan Xunrezga taqaldi. U avval boshidan menga tish qayragan albatta. Yevropa bozorida Marcus Cabone o'rnini egallashni kim ham istamaydi? Nozik joyimdan yo'qotishga urinishdi, qizimni bulg'ab. - dedi erkak, begunoh qizi haqida hayol qilar ekan. Lekin sho'rlik qiz taqdiri uni zarracha tashvishga solmayotgandi. Yonidagi satang kuyovni ham u tahdid bilan majburlab qizga uylantirdi. Qizning ko’ngliga qarab bo'lmasdi, bulg'angan qizni kim ham qabul qilardi. Damryeong uning har bir so'zidan jirkanib ketdi. Cabone o'zini jabrdiydadek ko'rsatishga urinayotgan bo'lsa-da, uning ko'zlarida haqiqiy ota mehri emas, shunchaki boy berilgan obro' va qasos hirsidan bo'lak hech narsa yo'q edi.
- Men tanigan sardor buni shunday qoldirmaydi. - pichirladi Damryeong allaqachon yaqinlashayotgan xavf isini sezib.
- Gaping to'g'ri… men uni senga topshiraman. - bu so'zlar yigitni qulog'ini teshib o'tgandek bo'ldi. Xuddi yillar avval singari hammasi Damryeongning ko'z o'ngidan o'ta boshladi. Cabone buyrug'i bilan yuzlab insonlarni jonini olgani, qichqiriqlar qulog'i tagida eshitildi, qonli tanalar ko'z o'ngida birin-ketin aylanardi. Insoniyatning eng yuqori ifloslik cho'qqisi, bu Damryeongning har kungi tushlarida ba'zan hayollarida gavdalanadi. Raniya paydo bo'lgandan buyon bular ancha kamaydi, ammo bugun yana hammasini esladi. Eti junjikib ketgan yigit nafrat bilan boshini ko'tardi. Lekin qo'lidan Cabonega qarshi ish kelmasdi.
- Menga? Sizni Italiyadagi va Amerikadagi odamlaringiz qayoqqa qarashyapti? - biroz jaxl aralash vishilladi yigit. Cabone cho'ntagidan qimmatbaho, jigarrang rangli, qalin sigarasini chiqardi. Barmoqlarini orasida aylantirib, so'ng lablari orasiga soldi. Damryeong undan ko'z uzmay har bir xatti-harakatini kuzatardi.
- Chunki u kalxat hozir mening hududimda emas. - Cabone tamaki tutunini uzoqqa purkab, vahimali jilmaydi. - Xunrez Seulda, Damryeong.
Bir soniyaning o'zida qotib qolgan Damryeong, ko'zlarini katta-katta ochgan holatda qoldi. Ichidagi g'azab, nafrat yuzaga chiqishiga oz qolgandi.
- Seuldami?
- Ha, Seul portlari orqali o'z tarmog'ini yurgazmoqchi. Men bu yerga o'zimnikilarni to'liq olib kira olmayman, politsiya va xalqaro qidiruvdagilar g'ujg'on o'ynaydi. Seul esa senga qarashli hudud… evaziga mendan istaganingni so'ra.
Yigit bir lahza jimib qoldi, hayollarida bunday xavfga o'zini emas boshqalarni qo’yish, o't bilan o'ynashishdek ekanini u yaxshi bilardi.
- Meni bu yerdan chiqarasiz.. - juda past ohangda pichirladi Damryeong.
- Nima deding?
- Meni bu o'yinlardan chiqaring janob, bu so'nggi birga qiladigan ishimiz bo'lsin.
Cabonening yuzi tundlashdi. Bir daqiqa Damryeongga javob qaytarmay, o'ylanib turdi. So'ng xuddi rozi bo'lgandek jilmayib, bosh irg'adi.
- Yaxshi… chiqasan. - Cabonening yuzidagi u soxta va zaharxanda jilmayish ortida qanday tuban fitna yashiringanini Damryeong juda yaxshi his qilib turardi. Jinoyat olamida Cabonedek odamlar hech qachon o'zlarining eng katta sirlarini biladigan guvohlarni shunchaki qo'yib yubormasdi.
- Demak.. kelishdik - dedi Cabone sigarasining kulini sekin qoqib, sovuqqonlik bilan. - Lekin avval Xunrezning masalasi hal bo'lishi kerak. U hozir Inchxon portidagi tashlandiq omborlar va og'u saqlanadigan xufyona nuqtalar atrofida ko'rinish bergan. Uni Seuldan faqat kuli qaytadigan qilib yo'q qilasan. So'ngra… ozodsan.
Damryeong ortiq bir og'iz gapirmadi. U Cabonega yuzaki egilib, to'y majmuasidan tezroq chiqish uchun qadamlarini tezlatdi. Won va Jimin yigitning yuzidagi g'azab va nafratni darhol sezib ortidan ergashishdi. Damryeong yo'l bo'yi bir og'iz gapirmasdi, yigitlar havotir sabab mashina old oynasidan unga ora-orada ko'z tashlab qo’yishardi.
Yetti yil avval.
Italiyadagi sovuq yomg'irli tunlarning birida Cabone uni birinchi marta o'zining maxfiy va xilvat qarorgohiga chaqirtirgandi. U vaqtlar Damryeong yigirma yoshga yetar-yetmagan ancha tajribasiz navqiron yigit edi. Italiyaga kelganiga va Cabonening to'dasiga kelib qo'shilganiga hali ko'p bo'lmagandi. Cabone o'ziga qilingan kichik hiyonatni ham kechirmasligini ko'rsatib qo'yish uchun bir qancha yangilarni guvoh qilib qo'ydi. Damryeong bir chetda hech narsani tushunmay odamlar orasidan mo'ralardi. Bir vaqt sovuq pol ustiga bir nochor ayol otilib tushdi. Cho'chib tushgan yigit ayolga achinib qarar ekan, uni o'rnidan turg'azish uchun chog'lanmoqchi bo'ldi-yu yonidagi sherik yigiti uni yelkasidan ushlab to'xtatdi. Ayolning yoshi qirqlardan o'tgan, Cabonega hiyonat qilgan yigitlardan birining onasi edi. U yigit bo'lmish politsiyaga qo'lga tushib, qiynoqlarga chidolmay Cabonening og'u ombori haqida gullab qo'ygandi, boshqa gap yo'q. Omborni qo'lga olishganiga chidolmagan Marcus uning onasini olib kelishlarini buyurdi. Ayol bo'lmishning sochlariga biroz oq tushgan, to'lacharoq, lablari qo'rquvdan qaltirab, ko'zlaridan duv-duv yosh oqardi. Cabone qo'li bilan yengil ishora qildi. Shu zahoti ikkita yirtqich simo odamlari ayolni hammaning yonida yalang'ochlab ketma-ket zo'rlashdi. Damryeong bunga qarab turolmasdi, u beixtiyor oldiga yana bir qadam tashlab ayolni qutqarmoqchi bo'ldi. Unda o'z onasini tasavvur qildi. Ona qanday bo'lishini bilmasa-da bu ayolga yuragi achishib ketdi.
- Tinch tur, bo'lmasa sening ham boshingni chopadi. - dedi yon tarafdagi erkaklardan biri.
Yerto'la mushtipar onaning qichqirig'iga to'lib ketdi. U madori qolmay xushini yo'qotay deganida Cabone stol ustida turgan pichoqni olib ayolning yuzini ko'rgulik qilib tilib tashladi. Qonga belangan ayol ko'zlarini yumdi. Joni tez uzilmadi, kuchli og'riqlar bilan birga azoblanib bir necha soat yotdi.
- Sadoqatsizlikning badali shunday bo'ladi… buni unutmang. - Cabone shu so'zlarni aytishi bilan to'pponchasini qo'liga oldida ayolni peshonasidan mo'ljalladi. Titilib ketgan yuzga tekkan o'q bosh chanog’ini burdalab tashladi. Sachrab ketgan qon atrofni bulg'adi. Damryeongning ko'zlari yoshlanib, bir nuqtaga qarab qotib qoldi. U tashqariga chiqiboq tun bo'yi o'z ojizligidan, taqdir uni ko'rishga majbur qilayotgan qismatdan nolib o'kirib yig'ladi. Haligi ayolning zo'rlangan holatini eslab ko'ngilni aynitib qusdi. Cabone uni mana shu daxshat bilan qo'rqitib o'ziga bo'ysundirgan.
Bu xotiralardan biri holos. Cabone bunday vaxshiyliklarni juda ko'p marta Damryeongga ko'rsatgan, va uni ham ancha majburlagan. Damryeong o'ziga o'shanda so'z bergandi. Bir kun uning qo'lidan ozod qush bo’lib uchib ketadi. O'zi mustaqil ish yuritadi. Damryeong Cabone bilan olti yil birga ishladi. Oyoqqa turib, og'u bozorida o'zining ismini o'rnatgan on u Seulga keldi. Ammo bu to'qnashuv yana va yana uni taqib qilmoqda…
Mashina Jiminning uyi oldida to'xtadi. Damryeong bunday vaqt o'zining moychechagini ko'rmasa tinchlanolmaydi. U charchoqdan bukilib qolgan tanasini bazo'r sudirab mashinadan tushdi. Won tashqarida qoldi, Damryeong va Jimin uyga kirib ketishdi. Eshikni Doona o'zining samimiy tabasummini kanda qilmay ochar ekan Jimin tezda lablariga tabassum oldi.
- Xush kelibsiz. - dedi Doona, Jiminning issiq bag'riga kirar ekan. Jimin uni mahkam quchib oldi. Damryeong esa uyni uyoq-buyog'iga qarab o'zining moychechagini ko'z qiri bilan qidirardi. Doona tezda vaziyatni anglab bayonot berdi.
- U yuqori qavatda dam olyapti. Haligi.. biroz tobi yo'q.
Damryeongning ko'zlaridagi horg'inlik o'rnini kuchli havotir egalladi.
- Havotir olmang dori berdim, hozir uhlayapti. Buguncha biznikida qolganingiz yaxshi.
Damryeong Doonaga minnatdorchilik bildirish uchun shunchaki bosh irg'adi-yu, boshqa hech bir so'z demay, zinalardan yuqori qavatga ko'tarila boshladi. Uning har bir qadami vazmin, lekin shiddatli edi. Zinadan chiqarkan, Cabone bilan bo'lgan chirkin suhbat, Yevropadagi qonli xotiralar va Xunrezning Seulda paydo bo'lgani haqidagi daxshatli xabar barchasi bir lahzada hayolidan uchib ketdi. Hozir u uchun dunyoda faqat bir narsa yuqori qavatdagi xonada yotgan o'zining moychechagi muhim edi. U Raniya yotgan xona eshigini ohistalik bilan ochdi. Yotoq ustida ko'zlari hiyol ochilgan qiz o'yga tomib yotgandi. U hali uyg'oq ekanini fahmlagan Damryeong ichkariga kirib qizga qarab jilmaydi. Raniya uni ko'rishi bilan yuziga xush kayfiyat yugurdi. U tez qaddini rostlab o'rnidan turmoqchi bo'ldi, lekin Damryeong avval yoniga keldi.
- Ahvoling yaxshimi?
- Hozir ancha yaxshi. - javob berdi qiz. Damryeong kulib uning maftunkor yuziga sog'inch bilan qarab turaverdi. Qo'llari qizning jingalak sochlarini ohista silardi.
- Doktor chaqirtiraman.
- Yo'q chindan yaxshiman, yonimda qoling shu yetarli.
- Bugun yoningda bo'lmadim. - Damryeong charchoqdan ko'zlarini sekin yumdi. Yuzini qizning bo'yniga ko’mib sekin o'pib qo'ydi. Raniya seskanib ketdi, nozik qo'llari bilan yigitning qora sochlarini silay boshladi.
- Bugun charchagandeksiz, biror kor-hol bo'ldimi? - havotir bilan so'radi qiz.
- Yo'q… hammasi yaxshi.. shunchaki ishlar ko'payib ketdi. Va men moychechagimni sog'indim. - boshini ko'tarib ayyorona jilmaygan ko'yi Damryeong qiz gapirishga ulgurmasidan, uning lablariga intildi. Raniyaning kutilmagan bo'sadan yuragi tartibsizlanib urar ekan, qulayroq bo’lishi uchun sekin tanasi yotoqqa mahkamlanganini sezdi. Uning lablari o'zga lablar bilan erkanalayotgani uni hissiyot ummonida cho'ktirardi. Yigit baquvvat qo'llarini yostiqqa tirab harakatlanishda davom etdi. Bir necha daqiqa o’tib, u birinchi qizdan uzoqlashdi. Ikkisi ham chuqur nafas chiqarib qo'yishdi. Raniyaning qizarib ketgan yuzini ko'rgan Damryeong lab chetida kuldi. So'ng yonidan joy oldi.
- Endi ancha yaxshiman. - deb qo'ydi u qizni battar uyaltirishga urinib. Raniya uyalganidan teskari o'girilib olmoqchi bo'ldi. Lekin Damryeong bunga yo'l qo'ymadi. U uzun, baquvvat qo'llari bilan qizning belidan tutib, o'zi taraf tortdi va mahkam bag'riga bosdi. Qizning muloyim, xushbo'y nafasi va issiqligi yigitning butun charchog'i hamda ichidagi qorong'u o'ylarini bir lahzada tarqatib yubordi.
- Qochma moychechagim… - pichirladi Damryeong qizning qulog'i ostiga lablarini bosib. Uning ovozida shunchalar chuqur va mayin samimiyat bor ediki, Raniya beixtiyor qarshilik qilishni to'xtatdi. U Damryeongning mehrga tashna bo'lgan sovuq yuziga qarab, ko'zlari yoshlandi. Nozik barmoqlari bilan yigitning qora qoshlari, qirra burnidan tortib, o'zini doimiy erkalaydigan lablari ustidan siladi.
- Siz… juda sovuqqotgansiz. Tashqarida yomg'ir yog'yaptimi?
- Yo'q… shunchaki sensiz joylarning hammasi sovuq.. - Damryeong yuzini silayotgan kaft ustidan mehr bilan o'pti. Ular yotoqda bir-biri tomon qarab yotishardi, bir-birlaridan ko'z uzolmay.
- Seni sevishimni bilasan-a?
- Menga buni aytmagan bir kuningiz ham yo'q.
- Chunki har safar aytganimda.. sen buni xuddi birinchi marta eshitayotgandek hayajonlasan.
- Unda har kuni aytishdan to'xtamang.. - Raniya Damryeongning bo'yniga chizilgan tatusiga qaradi. O'z ismini ko'rishi bilan yana hayajonga tushib kuldi. Damryeong bu hayajonni ko'rish uchun o'lishga ham tayyor. Bu qiz faqat unga tegishli, bu hayajonni faqat u qo'zg'ata olishi shart.
- Bugun shu yerda qolamizmi?
- Ha Doona ketishga qo'ymaydi baribir. Bugun u bilan nima qilding?
- U menga ovqat pishirishni o'rgatdi.
- Moychechak xonim ovqat pishirishni bilmaydimi? - Damryeong kulmaslik uchun lablarini qattiq tishladi. Raniya asabiy uni ko'ksiga yengil musht tushirib qo'ydi. Aslida og'rimagan bo'lsa ham, xuddi joni og'rigandek yuzini burishtirdi yigit.
- Bu kulgili emas hozirgi zamonda oddiy hol.
- Yaxshi men kulganim yo'q.
- Unda nega lablaringiz bunaqa holatda?! - Raniya uni yoyilib turgan lablarini ustiga qo'l tekkazdi.
- Qanday bo'lsin?
- Tekis tursin.
- Buyrug'ingingiz bosh ustiga moychechak xonim. - Damryeong lablarini tekislashga urinib jiddiylashdi, ammo ko'zlaridagi iliq miltillashni yashira olmasdi. Raniya uning yosh boladek qiliqlarini kuzatib o'zini tutolmay kuldi. Bu jinoyat olami sardori bu qiz oldida umuman boshqa olam.
- Pishirishni bilmasang ham buni menga ahamiyati yoq, senga o'zim ovqat tayyorlayman.
- Sizmi?
- Men.
- Jinoyatchi yigit, qiziq ovqat pishirishni bilarmikin?
- Jinoyatchilar ovqat pishira olmaydi deb kim aytdi? Sen uchun dunyodagi eng mazali taomlarni tayyorlayman.. ammo bir shartim bor. - Damryeong jiddiy Raniyaning yuziga yaqinlashib turdi. Raniya yana hayajondan titrab ketdi. Uning lablari titrab sevgilisining ko'zlariga qarab turar ekan ohista so'radi.
- Q.. qanday?
- Menga mana bunday haq to'laysan… - u gapini tugatmay, Raniyani yana bir bor erkalab, poylab turgandek lablaridan bo'sa oldi. Raniya uning ko'ksidan itarib yengil kuldi.
- Bu.. bu haq to'lash emas! oshkora bosqinchilik-ku!
- Men jinoyatchiman unutdingmi sevgilim?
Undan kelayotgan erkaklarga hos ifor qizning burniga shundoq urilib turibdi. Raniya ortiq hech narsa demadi, yigitga yengil tabassum sovg'a qilib ko'ksiga boshini qo'ydi. Bu uning hotirjam nafas oladigan va o'zini xavfsiz his etadigan yagona joyi edi. Qiz Damryeongning yengil yurak tovushini eshitib uhlab qoldi. Damryeong esa tuni bo'yi uhlolmadi. Soat ikkilar atrofida Raniya alahsiray boshladi, biroz tobi qochti. Beshga yaqin butunlay uyg’onib ketdi. Qiz har ingragan vaqtida Damryeong xuddi ikki baravar og'riq chekkandek bo'lardi.