𝐄𝐯𝐢𝐥 𝐰𝐢𝐥𝐥 𝐩𝐫𝐞𝐯𝐚𝐢𝐥
Xotira
-yaqinda ota bo’lasiz hoy turing ! turing dedim ishga ham kech qolyabsiz axir
Xotinining yosh bolalardek xarxasha qilishidan so’ng Jin asta sekin ko’zlarini ochdi u biroz xotiniga tikilib so’ng kulib yubordi
Jin - bola uchun uyg’otdingmi yo o’zing uchun ?
Jin xotinining burishib turgan lablarini ko’rib yana kuldi
Jin va uning oilasi eng baxtli oilalardan biri, u xotini Araga 6 yil avval uylangan va hozirda Ara homilador edi. Jin doimgidek ishga kech qolyabdi.
Ara - 8 dan kech qolsangiz uyga kirmaysiz
Jin - ota-bolani ajratmoqchimisan !!!
dedi Jin vahima qilgandek baland ovozda
Ara - aynan shunday ! yana Taehyung bilan soju ichib alkash bo'lib eshik tagiga kelmang ! bolaga yomon ta'sir qilyabsiz !
Ara Jinga ichidagi gaplarini gapirib yuziga eshikni tarsillatib yopdi. Jin ko'pincha Taehyung bilan ishdan so'ng sojuxo'rlik qilishar edi va mashina boshqarolmay ikkisi Jin ning uyiga piyoda borishadi. Jin Araning qiliqlariga kulgancha haydovchisini chaqirib kompaniyaga ketdi.
-xo'sh ishga qabul qilindingiz hozirdan ish boshlaysiz soat 8 dan tungi 9 gacha ish vaqti, maoshni oy oxirida yetarlicha olasiz
Inok allaqachon yettinchi osmonga uchib ketdi, u ancha vaqtdan buyon ish qidirayotgan edi o'qishni a'lo baholarga bitirgan ammo ish topish qiyin bo'ldi u avvaldan xuddi shunday katta obro'li kompaniyada ishlashni orzu qilgan edi va orzusiga yetishdi.
-ismim Inok, yoshim 28 da bolaligimdan eng kambag’al oilada katta bo’lganman deb ayta olaman, o’qishni istardim ammo ota-onamni meni o’qitishga pullari bo’lmasdi, maktabni amallab bitirdim, o’qishga kirdim va pulni ishlab topish uchun kompaniyalarga tozalovchi bo’lib ishga kirdim, chunki qo’limdan bundan boshqa ish kelmasdi men o’zimni baxtsiz deb hisoblardim pulsiz hayot kechirish oson emasdi, men shu sabab qanchadan qancha kesatuv, kulishlarga chidadim. O’qishni tugatganimdan so’ng esa o’yladimki endi pol artmayman, endi kiyimlarimni kir qilmayman ! Ota-onam Seulda yashashmaydi ular Daeguda yashaydi men o’qish sabab bu yerga kelganman to’g’risini aytsam menga Daegudan ko’ra ko’proq Seul yoqadi shuning uchun men ijarada turishni va ko’proq pul topganimdan so’ng uy olib butunlay shu yerda yashashni o’zimga maqsad qildim. 2 oydan beri ish qidiraman va nihoyat topdim ! Avval kompaniyalarga tozalovchi sifatida ishga olishlarini so’rab kelardim endi men kotibaman shaxsiy Kim Taehyungning kotibasi.
-hayol surib bo’lgan bo’lsang janob Taehyungga va janob Seokjinga qahva olib kir ular bilan tanishib ham ol o’zingda yaxshi taassurot qoldir
dedi o’sha yerdagi xodimlardan biri uning ismi Nabi, u janob Seokjinni kotibasi
Inok bosh irg’agancha qahva tayyorlab Taehyungning yoniga yugurdi. U o’zida yaxshi taassurot qoldirishi kerak yo’qsa haydaladi.
Jin - oh Taehyung oh ! bilaman uni unutishing qiyin ammo yana qachongacha qiynalib yurmoqchisan ? yana qancha ko’z yosh Taehyung ? Jimin ikkalangiz yana qancha yig’laysiz ?
Jin xo’rsinib qo’lidagi qog’ozlarni stol ustiga tarsillatib tashladi. Taehyung kompaniya oynasidan pastga qarab turgancha kecha qabristonda Jimin bilan ko’rishib qolganini Jinga aytib berdi. Tabiiyki Jin Jiminni ham Taehyungni ham aybdor deb bilmasdi. U shunchaki ikki do’stini qiynalayotganini ko’rishni istamaydi. Ammo birining sevgilisi, ikkinchisining esa singlisi o’lgan.
Tae : baribir uddalay olmayman Jin bilasan
Taehyung nigohini oynadan olib Jinga qaratdi
Jin : imkon ber Taehyung birorta ketvorgan qizga imkon berib ko’r balki …
Tae : hech kim Jin ! hech kim Namrani o’rnini bosolmaydi !!!
Taehyung va Jin gaplashishar ekan to’satdan Taehyungni gapini bo’lib xonaga Inok kirdi. Albatta u hayajonlanib tilini yutib yuborgan edi, Taehyung jiddiy nigoh bilan bu qizga qarab turar ekan Jin g’irt aksincha qizga kulgancha qarab turardi. Inok bir Jinga bir Taehyungga qaradi so’ng gapira boshladi
Inok : a .. men haligi men sizni yangi kotibangizman bugun ishga joylashdim Nabi xonim qahva olib kirishimni aytgandi
dedi Inok Taehyungga qarab duduqlangancha
Taehyung unga e’tibor ham bermay kreslosiga o’tirib ishlay ketdi
-olifta qayrilib ham qaramadiya, yoki ishni eplay olmadimmikin ? aysh jin ursin Inok ! lattasan ! latta Inok birinchi kundan ensa qotirishlariga sabab bo’lding
ichida hayol qilib o’zini koyidi Inok.
Jin : salom men shu yerdagi Taehyungdan keyingi boshliq yoki Taehyungning do’sti Jinman
Inok Jin ning kulib tanishganiga biroz yengil tortib u bilan qo’l siqishib qo’ydi
Inok : men Inokman janob uchun yangi kotiba tanishganimdan xursandman
Jin : Inok … chiroyli ism albatta bir kun tanishganimizni nishonlaymiz, aytgandek kelishgan yuzimga ko’p tikilmang uylanganman baribir
Jin ning hazili Inokni kuldirib yubordi Taehyungni esa ishidan chalg’itdi
Tae : ismingni nima degan eding ?
Inok kulishdan to’xtab darrov Taehyungga qaradi
Tae : Inok balki Jin bilan tanishib bo’lgan bo’lsang ishingga qaytarsan, mana bu xujjatlarni olginda xatoliklarini tekshirib chiq 6 gacha qo’limda bo’lsin
deb Taehyung 9 jildlik qog’ozlarni Inokka uzatdi, Inokni ko’zlari kosasidan chiqqudek kattalashar ekan xo’jayiniga hech narsa deya olmasligini tushungancha xonadan tazim qilib chiqib ketdi.
Jin : boshqa qizlarda nima ayb ? qara qanday ketvorgan qiz
Tae : sekinroq Ara eshitmasin ko’chada uhlaysana
Jin : ayshsh eslatma birgina xato va o’z uyimdan quvilaman
Jin lablarini burishtirib Taehyungning oldiga o’tirdi. Taehyung kuldi.
Tae : seni jilovlab turadigan ayolga uchragansan
Jin : Ha peshonam sho’r aslida uylanmasdan senga o’xshab bo’ydok yurishim kerak edi, sen haqsan uylanma menga o’xshab ko’chada uhlaysanmi keyin undan ko’ra birorta go’zal bilan …
Ara - ha demak go’zal bilan shundaymi ?
Jin va Taehyung bir deganda jim bo’lishdi ular ko’zlarini afsuslanish tarzida yumgancha lablarini burishdi, eshik oldida turgan ayol kimligi allaqachon aniq shunchaki Taehyung va Jinda unga qarash uchun kuch yo’q
Ara : peshonangiz sho’rmi ? uylanish kerakmas ekanmi hali ? aa ! go’zallardan topish kerakmi !
Ara Jin ning ortidan kelib unga ko’zini olaytirib qarar ekan Jin qanday qilib o’zini oqlashni o’ylardi
Jin : a… a haligi … degandi Namjoon ! ha ha Namjoon shunday degandi men shuni aytayotgandim men haligi aytdim unga uylan ablax uylan xotining bo’lsa nimasi yomon aa… hammasi zo’r bo’ladi meni qara guldek xotinim bor ko’chadagilar bilan ishim yo’q d..d…dedim
Jin gaplarini zo’rg’a aytayotgan vaqt Taehyung ish stolini teskari tarafga aylantirib olib o’zini to’xtata olmay kulardi.
Ara : oh rostanmi ? Shunday dedingizmi ? buni qarangaa u haqiqat ham shunday dedimi Taehyung ?
Ara Jinga ishonmagandek Taehyungdan so’radi
Taehyung lablarini birlashtirib kulmaslikka harakat qilib Jin ni oqladi. Jin esa Arani ortidan huh tortgancha ko’ksiga qo’lini qo’yib tinchlandi
Ara : ho’p yaxshi … sizga ovqat olib kelgandim
degancha Ara qo’lidagi idishlardan stolga birma-bir ovqat qo’ya boshladi
Tae : o’zingiz yeyavering meni qornim …
Ara : bunaqasi ketmaydi o’zim pishirganman men nafaqat Jin uchun sen uchun ham ovqat pishirib olib keldim Taehyung
Tae : unda yeyman juda ajoyibsanda Ara
Ara : siz meni erimsiz ! ovqatingizni yeng qarang qanday ozib ketgansiz
Taehyung bu ikki sevishganni bir-biri bilan tortishishiyu, bir-biriga muhabbat bilan qarashlarini miriqib kuzatar ekan uning lablariga mayin tabassum yuragiga esa mayin og’riq yugurdi. Uning yuzi yana xomush tortar ekan yuragiga qo’lini qo’yib o’zi sevgan qizning ismini aytib yoniga chaqirishni xohlardi.
-bilaman yana doimgidek xotiralarimiz o’tgan joyga kelasan 5 yil sen bilan aynan shu yerda tanishgan edik, seni tashlab ketgan kunimdan boshlab shu sohilga har kuni meni eslab kelasan hammasini bilaman … chunki men ham seni eslab har kuni shu yerga kelaman, men seni uzoqdan ko’raman oz bo’lsada sog’inchim pasayadi, ammo yoningga borishni istayman, sen meni ko’rmaysan ammo men ko’rishingni istayman … sen tomon 3 qadam tashlashim bilan Namraning ovozi eshitiladi, yana aybdorlik hissi tufayli ortga chekinaman, Namra o’lgan o’sha kun nafaqat men bilan Taehyungga balki senga ham baxtsizlik kunlaringni chaqirib keldi, men o’ylab qolaman menimcha Namra bizning baxt va baxtsizlik devorimiz edi, Namra bizni baxtsizlik kelishidan to’sib turardi, baxtsizlik bizga yaqin kelmasdi chunki biz baxt tarafida edik Namra esa devor va bu devor quladi Namra yo’q, baxtsizlik biz tomon keldi Namrasiz sen ham, men ham Taehyung ham hech kimga aylandik, tirik murdaga, men seni baxtsiz qilishni istamadim sevgilim … seni chindan ham sevdim ammo yoningga bora olmayman bunga 5 yildan buyon tayyorlanib kelaman 5 yildan buyon ortingdan kuzatib yuraman ammo bora olmayman ! seni sog’inganimni aytishni istayman qizaloq … seni dunyolarcha sevishimni aytishni, farishtadek yuzingga yaqindan tikilishni, jarangdor kulguyingni eshitishni, qattiq quchishni va ko’zlaringga soatlab termulishni istayman yo’llarimiz ayromi ? shumi bizni taqdir ? seni sog’indim … seni sog’indim … seni sog’indim Yuna …
Yuna : sen aybdor emassan axir !
Yuna tinmay baqirib narsalarni sindirayotgan yigitni tinchlantirishga harakat qilayotgan edi
Jm : MEN MEN MEN ! MEN SENI OLDINGA YUGURIB KELMAGANIMDA HECH NARSA BO’LMASDI JIN URSIN !
Yuna : J.. Jimin iltimos qo’rqyabman …
Yunaning ko’zlaridan yoshlari sizib chiqar ekan farishtadek yuzini go’yo yomg’ir misol yuvardi, ammo Jimin unga qayrilib ham qaramadi u sochlarini siqqancha uydagi hamma narsani sindirdi, baqirib yig’lashdan charchamadi.
Jm : qani edi seni sevmaganimda …
eshitgan gapidan so’ng Yuna Jiminga ko’zlari to’la yosh ila tikildi
Jm : balki Namra tirik bo’larmidi
Yuna : Jimin bu taqdir, Namraning o’lishini biz xohladikmi ? nega faqat aybdor qidirasan ? taqdiri shu edi biz hech narsa qila olmasdik axir … nega sevgimizdan afsuslanasan …
Jm : CHIDOLMAYABMAN ! YUNA CHUNKI CHIDOLMAYABMAN TOMOG’IMGA NIMADIR TIQILGAN UNI CHIQARIB TASHLOLMAYABMAN YUNA QIYNALIB KETDIM ! MEN YASHASHNI ISTAMAYABMAN NAMRASIZ YASHASH OG’IRLASHIB KETYABDI …
Jimin nafas olishga qiynalib yerga yiqildi, Yunaga qarab baqirib ichidagilarini aytar ekan yig’layverganidan yuzlari qizarib ketdi.
Jm : singlimni bering … yolvoraman singlimni bering menga … men chidolmayabman qiynalib ketdim … yuragimdagi og’riq va bo’g’zimga tiqilgan bu narsani chiqarolmayabman yordam bering … iltimos Yuna yordam ber …
Yuna Jiminni issiq bag’riga oldi va Jiminni sochlaridan silab ko’zidagi yoshni artdi.
Yuna : hammasi yaxshi bo’ladi Namrani osmonga uchib ketgan deb tasavvur qilamiz maylimi ? hammasi yaxshi yig’lama …
Jimin va Yuna yerda bir birini quchoqlagancha 10 daqiqa o’tirishdi so’ng Jimin birdan Yunani siltab o’rnidan turdi Yuna unga tushunarsiz nigoh bilan qarab turardi
Jm : ortiq menga yaqinlashma …