Samolardan balandda
" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare
Erta tongdan zerikarli bo'lib ulgurgan hayotimning yana bir kunini tezroq o'tkazib olish uchun teatrga yo'l oldim. Bugun ishimiz odatdagidan kamroq bo'ladiganga o'xshaydi, chunki allaqanday xo'jayin aytgan hamkor bugun teatrimizga tashrif buyurar ekan. G'alati va shu bilan bir qatorda shubhaga soluvchi hislarim bilan ketar ekanman, allaqayerim og'riy boshladi. Teatrga allaqachon yetib kelgandim, kiraverishda esa yuragimda og'riq turdi. Men ko'ksimni g'ijimlab bir daqiqa joyimda qotib qoldim. Ammo keyin bu o'tib ketdi va ichkariga kirdim. Janob Narang bugun kechki vaqtlarga hamkor odam kelishi haqida xabar berdi. Ungacha esa hali namoyish etilishi noma'lum bo'lgan spektaklimizga tayyorgarlik ko'ramiz. Men o'zimga tegishli bo'lgan so’zlarni bir burchakda o'tirib yodlar ekanman, oldimga Tein kelib o'tirdi.
- Salom. - dedi menga qo'lida olib kelgan ikkita qahvasidan birini uzatar ekan.
- Salom, ishlar qalay? - undan qahvani olib, yengil jilmaydim.
- Yomon emas, ammo so'zlarimni yodlashda qiynalyapman. Senchi?
- Biroz..
Qiz o'zining qo'lidagi qog'ozlariga alanglab o'tiraverardi, yigit esa tobora u bilan uzoqroq suhbat qurgisi kelardi, ammo suhbatni nimadan boshlashni bilmasdi.
- A haligi.. kechagi taklif..
- Kechki ovqatmi? - Raniya Teinga o'girilib vanihoyat diqqatini qaratdi. Sochlarini quloqlari ortiga o'tkazdida, sochilib ketgan qog'ozlarini tekisladi.
- Ha, bu hali ham o'z kuchida.
- Yaxshi, nega yo'q? shunchaki kechki ovqat bo'lsa to'g'rimi? - qiz Teinga maftunkor tabassumini ulashdi va rozilik berdi.
- Oh xursandman, unda ishdan so'ng seni kutaman. So'z berding.
Tein atrofimda girdi kapalak bo'lganidan so'ng o'zim alohida, yolg'iz mashq qilish uchun ichkaridagi xonalardan biriga kirib ketdim. U yerda katta tosh oyna bor bo’lib, chetlari nafis naqshlar bilan bezalgandi. Men doim mashqlarimni shu xonada yolg'iz o'zim oynaga qarab qilardim. Butkul hamma narsaga befarq odamman desam adashmayman. Xatto Teinning menga qilayotgan hushomatlarini ham jiddiy qabul qilmadim. Oradan 2 soat vaqt o’tar-o'tmas boshlig'im va qolgan hamkasblarimning ovozi balandroq qulog'imga chalindi. Havotir bilan tashqariga chiqdim va peshonasi uzra barmoqlarini yugurtirib o'tirgan janob Narangni ko'rdim.
- Nima bo'ldi? - yonimdagi qizdan so'radim. Hammaning kayfiyati tushgan, ba'zilar esa allaqachon ko'ziga yosh olishga ulgurgan edi. Men biror nimani o'tkazib yubordim shekil.
- Honavayron bo'ldik Raniya. Endi hech qanday spektakl ham boshqasi ham bo'lmaydi.
- Nima? Nega bunday deyapsiz?
- Hozirgina haligi aytgan hamkorimiz keldi, teatrimiz yoki boshqasimi xullas aniq bir nima deyolmayman unga manzur kelmadi chog'i. Hamkorlikdan bosh tortdi bu oxirgi choramiz edi.. endi teatr yopiladi. Soliqlarga beradigan pulimiz qolmagan.
Kayfiyatim tushganda tushdiki, nima deyishni bilmay qoldim. Holg'in holatim bilan sahna maydoniga yurib bordim. Ozma-oz yig'ladim desam ham bo'ladi, janob Narangni yuzidan bugun bu teatrda bo'ladigan oxirgi kunimiz ekanini tushungandim, shuning uchun Myeongdong teatr devorlariyu, har bir nuqtasiga sinchikilab qarab chiqardim. Shu qatorida yig'lardim ham…
Seulning tirband ko'chalari bo'ylab ketayotgan qora BMW rusumli qimmatbaho mashinaning, oynalari qoraytirilgan tashqaridan ichkaridagi odamni ko'rib bo'lmasdi. Bu safar ularning ortidan yashirincha himoyada kelayotgan yana bir nechta mashinalar ham bor. To'daning boshini o'z manzili tomon boshlab boradigan Jiminning bu safargi tanlovi kichik Myeongdong teatri bo'ldi..
- Qurollarni yashirishga yaxshi joy. - derkan u mashinaning orqasida o'tirgan yigitga burilib.
- Narangchi?
- Bir tomondan Narangdek iflosning allaqanday teatriga qurollarimizni olib borish ham shubhali, u hayvonga ishonib bo'lmaydi. - Jimin asabiy oynadan tupurdi.
- Shoshilma, avval joyni tekshiraylik balki bizga to'g'ri kelar.
- Joy desak uncha ko'zga tashlanmaydigan kichkina oddiygina bir teatr. Ammo teatr odamlar va politsiya e'tiborini haddan ortiq o'ziga qaratmaydimi? - Jimin og'ir yutunadi. Boshlig'ining javobini kutadi, ammo boshliqdan aniq javob olmadi.
- Narang nega menga dushman bo'lsin Jimin?
- Kim bilsin… aqli bo'lsa Kim Damryeongga dushman bo'lmaydi.
Mashina Myeongdong teatri qarshisida to'xtadi. Ikki yigit mashinadan tushdi, qolgan mashinalar esa joyida qoldi. Damryeong teatrga sinchikilab razm qolar ekan, bu teatrda uni qanday taqdir kutayotganini xuddi avvaldan sezgandek joyida to'xtab qoldi. Jimin turib qolgan hamrohiga o'girilib yoniga yaqinlashdi, so'ng u qarab qolgan teatrga qaradi ammo e'tibor tortuvchi biror bir sabab topolmagani uchun qoshlarini chimirdi.
- Janob hammasi joyidami?
Damryeong hech narsa demadi, va shunchaki bosh irg'ab qo’ydi. Ular bir ikki qadam tashlashlari bilan ularni teatr xo'jayini Narang degan kimsa ikki bukilib tazim qilgancha kutib oldi.
- Tashrifingizni sharaf deb bilaman janob Kim Damryeong! - mulozamat qildi sovuq ohangda Narang. Jimin unga ko'z suzdi, yoqtirmagani yuzidan ayon edi. Damryeong esa uncha e'tibor bermay, teatrni kuzatishdan boshqasiga o'tmadi.
- Marhamat ichkariga kiring.
Ular teatr ichiga kirib qadam tashlashar ekan Narang teatrini osmonlarga ko'tarib maqtar, tiliga kelgan barcha so'z boyligini ishlatib ko'pirtirardi. Uni faqatgina Jimin eshitar, Damryeong esa umuman tinglamasdi.
- Aniq bilaman hali ikkimiz ham yaxshi foyda olamiz!
- Bunga qanday kafolat bermoqchisan?
- Ke..kechirasiz?
- Menga teatring yoqdi ammo hozirda oddiy spektakllardan tuzuk daromad keladi deb o'ylamayman. - qat'iy so'zladi yigit. Narangning dami ichiga tushib ketdi.
- L..lekin janob Kim ishoning bu Koreyadagi eng zo'r spektakl bo'ladi! Bunga eng yaxshi aktyor, aktrisalarimni jamlaganman.
- Bir guruh masxarabozlarning chiqishini odamlar ko'radi va menga meni qoniqtiruvchi daromad olib kelishiga shubham katta Narang. - Damryeong Jiminga ishora qilishi bilan ular chiqish eshigi tomon keta boshlashdi.
- Janob Kim! shoshmang.. avval bir ko’ring iltimos! Janob!
Narangning yolvorishlari foyda qilmagach jim bo'ldi. Damryeong va Jimin tashqariga chiqib mashinaga o'tirishdi.
- To'g'ri qildingiz, teatrdan tuzuk foyda ham ololmasdik, ham politsiyaga o'zimizni topshirgan bo'lardik. - Jimin mashinani o't oldirdi.
Endigina mashina yurishni boshlaganda Jiminni to'xtatdim. Qo'limdagi uzuk yo'q, vahima qopladi. U onamdan qolgan yagona boyligim. Mashinadan otilib tushdimda yurgan har bir yo’limdan uni qidira boshladim. Jimin ko’maklashdi, hoynahoy u teatrda tushib qolgandir. Chiqib ketgan joyimga yana qaytib kirdim. Qizil gilam ustida yurib yana ichkari tomon yurdim. Ming lan'at uzugim yo'q. Yerga egilib qidira boshladim. Butun hayotim shu uzuksiz qorong'u ko'rina boshlagandi. U mendagi eng qimmatbaho buyum edi. Qayerga yo'qoldi? O'rnimdan turdim. Teatrda yolg'iz edim, hamma sahna ortida edi. Ammo qadam tovushi eshitildi va men boshimni ko'tarib ixtiyorsiz sahna o'rtasida turgan qizga qaradim. Yuzimni burmoqchi edim hamki yana qayta ko'zlarim unga tushdi. U meni payqamagan holda naqshinkor teatrning devorlaridan ko'z uzmay yig'lardi. Sochlari ipakdek jilovlanar, belidan pastga tushgan uzun, qirmizi lablari xuddi qizil rangga bo'yalgan olmosdek, oppoq yuzi bu ko'rimsiz teatr uchun haddan ziyod qimmatlik qilardi. Ko'zlari esa… bu dunyodagi hamma narsadanda chiroyli edi. U sahnada turgan san'at edi. Butun hayollarimni chalkashtirib o'g'irlagan melodiya edi. Bu nima yangi spektaklmi? yoki haqiqat? Farqi yo'q.. men maftun bo'lgandim. Shu onda. Qidirayotgan uzugim ham yodimdan chiqib ketdi. U vazminlik bilan yuzidagi yoshni artdi va xo'rsindi, men joyimda qotib tura oldim xolos. Meni payqamadi, ortiga o'girilib keta boshladi. U aktrisa men esa u payqamaydigan uning muxlisidek holat bo'ldi. Lekin… u to'xtadi. Hech qanday tovushsiz, hech qanday chaqiruv yoki harakatsiz men uni kuzatib turganimni u sezgandek men tomon burildi. Ilk ko'zlarimiz to'qnashgan on…
Sahnada o'ziga maftun bo'lgan yigitga xuddi udek tikilayotgan Raniya bir zumda to'k urgandek o'ziga keldi. Ammo Damryeongning nigohlari xuddi hech qachon uzulmaydigandek boqardi. Kang Raniya - sahnadagi san'at asari. Kim Damryeong - esa bu san'atga maftun bo'lgan muxlis edi. O'rtadagi sukunat yakunlanib Raniya unga tazim qildi.
- Kechirasiz. - dedi va ko'zdan g'oyib bo'ldi. Joyida qotib qolgan yigit bir necha soniya u kirib ketgan yo'ldan ko'z uzolmadi. Keyin esa hayollari og'ushida Jiminning yoniga qaytdi. Bir necha soniyada u axtargan fikrlari chalkashdi. Ajoyib emasmi?
- Topdingizmi?
- Nimani?
Jimin hayron yuzini burishtirdi. Xo'jayini qanday qilib bir daqiqa ichida axtarayotgan narsasini unutganini u tushunmadi.
- Uzukni!
- A.. yo’q… bilmayman u qayergadir tushipti.. hamma narsaning o'z vaqti bo'lganidek uzuk ham yo'qolish uchun ajoyib vaqtni tanlabti. - bilinar-bilinmas tabassum qilgan yigit o'zining soniyalar ichida kechib o'tgan tuyg'ularini chetga surib mashinaga joylashdi. Jimin hech narsaga tushunmadiyu yelka qisib u ham ortidan mashinaning oldiga o'tirdi.
Teatr yopilganiga ikki kun bo'ldi. Bu vaqt mobaynida o'zim uchun yangi ish qidirardim. Jinri menga ko'maklashdi, avvaliga o'zining ishiga taklif qildiyu rozi bo'lmadim. Men o'z ishimni yaxshi ko'rardim, ikki kun ichida orzuyimdan ayrilganim uchun kichik depressiyaga tushdim ham. Xatto ko'chamizda sodir bo'layotgan bir qancha qotilliklar ham yodimdan chiqip ketipti. O'sha kuni Tein bilan ham kechki ovqatga bormadim. Aniqrog'i ikkimizning ham ovqatlanishga tobimiz yo'q edi. Holg'in holatda barcha narsalarimizni yig'ishtirdikda chiqish eshigi tomon yurdik, teatrdan chiqib ketar ekanman bir nimani bosib oldim. Diqqatsiz oyoq ostimga qaraganimda yerdan uzuk topib oldim. Ancha eski, ammo chiroyli kumushdan yasalgan. Aftidan kimnikidir tushib qolgan ko'rinadi, hammadan birma-bir so'rab chiqtim. Hech kim " meniki " deya qolmadi. Nima qilishni bilmay cho'ntagimga solib qo'ydim, shu bilan u menda qoldi. Bir kuni ish uchun so'nggi qo'ng'irog'imni yakunladimda, divanga o'tirib televizor ko'ra boshladim. Seulda ro'y berayotgan jinoyatlar soni kamayish o'rnida ortib boryapti. Buning ortida kim turipti?
- Yana bir daxshatli qotillik yuz beribti! - xabar bergan bo'ldi Jinri meni yonimdan joy olar ekan qo'lidagi olmasidan tishlab.
- Xatto shu ham hozir aqlimga sig'mayapti.
- Boshqa teatrlarga borib ko'rmadingmi? O'sha hamkor ham rozi bo'la qolmaptida.
- Asti gapirma, agar uni ko'rsam boplab taziri bergan bo'lardim… mana bu uzukni ham egasini toparmidim… - qo'limda o'ynayotgan uzugimga qaradim. U negadir menga g'alati tuyilardi, Jinri qo'limdan uzukni yulib oldi.
- Balki sotarmiz?
- Aqldan ozdingmi uni menga ber!
- Nega? Baribir egasi topilmadi, uzukni sotib meni ijara pulimni to'laymiz va menikiga ko'chib o'tamiz har holda bu yerdan ko'ra xavfsiz bo'lardik.
Qizni gapida jon bor.
- Ko'ngilchanglik qilaverma.
- Buyoqqa ber!
- Uni qara.. yozuvi bor ekan. - Jinri dugonasining qo'lidagi uzukka qarab der ekan bir deganda uzukni qayta yulib oldi.
- Juda mayda… hozir shoshma..
Qizlar o'zaro talasha talasha oxiri baribir Jinri ustunlik qildi.
- Kimningdir ismi…
- Jinri! ber men ham ko'ray.
- Shoshma!.. hozir.. K..kim Don..ryeol? Kim Donryeol ekan!
- Qanaqa Kim Donryeol buyoqqa ber! - Raniya Jinridan uzukni oldi va o'zi sinchiklab qaradi. Yozuv juda mayda va naqshinkor yozilgan. Qizning lablari negadir titragan ko'yi uzukda yozilgan ismni pichirlab aytdi.
- Kim Damryeong…
Butun tanasiga titroq yugurgan qiz no tartib nafas olar ekan ko'zlari o'sha yozuvdan uzila olmadi.
- Etim jimirlab ketdi.. tuklarimga qara! - vahima bilan qo'llarini ko'rsatadi Jinri qotib qolgan dugonasiga. Raniya uzukni darhol cho'ntagiga soldida o'rnidan turdi.
- Sotmaymiz dema faqat.
- Sotmaymiz!
- Aishsh Rani!!!
Va shu vaqt telefon qo'ng'irog'i bo'ldi. Raniyaning telefoni stol ustida jizillab musiqa chaladi. Qiz shu vaqtda kim qo'ng'iroq qilayotganiga hayron borib go'shakni ko'tardi. Go'shakdan eshitilgan ovoz va Raniyaga yetkazilgan xabar tufayli bir onda yuziga xursandchilik yugurgan qiz baxtdan sakray boshladi. U o'ziga sig'may baqirar, o'zini qayerga otishni bilmay Jinrini quchoqlab o'ynardi.
- Hoyyy nima bo'ldi? kim qo'ng'iroq qildi?
- Janob Narang!!! - qichqirdi u. Va gapida davom etdi.
- Jinri.. teatrimiz qayta ochilipti!!! ishonolmayman ertaga qayta ishga chiqishimni aytishdi. Spektakl uchun.
Janob Narang menga buni xabar qilganida ehtimol hozir dunyoda mendanda baxtliroq odam yo'q edi. To'g'ri maoshimni unchalik zo'r deya olmayman. Muhimi men buni o'z istagim bilan olib borishim. Jinirini quchoqlab holi joniga qo'ymay ezdim. So'ng baxtli holda ertangi kunim uchun ko'ylaklarimni tanlashga shoshildim. Ba'zan omad bizni o'zi izlab keladi. Ba'zan esa o'zimiz uni izlaymiz.
- Yaxshi, tushunarli. - qulog'idan telefonini tushirib ho'rsingan yigit qo'ng'iroqni yakunlab uyining ichiga kirdi. Tashqari sovuq, va qorong'u har qadamdan xavf hatar isi anqib turibdi. Yigit uyiga kirar ekan mehmonxonada derazadan ko'chani tomosha qilib o'tirgan boshlig'ining qarshisiga kelib o'tirdi.
- Narang bilan gaplashdim janob, o'lib turgan ekan gapimni yakunlamasimdan rozi bo'ldi.
Damryeong mana endi Jimin tomon burilib :
- Unda ertadan o'sha yerni yangi makonimizga aylantiramiz, faqat kechasi mol olib kiring.
- Hali ham tushunolmayapman, o'sha Myeongdongdan bizga zarracha foyda yo'q edi na joyi tuzuk xavfsiz, na chiptalari tuzuk sotilmaydi, qolaversa Narangdek ablaxga ishondingiz. Nega aynan o'sha teatrni tanladingiz?
- O'zim ham bilmayman Jimin… balki taqdirim shuni tanlagandir. Muhimi tavakkal qildim, qurollarni faqat kechasi olib kiring.. u yerdagi aktyor va aktrisalarga… xavf yetmasin.
- Xavf yetsa yetar bizga nima?
- Sen buni qo'yaver… bor Doonaga yordamlash undan ko'ra. - oshxonada bir nimalar bilan mashg'ul qizga imo qiladi Damryeong. Jimin jilmaygan ko'yi belidagi qora rangli qurolini javonining tortmasiga berkitdida oshxonada ovqatlarni tayyorlayotgan xotiniga ko'maklashish uchun chiqib ketdi. Xonada yolg'iz qolgan jinoyat olamining qora ko'zli, qonga belangan yigiti boshini quyi solgancha o'ylandi.
- Nega aynan Myeongdongni tanlading Damryeong?