August 8

Samolardan balandda

​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​​" Hech qachon — Rameo va Julietta haqidagi kabi fojiali hikoya bo’lmagan. "
— William Shakespeare

U ketgan soniyadan buyon piqillab yig'lashdan o'zimni hech tiyolmadim. Hozir bu jaxl va rashk olovida qaynab biror ish qilib qo'yishidan qo'rqardim. Men.. men chindan ham atayin qilmagandim, Tein biroz ichgandi. Soyon bilan munosabatga kirishganida u haqiqatdan ham meni unutishni boshlagan deb o'ylagandim. Aniq garov o'ynaymanki ertaga meni ko'rganida ikki bukilib kechirim so'raydi. Ko'p ichib yubordi, mast bo'lmaganda bunday ishga yo'l qo'yadigan yigit emas u, ayniqsa men bilan. Qarshilik qilmaganim esa… qotib qolgandim. Ongim bo'layotgan ishni hali to'liq tahlil qilib ulgurmasidan, u kelib qoldi. Va hammasi buzildi. Ko'nglim bexuzur bo'lib ketdi, boshimga ham og'riq turdi. Yig'layverganimdan burnim qizarib qolgandi. Soat tungi o'n birdan oshdi, u ketganiga esa bir soat bo'ldi. Yuragim biror ko'nglimga xush kelmaydigan nimadir bo'lishi haqida ogohlantirardi meni, tortishib o'tirgim kelib ketdi. Ming qilsam ham, undan atigi bitta xabar ham ololmasam uhlay olmasdim.
Ichimda aybdorlik hissi paydo bo'la boshladi. Yuragim to'xtab qolar darajada gupirlab urardi. Oxiri chiday olmadim, egnimga yengil shoyi ko'ylagimni tashladim-da ko'chaga chiqib uni qidirmoqchi bo'ldim. Garchi foydasiz bo'lsa ham har holda kutib o'tirolmasdim. Shoshiqib chiqish uchun eshikni sharq etib ochdim-u ko'rgan manzaramdan yurolmay joyimda qotdim. Qarshimda paydo bo'ldi… xuddi meni tunda ko'chaga chiqishimni istamagandek. Egnidagi qora ko'ylagining old tugmalari ochiq, bo'ynidagi ismim yozilgan tatusi yaqqol ko'rinib turardi. Sochlari tartibsiz to'zg'igan, ko’zlari esa suzilib qolgan yoki charchoqdan yoki mastlikdan. Undan spirtli ichimlik hidi anqib kelardi. Qo'llarini cho'ntagiga solgan holatda eshikka suyanib mendan ko'z uzmay turdi. Uning bu ahvolidan hayolimga ming-xil tahminlar kela boshladi. Ayniqsa biroz yaqinlashganimda yuzimga yaqqol urilgan ayollar parfyumining ifori… Qimirlolmay joyimda qotib qoldim. Xatto tasavvurimda ham buni o'ylashga qo'rqardim. Yuragim gupirlab juda tez va qattiq urardi. Ko'zlarimdan yosh yumalab tushdi. Nahotki.. u shunday qilgan bo'lsa?
Damryeong mastlik sabab o'zini to'g'ri ushlolmas, ikki qo'li cho'ntagiga solingan, eshikka suyanib qizga termulib turardi. Raniya vujudida paydo bo’lgan og'riq sabab bir so'z demadi, u hammasini, nima sodir bo'lganini tushungandi. Qiz endi ortga qadam tashlab uzoqlashmoqchi bo'lgan ediki, Damryeong aytgan birinchi so'zlar tufayli to'xtab qoldi.
- Istab ham… sendan boshqasiga qarolmadim.. - Damryeong tartibsiz so'zlar ekan, suzilib qolgan ko'zlarini qizga mo'ltiratib qaratdi. Va bazo'r u tomon qadam tashlab yaqinlashdi.
- Qilolmadim… qo'limdan kelmadi… xatto tanam ham… senga qaram bo'lgan ekan.. - yigitning lablari sekin yoyildi, va Raniyaga qarab shunday shirin tabassum qildiki Raniya qo'rquvdan yig'lab yubordi. Chunki u sevgilisini chindan hozir boshqa ayol bilan birga bo'lgan deb o'ylagandi. Yo'qotib qo'yish, rashk tuyg'ulari uyg'unlashib qizni qalbini o’yib tashlagandi. Endi esa Damryeong aytgan bu so'zlardan so'ng butun qalbini yengillik egalladi.

Bir soat avval hammasi chigallashgan on, Damryeongni xuddi to'k urgandek ongiga signal yetib bordi. Yo'q bunday qilolmaydi, qo'lidan kelmaydi. Agar buni Raniya bilsa hech qachon uni kechirmaydi va Damryeong moychechagini butunlay yo'qotadi. Hayolida paydo bo'lgan kuchli qo'rquv ta'sirida u yo'q degandek bosh chayqadi. Yonida unga suykalayotgan ayol uning bo'yin qismiga endi lablarini tekazish payida edi. Damryeong ayolni shunday itarib yubordiki, ayol ichimliklar turgan stolga uchib tushdi. Uning qalbi o'sha uyda yolg'iz tashlab ketgan qizi tomon shoshiqib ketardi. Tezroq uni ko'rishni, ahvolidan xabar olishni va faqat u bilan birga bo’lishni istardi. Bu ayollar tajribali, extirosli haddan tashqari ochiq. Raniya bunday emasdi, u har Damryeongning oddiy teginishidan titrardi, qo'rquv, hayajon bu hislatlar hech kimda yo'q. Yo'q… ular Raniya emas. Damryeong chiqish eshigi tomon yugurib ketdi. Ketishidan avval esa, chiqib ketganiga hali besh daqiqa ham bo'lmagan Jiminning ham zinalardan pastlab kelayotganini ko'rdi. Damryeong xuddi o'zidek ish tutgan yordamchisiga jilmayib qo'yar ekan, mast holatda tungi klubni tark etdi.

- Moychechagim.. - dedi u qizning qarshisiga kelib turar ekan, yig'idan qizarib qolgan ko'zlari ustidan o'pib.
Raniya nam kipriklari ustidan olingan kichik bo'sa ta'sirida hayajondan seskanib ketdi. Damryeong bazo‘r oyoqda turardi. Mastlik va ichidagi shiddatli tuyg‘ular uni tamomila holdan toydirgandi. U ikkala qo‘lini cho‘ntagidan chiqarib, Raniyaning titrayotgan yuzini kaftlari orasiga oldi. Barmoqlari qizning yuzidagi issiq yosh tomchilarini silar ekan, ko‘zlariga tik qarab boshini ohista qizning peshonasiga tiradi.
- Seni qanchalik sevishimni tasavvur qilolmaysan, rashkim esa undan ham kuchliroq. U senga qo'l tekkizganini ko'rgan onimda aqlimdan ayrilib qolgandim. Seni bu yuraging bor-ku.. - Damryeong uning so'zlarini diqqat bilan eshitayotgan sevgilisining yurak qismiga kaftini qo'ydi. - U faqat meni sevgimdan tartibsiz ursin.. meni sevgi izxorimni eshitganida gupurlasin. Men shu yashagan onimgacha aslida nafas olmadim. Men yashash nima ekanini bilmadim, lekin keyin sen kelding.
- Lekin keyin siz keldingiz… - qiz ham yigit aytgan oxirgi so'zlarni qaytarib pichirladi. Va boshini yuqori ko'tarib Damryeongning holsiz ko'zlariga qaradi.
- Qulog'imga sevgi aslida mana bunday bo'ladi deb pichirlagan edingiz..
Damryeong unga qo'shilib tabassum qildi.
- Qulog'imga sevgi aslida mana bunday bo'ladi deb pichirlagan eding. - va qaytardi u ham.
Yigit sekin-asta butun og‘irligini qizning yelkasiga tashlay boshladi. Mastlik o‘z deganini qilayotgan, uzoq davom etgan ruhiy va jismoniy zo‘riqishdan so‘ng uning tanasi tamomila bo‘shashayotgandi. Damryeong Raniyaning qulog‘iga yaqinlashib, uning issiq nafasini bo‘yniga urdi.
- Agar meni hozir ichkariga olib kirmasang shu yerni o'zida ustingda uhlab qolaman. Va agar yana shu ko'ylakda kimgadir eshik ochsang, juda qattiq xafa qilaman seni. - dedi u so'nsiz bir jaxl va charchoq aralash o'qrayib. Raniyaning lablariga bir yengillik yugurdi-da kulib, gapni burib yubordi.
- Kiyimingizdan kelayotgan ayol hidi… o'sha bilan uhlayvermabsiz-da!
- Undan moychechak hidi kelmas ekan. - aybdorona kuldi Damryeong, qizning sochlaridan chuqur hidlab.
Raniya uni belidan qo'llarini aylantirib quchgan holatda yotoqxonasiga olib kirdi. Yotog'ini yoniga kelishi bilan og'ir tanasini tashlab yuborgan yigitni ko'rgan qiz yengil hansirab nafas chiqarib qo'ydi.
- Yonimga kel..
- Istamayman.
- Bu iltimos emas, buyruq.
- Aynan shuning uchun ham kelmayman. Bir o'zingiz uhlang. - Raniya qo'llarini ko'ksiga bog'lab, chalishtirib oldi. Lablarida arazli injiqlik harakatlari bor edi. Damryeong charchoqdan ko'zlarini ocholmas, o'rnidan turay desa kuchi yetmasdi. U yotoqda yonboshlagancha qizga zo'rg'a bir qo'lini uzatdi.
- Ho'p yaxshi… iltimos..
- Kechirim so'rang!
- Kechir… - u ko'zlari yumiq holda pichirladi. Ovozida e'tirozga o'rin qoldirmaydigan, ammo mastlik sabab yumshab qolgan kuchli xohish va yolvorish bor edi. U shunchaki Raniyasiz uhlay olmasdi, uni borligini his qilmasa ko'zlari tuzuk uyquga ketmasdi. Raniya unga yuqoridan qarab kuzatib turar ekan ko'ngli shunday bo'shab ketdi-ki boyagi noxushliklarni barini unutib qo'ydi. Kaftini bazo'r ko'tarib turgan yigitning qo'lidan sekin-asta tutganida Damryeong uni o'ziga qattiq tortdi. Raniya uning yoniga uchib tushdi, xuddi yengil patdek.
- Xatto tushlarimda ham… sensiz yashash qo'rqinchili edi. - alahsirab alla nimadir degandek bo'ldi Damryeong. So'ng qizni belidan mahkam quchgancha yuzini bo'yniga ko'mdi. Aynan shu iforni tuyish uchun ham uning qarshisida tiz cho'kardi. U o'zini ayni damda juda ojiz his qildi. Go'yo-ki qo'llari birozgina bo'shab qolsa moychechagi yo'qolib qoladiganday.

Men uning nafasidan kuch olardim. Yuragining urishini eshitganimda, o'zimni kuchga to'layotgandek his etardim. Butun olam tinchib qolib faqat uning gupurlagan ovozi eshitilardi. Ko'zlariga qaraganimda esa, o'zimni bu manzaraga qarashdan, termulishdan to'xtata olmay qolaman. Shamol o'ynayotgan sochlarini o'rib qo'ygim, qo'llarimda ko'tarib yurgim keladi. Uni hech kim ko'rmasa, qaramasa deyman. Faqat meniki, men uchun tug'ilgan insondek. Xudbinligim, kuchli rashkim aqldan ozdiradi. Uni birovga bergim kelmaydi, cheksiz qo'rquvni his etaman. Uni o'zimdan ham qizg'anib sevaman, o'z yaqinligimdan qo'rqib sevaman. U meni nafas olayotganim sababi, hayotda yashashim, qolishim sababi. Usiz yashay olmayman, nafasim bo'g'zimda tiqilib qolgandek bo'ladi, yuragimga o'tkir xanjar sanchgandek og'riydi. Menga baxtli hayot emas, u bilan birga bo'lgan hayot kerak xolos…

5-aprel, Doonaning tug'ilgan kuni. Aslida u juda tortinchoq yoki yopiqlikni yoqtiradigan qiz bo'lgani uchun ham men taklif qilgan ziyofatli kechani rad etdi. Qarshilik ko'rsatmadim u oilaviy kichik dasturxonda bo'lishimizni istadi, menga ham bu yoqib tushdi. Aslida men ham o'zimni tug'ilgan kunimda shunday kechlik bo'lishini istagan bo'lardim. Park Jimin va Kim Damryeong ikkisi muhim topshiriqlari bor ekanini aytib uydan juftakni rostlashdi. Doona ham bunga yaqqol ishondi chog'i yengil tabassum qilib oshxonaga kirib ketdi. Men bilardim ular qizga alla nimadir sovg'a xarid qilgani yoki umuman boshqa narsa uchun ketishgandi. Kuni bo'yi Doona bilan oshxonadan chiqmadik, unga o'zim biror nima tayyorlab berishimni aytib o'n besh daqiqaga tashqariga chiqarib yuborganimda quymoqli pechenyeni yoqib yuborishimga oz qoldi. Ha, ovqat borasida umuman qobiliyatim yo'q ekanini tan olaman. Doona ancha narsa o'rgatdi, bazo’r koreys milliy sariyog'li beoseotidan pishirib ko'rdim. Kichik likobchaga shunday iliq mehr bilan qo'yib chiqdim. Lablarimdan shirin tabassum hech arimasdi, men birinchi marta unga o'zim shirinlik pishirgandim. Kelgunicha o'zim ta'tib ham ko'rganim yo'q.
- Balki avval o'zingiz tekshirib ko'rarsiz.
- Bu birinchi o'zim tayyorlagan narsa… avval u yeyishini istayapman. - dedim yonimda menga allanechuk bo'lib qarab turgan Doonaga. Men halittan beri bittagina likob pechenye pishirgunimcha u ikki, uch xil taomlarni dasturxonga hozirlab bo'lgandi.
- Raniya, bugun tug'ilgan kunim.. - Doona sekin gap boshladi, biroz tortinib. - Eng yaqin dugonamni taklif etganman.
Mana gap nimada, yana o'sha qiz keladi. Butun kecha davomida endi tuzuk yurolmasligim aniq. Lekin biror ishkal chiqarish niyatim ham yo'q, axir Doonaning tug'ilgan kuni bu. Dugonasini taklif qilishi tayin. O'sha qiz ham darrov rozi bo'lgandir.
- Qarshiligim yo'q, lekin bir narsaga juda qiziqyapman.
- Nimadir bezovta qilyaptimi sizni?
- Yo'q… aniqrog'i ha, u..
- Damryeongga boshqacha ko'z bilan qaraydi, shunday demoqchimidingiz?
Albatta shunday demoqchi edim, dugonasi haqida o'ziga yomonlab ketolmasligimni tushundi shekil. Ayolni lablarida g'alati jilmayish paydo bo'ldi. Qon tomirlarim jig'ibiyron bo'lishni boshlayapti, o'zining eriga hech kim bunday qaramaydi-da nega kuladi?
- Yolg'on gapirishni yoqtirmayman Raniya. Hanni.. chindan Damryeongni yoqtiradi. U ko'p Damryeongni qalbidan kichik bo'lsada joy egallash uchun harakat qilgan. Biznikiga ko'pincha kelganda, aslida Damryeongni ko'rishga kelardi. U unchalik yomon qiz emas, shunchaki sizdek oshiq xolos.. - u menga dalda bo'lgandek xuddi qo'llarimdan ushlab o'ziga qaratdi.
- Rashk qilishingizni hojati yo'q.. - Doona jilmaydi. - Damryeongni ko'zlari sizdan boshqasini ko'rmaydi, havotir olmang.
- Tushunarli. - deb qo'ydim, mavzuni ortiq cho'zishni istamay.
Kechka ikki yigit Doonaga bir buketdan gullar ko'tarib kelishdi. Damryeong yordamchisining xotini bo'lmish, shu qatorda o'ziga ham singildek bo'lib qolgan qiz uchun bir uyum sariq lola olib kelgandi. Doonaning ko'zlari xuddi quyoshdek porlab ketar ekan, Damryeongga hurmat yuzasidan egilib qo'ydi. Park Jimin esa unga qip-qizil atirgul olib kelgandi, bu kuchli sevgi va oshiqlik ma'nosidek berilardi. Raniya unga so'nggi rusumdagi Lancóme Trésor brendining xush bo'y hidli atirini sovg'a qildi. Hamma baravariga kechki stolga o'tirgan vaqti Jimin va Doona o'zaro bir-birlari bilan suhbatga kirishib ketishdi. Paytdan foydalangan Raniya stoldagi o'zi tayyorlagan pechenyeni oldi-da Damryeongning qarshisiga qo'yib qo'ydi. Damryeong unga ajablanib, biroz shubha va samimiy qiziqish aralash qarab qoldi. Stoldagi xilma-xil, nafis taomlar qatorida turgan o‘sha bittagina likobchadagi biroz shakli buzilgan, lekin uning uchun dunyodagi eng qadrli tuyulgan pechenyega ko‘zi tushdi. U sekin qoshlarini chimirib, Raniyaning hayajondan chaqnab turgan ko‘zlariga tikildi.
- Buni… o‘zing tayyorladingmi? - so‘radi yigit, ovozida cheksiz bir yumshoqlik bilan. Raniya sekingina bosh irg‘adi. Lablarini tishlab, uning yuz ifodasini kuta boshladi. Damryeong bir so‘z demay, sanchqini oldi-da, pechenyelardan kichik bir bo‘lak kesib og‘ziga soldi. Bir necha soniya jimlik cho‘kdi. Raniya hatto nafas olishdan ham to‘xtab qolgandi. Pechenye aslida biroz oshiqcha pishib ketgan, shakar o‘rniga tuz aralashib ketganday g‘alati ta'mga ega edi. Ammo Damryeongning yuzida kichik bir e’tiroz belgisi ham ko‘rinmadi. Aksincha, u xuddi dunyodagi eng mazali shirinlikni tatiyotgandek yutindi-da, Raniyaning qo‘llaridan tutib, ohista o‘pib qo‘ydi.
- Ajoyib..
- Rostanmi?
- Rostan, men yeb ko'rgan eng mazali narsa bo'ldi. - unda juda iliq samimiylik bor edi. Qiz o’zida yo'q xursand edi. Damryeong pechenyedan bir nechtasini yeb ulgurdi, Raniya haqiqatdan ham pechenye shunchalik mazali ekaniga ishonch hosil qilish uchun bittasini yeb ko'rdi. Qizni yuzi shunday burishib ketdi-ki, tezda yonida turgan suvni olib icha boshladi.
- Yolg'onchi! bu sira mazali emas!
- Nega endi? menga yoqti! - yigit yana likobga qo'l uzatib, oxirgi pechenyeni ham olmoqchi bo'ldi. Raniya darhol Damryeongni qo'li yetmasdan uni ushlab oldi.
- Siz buni qanday yeyabsiz, umuman chidab bo'lmaydi ko'nglim bexuzur bo'ldi.
Damryeong qizning kuyunib aytgan so‘zlariga past ovozda kulib yubordi. U Raniyaning qo‘lidagi likobchani ohista tortib olib, unga xuddi dunyodagi eng qimmatli xazinaga qaragandek tikildi.
- Axir uni sen men uchun pishirgansan-ku.. nega mazali bo'lmasin?
U oxirgi pechenyeni ham og‘ziga solib, kutilmaganda Raniyaning bilagidan tutdi-da, uni o‘ziga qarab tortdi. Qiz yigitning yuziga juda yaqin turib qoldi. Damryeong uning sochlaridan ohista silab, qulog‘iga pichirladi:
- Kelasi safar birgalikda pishiramiz, kelishdikmi? Shunda ko‘ngling bexuzur bo‘lmaydi.
Raniya uning ko‘ksiga urib qo‘ymoqchi bo‘ldi-yu, lekin yigitning bu qadar samimiy va erkalovchi ohangiga qarshi chiqa olmadi. Lablariga beixtiyor tabassum yugurdi. Ammo xuddi shu lahzada eshik qo‘ng‘irog‘i chalingani eshitildi.

Doona borib eshikni ochganida ichkariga dugonasi Hanni kirib keldi. Qizning egnidagi kulrang yaltiroq ko'ylak chiroq tushganda nafis porlab hammani e'tiborini tortdi. Mukammal va o'ta to'q pardoz xuddi bayramona ko'rinishda edi. Sochlari yuqoridan turmaklangan, lablariga pushti lab bo'yog'idan ayamay surtgandi. Hanni qo'lidagi dabdabali sovg'ani dugonasiga taqdim qildi-da, yalang'och oyoqlarini ko'z-ko'z qilgancha ichkariga kirdi.
- Hayrli kech..! - dedi Hanni ovozini iloji boricha jozibali chiqarishga urinib. Raniyaning ko'zlari suzilib, o'zini chetga tortdi. Damryeong qizga boshini ko'tarib qaramadi, chunki Raniya o'tgan galda qanchalik xafa bo'lganini eslagandi. U yana qizni rashkdan og'rinishini xohlamadi. Hanni atayin Damryeongning shundoq qarshisiga kelib joylashdi.
- Xush kelibsan Hanni. - dedi Jimin.
- Doona taklif qilganda, hech yo'q deyolmayman. Bilasiz dugonamni juda yaxshi ko'raman. - nima uchundir qiz oxirgi " Yaxshi ko'rish " haqidagi gapini Doonaning o'ziga qarab emas, Damryeongga qarab aytdi. Xuddi Doona bahona, yigitga bo'lgan hislarini shama qilgandek. Raniya qo'lida ushlab o'tirgan sanchqisini qattiqroq siqib, qoshlarini uchirib qo'ydi. Damryeong esa hali ham pastga qarab o'tirardi, Raniya pishirgan pechenyedan ko'z uzmay. Hanni yigitning be e’tiborligini unchalik xushlamadi. Stol atrofida qizg'in suhbat boshlanib ketdi.
- Bilasan, men san'at asarlari va antikvar buyumlar baholovchisi hamda auktsion uyi konsultanti sifatida bunday narsalarga befarq qaray olmayman. O‘sha modelni ko‘rgazmaga qo‘yish bo‘yicha taklifim hali ham o‘z kuchida.
Jimin bu gapni eshitib, suhbatga qo‘shildi:
- Hanni o‘z ishining ustasi. U baholagan har qanday eksponat auktsionda ikki barobar qimmatroqqa sotiladi.
- Rahmat Jimin, - Hanni mag‘rur va nafis jilmaydi. So‘ngra nigohini sekin Raniyaga burib, xuddi unga samimiy e’tibor ko‘rsatayotgandek muloyimlik bilan so‘radi. - Raniya siz-chi? Siz ham san’at yoki kolleksiyalarga qiziqasizmi?
- Uning o'zi san'at asari.
Raniya endi og’iz ochaman deganda javob boshqa tomondan keldi. Hanni halittan beri gapga sololmayotgan Damryeong endi keskin boshini ko'tarib, jiddiy ohangda uning savoliga javob berdi. Hannining yuzida noqulaylik va kuchli bir rashk o’ti porlab ketdi. Qo’llari stol ostida mushtlangandi. Bu vaziyatdan qanday chiqishni bilolmay, yengil kulib yuzini burdi xolos. Raniya esa shu onda Damryeongdan ko'zlarini hech uzolmas, bergan javobidan yuzlariga qizg'ish rang oralagandi.
- Sizlar o'tiravering biz hozir.. - birdan Damryeong o'rnidan turib, Raniyaning ham qo'lidan ushlab oshxonaga o'zi bilan olib ketdi. Ularning ortidan Doona va Hanni qarab qolishdi. Jimin hech narsaga e'tibor ham qilmas, halittan buyon stoldagi bananli to'rtni paqqos tushirayotgandi.
- Mazalimi?
- Meni xotinim pishiradi-yu mazali bo'lmaydimi? - Jimin yana bir bo'lakni lablari orasiga joylab, Doonani yengil o'pib qo'ydi. - Yaxshiyam tug’ilgansan, quyoshim seni sevaman.
- Men ham sizni.
Doona, Jimin ikkisi bir-biriga termular on yonlarida Hanni ham borligini butunlay unutib qo'yishgani bois uyalib, yerga qarab olishdi.
- Biram yoqimtoysizlar-ki!

Oshxonaga kirishi bilan Raniya devorga qo'llarini chalishtirib suyanib oldi. Lablarida jaxl alomati, tishlari bir-biriga taqalib, kimnidir boplab adabini beraman deb turardi. Damryeong eshikni ohista yopdi-da bir qo'lini Raniyaning yuzi yonidagi devorga tirab qizga yaqin turib oldi. Ularning orasidagi masofa bir necha santimetr edi holos.
- Menga bunday tikilmang.
- Qanday?
- Xuddi… - qiz birdan jimib qoldi. Bu suhbat ilgari ham bo'lgandi, ularni ilk tanishuv onlarida. Aftidan buni birgina Raniya emas, Damryeongning o'zi ham esladi. Ikkisi ham yoqimli tabassum qildi.
- Senga mahliyo bo'lgandekmi?
Raniya tasdiqlagudek bosh irg'ab qo'ydi. Yigit uning qizil lab bo'yog'i surtilgan lablaridan yengil bo'sa oldi. Sevgisilining qilayotgan rashki uni qonini batamom qaynatar, tezroq kechlik tugab u bilan yolg'iz qolish istagi soniya sayin ortib borardi. Raniya uyatdan o'zini qayerga qo'yishni bilmay, ko'zlarini har yoqqa urdi. Goh tahlangan likoblar-u, yerda turgan chiqindi idishigacha.
- Sen rashk qilyapsanmi?
- Unday emas, shunchaki u meni bor yo'qligimga ham e'tibor bermay sizga shunday qarayaptiki.
- Lekin men senga qarayabman.
- Lekin baribir… - qiz birdan jimib qoldi. U oynadagi aksiga qarab, hayolga berilar ekan miyasiga kelgan bir fikrdan lablarini tishlab sekin kuldi.
- Xo'sh?
Uning bir nuqtaga qiziqish bilan tikilishini kuzatib turar ekanman birdan lablarimga urilgan o'zga insonning lablarini his qilgan onim ko'zlarim o'z-o'zidan yumildi. Undan bunday qadamni kutmaganim bois, tanam titrab ketdi. Nozik qo'llari yuzimni tutib o'ziga yaqinroq tortardi. O'zimni anglab olgan zahotim endi tashabbus ko'rsatish meni galim ekanini payqadim. Ikki qo'limni belidan aylantirib devorga qattiqroq bosdim. U hayajondan titrar, lekin shunga qaramay mendan uzilmasdi. Bir necha daqiqalik bo'sadan so'ng lablarini birinchi mendan uzib, so'ng labim chetiga bosdi. Men uni harakatlarini shunchaki jim kuzatardim, bu menga olam-olam hayajon, extiros va zavq berardi. Ketma-ket bosilgan nam lablar o'z ishini yakunlab Raniya tezda meni bag'rimdan otilib chiqdi-da oshxonadan yugurib chiqib ketdi. Ortidan qarab qoldim, uyalib ketganini sezgandim. O'zim bilmagan holda lablarim keng yoyildi. Tashqariga chiqib stolga qaytganimda hammani ko'zi baravariga menga qaratildi. Oddiy emas, hayron negadir g’alati ifoda bilan. E'tibor qilmay, uni ko'z qirim bilan izlay boshladim.
- Janob? - dedi Jimin mendan ko'zlarini uzolmay, kulib yuboray derkan.
- Nima? - deb bosh irg'adim. Ularni yuzidagi nimadir meni oynaga qarashga majburlardi.
- Haligi, oshxonaga.. biror nimani gaplashishga ketdingiz deb o'ylabman. - Jimin o'zini ushlab turolmay hiringlab yubordi. Men battar jazavaga tushib tezda xona burchagida turgan oynaga borib qaradim. Jin ursin… yuzim.. u boya meni o'pganda qizil lab bo'yog'ining izi tushib qolgan ekan.
Yigitning yuzi birdan tundlashdi, va lablari keng yoyilib kichik ohangda kulib yubordi. Chunki Raniya buni atayin qilganini endi payqagandi. Raniya birinchi qadam tashlashi va birinchi o'pishga urinishi bekorga emasdi albatta, Damryeong esa bunga ishonib rejasini aniq amalga oshirib berdi. Xatto yordam ham berdi. Raniya yuvinish xonasidan chiqib kelar ekan, Damryeong unga kulgudan bazo'r o'zini tiyib qaradi. Lablarini tishlab, boshini sekin chayqab qo'ydi. Bu lab izlari yigitning yuzida xuddi kimga tegishli ekanini bildirish uchun qo'yilgan shaxsiy imzodek turardi. Damryeong lablaridagi qizil izni ustidan barmoqlarini ehtirosli yugurtirdi-da, mayin silab shivirlab qo’ydi:
- Rashkchi malikam..

Kechlik tugaganidan so'ng Hanni horg'in kayfiyatda Doona bilan hayrlashdi. Damryeong hali ham yuzidagi lab izini o'chirmagandi, u xatto bunga harakat ham qilmadi. Bu uni hissiyotlarini oshirib, har oynaga qaraganda yuragini gupurlab urishiga hissa berardi. Doona va Jimin birgalikda stolni yig'ishtirish uchun kirib ketishdi. Damryeong esa Raniya bilan hovlida osmonga tikilgancha yerda maysazor ustida yonma-yon o'tirishardi. Salqin tungi shabada qizning sochlarini ohista tebratar, osmondagi yulduzlar esa go'yo ularning sokin baxtiga guvohlik berayotgandek miltillardi. Qiz yigitning keng va issiq ko‘ksiga boshini qo‘ygancha, uning bir maromda urayotgan yurak urishini tinglardi.
- O'chirib tashlamaysizmi?
- Yo’q. - dedi Damryeong, qizning barmoqlarini tutib, lablariga bosarkan. Uning ovozi tundagidek vazmin va maftunkor edi. - Bu mening shaxsiy belgim.
Raniya yengil tortib, jilmaydi. Yigitning bu xudbinona, ammo o‘ta ehtirosli sevgisi uning ichidagi barcha g‘uborlarni va so‘nggi rashk kukunlarini ham yuvib yuborgandi.
- Doona bilan Jimin juda baxtli ko‘rinadi. - dedi qiz sekingina, osmondagi to‘linoyga tikilib.
- Ha, - deb qo'ydi Damryeong o'tgan tunda Jimin bilan bo'lgan og'ir suhbatni eslar ekan. - Ammo ularda farzand baxti yo'q.
- Doona menga buni aytib bergandi. - Raniya yuzini burib qulayroq o'tirib oldi. - Janob Jiminchi?
- U istaydi… Doona unga boshqa ayoldan farzandli bo'lishini aytgan.
- Axir bu mumkinmas-ku, qanday qilib sevgan insoni bo'la turib boshqasi bilan ham birga bo'lishi mumkin?
- U ham aynan shunday degan. - dedi Damryeong, nigohini yulduzlarga qaratib. Uning ovozida do‘stiga bo‘lgan chuqur hamdardlik bor edi. - Jimin uchun Doonadan boshqa hech kim mavjud emas. U hattoki dunyodagi barcha bolalardan kechishga tayyor, faqat Doona uning yonida bo‘lsa bas. Inson sevsa, uning butun dunyosi faqat o‘sha bitta inson bilan cheklanib qoladi, moychechak… Huddi men kabi.
Raniya yigitning bu gaplaridan so‘ng o‘yga tolgancha soatlab xotiralar qa’riga cho‘kib ketdi. Uning ko‘zlari ma’yus tortib, lablari orasidan beixtiyor fojiali o‘tmish so‘zlari to‘kila boshladi:
- Bolaligimda, onam bilan radio eshitishni yoqtirardim. U ahmoqona go'zallik standartlari degan teleradio kanallarni soatlab eshitar, men esa qiziqmasam ham uning yonida o'tirardim. Yoshim tahminan yettilar atrofida. Otam vafot etgan… aslida men o'zimni shunday ishontirishni xohlardim. Dadam meni tashlab ketmagan bo'lardi, degan hayolda uni o'ldiga chiqazdim. Hech bo'lmaganda mana bu yerim yolg'iz qolgan vaqtlarim o'ksinib yig'lamasdi.. - Raniya qo'lini Damryeongning kaftlari orasidan olib, ko'ksiga kelib qo'ydi.
- Yo'q, dadam tashlab ketmasdi. Men uni aqalli bir marta ham ko'rmaganman. Onam uni ablax kimsa bo'lganini, meni xatto qo'liga olishni ham istamay gumdon bo'lgani haqida ko'p gapirgan. Balki hunuk chaqaloq bo'lgandirman? men uni qaytishini meni qo'llariga ko'tarib do'kondan muzqaymoq olib berishini yillab kutdim. Sochlarimni taradim, egnimga pushti rangli, nafis shoyi ko'ylak kiydim. Oynada aksimga qarab faqat bir narsani aytardim: " Dadam, shunday chiroyli qizi bor ekanini ko'rib, meni albatta yana qiz qilib oladi. " - Raniyaning ko'zlaridan yosh quyilib yuziga oqib tushdi. Lablari esa alamli tabassumdan arimasdi. Damryeong uni diqqat bilan tinglayotgan on, Raniyaning lablari titrab ovoz chiqarib yig'lab yubordi. Damryeong darhol uni issiq bag'riga tortib quchoqladi.
- Kelmadi… loqal bir marta kelmadi. Onamdan u haqida so'raganimda yuzimga har doim tarsaki kelib tushaverganidan oxiri jonim og'rib, so'ramay qo'ydim. U meni ablax erining farzandi ekanimni qabul qilolmasdi. Sakkiz yoshga yetar yetmasim, onam o'ziga yangi turmush o'rtoq topdi. Ichimdagi begunoh qizaloq shataloq otib sakrardi. Nihoyat meni ham dadam bo'ladi. Onamni etagidan ushladim… u esa qo'limni qo'yib yubordi. Siz meni zo'ravonlikdan qutqargan uyimizda yolg'iz o'zimni tashlab ketdi. Axir men uning farzandi emasmidim? Meni onam bor… otam ham bor.. lekin jin ursin, men ham xuddi sizdek ota-ona qanday bo'lishini bilmayman.
- Shshsh… yagonam, hammasi yaxshi. - Damryeong uning sochlaridan mayin silab, yuz-ko'zidan ketma-ket o'pib tinchlantirdi. - Men yoningdaman.
- Siz ham meni tashlab ketmaysiz-a?
- Aslo! bu haqida hayol ham qilma. Men doim yoningda bo'laman.
- So'z bering.
- So'z beraman, moychechak gulim.
Raniya ancha yengillashib, ko'z yoshlarini artdi. Ammo hali ham sevgilisining quchog’idan chiqmagandi. Bu uning yagona xavfsiz maskani, o'zini baxtli his qiladigan bitta-yu bitta odami edi.
- Qanchalik qo‘rqsang, qanchalik hayajonlansang, seni shunchalik mahkam ushlayman… - dedi Damryeong ehtiyotkorlik bilan o‘rnidan qalqib, Raniyaning nozik qo‘lidan tutdi va uni ham o‘zi bilan birga tik turgizdi.
- Qayerga? - so‘radi Raniya ko‘zlaridagi so‘nggi yosh tomchilarini artib, ajablangancha yigitga tikilarkan.
- Xiyobonga chiqamiz. Sening bu ma’yus hayollaringni va ichingdagi so‘nggi g‘uborlarni ham tungi shabada uchirib ketsin.
Ular hovlidan chiqib, sokin, chiroqlar bilan yoritilgan shahar ko‘chalari bo‘ylab sekin oldimlay boshlashdi. Tungi havo nihoyatda salqin, atrofda faqat barglarning pichirlashi va uzoqdan eshitilayotgan shahar shovqini bor edi. Raniya yigitning bilagidan mahkam ushlab borar, uning haroratidan butunlay tinchlangandi. Ammo biroz yurishgach, qizning qadamlari sekinlashdi, og'ir ketalari va charchoq sababli bir oz toliqqani yuzidan bilinib qoldi. Damryeong buni bir soniyada payqadi. U birdan to‘xtab, Raniyaning oldida ortiga o‘girildi va yelkasini biroz egib, pastladi.
- Nima qilyabsiz?
- Yelkamga chiq.
- Nima? Buni keragi yo'q.
- Men seni oyoqlaringni og'rishiga jim qarab turmayman, yelkamga chiq!
Raniya bir zum ikkilanib turdi-da, so‘ngra bolalarcha quvonch bilan yigitning keng yelkasidan quchib, orqasiga sakrab chiqib oldi. Damryeong qizning sonlaridan mahkam tutib, uni avaylab yuqoriga ko‘tarib oldi. Qiz uning bo‘ynidan qo‘llarini chalishtirib, boshini yigitning yelkasiga qo‘ydi…

#Muallif - Kang Raniya