January 11, 2025

Reaksiya

Yorug‘ sinf xona. O‘quvchilar ovozi bilan to‘lgan. Ertalabki yoqimli quyosh sinf derazalaridan ilk nurlarini sochmoqda. Deraza oldida yotgan qizni xatto o‘quvchilar ovozi ham uyg‘ota olmasdi. Yonsei universiteti baxorda ancha go‘zal bo‘ladi. Ayniqsa universitet devollariga chirmashib o‘sgan  ning hidi rosa anqib chiqib yanada go‘zal atmosfera yaratmoqda. Deraza yonida shirin uyquda yotgan qizni ko‘rgan yigit uning oldiga yaqinlashdi. Sumkasini stulga qoyib qizning tepasidagi deraza yoniga o‘tdi. Qo‘lidagi kundalik daftar bilan qizning yuziga tushib turgan iliq quyosh nurlarini to‘sdi. Qizning oppoq va go‘zal yuzini yigitdan qizg‘ongandek oldi sochi qizni yuzini to‘sib qoydi. Buni ko‘rgan yigit qo‘li cho‘zib qizning sochini surdi.


- Ana endi mukammal. Yigit ichida shunday degancha qizga qarab turishda davom etdi. Toki o‘qituvchi kelib e‘lon deb qichqirmaguncha. Qariroq lekin juda ham ezma bo‘lgan o‘qituvchi sinf o‘rtasiga kelib gapira boshladi.
- Hamma menga qarasin. - baland ovozni tanigan qiz darrov uyg‘ondi. Qizning tepasida turgan bola ham darrov joyiga kelib o‘tirdi. Ikalasi bir partada o‘tirishardi.
- Maktabimizda musiqa tanlovi bo‘lib o‘tyabdi. - Bu gapni eshitgan o‘quvchilar birdan baland ovoz chiqarishdi.
- Yashasin, yashasin, endi dars o‘tmaymiz. Qo‘shiq tinglaymiz. - bu gaplarni eshitgan o‘qituvchi gapira boshladi.
- Hech ham orzu qilmang. Faqat tadbirda qatnashadiganlar darsdan ozod qilinadi. Qolganlar dars o‘tishda davom etadi. - bu gapdan so‘ng o‘quvchilarning yuzidagi hursandchilig o‘rniga tundlik paydo bo‘ldi. Darrov ho‘rsinishib etiroz e‘lon qilishdi. Bolalardan bir qo‘l ko‘tarib gapirdi.
- Janob Hwa  qo‘ysangizchi. Hop unda nechi kishi bo‘larkan tadbirda.
- Tadbirda har bir sinfda 2 tadan o‘quvchi qatnashadi. Men ma'muriyatga o‘zimizdagi eng yaxshi ikki qizni yozdirib qo‘ydim. Bular Soyun va Arin. Qani olqishlaymiz.
- Voyy. Nega Soyun bo‘larkan u qo‘shiq aytishni bilmaydi-ku. - bir qiz o‘nodan turib harhasha va bepisand ovozda gapirib ketdi.
- Hoy sen nimalar deyapsan. U sendan chiroyli kuylaydi. Ovozingni qaragin. - boyagina o‘qituvchiga savol bergan bola o‘nidan sapchib turib gapirdi.
- Ha,
- Haa. To‘g‘ri. - sinfdagi boshqa yigitlar ham bu gapga qo‘shildi. Bu gapni eshitgan Arin yasama ko‘z yosh oqizib sinfdan chiqib ketdi.
- Soyun sen biror narsa demaysanmi? - hamma derazani oldida uyqusirab nima bo‘layotganidan habari yoq qizga qaradi.
- A? Nima deysiz. Ha albatta uyga vazifani qildim. - ko‘zini ishqalab shu gapni aytdi Soyun. Bu gapni eshitgan hamma kulib yubordi.
- Iye? Nima bo‘ldi nega kulyabsizlar? - Soyun hayron bo‘lib qaradi. Shunda oldidagi yigit tilga kirib gapirdi.
- Soyun maktabda musiqa festivali bo‘lar ekan. Shunga Janob Hwa sen va Arinni bazaga kiritibdi.
- Ha shunga keyinchi? Taehyung~ tezroq gapir ichim qizib ketdi.
- Arin seni yutishingni bilib seni chiqarib tashlashlarini aytdi. Keyin hamma unga qarshi chiqqach yig‘lab chiqib ketdi. Bo‘ldi shu.

- Obbo. Nega unday qilasiz. Endi shu qiz kammi a menga? - sochingizni tog‘irlagancha unga qarab e'tiroz bildirdingiz.
- Tayorgarlikni o‘zingiz qilasiz. Universitet o‘qituvchilariga o‘zim aytaman. Soyun o‘zinga juft olishing mumkin. Faqat bitta. - o‘qituvchi shu gaplarni tayinlab sinfdan chiqib ketdi.
- Hop janob~ - Soyun o‘qituvchini orqasidan cho‘zib gapirdi.
- Soyun kimni olasan. - Taehyung unga qoshini ko‘tarib qaradi.
- Bilmadim. Deyishimni kutayabsanmi a? Seni olaman da. - Heyi unga kulib gapirdi.
- Ehh sendan qachon qutilamana? Sabr ber!
- Hoy sen nimalar deyabsana? Mendan qutilib bo‘bsan. O‘lginimcha yonimda bo‘lasan-da~  - Soyun oldidagi yigitni turtkilab gapirdi.
- Nima ham derdim. - Taehyung aslida hazil qilayotgani yuzidan bilinib turardi.

- Tae bizni uyimizga yur. Oyim kimbap qilibdilar. - Soyun universitetdan chiqayotib Taehyungga dedi.

- Mayli o‘zi qayerga borishni bilmayotgandim qaraya. - Taehyung Soyunning jig‘iga tegdi.
- Qaranga katta kompaniya CEO sini o‘g‘lini borarga joyi bo‘lmasa-ya?
- Albatta ahir boyning bolasi man. - Taehyung Soyunga gap qaytardi.
- Hoy. Sen yaramas. - Soyun Taehyungning ryugzagini tortib oldi. Bir urinishda ryugzagni olgan Soyun uni Bog‘ga otib yubordi.
- Hoy~ - Taehyung sumkasi tushgan tarafga yugurib ketdi.

Pov: Soyun

- Seni yaxshi ko‘raman. Qachon tushunib yetasan. Seni jonimdan ortiq ko‘raman. Hazil qilganimda ham ehtiyot bo‘lib qilaman. Ko‘nglingni o‘g‘ritishdan qo‘rqaman. Sen boy oiladansan men esa o‘rtahol oiladan. Oyingni ko‘rganman. Lekin dadangni ko‘rmaganman. Menda ko‘ngling yoqligini bilaman. Meni faqat do‘st sifatida qabul qilasan. Dadang meni qabul qilishiga ham shubham bor. Lekin seni bu ko‘zlaringdan hech ayrilolmayabman. Unutay deymanu... yuragim seni ko‘rishi bilan menga bo‘ysunmayabdi. Aslida musiqaga qiziqishimga sen sababchisan. Seni ilk bor Yonsei da ko‘rganimda pianino chalayotganding. Shunchalar go‘zal va kelishgan eding ki... sendan ko‘z uzolmasdim. Ustingda qora kostyum. Sochlaring o‘zgacha taralib turmaklab qo‘yilgan. Xuddi shahzodalarga o‘xsharding. U kunni unita omasam kerak. Bilaman mendan go‘zal mendan boyroq qizlar ham senga yoqishga harakat qilishadi. Hatto meni o‘rtaga qo‘yib seni o‘ziga qaratmoqchi ham bo‘ldilar. Meni do‘stimligingni bilgan qizlar menga shunchalar yaxshi munosabatda bo‘ldiki... Xatto ota onam bunchalik bo‘lmagan deb o‘ylab qolaman bazida. Universitetga kech kelishingni bilaman. Ovqatlanayotganda juda yoqimtoy bo‘lasan. Ovozing ta'riflab bo‘lmas darajada go‘zal. Sochlaring malla bo‘lishiga qaramay sarg‘ish qilganingda sendan go‘zal inson bo‘lmaydi bu dunyoda. Butun dunyoga mashhursan. Pianino chalishing odamni sehrlab qoyadi. Ba'zi bir yaxshi insonlar bizdan ajoyib juftlik chiqadi deganda osmonlarga uchaman. Esimda bir marta birga kuylab pianino chalganimizda ustoz sizlardan g‘aroyib va betakror juft chiqadi degandi. Qo‘lim yetmas yulduzmisan. Lekin oldimdasan...

- Soyun? Meni eshityabsanmi? - o‘n soniyadan beri qizni chaqirayotgan yigit uni burnini yengil erkalab chimchib oldi.
- Voy nima qilyabsan Tae? - bu Soyunni hayolot olamidan olib chiqdi. Birdan Taehyungga javob qaytardi.
- Biroz hayol surib qolibman. - Soyun shunday deb ilgarilab ketdi.
- To‘xta. - Taehyung qizni ortidan yugurib ketdi.

*Soyunning uyi*
- Omma~~. Biz keldik kimbap tayyormi? - Soyun eshikdan kirishi bilan erkalanib onasini chaqirdi.
- Ha kelinglar bolalar~ - oshxonadan yoshi o‘rtaroq ayolning mehribon ovozi eshitildi.
Qiz sumkasini shu yerga tashlab ichkariga kirdi. Taehyung ham unga ergashib uy ichiga kirdi.
-Anyounghaseyo~ - Soyun va Taehyung birgalikda gapirishdi. Bundan ayol kulib yubordi.
-Mana yoqimli ishtaha bolalar. - ayol shunday deb ular oldiga ovqat qoyib o‘zi chiqayotib gapirdi.
- Men bozorga borib kelaman. Xayr.
- Xop omma~ - Soyun oyisiga qo‘l silkitdi.
Ular o‘rtadagi idishga qo‘l uzatib yeya boshladilar.
- Ehh buncha shirin. Achchiqlashtirish kerak. - Soyun o‘rnidan turib stoldan qaylani olmoqchi bo‘lgandi oyog‘ni polgan qo‘yishi bilan suvdan sirpanib yiqildi.
U yiqildi lekin qo‘li bilan ko‘zini yopib olgandi. U orqasi bilan yiqildi.
-Tae , polimiz yumshoq ekan. Umuman og‘rimadi. - u qo‘lini ko‘zidan olmasdan gapirdi.
- Ishonching komilmi?
- Ha ani.. - u ko‘zini ochib o‘zini Taehyungni qo‘ynida ko‘rdi. Tae unga kulib qarab turgandi. U Taeni ko‘ziga tikilib qoldi. So‘ng darrov o‘nidan turdi. Shu bilan ovqatni bir so‘z demay yedi.

Kechki payt
- Tae 2 kun qolibdi.  Qaysi qo‘shiqni tanlaymiz.
- Marriage d'amour ga nima deysan? - Tae internetdan foydalanib topgan qo‘shig‘ini aytdi.
- Bu romantikku? Buni chalish ham qiyin?
- Nima qilibdi? Ha qiyin ammo eplayman! - Tae qatiy gapirdi.
- Mayli men unda so‘zlariga tayyorlanay. Sen esa chalishga.
- Yaxshi.

Taehyung

*Bir kundan so‘ng*
- Tae menimcha eplolmaymiz. Balki o‘zgartirarmiz. Bilasan Fransuzcha qo‘shiqlar qiyin. Men talaffuzda qiynalmayman. Bilasan. Lekin pianino notalari juda qiyin.
- Soyun menga ishon biz uddalaymiz. Va tanlovdan keyin senga aytadigan muhim gapim bor.

- Qanday gap Tae? Tinchligmi?
- Ha tinchlik. Men o‘zimga munosib hatto mendan ortiq qiz topdim.
- Rostanmi?

Pov: Soyun

- Vaqti keldi. Hammasi tugadi. U kimnidir sevib qolibdi. Endi men nima qilaman? Nima ham qilardim. Unga baxt tilayman. U ham baxtga loyiq!

- Tushundim Teahyung. Senga ishonaman.

- Taehyung. Bir joyga borishni istayman.
- Qayerga Soyun?
-Sohilga... Juda ham borgim kelyabdi. - qiz mungli ovozda gapirdi.

Pov: Soyun
- Seni so‘ngi bor beg‘ubor ravishda ko‘rishni istayman. Kim biladi keyin imkon bo‘ladimi yo‘qmi...

- Jonim bilan kichkintoy - Taehyung sho‘x ovozda gapirdi.

*Sohilda*
- Seni sevaman. - sohilda qum ustida uyquga ketgan yigit oldida yotgan qiz unga qarab dedi. U ishonch hosil qilgandiki u uhlayotgandi. Soyun Taening kuzatib kunni o‘tkazdi. U nima qilmasin go‘zal tuyulardi unga.

- Soyun soyun qara chig‘anoq topdim. - qum ustida turgan yigit dengizdagi qizni chaqirdi.

- Rostanmi? Qani ko‘raychi! - Soyun u tarafga yugurib kelayotgandi.

Pov: Taehyung

- Seni sevaman. Biram go‘zal va betakror qizsan a. Bazida seni o‘zimdan qizg‘anaman. Iltimos men bilan bo‘l. Hech qachon meni yolg‘iz qoldirma.

- Qani ko‘raychi Tae~  - Soyunnimg ovozi unga qarab hayol surib qolgan yigitni o‘ziga keltirdi.
- Mana qara. U juda chiroyli.

- Ha u juda go‘zal.

Pov: Taehyung

- Huddi sendek.

*Tanlov*

- Tae hayajonlanib ketyabman. - Qo‘llari titrayotgan Soyun Taehyungga gapirdi.

Taehyung

- Qo‘rqma. Men sen bilanman. Men bilan hech qachon yutqazmaysan. - Tae Soyunga yaqinlashib uning qo‘llarini ushladi.

Bu holatni ko‘rgan Soyun bir tarafdan hursand bo‘ldi bir tarafdan hayojoni battar ortdi.

- Keyingi navbatni Soyun va Taehyung juftligimizga beramiz. Ular Fransuzcha Marriage d'amour musiqasini bizga tayyorlashibdi. Marhamat.

- Anyuonghaseyo~
Mening ismim Soyun. Sherigim Kim Taehyung. Biz sizlarga fransuz qo‘shig‘i Marriage d'amourni taqdim etamiz. - Soyun mikrafonga gapirib o‘zini tanishtirdi. Butun zal ularni tinglashardi. Sahnada ikki chiroq Taehyung va Soyunga qaratilgan edi.
Ular joylarini egallashdi. Sokin musiqa boshlandi.

Tae
Tae

🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶

🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼🎼

🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶🎶

30 daqiqalik qo‘shiq. Mukammal tarzda ijro etildi.

- Yaxshi keyingi juftligimizni taklif etamiz. - hakamlardan biri ularga gapirdi. Shundan so‘ng ular sahnani tark etdi.

*Sahna orti*

- Tae san mukammal darajada ijro etding. - Soyun hali ham bosilmagan hayajoni bilan gapirdi.

- Sen ham Soyun ovozing butun zalni o‘ziga rom etdi.

- Sahnaga! - ularni suhbatini boshlovchining sahnaga chaqirishi buzdi.

- Biz hakamlar bilan kelishgan holda. 3 kishinj tanlab oldik. 3 o‘rin sohibi pul mukofoti qo‘lga kiritadi. 2 o‘rin sohibi keyinga o‘yin uchun chipta qo‘lga kiritadi. 1 o‘rin esa Xalqaro tanlovga yo‘l oladi.
- Demak natijalarni elon qilish vaqti keldi.

- 3 o‘rin - Mina. Olqishlaymiz.
Butun zal qarsak ovoziga to‘ldi.
- 2 o‘rin - Melise. Tabriklaymiz.

- Tae yutqazdik. - Soyun oldidagi yigitni turtib gapirdi.

- Jinni hali 1 o‘rin borku.

- 1 o‘ringa ko‘zim yetmayabdi.

- Men ishonaman. Biz yutamiz. - Tae o‘ziga ishonch bilan oldidagi qizga gapirdi.

- Birinchi o‘rin Marriage d'amour musiqasi bilan Soyun va Taehyung. - butun zalning ovozi baralla ko‘tarildi.

- Marhamat sahnaga.

- Hammaga raxmat. To‘g‘risi men kutmagandim. Eng muhimi men hayotimdagi eng katta qo‘llab quvatlashni oldim. Bu Taehyung. Raxmat senga barchasi uchun. - Soyun mikrafondan o‘girilib Taega qaradi. Ko‘zlari quvonch yoshlari bilan to‘lgan qiz undan javob kutdi.

Soyun
Soyun

Taehyung mikrafonga yaqinlashdi. Va mikrafonni yonida turgan Soyunga qarama qarshi qilib joylashtirib gapira boshladi. Soyun bundan hayratlandi. Taehyung hakamlarga qarash o‘rniga unga qarab gapirayotgandi.

- Soyun. Hayotim mazmuni. Seni sevaman. Seni uchratgan kunimdan buyon senga mahliyo bo‘lganman. Shu paytgacha buni sendan yashirdim. Endi sabrim qolmadi. Sensiz yashay olmasligimni tushunib yetdim. Hayotimdagi yagona ma'no senga aylandi. Men ilk bor kimnidir sevdim. Lekin bu oddiy emas balki buyuk muhabbat edi. Men buni rad qila olmasdim. Menga turmushga chiq. Soyun va'da  beramanki dunyoda sendan baxtli qiz bo‘lmaydi.

- Taehyung? Rostdanmi?

Pov: Soyun

-Mendan baxtli inson bu dunyoda yo‘q. Men ham, men ham seni sevaman. Endi buni baralla aytaman.

-Men ham seni sevaman Taehyung. Roziman umrimni ohirigacha sen bilan bo‘lishga tayyorman. Seni sevaman.















#Minnie_Morrison

«𝐂𝐫𝐞𝐚𝐭𝐞 𝐮𝐧𝐟𝐨𝐫𝐠𝐞𝐭𝐭𝐚𝐛𝐥𝐞 𝐦𝐞𝐦𝐨𝐫𝐢𝐞𝐬 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐮𝐬». . .