April 28, 2025

𝐕𝐀𝐐𝐓 𝐐𝐀𝐅𝐀𝐒𝐈

Vaqt qafasi bu - hech bir inson qochib qutula olmaydigan qafasdir. U bizni boshqa dunyolarda, boshqa zamonlarda, boshqa tanalarda boshqa bir odamlar bilan yuzlashtiradi.

EP-16 || FINAL

- Faqat yagona vazifam qoldi... Jungkook!

*

_Jungkook taxtida turli xil farmonlarga va qonunlarni oʻqib chiqish bilan band edi. Atrof sokin. Faqatgina Jungkookning ba'zi hujjatlarga togʻirlash kiritayotib, qogʻoz ustida yuritayotgan siyohga nim botirilgan moʻyqalam ovozi eshitlardi. Hayot ayni paytda u uchun ma'nosiz edi. Hayotda ma'nosiz va maqsadsiz qolish - bu eng katta depressiyaga sabab boʻluvchi holatlardan biridir. Saroyning qiya ochilgan derazalaridan quyosh moʻralagan. Ayni paytda peshindan oʻtib, kunning ikkinchi qismi boshlangan vaqtdir. Bu payt eng zerikarli va yurak siqar paytlardan biri edi saroyda. Yongil va Dain boshqa viloyatga ketgach poytaxtda qolgan Jungkook ancha zerikib qoldi. Son Xoga kelsak u uchun Son Xoning qadri yoʻq. Shu tarzda vaqt juda sekin oʻtardi. Bir payt kimdir eshikni ijozatsiz ochdi. Jungkook bunga kim jurat etganini bilish uchun boshini qogʻozlardan koʻtarib, toʻrt oydan beri koʻrmagan inson qarshisida ekanini koʻrib, arvoh koʻrgandek qotib qoldi. Minnie jilmaydi. Lablarini keng yoyib kuldi. Bu kulgu ortida soʻngsiz achinish va iztirob bor edi. Bu tabassum huddi oʻzining ustidan, qay ahvolga kelib qolganini koʻrib oʻz ustidan kulish kabi edi. Telba insonlar - aynan shunday kuladilar. Ular ayta olmagan, hissiyotlarini ifoda etishga joiz soʻz topa olmagan bir paytda aynan shunday, shu telbanamo, achchiq kulgi bilan oʻzlarini, kechinmalarini ifoda etadilar. Jungkook sukunatni boʻlib gapirishga botina olmadi.


- Salom Jungkook. - Minnie oʻz iqror kabi boʻlgan soʻzlari bilan jilmayishda davom etgancha gap boshladi.


- Qirol eshigi ijozatsiz....


- Hh? Qirol? - Minnie Jungkookning gaplarini oʻrtasidan boʻlib tashlab istehzo bilan soʻroqladi.


- Farzandi, vorisi, valiahd shaxzodasi borlagina qirol hisoblaniladi. - Minnie sekin asta qadam bilan xonadagi duch kelgan narsani barmoqlari bilan silab oʻtdi.


- S-sen! Mening tugʻilajak farzandim bor! Seni bunday deyishga haqqing yoʻq!? - Jungkook oʻrnidan keskin turib qattiq ohangda dedi.


- Aysh* Qaysi bolangni aytyabsan? Ana-u, hali rivojlanishga ulgurmay nobud boʻlgan bolangnimi? Yoki... Foxishaning*ni qornida allaqachon oʻlib boʻlgan xaromingnimi? - Minnie qoʻllarini koʻzalar va oʻchib turgan shamlar ustidan oʻtkazarkan, Jungkookning koʻzlariga tik, hech qanday hissiyotsiz tikilib dedi.


- Foxisha* u nima degani? Bu qanday soʻz? - Jungkook qoshlarini koʻtardi. (Oʻsha davrda bu soʻz boʻlmagan)


- Ah! Ahir sen, unutibman chogʻi kechirasan! - Minnie Jungkookni mazah qilgan koʻyi boshini sarak-sarak qilib kulib yubordi.


|| 𝗠𝗨𝗦𝗜𝗖 𝗣𝗔𝗥𝗧 ||

- Qiziq~ Heyi sening nimanga bunchalik oshiq boʻldi ekan-a?! Sen uni yillar davomida qiynab azoblagansan. Uni odam oʻrnida koʻrmagansan, uning koʻz oʻngida boshqa ayollar bilan boʻlgansan, u bu narsalarni koʻrishni istamasa uni savalagansan. Yovvoyi tikanli atirgul yordamida uni urgansan, badaniga shamning erigan suyuqligini quygansan, qaynab turgan suvga solib qoʻygansan, yaralari va tilingan joylari bitmay turib toʻxtovsiz uni yana qiynagansan. Uning hayotini naqd doʻzaxga aylantirding. Bechora qiz, sen uni qamichlash uchun foydalangan atirgullaringi kamyob, poyasida sekin-asta odam tomirlariga yoyilib, uni oʻldirishi qodir zahar borligini xatto yetti uhlab tushida ham koʻrmagan boʻlsa kerak.  Qora atirgullar... Uni hayotini chirkin ishlaring bilan bulgʻading. Taxt uchun foydalanding, sevgan ayolingni oʻlganini qasidini undan olding! Qanday odamsan ahir~!! - Minnie qoʻliga guldonlardan birini olib kuch bilan Jungkookga qaratib otdi. Guldon devorga tegib chil-chil boʻlib sindi. Ammo shu bilan birga Minniening qichqirgan ovozi ham aks-sado kabi jaranglab xonani larzaga keltirdi.


- Heyi~?! Nimalar deyabsan?! Senga nima boʻldi. - Jungkook Minniega shiddat bilan yaqinlashdi. Lekin Minnie orqaga qadam tashladi.


- U senga nima yomonlik qilgan edi Jung... kook... A-hir u shularga lo-loyiqmidi? ~ - Minnie yerga oʻtirib qoldi. Koʻzlarida munchoqdek yoshlar aylana boshladi. Olmosdek tovlanib turardi. Lablarida esa achchiq tabassum. Jungkook uni oldiga kelib, choʻkkalab oʻtirdi. Qoʻllarini Minniening yelkasidan oʻtkazib uni quchdi. Minniening koʻz yoshlari endi uning issiq yuzini silab, yerga tomdi.


- N-nega? Ayt-t-t Jungk-ko-ok. - u qoʻllarini musht qilib Jungkookning koʻksiga ura boshladi. Borgan sari u bir gapni takrorlab urardi, ammo endi zarbalar judayam zaiflasha boshladi. Jungkook oralaridagi masofani yoʻq qilish maqsadida oʻzini yaqinroq qilmoqchi boʻldi, ammo Minnie koʻz yoshlarini kafti bilan sidirgancha oʻrnidan shart turdi. Jungkook ham qaddini rostladi. Va Minniega tushunmagan nigohlar bilan qarab javob kuta voshladi. Minnie esa oʻsha oʻsha, koʻzlarida marjon-marjon koʻz yoshlari, lablarida esa achchiq tabassum.


- Jungkook, men sendan qanday qilib qasos olish haqida koʻp oʻyladim. Qaysi yoʻlni qoʻllasam nafaqat taning balki ruhiyating, qalbing azob chekadi? Bunday savollar meni harob qildi. Va men qaror qildim, seni shu zolim qafas ichida qoldiraman. Zero, bu qafas asrlar davomida oʻlmaydi. Bu saroylar, bu devorlardagi yechimsiz jumboqlar seni aqliy, ruhiy, fizik tomonlama mutloq zaif qilib qoʻyadi. Bu javobsiz savollar seni ich etingni yeb bitiradi. Hikoyangdagi qirolliging varogʻi yopildi, endi misilsiz azob-uqubatlar varaqlari ochildi. Bir vaqt qafasi deydigan boʻlsak - bu seni koʻrinmas qafasing boʻlsin. Men bu qafasda oʻzligimni ming bora angladim. Endi navbat senda. - Minnie xonani tark etdi. Hech nimani anglay olmagan Jungkookning quloqlari ostida esa Minniening soʻnggi soʻzlari aks sado kabi qayta-qayta yangradi.


Pov: Minnie


Chiqib ketar ekanman, yelkamdagi ogʻir nimadir qulagandek boʻldi ammo... yuragimda hali hamon oʻsha tugun mudom turibdi. Bu boʻshliqmi yo ortiqchalik bilmayman. Bilganim men oʻzligimni yoʻqotdim. Men shu vaqt davomida Heyi boʻldim. Men taqdirga tan berdim. Men undan qochib qutila olamadim. Meni shu toʻqqiz oy ichida yeb bitirgan, toʻxtovsiz sinab, jismonan va ruhan sindirgan oʻsha devorlar orasidan birin ketin oʻtyabman. Balki bu nihoyadir... Yillar ketidan yillar oʻtadi. Barcha barchasi unitiladi. Qalbdagi yaralar sekin sekin barham topadi. Men nihoya istayabman. 


*


- Eshittingizmi? Malika Hena xonasidan jonsiz holatda topilibdi. - saroy pichir-pichirlar boʻroni ostida qoldi.


- Oʻzini oʻzi oʻldirgan emish! - bir amaldor ikkinchisining qulogʻiga shivirladi. Keng zal boʻlsada, odamlarning past-baland tovushlari butun zalni toʻs toʻpolon ovozi kabi baland ovozga toʻldirgandi. Shu tariqa biri biriga, yana biri boshqasi boshqasi esa yana biriga turli tuman rost yolg‘on mish-mishlarni ulashardi.


Bir yildan so‘ng


- Yongil~ shaxzoda Yongil! - hizmatkor ayol quvonchidan qichqirgancha yugirib keldi.


- Nima? Nimadir bo‘ldimi Daniga? - Yongil qo‘lidagi quyonchani yerga qo‘yib yuborgancha havotorlanib so‘radi.


- Yo‘q, yo‘q also! Tabriklayman sizlar ota-ona bo‘ldingiz. - ayol quvonch ko‘z yoshlari bilan dedi.


- Rostanmi? Men, men ota bo‘ldim~ ahhh~ - Yongil oldidagi ayolga tez tez qayta qayta tazim qilgancha yugurib ketdi.


*


- Shaxzodam, balki endi uylanarsiz. - Son Xoning oldiga mulozimlaridan biri kelib kitobdan boshini ko‘tarmayotganiga ohista yurib kelib dedi.


- Balki, o‘z ishlaring haqida o‘ylarsan?! - Son Xo kitobdan boshini keskin ko‘tarib, zaharxanda ovozda javob qaytardi.


-  Malika Heyi g‘oyib bo‘lganiga bir yil bo‘lyabdi ahir. Uni kutishdan foyda yo‘q. - bu safar erkak ovozida chuqur afsus va o‘tinch ovozida so‘radi.


- Men uni umrimni ohirigacha kutaman. - Son Xo gapini yakunlab erkakga "chiq " ishorasini qildi.


Pov:  Son Xo


- Uni kelmasligini bilsamda qalbim uni unutishga yo‘l qo‘ymayabdi. Hatto uni tirik yoki o‘likligini ham bilmayman ammo bu yurak meni kutishga undayabdi. Minnie...mening kuchli va irodali Minnieyim seni umrimni ohirigacha, so‘nggi nafasimgacha sevaman va kutaman. Seni sevaman....


*


Oradan ancha vaqt o‘tdi. Qish keldi. Dani va Yongil farzandli bo‘lishdi.  Ular hozir juda ham baxtli. Bu albatta Minniening sharofati va Yongilning bardoshliligi mevasidir. Hena farzandini yo‘qotgandan so‘ng, Minnie Jungkookga haqiqatni aytib bergan deb o‘ylab o‘zini o‘ldirdi. Jungkook farzandini yana bir bor yo‘qotganini eshitib chuqur depressiyaga tushib qoldi. Qirollik ishlaridan ham bir muddat chetga chiqib, ichkilikka ruju qo‘ydi. Va tez orada emas, ammo o‘zini tiklab olishga erishdi. Xozir esa....avvalgidanda qattiq qo‘lroq avvalgidan ming chandon hissizroq va shafqatsizroq bo‘lib qolgan. Yongil eski viloyatda faoliyat olib bormoqda. To‘g‘rirog‘i kichik viloyatni boshqaryabdi. Hali hamon o‘sha ketgani bilan poytaxtga qaytib kelmadi. Minnie esa o‘sha o‘sha ketgancha issiz g‘oyib bo‘ldi. Saroy, qirollik aholisi turli tuman fikrlarni oldinga surishdi. Ba'zilar uni allaqachon o‘lganga chiqarib bo‘lishdi. Ba'zilar esa u hali hamon tirik deb turli afsonalar to‘qiy boshlashdi.


*

- Bugun so‘nggi kunim. Jungkook meni savalagan atirguldagi zahar bugun, yillar o‘tib, tanamni butunlay egallab oldi. Hena bergan giyohdagi zahar ham meni o‘ldirish uchun hujayralarim bilan kurashmoqda. Tanam bo‘ylab tomirlarimda oqayotgan qon suyuqlashib bormaqda. His qilyabman. Qon....qon tami kelyabdi. Og‘zim qonga to‘ldi. Men hozir o‘laman. Buni bilardim. Lekin men hafa emasman. Men...men Heyini qasosini ola oldim. Men uddaladim. Men endi o‘la olaman, endi o‘lishga haqqim bor. Men bu azoblardan qutildim. - qiz achchiq tabassum qildiyu, yerga quladi. Ko‘zlari yumilgach, sovub muzlab qolgan yuzi bo‘ylab issiq, misoli billur kabi ko‘z yoshlari dumaladi. Kipriklari birlashdi.

𝐴𝑓𝑡𝑜𝑟𝑑𝑎𝑛...

𝐵𝑢𝑔𝑢𝑛 𝑠𝑖𝑧𝑙𝑎𝑟 𝑏𝑖𝑙𝑎𝑛 2 𝑜𝑦 𝑚𝑜𝑏𝑎𝑦𝑛𝑖𝑑𝑎 𝑏𝑖𝑟𝑔𝑎 𝑏𝑜ʻ𝑙𝑔𝑎𝑛 "VAQT QAFASI" 𝑓𝑎𝑛𝑓𝑖𝑔𝑖𝑔𝑎 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑦𝑎𝑠𝑎𝑦𝑚𝑖𝑧. 𝐵𝑢 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛 𝑠𝑖𝑧𝑔𝑎 𝑦𝑜𝑞𝑚𝑎𝑠𝑙𝑖𝑔𝑖 𝑚𝑢𝑚𝑘𝑖𝑛 𝑎𝑚𝑚𝑜 𝑚𝑢𝑎𝑙𝑙𝑖𝑓 𝑠𝑖𝑓𝑎𝑡𝑖𝑑𝑎 𝑚𝑒𝑛 𝑠ℎ𝑢 𝑦𝑎𝑘𝑢𝑛𝑛𝑖 𝑡𝑎𝑛𝑙𝑎𝑑𝑖𝑚. 𝑀𝑒𝑛 𝑀𝑖𝑛𝑛𝑖𝑒 Jungkook, Minnie/Heyi, Hena, Son Xo, Dain va Yongil 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑠ℎ𝑢 𝑛𝑖ℎ𝑜𝑦𝑎𝑛𝑖 𝑖𝑠𝑡𝑎𝑑𝑖𝑚. 𝐸𝑡𝑖𝑏𝑜𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧 𝑒𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑟𝑎𝑥𝑚𝑎𝑡. 𝐴𝑓𝑠𝑢𝑠𝑑𝑎𝑚𝑎𝑛...

𝗧𝗛𝗘 𝗘𝗡𝗗

- MINNIE -

@Ophidra_fanfic - kanali uchun maxsus.