January 9, 2025

Reaksiya-Baxt...

- Yordam beringlar... Yordam~ Yordam beringlar il..tiimo...s. - Siz borgansari suvga cho‘kib borardingiz. Ovozingiz boricha baqirib yordam so‘rardingiz. Yarim tun bo‘lgani uchun hamma yer qop qorong‘u lekin tungi chiroqlar tufayli biroz yorug‘. Atrofda tungi shabada esmoqda. Seoul tunda juda go‘zal lekin suvda jon talashayotgan Sirelle uchun emas.

Tun

Bir baxya qoldi. Kimdir sizni quchoqlaganini sezdingiz. Qo‘llari ancha mushakli. U sizni qirg‘oqqa tomon olib borayotgandi.

- Ahvoling yaxshimi? Hoy ko‘zingni och meni eshityabsanmi? - Yigit sizni yuzingizga yengil tarsakilar tushurib sizni uyg‘otishga harakat qilardi.

Ancha vaqt uyg‘onmaganingizdan so‘ng u sizni chaqirishni to‘xtadi. U biroz engashib yuzinga yaqinlashib muzlab qolgan lablaringizga o‘zinikini bosdi. Bundan so‘ng siz darrov hushingizga keldingiz. O‘zingizga kelgach maysa ustida ekanliginingizni his qildingiz. Tepangizda turgan yigitni ham kiyimlari ho‘l edi.

- Yaxshimisan? -Yigit sizga savol berdi.

- Ha raxmat. Senga albatta pulini to‘layman.

- Pul? - Yigit kulib sizdan so‘radi. U sochingizdan to oyoq kiyimingizgacha qaradi. Baby menga puling kerak emas.

- Baby? Hoy jinnimisan? - Siz unga ahmoqqa qaragandek qarab turdingiz.

- Ha nima qilibdi? Menga yoqib qolding. Sevgan qizim bo‘lasanmi?

- Nimalar deyapsan. Yoshing nechida o‘zi?

- Ismim Jungkook. Yoshim 25 da. Senikichi? - U sizga o‘zini tanishtirib bo‘lgach sizdan javob kutdi.

- Mening ismim Sirella. Yoshimni bilishing shart emas. - Siz unga bir qarab o‘rningizdan turdingiz.

- Sirelle... - U ismingizni baralla aytib chaqirdi.

-Hoy jinni nimalar qilyabsan. Og‘zingni yop. - Siz atrofga qarab uning og‘zini qo‘lingiz bilan berkitdingiz. Uning bo‘yi sizdan uzun bo‘lgani uchun oyog‘ingiz uchida turib olgandingiz.

Uning ko‘zlari bilan ko‘zingiz to‘qnashdi. Uning ko‘zlari juda chiroyli edi... Go‘yo cheksiz va tubsiz dengizdekk..

Jungkook

1 daqiqa uning ko‘zlariga tikilib turdingiz... Keyin darrov undan qo‘lingizni olib 1 qadam uzoqlashdingiz.

Tungi shabada biroz kuchaygani ustiga ustak kiyimingiz ho‘lligi sizni sovuqqattirdi. Qo‘lingiz bilan o‘zingizni quchdingiz. Buni sezgan Jungkook maysa ustidayotgan kostyumni berdi. Siz yo‘q deya olmay kiydingiz.



Oradan vaqt o‘tdi

- Jungkook qara bu loyihaga tushubmayabman. - siz ish stolida qarshingizda o‘tirgan Jungkookga qaradingiz.

Jungkook

Kattagina office. Kech bo‘lgani uchun unda faqat Sirelle va Jungkook bor edi. Sirelle o‘sha voqeadan keyin Jk bilan juda yaqin do‘st bo‘lishdi. Jk Sirellega har taraflama yordam berdi. Sirelle o‘zi biznes yo‘nalishida tahsil olgani uchun bemalol Jk ning office ida ish boshladi. Hozir ancha yaxshi.

- Ho‘sh nima bo‘ldi~ - Jungkook stolidan turib sizning stolingizga keldi. U engashib kompyuteringizdagi fayllarni tekshira boshladi. U sizga shunchalar yaqin ediki yurag urushi eshtilardi.

Pov: Sirelle

- U nega bunchalar kelishgan-a? Nega buni avvalroq sezmaganman.

- Mana bo‘ldi. - Junkookning ovozi sizni o‘zingizga keltirdi.

- A a a yaxshii ra.h..mat. - Sirellening tili ayanmay zo‘rg‘a gapirdi.

Pov: Sirelle

- Men nimalar deyapmana. Ey hudo uni sevib qolyabmanmi? Sirelle hammasi yaxshi. O‘zingni qo‘lga ol. - O‘zingizni tinchlantirib yana ishga sho‘ng‘ib ketdingiz.


- Sirelle soat 22:00 bo‘libdi yur kettik. - Jungkook ilingan kostyumini olib kiyayotib sizga gapirdi.

- Mayli kettik. - Siz ham unga ergashib officedan chiqdingiz.


Mashina Seoul ko‘li oldida to‘xtadi. U yer juda go‘zal edi. Tun lekin hamma yoqda chiroqlar. Sakura daraxtining ilk gullari. Baxor Koreadagi eng go‘zallik va nafosat yaratuvchi fasl desa mubolag‘a bo‘lmaydi. Xozir ham u tasvirlab bo‘lmas darajada go‘zal.

- Kettik. - Jungkook mashinadan tushdi.

- Qayerga Jk nima bo‘ldi. - Siz ham unga ergashib mashinadan shoshib tushdingiz.

O‘sha yer.

- Esingdami huddi shu yerda tanishgandik. - Jungkook chiroqlar nuri ostida sizga yuzlanib so‘radi.

- Meni esimda. O‘sha vaqtda ham baxorning ilk Sakura gullari gullagandi... 1 yil avval... Faqat u paytda biroz qorong‘u edi. Soat 22:31 edi. Seni suvdan olib chiqib yuzingni ko‘rganimda... Men umuman boshqa dunyoga tushib qolgandim. Sening ko‘zlaring ular cheksiz ummon kabi meni o‘ziga jalb qilardi. Men seni ko‘ldan qutqardimu... O‘zim ummonga g‘arq bo‘ldim. Ustingda oq rang pushti gulli libos bor edi. Sochlaring yoyiq edi. Seni ko‘rishim bilan sevib qoldim. Sirelle sen mening borlig‘imga aylanding. Bugun aynan o‘sha kunga bir yil bo‘ldi. Shabada.... u ham huddi shu kundigidek.

Pov: Sirelle

- Men tushunib yetdim. Men uni ko‘rgan kunimda yoq sevib qolganman. Uning ko‘zlari asirasiga aylandim. Lekin men buni sezmagandim. Toki shu paytgacha men yuragimga quloq solmadim. Lekin bugun bildimki men uni sevaman. Nahotki men u uchun shunchalar qadrli bo‘lsam hatto soat va daqiqalargacha eslaydi.

- Menga turmushga chiq Sirelle. Va'da beramanki hech qachon ko‘zingdan yosh oqmaydi. Hayoting doim quvonchli bo‘ladi. - U cho‘ntagidan nafis va bejirim qutichani chiqardi. Yerga tizzalab o‘tirib qutichani ochdi.

- Menga turmushga chiq Sirelle.

- Ha. Roziman. Roziman. - Ko‘zlaringiz yoshlandi. Uning yoniga o‘tirib uni quchib oldingiz. U sizga uzikni taqdi. U juda go‘zal edi.




- Bugun 5 yil bo‘ldi.... Agar o‘sha kun u meni qutqarmaganida hayotimni tasavvur ham qila olmayman. Barchasi uchun raxmat...

- Omma omma dadam xonada nimadir qilyabdi. Bizga sur.. sur... pyiz dedilay.

- Surpriz kichkintoyim tilchangdan seni. Qani yutchi dadangni surprizini ko‘ramiz.

*

*

*

*

*

Avtor: Minnie_Morrison