Reaksiya
- Oyi? Qayerdasiz oyijon~ - katta uy zinalaridan yugurib tushayotgan qiz onasini tinmay chaqirardi. Uy huddi qasrlardek. Xashamatli dizaynda bezatilgan. Asosan qaymoq rang va oq dan foydalanilgan. Bezaklar va naqshlar fransuz va italian arxitektura namunalaridan foydalanilgan. Zinalar ham aylana simon qilib qurilgan. O‘rtada pianino bor. Ko‘rinishidan boy xonadonligi aniq edi. Uy eski zamon dizaynlaridan foydalinilgan bo‘lsada ba'zi zamonaviy uylar dizaynidan ancha yaxshi edi.
- Eunbi? Nima deysan qizim? - oshxonadan kelgan ayol ovozi qizni tinchlantirdi.
-Sekiroq~ - ayol yana gapirdi. U qizini zinalardan shoshib tushayotganini bilgandek gapirdi.
- Ho‘p oyi~ - qiz zinalardan tusha tusha gapirdi.
- Oyi men ketyabman~ - qiz oyisiga oshxonaga mo‘ralagancha gapirdi.
- Qayerga hoy qiz? - dugonalarim bilan piknik qilmoqchi edik. Xopmi oyijon?
- qiz erkalanib gapirdi.
- Eunbi qizim bilasan bugun mehmonlar keladi. Dadang bilsa jahli chiqishi mumkin. - xonim qiziga o‘girilmay gapirdi. Uning ovozida biroz iltimos ohangi bor edi.
- Oyijon tez qaytaman. Ruxsat bera qoling. Dadam meni ketganimni bilmaydi ham. - Eunbi endi eshikdan kirib keldi.
- Hmm. Ey hudoyim sen qiz buncha qaysar bo‘lmasanga. Mayli faqat 3 soatdan ko‘p qolsang mendan yordam kutma! - ayol ohiri chiday olmay ruxsat berdi.
- Oyijonim~ raxmat sizga. Shoshmang oyi bu nimani xidi a? Buncha mazali? - qiz onasini orqasidan quchib gapirayotib shirin xidni payqab qoldi.
- Ha yaramas. Shirinlik qilyabman nima edi? - onasi Eunbini kulib turtkilab qoydi.
Eunbi endi onasini qo‘lidagi shirinlikni ilib ketishga shaylandi. Va oldi ham. U bir urinishda ikkita shirinlikni qo‘liga olib oldi.
- Xoy yaramascha tez joyiga qoy! - bu xolni ko‘rgan Eunbini onasi unga gapirdi.
Eunbi esa shirinliklarni qo‘liga olib oshxonadan yugurib chiqib ketdi. U uydan chiqqach ikki shirinlikni ham paqqos tushirdi. Yura yura hali ko‘p yurishini sezib mashina chaqirishga qaror qildi. Aslida Eunbi uchun ham haydovchi tayinlab qo‘yilgan lekin u bugun undan foydalana olmaydi.
- Oyoqlarim og‘rib qoldi. Balki taksi chaqirtirarman. Menimcha hali yetib bora olmasam kerak. - Eunbi noligancha telefoni soatiga qarab o‘ziga g‘o‘ldiradi.
- To‘g‘ri taksi chaqirtirish kerak. - u vanihoyat bir qarorga kelib. Qo‘ng‘iroq qila boshladi. U Seoulning markazida joylashgan faqat boy insonlar yashaydigan mahallada yashardi. Bu mahallaga faqat maxsus mashinalar kirishi mumkin. Mahalladan chiqqach esa taksi chaqirtirsa bo‘ladi. Eunbi ham mahalladan chiqqach taksi chaqirtirdi.
- Anyoung~ Hangil mahallasi yoniga taksi kerak edi?
- Raxmat. Siz bilan bog‘lanishadi.
Eunbi o‘zini mahallasi nomini emas yonidagi mahalla nomini aytdi. Chunki bu mahalla nomini eshitgan ko‘p haydovchilar buyurtmani rad etadi yoki e'tiborsiz qoldirishardi.
- Endi qachon kelarkin?~ - Eunbi osmonga qarab g‘inshib ketayotib kimgadir to‘qnashganini sezdi.
- Hey ko‘zinga qarasangchi? - Eunbi odamga qaramay turib gapirdi.
- Aslida sen menga urilding! - u og‘il bola ekan. Ovozi qat'iy va qo‘rqinchli edi. Eunbi bundan biroz qo‘rqdi lekin birdan o‘zini qo‘lga olib gapirdi.
- Rostanmi unda nega qochmading? - Eunbi uni chalg‘itib gapirdi. Shu orada u sumkasidan o‘tkir atirni olib yigitning yuziga sepib qochib ketishni o‘yladi. Aslida Eunbi unaqa qiz emas. Lekin hozir u yigit bilan janjallashib o‘tirishni xohlamayabdi. Shuning uchun tinchgina qochib ketmoqchi.
Endi vaqti keldi yigit Eunbi biroz egildi chunki uning bo‘yi Eunbinikidan past edi. Fursatdan unumli foydalanish uchun Eunbi qo‘lidagi atirni chiqarib sepdi. Lekin u kutgan ish bo‘lmadi. U qo‘lini yigit ushlab turganini sezdi. U qanday qilib bunga chap berdi?
Yigit buni avvaldan sezgandi. Shunchaki u biroz o‘yin kulgi qilishni xohlagandi. U Eunbini qo‘lini havoda muallaq ushlab turdi. Bundan esa Eunbining ko‘zi katta katta bo‘layotgandi. Baxtiga haydovchi kelib qoldi. U qo‘lini yigitdan tortib olib tezda mashinaga chiqdi. Haydovchiga iloji boricha tez haydashni buyirib chuqur chuqur nafas oldi.
- Ey hudoyim. U qanday bildi. Yaramas. Menimcha ko‘cha yigitlaridan bo‘lsa kerak. Qo‘llari ancha qattiq va abjir edi. Lekin biram qo‘rqinchli ediki. Eff yaxshiyam u bilan urishmabman. Aks holda kim bilardi hozir shifoxonada bo‘larmidim? ...
- Xonim balki manzilni aytarsiz! - haydovchi qattiq va baland ovozda gapirdi. Eunbi bundan uchib tushdi. U hayolga berilib haydovchining gaplarini eshitamayotgandi.
- A kechirasiz janob. Yaqin oradagi xiyobonga. - uff bugun qanaqa kun a?
- Qancha bo‘ldi? - Eunbi hayollarini bir joyga to‘plab hushmomilalik bilan so‘radi.
- Sizdan 12 ₩ . - haydovchi ham javoban gapirdi.
- Mana raxmat. - u haydovchiga pulni uzatib tezda xiyobonga kirib ketdi.
- Vanihoyattt. - Eunbini ko‘rgan ikki qiz baqirib yubordi. Ular ham huddi Eunbi kabi kiyingan edi. Sochlari ham bir xik turmaklangan. Ustlariga oq yengil matodan odatiy kiyim va sochlari tekis qilib taralgan.
- Voy sekin qizlar~ - Dugonalarini baqirib yuborishdan hayratga tushgan Eunbi tezda u yoq bu yoqqa qarab gapirdi.
- Kelmaysan deb o‘ylagandik. Qoyile qanday kelding? - qizlar ovoz tonini biroz tushirib gapirishdi.
- Oyimdan zo‘rg‘a ruhsat oldim. O‘zi shundoq ham. Darrov qaytishim kerak. - Eunbi sumkasini yam-yashil maysa ustida to‘shalgan yuqa mato ustiga qo‘ydi. Atrof tasvirlab bo‘lmas darajada betakror.
Qushlarning sayrashi, nariroqdagi soyning zilol suvlari, baxorning ohirlashi bilan maysalar qalinlashib qoladi. Bu esa quyosh nurlarini haddan tashqari issig‘ini o‘zidan ajraluvchi sovuqlik bilan bosadi. Maysalar ham muzdek. Tanaga rohat baxsh etadi. Bu esa seni maysa ustiga yonboshlashga chorlaydi. Eunbi ham o‘zini maysalar ustiga tashladiyu biroz yaxna ichimlik va qulupnayli qanddan so‘ng uxlab qoldi.
- Voy qizlar!!!! - Bu baland ovozdan Eunbi va oldidagi dugonasi uyg‘anib ketdi.
- Nima bo‘ldi? Nega baqirasan? - Eunbi ko‘zlarini katta ochib so‘radi.
- Soat 18.00 bo‘libdi!!! - qiz telefonini dugonalariga ko‘rsatib baqirdi.
- Nima? - buni eshitgan Eunbini yuragi to‘xtay dedi.
Qizlar shu yotishda 4 soat uxlashgandi. Eunbini telefoni quvvati o‘chgani sababli onasining qo‘ng‘iroqlarini eshitmadi.
- Qizlar men o‘ldim. Men kettim meni o‘ldirishadi. - Eunbi shunday degancha sumkalarini apil tapil yig‘ishtirib yugurib ketdi. U uyga soat 15.00 da bo‘lishi kerak edi. Lekin ular 14.00 da uxlab 18.00 da uyg‘onishgandi. Endi uni holi ne kechadi. Nima ham bo‘lsa dadasi uyga qaytmagan bo‘lsin. Aslida uning otasi yomon emas. U hech qachon Eunbiga yomon gapirmagan. Xatto dakki ham bermagan. Shuning uchun u dadasini so‘zini ikki qilishdan ham cho‘chiydi ham hohlamaydi.
Eunbi yugurib mehmonxonaga kirdi. Lekin u kech qolgandi. Mehmonlar allaqachon kelib bo‘lishgandi. Albatta uning otasi ham. Eunbi ko‘rgan manzarasidan hafa bo‘lib ketdi. Uni kelganini sezgan hamma unga qaradi. Otasi ham shu odamlar ichida bor edi.
- Tanishing bu mening yakkayu yagona qizim Eunbi. U kech qolibdi. Qaranga. - Eunbining otasi uni tanishtirdi.
Shu payt to‘rda o‘tirganlarning biri gapirdi.
- Janob Jin unda qizingizni menga bering. Ishontirib aytamanki uni yaxshilab tarbiya qilaman. - Eunbi bi gapdan qotib qoldi. Tezda buni kim aytganini bilish uchun uni izlay boshladi. U darrov topdi. Stol to‘rida o‘tirgan ayyorona jilmayib turgan yigit. Bu o‘sha Eunbi ertalab to‘qnashgan bola edi. Nima bu nimasi?
- Janob Yoongi siz aytasiz u ? Men yoq derkanmanmi? - Bu gapni eshitgan Eunbi battar karaxt ahvolga tushdi.
Pov: Eunbi
- Nima? Men shunchalik qadrsizmanmi? U meni duch kelgan odamga berib yubordi. U hatto meni fikrimni ham tinglamadi. U u meni otamku? Nega? Nega?
- Qizim Janob Yoongi senga juda mos. Yaqinda to‘yni ham o‘ylab ko‘ramiz. Endi xonanga chiq. - uning bu gaplari Eunbini hech narsa demay chiqib ketishiga sabab bo‘ldi.
- Bugun to‘yim. Hayotimni bunchalar ayanchli deb o‘ylamagandim. Dadamga hatto bir so‘z ham deya olmadim. Kuchim yetmadi. Qo‘rqdim. Mayli. Nima bo‘lsa bo‘ldi. Endi orqaga yo‘l yoq.
- Honim to‘y ko‘ylagingiz tayyor. - hizmatkorlardan biri ko‘ylagni uning xonasiga qo‘yib chiqib ketdi.
- Hech bo‘lmasa to‘y ko‘ylagim go‘zal bo‘lsin! - Eunbi o‘ziga shunday degancha ko‘ylakni olishga tushdi.
- Men tamom bo‘ldim. - Eunbi shu gapni aytdi yu shu bilan ko‘zlarini yerga tikib to‘yni o‘tkazdi.
- Salom baby! - Yoongi yotoq oldida lekin yerda o‘tirgan qizni ko‘rib gapirdi.
- Iltimos meni tinch qoying! - Eunbi shu so‘zlarni o‘zida kuch topib aytti.
- Nega ekan? Sen meni ayolimsan. Hohlaganimda oldinga kelaman va hohlaganimni olaman. - Yoongi shunday deb bo‘nidagi galstukni yecha boshladi.
Pov: Eunbi
- Bo‘ldi hammasi tamom. Shu safar g‘ururimni chetga suraman.
- Iltimos men hali tayyor emasman! - Eunbi shu gaplarni ko‘z yoshlarini tiyib gapirdi.
Yoongini yuzi birdan o‘zgardi. U kulib yubordi.
U sekin Eunbini oldiga o‘tirib unga gapira boshladi.
- Qo‘rqma! Senga tegmayman. Qachonki tayyor bo‘lganingda senga teginaman. Mayli yaxshi tushlar ko‘r! - U shu gaplarni aytib xonadan chiqib ketdi.
- Nima? U boshqa xonada? Va menga tegmaydi? Xudoga shukur! - Eunbi shunday deb ko‘z yoshlariga erk berdi. Va biroz o‘tib uxlab qoldi.
Erta tong.
Yorug‘ va go‘zal xonada yotoqda uxlayotgan pari kabi qizni xatto quyosh ham uyg‘otishni istamay nurlarini zararsiz sochib turibdi. Huddu malikalardek beg‘ubor Eunbi uxlab yotardi.
Birozdan so‘ng u uyg‘ondi. Va to‘g‘ri oshxonaga tushdi. Negadir u o‘zini noqulay sezmadi. To‘g‘ri oshxonaga borib Yoongini ko‘rib hayratda qoldi. U nonushta tayorlayotgan edi.
- Yo hudo? Rostan umi? Tush ko‘ryabmanmi yoki? U nega bunchalar yoqimtoy~
Nima? Nimalar deyapmana? O‘zinga kel Eunbi!
- Uyqudan uyg‘ondingmi? - Yoongi Eunbini ko‘rib gapirdi.
- A? Ha uyg‘ondim. - qiz tez gapirib yubordi.
- Kel unda nonushta qilamiz? - Yoongi kulib Eunbini javobini kuta boshladi.
- Mayli. - qiz stolga o‘tirdi. Yoongi esa kulib stol ustiga quymoqlar qoydi.
- Vau? Bularni o‘zing pishirdingmi? - qiz hayratda gapirdi.
- Ha shubhang bormi? - Yoongi qoshini ko‘tarib undan so‘radi.
- Ha biroz! - Eunbini gapidan so‘ng Yoongi quymoqning asalidan olib uning yuziga surtib qochib ketdi.
- Nima? Voy sen yaramas! Quvlaydi deb xomtama bo‘lma menga ovqat muhimroq! - Eunbi shunday degancha quymoqlarni yeya boshladi.
- Yoongi~ qayerdasiz? Bu bolalaringiz meni qiynab yubordi. Buncha og‘ir bo‘lmasa bular! - ancha kattarib qolgan qornida egizak farzandlarni ko‘tarib yurgan Eunbi harhasha qildi. Buni eshitgan Yoongi honasidan yugurib kelib uni ko‘tarib oldi.
- Xo‘sh qayerga malikam? - yigit qo‘ynidagi qizni erkalab gapirdi.
- Oshxonaga~ - Eunbi qo‘li bilan oshxonani ko‘rsatdi.
Pov: Eunbi
- Aslida men yanglishgan edim. U umuman qo‘rqinchli emas balki dunyodagi eng yoqimtoy va oqko‘ngil inson. Va u bu qiyofani faqat menga ko‘rsatadi. Eunbi. Bu ism faqatgina shu ismli qizgina bu yuzni ko‘ra oladi. Senga turmushga chiqqanimdan hech qachon afsuslanmayman. Seni sevaman.