September 19, 2024

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari pedagogik amaliyot jarayonida

2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) barcha 4-bosqich talabalari uchun 4 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-6 ing 21-guruh talabalari ham o’zlari biriktirilgan ta’lim dargohlarida pedagogik amaliyotni MTB rahbarlari hamda amaliyot rahbari M.I. Gadoyeva boshchiligida mustaqil tarzda o'tkazmoqdalar.

Amaliyotchi talabalar darslarning mazmunli va turli interfaol metodlar yordamida tashkillashtirishni maqsad qilishgan. Darslar qiziqarli tashkil etilmoqda.