September 19, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik amalda  

            BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari yuzasidan qator ishlar qilib kelinmoqda. 2024-yil 19-sentabr kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari N.F. Qosimova va N.N.Xayrulloyeva Buxoro tumani 16-maktabda bo'lib, maktabning ingliz tili fani o’qituvchilari bilan uchrashishdi. Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori  N. F. Qosimova maktablarda o’quv jarayonini tashkil etishda zarur bo’lgan ta’lim hujjatlari yillik reja, dars rejasi hamda darslikning ahamiyati haqida so’z yuritdilar.  Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.N.Xayrulloyeva esa  chet til o’rganuvchilarida dasturda ko’zlangan lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik til kompetensiyalarini rivojlantirishda darslikni materiallarini to’g’ri tadbiq etish muhimligini ta’kidlashdi. Bundan asosiy maqsad, chet tili orgatishning dolzarb  muammolaridan bolgan ogzaki nutqni ostirishning samarali yollari bilan tanishtirishdir.   Uchrashuv yakunida ingliz tili fani oqituvchilari Muxiddinova Zarina, Avezova Nargiza, Sharipova Nilufar, Raxmonova Marjona va boshqalarga xorijiy tilni o‘rganishda foydali va samarali tavsiyalar berildi. Shuningdek, o`qituvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.