September 17, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilsunosligi kafedrasida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi

2024-yil 17-sentabr Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Ommaviy madaniyatning milliy ma'naviyatga ta'siri mavzusida ma'rifat soati o'tkazildi.
Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv jarayonini har tomonlama chuqurlashuvi va axborot texnologiyalarining takomillashib borgani sayin milliy madaniyat, milliy qadriyatlar va a’zaliy an’analarni saqlab qolish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida, Gʻarbdagi ayrim «markazlar» boshqa davlatlar va xalqlar o‘rtasida Gʻarb hayoti «jozibalari»ni, jumladan, «ommaviy madaniyat» ta’sirini imkon qadar keng yoyishga harakat qilmoqda. Ushbu harakatning asosiy maqsadi insonlarni milliy madaniyatdan uzoqlashtirish, dunyoni bir tizimga solib standart holatda, bitta oqim bo‘ylab harakatlanishini ta’minlash va antimilliy g‘oyalarini osonlikcha singdirish, ma’naviy begonalashuvni yuzaga keltirishdan iborat. Ushbu harakatlarni millat qadriyatlariga ta’siri jarayonida asosan mamlakat yoshlarini (14-30 yoshlilar) ongini zaharlash asosiy vazifa qilib olinadi.

Bu borada “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm va egosentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni yo‘q qilishga qaratilgan ma’naviy tahdidlar odamlarni tashvishga solmay qo‘ymaydi. Darhaqiqat, “ommaviy madaniyat” milliy madaniyat va mamlakatimiz kelajagi uchun rahna solar ekan, ushbu jarayonga befarq qarab tura olmaymiz.