December 16, 2024

Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilarining  BuxDU TTJ binosida talabalar bilan o’tkazgan “Kasbim mening – faxrim mening” nomli davra suhbati  

2024-yilning 16-dekabr kuni BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasi dotsenti, f.f.f.d. N.S.Qobilova hamda kafedra dotsenti, f.f.f.d. M.U.Saidova TTJda kafedra kunlari doirasida Filologiya va tillarni o’qitish ta’lim yo’nalishi talabalari ishtirokida “Kasbim mening – faxrim mening” deb nomlangan davra suhbatini o’tkazdi.

Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan ekan: “Hayotda siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlang va siz bir umr ishga bormaysiz”.

Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa , u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman deb hisoblamaydi.O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat , rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi.O’zi yoqtirgan ishini qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.Albatta bunda inson o’zi qiziqqan sohada ta’lim olib aynan ushbu sohada ishlashga harakat qilishi , o’z sevgan kasbida muvaffaqiyatga erishishga harakat qilishdan hech qachon to’xtamasligi lozim.