BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi
Bugun 5-noyabr Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Oliyjanoblik-go‘zal fazilat" deb nomlangan ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi.
Dinimiz insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda hamisha insof, adolat, xalollik xukmron bo‘lishini talab etadi va musulmonlarni shunga chorlaydi. Bu munosabatlar insonni kamolotga yetaklaydi.
Xalqimiz orasida “Dunyoni obod qiladigan ham, barbod qiladigan ham INSON ! Insonni odam qiladigan ham, ado qiladigan ham INSOF !”, degan ajoyib xikmat bor. Insof haddan oshmaslikdir. Ba'zan insof xaqida gapiramiz-u, ammo asli insofning nima ekanligini ko‘pchiligimiz yaxshi bilmaymiz. Hazrat Alisher Navoiyning “Insof ila adl qasrini qur”degan ishorasida qancha ma'no va mazmun yashiringan.
Har bir insonning insofli bo bo‘lishida, avvalam bor, uning oilasidagi muhit, ota-ona va maktabdagi o‘qituvchi ustozlarning ta’lim-tarbiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Insonni har bir ishda ham, gapda ham insofli bo‘lishi kerak. Insof bu faqat haqiqatni aytish emas, balki kishilarning ko'nglini topa bilish va ularga mexribonlik ko'rsatishdir.
Ulamolar aytadilar: “O‘n xislatni qo‘ldan bermaslik lozim: to‘g‘rilik, halollik, insof, muloyimlik, keksalarni hurmat qilish, kichiklarga shafqat qilish, qanoatlik bo‘lish, vafodorlik, iffat va adolat” Islom dini kishilarni insofga odatlantirish uchun amaliy bir uslubni yo‘lga qo'ygan bo'lib, uning asosi Qur’oni karimda kelganidek, mo’minlarning o‘zaro aka-uka ekanliklari, shuningdek, hadisi shariflarda aytilganidek, ularning o‘zaro munosabatlarida bamisoli bir tana kabi ekanliklari haqidagi o‘gitlardan iborat. Jamiyat a’zolari bamisoli bir tana ekan, ulardan biriga nisbatan sodir qilingan insofsizlik va zulm jamiyatning boshqa a‘zolariga ham ta'sir qilishi muqarrar. Shu bois ham dinimiz ta’limotlarida insof insoniy aloqalarni muhofaza qilishning asosiy vositasi qilib belgilangan.