September 21, 2024

Pedagogik amaliyot - olingan bilimlarni ko'rsatish davri 

Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi F.E. Yuldasheva rahbarligida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta'lim yo'nalishi 11-2 ING-21 guruhi talabalari pedagogik amaliyotni davom ettirmoqdalar. Joriy haftada Kogon shahridagi 5-IDUMda pedagogik amaliyotni o'tayotgan amaliyotchi talaba Bekmurodova Marjona 7- sinf o'quvchilari bilan "Sports equipments" mavzusida ochiq dars tashkil etdi. Mazkur ochiq dars davomida talaba TPR metod, O'yin metodlaridan unumli foydalanib, turli interfaol mashqlar orqali fan mavzusini o'quvchilarga qiziqarli tarzda o'rgatdi. Ochiq darsga tashrif buyurgan ped amaliyot rahbari F.E.Yuldasheva, maktab rahbariyati va fan o'qitivchilari dars jarayonini, amaliyotchi talabaning dars o'tish usulini kuzatishdi va dars so'nggida kuzatilgan dars yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.