Ingliz tilshunosligi kafedrasida ma'rifat soati davra suhbati o'tkazildi
Bugun BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida "Korrupsiya va Milliy tarraqiyot: muammo hamda yechimlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Adolat bor joyda jamiyat yuksalishi tan olingan haqiqat. Zotan, adolat asosiga qurilgan davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Bu bizga tarixdan ma’lum, buyuk saltanat hisoblanmish Temuriylar davri tarixdan ma’lum. Biroq jamiyatdagi nohaqliklar, adolatsizliklar, aytish joiz bo’lsa “turli o’yinlar” taraqqiyotining har qanday bosqichidagi davlatni ortga tortadi. Rivojlanishiga to’siq bo’ladi.
Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.
Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Ayni paytda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas'uliyatlilik talab etiladi.