BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida “Shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor etishga yo’l qo’ymaslik masalasi” da davra suhbati o’tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori talablaridan kelib chiqib, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish va aniqlashda ishtirok etadigan xodimlarga ishonib topshirilgan yohud ularga kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan mas’ul xodimlarni ogohlantirish ishlarni amalga oshirilishi maqsadida Ingliz tilshunosligi kafedrasi mudiri Z.I.Rasulov Buxoro dаvlаt universiteti Rektorining “Universitetda shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaslik yuzasidan mas’ul xodimlarni ogohlantirish to‘g‘risida”gi 6-avgust 2024-yil 493-u sonli buyrug‘i mazmun-mohiyatini kafedra professor-o‘qituvchilariga tanishtirib o‘tdi.
Berilgan mavzu yuzasidan mas’ul X.Sh.Saidov so’zga chiqib, - Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 462-moddasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish” yetkazilib, ular shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa – ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi;
- Jinoyat kodeksining 1412-moddasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish” yetkazilib, shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o‘sha harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi;
-O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli residivist tomonidan;
v) g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda;
g) xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi haqida batafsil to’xtalib o’tdi.
Shunigdek, mas’ul xodimlar ma’lumot tariqasida:
a) shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborotligi (02.07.2019 yildagi O‘RQ-547-son Qonun);
b) shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish bu ma’lumotlarning zarur darajada himoya qilinishini ta’minlash sharti bilan faqat ushbu shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha ilgari bildirilgan maqsadlar uchun amalga oshirilishi mumkinligi;
c) o‘ziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli ma’lum bo‘lib qolgan shaxsga doir ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaslik borasida ham barcha kafedra a’zolari ogohlantirilib o’tildi.
Qaror: yuqoridagi ma’lumotlar hamda mas’ul tomonidan havola etilgan qaror hamda farmonlar axborot sifatida qabul qilinsin.