September 18, 2024

BuxDU Ingliz tilshunosligi kafedrasi Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) yo'nalishi talabalari pedagogik amaliyot jarayonida

Ingliz tilshunosligi kafedrasining 2024-2025-o'quv yili rejasiga ko'ra 9-sentabrdan Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kunduzgi 4-bosqich 11-1,2,3,4,5,6,7,8 ing 21-guruh talabalari uchun 4 haftalik, Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) kechki 5-bosqich 11-1,2 ingk 20 guruh talabalari uchun 15 haftalik pedagogik amaliyot boshlangan. Ingliz tilshunosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari M.I. Gadoyeva, M.T. Elmanova, F.E. Yuldasheva, M.R. Sarapova, N.A. Nazarova, N.H. Navarova, G.G. Abdullayeva hamda M.O'. Ubaydullayevalar pedagogik amaliyot rahbarlari bo’lib, amaliyotchi talabalar bilan doimiy ishlab kelmoqdalar.
Ayni vaqtda amaliyotchi talabalarimiz qatorida Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili) ta’lim yo’nalishi 11-2 ing 21 guruh talabalari ham o’zlari biriktirilgan ta’lim dargohlarida MTB rahbarlari hamda amaliyot rahbari Yuldasheva Feruza Erkinovna boshchiligida pedagogik amaliyotni belgilangan tartibda o'tkazmoqdalar.
Amaliyotchi talabalar pedagogik amaliyotning dastlabki haftasida turli fanlar bo’yicha dars jarayonlarini kuzatib, dars tahlillarini yozishdi. Joriy haftada amaliyotchi talabalar shaxsiy ish rejaga muvofiq mustaqil holda darslarni mazmunli va turli interfaol metodlar yordamida tashkillashtirmoqdalar. Darslar davomida talabalar universitetda egallagan nazariy bilimlarini amalda qo’llab, darslarni zamonaviy metodlar orqali o’tmoqdalar. Pedagogik amaliyot bo’yicha barcha hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirilishi ped amaliyot rahbari tomonidan talabalarga o’rgatilmoqda.