September 17, 2024

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik amalda

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tilshunosligi kafedrasida maktablar bilan hamkorlik ishlari yuzasidan qator ishlar qilib kelinmoqda. 2024-yil 17-sentabr kuni Ingliz tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari M.I.Gadoyeva va N.N.Xayrulloyeva Buxoro tumani 28-maktabda bo'lib, maktabning ingliz tili fani o’qituvchilari bilan uchrashishdi. Ingliz tilshunosligi professori, filologiya fanlari doktori M.I.Gadoyeva maktablarda o’quv jarayonini tashkil etishda zarur bo’lgan ta’lim hujjatlari yillik reja, dars rejasi hamda darslikning ahamiyati haqida so’z yuritdilar. N.N.Xayrulloyeva esa chet til o’rganuvchilarida dasturda ko’zlangan lingistik, sotsiolingvistik va pragmatik til kompetensiyalarini rivojlantirishda darslikni materiallarini to’g’ri tadbiq etish muhimligini ta’kidlashdi. Bundan asosiy maqsad, chet tili o`rgatishning dolzarb muammolaridan bo`lgan og`zaki nutqni o`stirishning samarali yo`llari bilan tanishtirishdir. Uchrashuv yakunida ingliz tili fani o`qituvchilari Ibragimova Gulshan, Sodiqova Shaxnoza, Cho'liyeva Zarina, Sadulloyeva Xonzoda, Karimova Dilshoda, Sharopova Nazokat va boshqalarga xorijiy tilni o‘rganishda foydali va samarali tavsiyalar berildi. Shuningdek, o`qituvchilar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi va tadbir tashkilotchilariga o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.