TUG`ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANI OLISH SODDALASHTIRILDI.
Har bir inson uchun farzandli bo`lish cheksiz quvonch. Endilikda ota-onalarimiz farzandiga tug`ilganlik haqidagi guvohnoma olish uchun FHDY bo`limiga borish shart emas. Ushbuyangilikhukumatningyil 29-sentyabrdagi 540-sonli qaroriga asosan Toshkent shahrida tug`ilganlikni bibbiyot muassasalari orqali FHDY bo`limlarida qayd etish tartibi joriy etildi. Ushbu tartib 2023-yil 1-iyundan butun Respublika hududida joriy etilishi belgilangan.
Bola tug`ilishi bilan tibbiyot muassasa u ota-onasi haqidagi ma`lumotlarni, jumladan bola ro`yxatga qo`yiladigan poleklinika va ichki ishlar bo`limi, navbatga qo`yiladigan davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti haqidagi ma`lumotlarni maxsus elektron blankaga kiritadi va avtomatik ravishda FHDY bo`limiga axborot tizimi orqali yuboradi.
FHDY bo`limi tug`ilganlikni qayd etadi va QR-kod (matrikshtrixlikod) qo`yilgan tug`ilganlik haqidagi ma`lumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Tibbiyot muassasa ushbu ma`lumotnoma bolaning ota-onasiga taqdim etadi. Ushbu ma`lumotnoma tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi. Hamda davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat`iyan taqiqlanadi.
Tug`ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan FHDY bo`limlari tomonidan eksteritarial tamoyila sosidarasmiylshtirib beriladi.
Otalikni belgilash va yolg`iz ona arizasiga asosan tug`ilishni qayd etishda hamda topib olingan tashlab ketilgan bolaning tug`ilishini qayd etishda bevosita FHDY bo`limiga murojaat qilinishi lozim.
G`ijduvon tuman FHDY bo`limi inspektori Ismoilova Mavzuna Izatullo qizi