Yangi mehnat kodeksida aholi bandligini oshirish bo`yicha ko`plab qulay sharoitlar ko`zda tutilmoqda. Mavzusida G`ijduvon tuman adliya bo`limining bosh maslahatchisi J.Nurmatov tomonidan tuman xalq ta'limi bo`limi kasaba uyushmasadagi davra suhbati
2022 yilning 29 oktyabr kuni O'zbekiston Mehnat kodeksi yangi taxrirda qabul qilindi.
Hujjat 6 oydan so'ng-2023-yil 30-aprelda kuchga kiradi va 1995 yildan beri amalda bo'lgan Mehnat kodeksining o'rnini egallaydi.
Yangi taxrirdagi Mehnat kodeksi 2021-yil 14-0oktyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul kilinib, 2022 yil 17 martda Senat tomonidan ma'qullangan. Kodeks 7 bo'lim, 34 bob va 581 moddadan iborat.
Kodeksga ko`ra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bog`lik ijtimoiy munosabatlarni xuquqiy tartibga solishning asosiy printsiplari etib kuyidagilar belgilandi: mehnat xuquqlarining tengligi, mehnat va mashg'ulotlar soxasida kamsitishni taqiqlash;
- mehnat erkinligi va majburiy mehnatni takiklash;
- mehnat soxasidagi ijtimoiy sheriklik;
- mehnat xuquqlari ta'minlanishining va mehnat majburiyatlari
- bajarilishining kafolatlanganligi;
- xodimning xuquqiy holati yomonlashishiga yo'l qo'yilmaslik.
Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat kilishga bo'lgan o`z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan takiklanmagan har kanday shaklda amalga oshirish, mashg'ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini xamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash hukukini anglatadi.
Axolining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari:
- 14 yoshga to'lmagan bolalari, nogironligi bo'lgan bolalari bor yolgiz ota-ona, shuningdek ko'p bolali oilalardagi ota-onalar;
- umumiy urta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-xunar maktablari va kollejlari hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar;
- "Mexribonlik" uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy ta'lim tashkilotlarining davlat grantlari bo'yicha ta'lim olgan bitiruvchilari;
- Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari. Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati ko'shinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan bo'shatilgan shaxslar;
- nogironligi bo'lgan shaxslar;
- pensiyaoldi yoshidagi shaxslar (qonunda belgilangan pensiya yoshiga kadar ikki yil oldin);
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod kilingan shaxslar yoki sudning karoriga ko'ra o'ziga nisbatan tibbiy yusindagi majburlov choralari kullanilgan shaxslar;
- odam savdosidan jabrlanganlar.
Xujjatga ko'ra, davlat axolining ijtimoiy extiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo'yicha ko'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.
Mehnat shartnomasiga ayrim normalarni kiritish taqiqlanadi.
Endi Mehnat kodeksiga ko'ra, mehnat shartnomasiga kuyidagi shartlarning kiritilishi o'z o'zidan xakikiy xisoblanmaydi:
- Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat xakidagi boshka xujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;
- mehnat va mashg'ulotlar soxasida kamsitishni takiklash talablarini buzadigan;
- majburiy mehnatni takiklash xakidagi talablarni buzadigan;
- xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshkalarning yoki xodim o'zining xuquqlarini buzadigan, hayoti va sogligiga tahdid soladigan, sha'niga, kadr-kimmatiga yoki ishchanlik obro'siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.
Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining xakikiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo'lmaydi.
Yangi kodeksga muvofik dam olish kuni bayram kuniga tugri kelsa keyingi kunga ko'chiriladi. Masalan, yakshanba dam olish kuni 1 sentyabrga tugri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi.
Bunda ishlab chikarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chikarish, aholiga har kuni xizmat ko'rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshkalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to'xtatib qo`yish mumkin bo'lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko`chirilmaydi.
Yangi kodeks kuchga kirgach, kuyidagilar ishga qabul kilinganda Dastlabki sinov belgilanmaydi (129-MODDA):
- xomilador ayol, uch yoshga to'lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to'lmagan bolani yolgiz o'zi
- zaxiraga kuyiladigan ish o'rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo'lgan shaxslar;
- davlat grantlari asosida o`qigan va oliy ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran uch oy ichida yo'llanma bo`yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
- tegishli ta'lim tashkilotini tamomlagan kundan e'tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi buyicha mustakil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
- o`zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
- o`n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar;
- ishga qaytadan qabul kilingan takdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo'yicha bekor qilgan bo`lsa, o'sha shaxslar;
- ishlab chiqarishda uqitish shartnomasi bo'yicha ushbu ish beruvchida uqishni o'tagan uquvchilar;
- jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki xujjatlarida nazarda tutilgan boshka xodimlar.
Dastlabki sinov fakat xodimni ishga qabul kilish chog'ida belgilanishi mumkin. Xodim boshka ishga o'tkazilayotganda va boshka ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Kodeksning 130-moddasiga ko'ra, dastlabki sinov muddati uch oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning o'rinbosarlari, bosh buxgalterlar xamda tashkilotlar aloxida bo'linmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi kerak.
Vaktincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim hakikatda ishda bulmagan boshka davrlar dastlabki sinov muddatiga kushilmaydi.
Yangi Mehnat kodeksining 173-moddasiga ko'ra, ishdan bo'shatish nafakasining mikdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog`lik bo`ladi va u:
- 3 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun o'rtacha oylik ish xakining 50 foizidan;
- 3 yildan 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun o'rtacha oylik ish xakining 75 foizidan;
- 5 yildan 10 yilgacha ish stajiga ega bulgan xodimlar uchun – o`rtacha oylik ish xakining 100 foizidan;
- 10 yildan 15 yilgacha ish stajiga ega bo`lgan xodimlar uchun o`rtacha oylik ish xakining 150 foizidan;
- 15 yildan ortik ish stajiga ega bo'lgan xodimlar uchun o'rtacha oylik ish xakining 200 foizidan kam bo'lishi mumkin emas.
Amaldagi Mehnat kodeksida ishdan bo'shatish nafakasining mikdori O`rtacha oylik ish haqidan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan.
Xomilador ayollarga ko'shimcha bo'sh kunlar beriladi
Yangi kodeksda, shuningdek, ish beruvchi xomilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tugrukkacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko'riklar va boshka majburiy tibbiy muolajalar) uchun o'rtacha ish haqi saklangan xolda kushimcha bo'sh kunlar berishi shartligi belgilandi (403-modda).
Xomilador ayollarni antenatal (tugrukkacha parvarishlash tartibi va muddatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qonuniylashgan masofadan ishlash tartibi
Xujjatning 452-moddasiga muvofik masofadan turib ishlash tartibi qonunlashtirildi. Yangi Mehnat kodeksi asosida axborot-telekommunikatsiya tarmoklaridan, shu jumladan, internet jahon axborot tarmog'idan foydalanish sharti bilan ish beruvchi va xodim o'rtasida masofaviy mehnat munosabatlari joriy etilishi mumkin. Masofadan turib ishlash tugrisidagi mehnat shartnomasi elektron xujjatlar almashinuvi orkali tuziladi.
Masofadan turib ishlash rejimi kuyidagi hollarda belgilanishi mumkin:
- xodimni ishga qabul kilishda;
- xodim odatdagi ish rejimidan masofadan turib ishlash rejimiga o'tkazilgan takdirda ish jarayonida.
Uy ishchilarining mehnati xuquqiy jixatdan tartibga solindi (514- modda). Kodeksda ish beruvchi bo'lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy ehtiyojlarini kanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko'rsatuvchi xodimlar (bogbonlar, enagalar, korovullar, oksochlar, xaydovchilar va boshkalar) uy ishchilari deb belgilandi.
Uy ishchilarini ishga qabul kilishga ular o'n olti yoshga to'lganida yo'l qo`yiladi.
Kodeksdagi asosiy yangiliklardan yana biri yillik asosiy mehnat ta'tili davomiyligining eng kam muddati yigirma bir kalendar` kuni etib belgilandi va xalkaro standartta muvofiklashtirildi. Ilgari ta'til 15 ish kunidan davom etardi.
Ommaviy ishdan bo'shatish mezonlarn
Ishchilarni ommaviy ishdan bo'shatish mezonlarini belgilandi. Ularga kuyidagilar kiritildi:
a) xodimlarining soni yigirma nafar va undan ortik bo'lgan xar kanday tashkiliy-xuquqiy shakldagi tashkilotni (uning alohida bo'linmasini) tugatish;
b) b) xodimlar sonining (shtatining) kuyidagi mikdorda:
o`ttiz kalendar kun ichida ellik nafar va undan ortiq xodimning;
oltmish kalendar kun ichida ikki yuz nafar va undan ortiq xodimning;
to`qson kalendar kun ichida besh yuz nafar va undan ortiq xodimning qiskarishi.
Kodeksda xodimning shaxsga doir ma'lumotlarini himoya qilish tartibi joriy etildi.
Bunda xodimining tug'ilgan vaqti, tugatgan ta'lim muassasasi, ishlagan tashkilotlari, telefon rakami, uylanganligi yoki turmushga chikkanligi, sogligi xolati, karindosh-uruglari va shu kabi boshka faktlar ish beruvchi tomonidan uchinchi shaxslarga qonunga zid tarzda taqdim etilishi mumkin emas. Soddarok aytganda, "menga falon xodimingizning "ob'ektivka"sini tashlab yuboring" kabilidagi "iltimoslar" endi qonunan takiklanadi.
Ayollarga ko'shimcha xuquqlar beriladi (25-bob. 1-paragraf)
Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgul shaxslarning mehnatini xuquqiy jixatdan tartibga solishning o'ziga xos xususiyatlari xam aloxida belgilandi.
Bundan tashkari, yangi taxrirdagi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor kilish asoslari kengaytirildi, shuningdek, xodimning pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor kilishi takiklandi.
Ish vakti turlari kengaytirilmokda: smenali ish, moslashuvchan ish tartibi, ish kunini qismlarga bo'lish, xizmat safarlari va boshqalar kiritildi.