“Raqamli iqtisodiyotni ko‘raman…”
Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt, kriptovalyutalar, elektron pullar, Bitcoin.
Kirish
Raqamli iqtisodiyot internet, mobil qurilmalar va boshqa platformalar kabi raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiy operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Raqamli iqtisodiyot so'nggi yillarda rivojlanib bormoqda, tarmoqlarni o'zgartirib yangi mahsulotlar, yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Elektron biznes va onlayn bankingda raqamli iqtisodiyot yashash tarzi hamda biznes yuritish tarzimizni o'zgartirdi. Bugungi kunda sun'iy intellekt va kriptovalyutalarda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanib borayotganini ko'rishimiz mumkin.
Sun'iy intellekt bugungi kunga kelib kundalik hayotimizda svilizatsiyalashib, raqamli iqtisodiyotda muhim ro'l o'ynaydi. Sun'iy intellekt jarayonlarni avtomatlashtirish, qaror qabul qilishni yaxshilashda, innovatsiyalarni rivojlantirishda qo'llanilmoqda. Sun'iy intellekt elektron tijoratda, diagnostika va davolashda sog'liqni saqlashda, firibgarlikni aniqlash va xavflarni boshqarishda moliyada, avtonom transport vositalarini tashishda, ishlab chiqarishda va tarmoqlarning samaradorligini oshirishda qo'llanilyapti. Sun'iy intellekt korxonalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda, yangi mahsulot va xizmatlarni taqdim etishda, texnologiya bilan ishlashda raqamli iqtisodiyotni shakllantirmoqda.
Biz odatda valyuta so'zini eshitishimiz bilan ko'z oldimizga naqd pullar va naqd bo'lmagan pullar keladi. Naqd pullar bu qog'oz shaklidagi pullar bo'lsa, naqd bo'lmagan pullar bu faqat raqamlarda aks ettirilgan mablag'dir. Hozirgi paytga kelib axborot texnologiyasi taraqqiyotida naqd bo'lmagan pullarning yangi elektron shakli vujuda keldi va bu orqali tovarlarni xarid qilish hamda to'lovlarni amalga oshirish mumkin. Raqamli pullarning bir ko'rinishi kriptovalyutalar hisoblanadi. Kriptovalyuta kriptogtafik texnologiyalar bilan himoyalangan raqamli valyuta. Bu pullar faqat virtualda mavjud hisoblanadi. Bugungi kunda kriptovalyutalar juda keng ommalashib bormoqda. Ommalashgan kriptovalyutalardan biri bu Bitcoin. Bitcoin 2008-yilda Satoshi Nakamoto tomonidan yaratilgan va birinchi marta 2009-yilda taqdim etilgan. Uning dastlabki narxi hech qaysi birjada faol sotilmagani uchun mohiyatan 0 ga teng bo'lgan. Bitcoin birinchi narxi 2009-yilda bir tangaga 0,0007 dollar atrofida savdoni boshlagan. 2013-yilning 29-oktabrida Kanadaning Vankuver shahrida birinchi Bitcoin bankomati o'rnatilda va shu yilning noyabr oyida bitta Bitcoin narxi birinchi marta 1000 dollarga yetdi. Bugungi kunda bitta Bitcoin tangasi 67000 dollarga yetdi (17.03.2024). Bitcoin kriptovalyutalar birjasida talab va taklif dinamikasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda kriptovalyutalar jadal o'sib bormoqda va insonlar turmush tarzi hamda bir qator davlatlar iqtisodiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda.