Uy sharoitida tirik pilla yetishtirayotganlar daromad solig`idan ozod qilinadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha kiritildi.
Qonunga ko'ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan davrda:
· jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish (kasanachilik) faoliyatidan olingan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'idan ozod qilinadi;
· uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to'lashga yo'naltiriladigan mablag'lar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
· tutzorlar bilan band bo'lgan yer uchastkalari uchun yer solig'i belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffisient qo'llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Mazkur Qonun ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga, xususan, tarmoqda ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirishga, aholining bandligini ta’minlashga va daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Jarqo'rg'on tuman FHDY bo'limi 2-toifali inspektori: G.Rustamova