Reklama
September 20, 2024

Yandex Direct orqali Telegram kanallarda reklama berish

E’lonlar kanal mavzusiga mos keladi va oddiy post ko‘rinishida bo‘ladi

Yandex Direct tarmog’iga ulash uchun telegram kanallarga talablar:

— 3 oydan ko‘proq vaqt oldin yaratilgan
— Kamida 2000 ta obunachi ega
— Soʻnggi post 2 haftadan qisqaroq muddatda e’lon qilingan
— Har bir post 48 soat ichida kamida oʻrtacha 500 marta ko‘rilgan
— Asosiy auditoriya Rossiya, Belarus yoki Oʻzbekistonda joylashgan, kontent esa rus yoki oʻzbek tilida
— O’zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi qonunchiliklari va Yandex Reklamalar tarmog‘ida qatnashish qoidalarini buzmaydigan kontent bilan to‘ldirilgan bo’lishi lozim.

To'liq shartlar (telegram kanal egalari uchun) — https://partner.yandex.com/tgads/uz


Biznes tomonlama kanallarda reklama berish

  1. Reklamani chiqadigan telegram kanallarni yandex o'zi aniqlaydi va reklamalarni chiqaradi;
  2. Reklama ishga tushgach 4 kun ichida reklama e'lon qilinadi;
  3. Reklama posti chiqgach 48 soat davomida kanalda e'lon turadi

Reklama shartlari

  • Strategiyasi -> maksimal klik
  • To'lov -> har bir klik uchun
  • Byudjet -> haftalik beglilanadi (min: 100,000 so'm)
  • Bitta klik narxi -> min: 4079 so'm
  • Pul yechish -> 48 soat ichida barcha klik bo'yicha hisob-kitob bo'ladi
  • Reklama qo'shiladigan telegram kanal mavzusi
    • Istalgan telegram kanal
    • Yo'nalish bo'yicha topic tanlanadi

Reklama berish shabloni

  • Sarlavha (Headline)
  • Asosiy tekst
  • Havola (URL)
Shablon ko'rinishi
To'ldirilgan ko'rinish

O'zbekiston uchun qulayliklari

  • Endi reklama uchun har bir qilingan klik uchun pul to'laysiz;
  • Pulingiz aniq potensial mijozlar uchun sarflanadi
  • Kichik byudjet bilan ham reklama ko'rsatish imkoniyati;
  • O'zbekiston telegram juda aktivligi hisobga olgan, bizneslar uchun yangi traffik manba (Facebook/Instagram ads & Target);
  • Har bir kanal kelishib reklama chiqarishga hojat yo'qligi.

Kamchiliklari

  • Aynan bir kanal tanlash imkoniyati mavjud emas;
  • Interfeys o'zbek tilida to'liq moslashmagan, reklam matni quyi qismidagi tugma o'zbek tilida mavjud emas;
  • Barcha sifatli kanallar ulanmasligi mumkin;
  • O'zingiz xohlagan auditoriya reklama ko'rsata olmasligingiz mumkin;