Qutilarga joylash strategiya
Rayen Nikodem hayotini soddalashtirishga qaror qilgan payti, uning birinchi nishoni uyidagi narsalari edi. O‘sha paytda Rayen uch xonalik keng uyida yolsiz yashardi.
Bir necha yillardan buyon u iste’molchilik mayllariga erk berib, keng xonasini turli lash-lushlar bilan to‘ldirishga harakat qildi. Endi esa hayotini o‘sha lash-lushlar kishanidan ozod qilish vaqti kelgandi.
U qo‘llagan strategiya bir karashda sodda, ammo juda keskin xarakterga ega edi. Xuddi biror yog‘ga otlanayotgandek kechqurun bor narsasini karton qutilarga joylab chiqdi.
O‘zi "mashaqqatli vazifa" deya ta’riflagan buyum yig‘ishni tashlab, nisbatan yengilroq, o‘zi "qutiga joylash ziyofati" deya atagan ishini qildi. "Ziyofat baribir yaxshi-da, shunday emasmi?" deydi u.
Buyumlarini joylab bo‘lgach, Rayen keyingi haftadan odatiy yashash tarzida davom etdi. Agar unga qutiga joylangan narsalaridan birortasi kerak bo‘lib qolsa, uni qutidan olib, avvalgi joyiga qaytarib qo‘yardi.
Hafta oxiriga borib shunga amin bo‘ldiki, qutilardagi buyumlarining aksariyati umuman tegilmasdan turibdi.
Shunday qilib, u ulardan qutuldi. Odamlar hayotida lash-lushlar doim tuplanib boradi, chunki ularni tashlab yubormoqchii bo‘lsangiz, "Bir kun kerak bo‘lib qolsa-chi?" degan xavotir bilan yana joyida qoldirasiz.
Buyumlarni qutilarga joylashi Nikodem o‘ziga ko‘p narsa kerak emasligini ko‘rsatdi va shuning uchun u sodda hayot tarzini tanladi.
Kel Nyuport — "Diqqat! Chalg'ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari"