October 23, 2024

O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish me’yorlari

O‘zbekiston Respublikasiga turli tovarlarni olib kirish me’yorlari mavjudligidanxabaringiz bormi?

Olib kiriladigan yuklarning har bir toifasi uchun alohida me’yorlar belgilangan. Masalan, jismoniy shaxslar uchun kuryerlik xizmatlari orqali tovarlarni olibkirishga doir maxsus talablar mavjud.

Xitoydan jo‘natmalarni yetkazib berishda aynan shu talablarga tayanamiz.

Shu sababli, buyurtma berishdan avval O‘zbekiston hududiga tovarlarni olibkirishning barcha qoidalari bilan tanishib chiqishingizni qat’iy tavsiya etamiz.

Eng avvalo, sizning jo‘natmangizni yetkazib beruvchi kuryerlik xizmati bojxonaxizmatiga siz haqingizdagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart.

Ma’lumotlarga quyidagilar kiradi:

1. Oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi.

2. Oluvchining manzili.

3. Oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi ID-kartasi yoxud STIRiningseriyasi va raqami.

Shu sababli, Jana Post va Pinduoduo ilovalariga ma’lumotlaringizni kiritish judamuhimdir.

Ma’lumotlaringiz faqat bojxona xizmatlariga beriladi va boshqa maqsadlardafoydalanilmaydi.

Muhim!
Agar Jana post va Pinduoduo ilovalarida shaxsiy ma’lumotlaringiznitaqdim etmasangiz, bojxona xizmati jo‘natmangizni o‘tkazmaydi. Bunday holatdapul mablag‘lari qaytarilmaydi.

Qaror bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/-3836276

Shuningdek, tovarlarni bojsiz olib kirish uchun quyidagi me’yorlarni inobatgaolish lozim:

• Kalendar choragi davomida bir kishi uchun 1000 dollardan oshmasligi kerak

Yuqoridagilardan tashqari, faqat shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangantovarlarni boj to‘lamasdan olib kelish mumkin.

Qat’iy cheklovlar yo‘q, ammo bir xil tovarning 5 donasidan ortiq buyurtmabermaslikni tavsiya qilamiz, chunki bojxona xizmati bir xil tovarning kattamiqdorini sotish maqsadida olib kiriladigan tovar sifatida baholashi mumkin.

Agar tovar shaxsiy foydalanish uchun olib kelinganligini isbotlay olmasangiz, bojxona bojini to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

Tegishli qaror bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/-3836276

Jo‘natmaning maksimal o‘lchamlari: o‘lchovlardan biri uchun 1,50 m yokiuzunlikdan boshqa yo‘nalishda olingan uzunlik va eng katta aylana yig‘indisining3 m.

Jo‘natmaning maksimal og‘irligi: 30 kg

Qarorning to‘liq mazmuni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/-1772402



Jo‘natish taqiqlangan buyumlar:

Yuborilishi taqiqlangan tovarlarning barcha toifalari sanab o‘tilgan umumiyqoidalarga asoslanib, shuningdek, o‘z tajribamizga tayanib, taqiqlangan tovarlarro‘yxatini tuzdik.

1. Qurol

• Pichoqlar;

• Har qanday o‘q-dorilar va o‘qotar qurollar;

• Suvenir pichoqlar, qilichlar, qurollar;

• Qurol va o‘q-dorilarga o‘xshash bolalar o‘yinchoqlari.

2. Hayvonlar va o‘simliklar

• Tirik hayvonlar

• Hayvon tuxumlari

• O‘simliklar

• Urug‘lar

• Yangi mevalar va sabzavotlar

3. Oziq-ovqat mahsulotlari Har qanday oziq-ovqat mahsulotlari, shu jumladan:

• Tayyor taomlar

• Qaylalar

• Ichimliklar

• Konservalar

• Choy

• Picheniya

• Lapsha (Ramyon)

4. Tibbiy maqsadlar uchun tovarlar:

• Shprislar

• Niqoblar

• Tibbiy amallar uchun asboblar

• Simobli termometrlar va tonometrlar

5. Dori vositalari:

• Biologik faol qo‘shimchalar

• Har qanday dori preparatlari

• Ozish uchun tabletkalar


6. Spreylar va aerozollar:

• Bosim ostidagi ballonchadagi dezodorantlar

• Bosim ostidagi ballonchadagi havo tozalagichlar

• Hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi zaharlar

7. Noloyiq va axloqsiz tavsifga ega predmetlar:

• Barcha 18+ mahsulotlar, o‘yinchoqlar va kiyimlar


8. Texnika:

• Uskunalardan alohida jo‘natiladigan litiyli akkumulyatorlar;

• Dronlar


9. Elektron sigaretalar va tamaki mahsulotlari:

• Veyplar

• Sigaralar

• Sigaretalar

• IQOS

• Tamaki


10. Spirtli ichimliklar


11. Qimmatbaho buyumlar:

• Oltin

• Kumush

• Platina

• Qimmatbaho toshlar


12. Madaniy boyliklar:

• Qimmatli rasmlar;

• Antikvar deb tan olingan kitoblar;

• Mualliflik huquqi bilan himoyalangan tovarlar;

• Boshqa san’at asarlari.

13. Harbiy buyumlar: • Har qanday harbiy uslubdagi kiyimlar va mahsulotlar

Tegishli qonun hujjatlarining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqalitanishishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/-1772402#-1774457

‼️ E’tiboringizni shunga qaratamizki, ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasihududiga tovarlarni olib kirish tartibini belgilovchi rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

Barcha rasmiy hujjatlar bilan yuqoridagi havolalar orqali tanishishingiz va ulargaasoslanib tovar buyurtma qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz mumkin.

Jana Post kompaniyasi o’z zimmasizga siz olib kelayotgan tovarlar uchunjavobgarlikni olmaydi.