My Cold Husband
Aslida hammasi qanday boshlandi...? Qachon buyergacha yetib keldim... Nahotki oʻz tuygʻularimni boshqarish shunchalik mushkul?. Men oʻz manfaatlari uchun boshqalarni chetga chiqaradigan, oʻzining hohishlari tufayli chirkin ishlarni ham amalga oshiradigan razil inson emas edimku? Nega bu ahvolga tushdim...? Sovuq..
Sovuq...
Juda sovuq... Bu qamoqxona, bu hona, insonlarning menga boqayotgan nafratli koʻzlari juda sovuq...
Oshxonada qoʻshiq aytgancha nonushta tayyorlayotgan qiz, butun dunyo tashvishlarini unutgancha shirinlik pishirardi.
Musiqiy qutichasini ovozi butun oshxona devorlarini zirrillatib yuborardi.
Yuqori qavatdan norozi yuz ifodasi bilan tushgan buvisi nabirasi allaqachon nonushta tayyorlab boʻlganini koʻrib biroz tinchlandi.
Buvisi: Yo hudoyim Seoyun tong sahardan musiqa qoʻyib olganingni qara buvangni bilasanku oʻzi yaxshi uhlay olmaydi.
Buvisining nolishlariga oʻrganib qolgan qiz kulgancha:
-Buvijon buvam sizga uylangandan beri yaxshi uhlay olmaydi oʻzi🤣
Han honim Seoyunning haziliga kulgancha stolga oʻtirdi.
Bir necha daqiqadan keyin buvasi Janob Han ham stol atrofidan joy oldi.
Seoyun soatga qararkan universitetga kech qolayotganini koʻrdi.
Seoyun: Yo hudoyim kech qolyapman.
Seoyun yugurgancha kiyinib tushdi.
Seoyun:Hayr buvi, bobojon men kechroq qaytaman.
Han honim kuyungancha baqirdi.
Janob Ham: Qoʻyaver hali yoshku
Han honim: Yoshligi qolibdimi? Yaqinda 21 ga toʻladi.
Janob Ham javob qaytarmadi hozir uning hayollari butunlay boshqa joyda edi.
Bobosi: Jeohyungni ahvoli qanday ekan. Hansy uni betob degan edi.
Hwang honim asabiylashgancha choyiga qand soldi.
Nabirasi pishirgan pirogni kesarkan,
- Qaysar otasi Jungkook oʻgʻlini qanday tarbiya qilayotgan ekana. Bechorani koʻngli yarim boʻlsa oʻgʻlini yana hafa qilmayotganmikan
Bobo: Nima boʻlsa ham u uning otasi lekin... baribir koʻnglim gʻash...
Buvi indamadi aslida u ham Eridan kam qaygʻurmayotgan edi. Garchi Jeohyung ular bilan kam korishsada ular uchun qadrli edi.
Buvi: Aslida... Mening koʻnglimda bir gap bor faqat....
Bobo uni nima demoqchiligini tushunmoqchidek, yuzlariga tikildi.
Buvi shoshmasdan gap boshladi.
Buvi: Agar Jungkook qayta uylansa, Jeohyung uchun yaxshi ona kerak... Oʻzingiz bilasiz.... Jeohyung Seoyunni oʻz onasidek koʻradi....
Bobo: Seoyun bizga omonat ekanligini unutma... Men ham Jeohyungga yaxshi boʻlishini hohlayman, men ham Jeohyung yomon ona qoʻlida qolishini istamayman. Lekin.... Seoyun ham bizning omonatimiz.
-bilaman ... Kecha Hansy kelgandi... Uning niyati ham shu. Seoyun Jeohyung uchun eng munosib ona. Axir oʻzingiz yaxshi bilasiz. Ikkimiz ham qarib qoldik. Seoyunni ishonchli qoʻlga topshirishimiz kerak.
Bobo: Hansy Seoyunni qizidek koʻradi bundan muommo yoʻq lekin Jungkookni yaxshi deb boʻlmaydi. Hotini oʻlgach savdoi boʻlib qolganku xatto bizni koʻrgani ham kelmaydi.
Buvi: Jungkook judayam yaxshi inson Faqat rafiqasi Hyerinni unuta olmayapti.
Seoyun uning koʻngliga ham malham boʻla oladi.
Bobo: Seoyunchi seningcha u rozi boʻladimi?
Buvi: Bilmayman... U Jeohyungni yaxshi koʻradi. Xatto kecha uni uyga olib kelishni soʻradi.
Bobo: Seoyun buyum emas shunchaki berib yuborgani Jungkook ham Seoyun ham men uchun qadrli nabiram.
Bobo oʻrnidan turib honasiga kirib ketdi.
Universitetga kelgan qiz oʻzining honasi taraf yoʻnaldi. Unga qarama-qarshi tarafdan kelayotgan yigitni koʻrib asabi buzildi.
Bu Subin edi. Hech Seoyunni ketidan qolmasdi. Garchi Seoyun uni yoqtirmasligini aytsa ham.
Subin qoʻlidagi gullarni Seoyunga uzatdi.
Seoyun: tong seni koʻrganimdan beri hayrli emas)
Subin gullarni uzatib turarkan, Seoyun olishni istamasdi.
Seoyun: Menga arzonsifat gullar yoqmaydi.
Seoyun burilib Ichkariga kirib ketdi.
Subin irshaygancha, Seoyunni orqasidan Ichkariga kirdi.
Seoyunni stoli oldiga kelib gullarni stolga qoʻydi.
Xona ichidagi talabalar ikkisiga hayrat bilan qarab turishardi.
Subin: Sen uchun sotib oldim olmasang ketmayman:
Seoyun: Jin ursin seni sassiq guling bilan daf boʻlmaysanmi ?
Honaga oʻqituvchi kirganda Subin oʻz joyiga borib oʻtirdi.
Seoyun: Jin ursin bu toʻnkani.
Seoyun gullarni stoldan olib axlat qutisiga irgʻitib yubordi.
Seoyun dugonasi muyon bilan birga oʻtirardi.
Muyon: Nega otib yuborasan? Bechora seni koʻnglingni olish uchun harakat qilyapti.
Seoyun: u menga yoqmaydi bor gap shu.
Muyon: U kelishgan boʻlsa , qolaversa seni oʻlgudek sevadi.
Seoyun: Aytyapmanku menga unga oʻxshagan ahmoqlar yoqmaydi.
Muyon: Bizning malikamiz oʻziga qanday yigitni munosib koʻradi* piching qildi
Seoyun: Hmmm * Seoyun ovozini balandlatib gapirdi* menga kelishgan va jiddiy yigitlar yoqadi. Yurish turishi butun borligʻi sovuq qora auraga ega boʻlgan yigit.
Muyon: Yo hudoyim kamroq dark romance oʻqi miyyang aynib qolibdi.
Seoyun: Nima qilibdi.😁 Seoyun dugonasini belidan chimchiladi.
Seoyun: U mafia boʻlsachi😁 hayotim juda qiziq boʻlardi menimcha u meni oʻgʻirlab ketib sevib qoladi. Keyin biz bir umr baxtli hayot kechiramiz.😆
Oʻqituvchi CHan tinchlantirish uchun stolni urdi. Dars boshlandi.
Jungkook officedan chiqar ekan yuragi siqildi.
Haydovchidan kalitni oldi: oʻzim haydayman.
Jungkook mashinaga oʻtirib uyga yoʻl oldi .
Seoulning rang barang chiroqlari ostida borar ekan. Rulni mahkam siqqancha oyisining diydiyo larini eshitishga tayyorlanardi.
Telefon jiringlarkan. Jungkook bluetothni ulab oldi.
Hansy: Jungkook qayerdasan oʻgʻlim
-Havotir olmang uyga qaytyapman.
Hansy: Oʻgʻlim Seoyunni uyiga tashlab qoʻya olasanmi?
-yana Seoyunmi? Qachon u haqda gapirishni bas qilasiz ?
Hansy: Oʻgʻlim u bugun doʻstlari bilan aylanish uchun barga ketib qolibdi.
Buving va bobong juda havotir olishyapti uni olib qayt oʻgʻlim bu bobongni iltimosi.
Jk: Jin ursin men uni enagasi emasman* Jungkook rulni onasi tashlagan lokatsiya tomon burdi.
Seoyun yana bir qadaxni koʻtardi.
Muyon: Seoyun koʻp ichib qoʻyding boʻldi.
Muyon dugonasining qoʻlidan shishani olishga harakat qildi.
Seoyun: Toʻxta muyon yana bitta ichay bu menga yoqib qoldi🤪
Muyon: Nega seni ichishga taklif qildim oʻzi koʻtara olmasligingni tush koʻribman mi a?
Muyon Seoyunni qoʻlidan sudrab tashqariga olib chiqishga harakat qildi.
Seoyun: Tegma ketmayman😩 raqs tushaman..😩 raqs tushgim kelyapti 😩😩😩.
Seoyun muyonni qoʻlidan tortilib chiqib ketdi. Bar oʻrtasida inglizcha bass musiqaga oʻynayotgan qizning qoʻlidan yana kuchli qoʻllar tortdi.
Seoyun: Tegma Muyon raqs tushgim kelyapti 😩.
Muyon bir necha soniya ichida dugonasini oldida paydo boʻlib qolgan yigitni koʻrib koʻzlarini ishqaladi.
Muyon: Hudoyim u huddi Seoyun hohlagandek kelishgan va jiddiy undan qora aura taralyapti.
Muyon Jk Seoyunni holavachchasi ekanligini bilardiyu mast holda uni tanimasdi.
Muyon qoʻllarini ochib yerga yotib oldi: hudoyim men ham shunaqa er hohlayman menga ham ber.
Jk ikki aqldan ozgan qizni tashqariga sudradi. Tinmay soʻkinib gapirar edi
Jk: Yarim tunda barda #*&$*# bormi? Jin ursin. Uyda oʻtirish qiyinmi
Jungkook muyonni mashinani orqaga tarafiga tiqdi.
Jungkook mashinani tez haydardi.
Muyon: Janob men keyingi bekatda tushaman.
Jungkook: Qisib oʻtir uyingni tashlayman.
Seoyun: Heyy Jungkook nega oynani ochmaysan. Mashinang hidlanib ketibdi koʻnglim ayniyapti🤢
Jk: Badboʻy hid sendan kelyapti.
Jk mashina tezligini yanada oshirdi.
Mashina asfalt yoʻlda uchin borarkan keskin tormoz berildi.
Seoyun peshonasini avtomobil bardachoʻkiga (boshqa nomini bilmiman) urib oldi.
Muyon gandiraklagancha tusharkan bir nechta yaroqsiz mayda pullarni jkga berdi.
Muyon: Rahmat janob hayrli tun.
Jk asabiylashgancha yana mashinani uchirib ketdi.
Seoyun: Heyy mashina haydashni kim oʻrgatgan? Boshim ogʻriyapti yomon urib oldim. Sekin yursang oʻlib qolasanmi
Jk: Nima farqi bor ? Baribir miyyang ishlamaydi?
Seoyun: Chanqadim suv ichgim kelyapti.
Seoyun mashina oʻrindig'iga suyanib olgancha uhlab qoldi.
Jk esa tongda onasi bilan boʻlgan suxbatni esladi.
Jk: U yaxshi ona boʻlarmish uni oʻziga ona kerak. Jeohyung bilan yaxshi chiqishga oladi lekin bu onalik qila oladi degani emas. Bu qaror onamdan chiqqani shubxasiz ayon. Lekin nega u bunga rozi boʻlyapti? Farzandi bor erkakga turmushga chiqish oddiy hol emas? Balki u buni hali bilmas. Bobom va buvim ham bunga osonlikcha rozi boʻlmaydi. Men esa Hyerinni unuta olmayman hech qachon:)
Mashina asta sirgʻalib toʻxtarkan, Jungkookning uhlab qolgan qizni oʻz uyiga olib kelgandi.
Seoyun hozir oʻlgudek mast. Bobo va buvisi bu holatni koʻrib ranjishadi.
Jk shuni oʻylab qizni koʻtarib oldi va uyga olib kirdi.
Hech narsani sezmay uhlayotgan qizni yotoqqa yotqizdi.
Jk onasining honasiga kirdi. Oyisi hali uhlamagandi. Jk Seoyunni mashinadan olib tushganini ham koʻrgandi.
Hansy: Uni buyerga olib keldingmi?
Hansy soʻnggi soʻzlariga urgʻu berarkan Jk jiddiy tortdi.
Jk: U mening holavachcham buvim va bobom uni mast holda koʻrishini istamadim.
Jk shu xolos degandek ayvonga chiqib
Hansy: Ertaga Jeohyungni tugʻilgan kuni..
Jk: Bilaman u uchun ziyofat tayyorgarligi koʻrilgan.
Hansy: Oʻgʻlingni ziyofat qiziqtiradi deb oʻylaysanmi? U sen bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni istaydi.
Jk: Officeda ishlar koʻpaygan aksiyalar narxi pastlab ketmoqda. Chet ellik hamkorlar yangi va sifatli mahsulotlar talab qilishmoqda.
Hansy: Ishlaring qachon tugaydi oʻzi? 3 yildan buyon bechorani murgʻak qalbi siniq boʻlsa?
Jk onasining navbatdagi nolishlari boshlanganini sezib eshik tomon yoʻnaldi
Hansy: Jeohyung uchun ona kerak!!!
Jk: Istasangiz uni Jeohyunga ona boʻlish uchun olib keling. Menga farqi yoʻq lekin unutmang Seoyun hech qachon rafiqam boʻlmaydi.