June 2

My Cold Husband

4-qism

Seo bir nuqtaga tikilgancha jim boʻlib qoldi. Soat strelkasi tinimsiz aylanar ekan, Seoyun uchun vaqt toʻxtab qolgandek edi. Butun dunyodan uzilgan ha hayollar ogʻushiga shoʻngʻib ketgandi.

Seo/pov: Ular qanday menga buni osonlikcha aytishdi? Agar oyim va dadam tirik boʻlganda ular menga shunday qila olisharmidi? Yoʻq ular bu haqda xatto ogʻiz ocha olishmasdi. Men va Jungkookni toʻyi bu aqlga sigʻadigan ish emas.

Jungkook buni bilarmikin? Naxotki u rozi boʻlgan boʻlsa? Seoyun chuqur nafas olarkan qalbining tub tubidan ovoz kelganday boʻlardi? Ota onasiz yetim qolganingda kim senga gʻamxoʻrlik qildi? Onang yoʻqligini sezdirmaslik uchun kim barcha maktab tadbirlaringa qatnashdi. Kim xatto universitet imtixonida seni qoʻllab quvvatladi. Shu paytgacha kimning hisobiga yashab kelyapsan? Evazigachi evaziga ularga nima nima bera olasan ? Shu paytgacha ularga qanday nafing tegdi. Seoyun bu savollarga javob bera olmasdi. Bu xol Holasi uchun ham oson boʻlmagani aniq. Hansy Jungkookdan koʻproq Seoga mehribon va gʻamxoʻr u buni oʻgʻliga yaxshi boʻlishi uchun qilmayotgani aniq. Seo oʻrnidan turib kiyimlarini toʻgʻriladi. Make upni yangilab tashqariga mehmonlar oldiga bordi.

----

Yana bir iliq tong..


Aeroport yoʻlakchasida barcha tartib bilan harakatlanar ekan,bir guruh ishchilar oʻz hojaynini kutib turardi.

Old money styleda kiyingan erkak yengil qadamlar bilan samolyot zinapoyasidan tusharkan, muhbirlar uning oldiga yugurishdi.

- Janob Koreyaga nima sababdan qaytdingiz?

- Janob iltimos javob bering, sizni bu yerda biznes boshlamoqchi ekanligingizni aytishdi ? Bu qanday biznes?

- Janob sizni bankrot boʻlganligingiz uchun Koreyaga qaytdi deyishmoqda bu qanchalik haqiqat??

Yengil tabassum qilgan toʻxtagancha savol bergan muhbirga oʻgirildi.

- Koreaga qaytish sababim bankrot boʻlganim yoki boshqa sabab emas buning muhim va ahamiyatli shuningdek shaxsiy sabablari bor? Barchangiz tez kunlarda bu haqida bilib olasiz

- Janob yana bitta savolga javob bering.... janobbb...

Erkak mashinasiga oʻtirar ekan, qoʻriqchilar muhbirlarning oldini toʻsishdi.

- Janob Park birinchi qayerga borishni istaysiz?
Haydovchi orqaga oʻgirilib savol berdi.

- Jeon Groupga hayda eski tanishimni ziyorat qilmoqchiman.

- Yaxshi janob.


Seo yana holasining uyida uygʻondi kecha tungi suxbatdan soʻng Seo holasiga yuzma-yuz boʻlishni istayotgan edi. Nonushta qilishni istamadi. Tez kiyimlarini kiyib ketishga hozirlik koʻrarkan Jeohyungning eshigi tagida turgan bir nechta hizmatkorlarga koʻzi tushdi. " Jeohyung betob boʻlib qolganmikin" bu fikr miyyasidan yashin tezligida oʻtdi. Ketishni mutloq hayolidan koʻtardi. Hizmatkorlarni soʻroqqa tutdi.

- Nima boʻldi nega bu yerda turibsizlar?

H: Seo honim kichik hoʻjayin tashqariga chiqmayapti. Eshigni ichkaridan qulflab olgan yalinsak ham ochmayapti.

Seo: u nega bunday qiladi? Biror sabab boʻlishi kerak?

Seo eshikni bir necha bor taqillatdi.

  • kichkintoy senga nima boʻldi? Nega qulflanib olding?

ichkaridan hech kim javob bermadi.

Seo asabiylashib yana eshigni taqillatdi endi u havotir ola boshlagan edi.

S: Jeohyung eshigni och bu qanaqasi boʻldi?

Ichkaridan zaif ovoz eshitildi

: Bogʻchaga borishni istamayman.

S: Nega endi axir u yer senga yoqar ediku?

Seo bolaning aniq muddaosini bilmasdi.

- Men aytaman negaligini Seo ortidan buvisining ovozini eshitib oʻgirildi.

Buvi Seoyunni bilagidan tutib eshigidan uzoqlashtirdi.

- Yur uni tinch qoʻy siz ham keting bu yerdan hamma oʻz ishini qilsin) buvi qatʼiy buyruq berarkan hamma oʻz joyiga ketdi.

Buvi Seoni oʻz honasiga boshlab kirdi.

B: u erta tongdan beri qulflanib olgan. Bogʻchaga bormayman deb turib oldi.

Balki biror koʻngilsizlik boʻlgandir deya tarbiyachisiga qoʻngʻiroq qildim

Seo: Xoʻsh nima boʻlibdi? Nega u oʻzini bunday tutyapdi

B: Bugun uning bogʻchasida onalar uchun maxsus musobaqa boʻlar ekan.

Seoyunni dami ichiga tushdi.

B: Barcha bolalar onasi bilan qatnashadi. Jeohyung shu tufayli borishni istamayapti.

Seo jimib qoldi.

B: Kecha Hansy sen bilan gaplashganini bilaman.

Seo yalt etib buvisiga qaradi. Demak u ham bundan habardor u ham bunga rozi.

B: Hansy uchun bu gaplarni senga aytish oson boʻlmagan. Zeroki sen unga oʻz qizideksan, biroq Jeohyunni ham oʻyla bechora murgʻak goʻdakda nima ayb?

Qaysar otasini bilasan biror ayolga uylanmaydi. Haliyam hotinini sevadi.

Buvi biroz toʻxtalib qoldi.

Jungkookni otasi vafot etganda, Hansy 28 yoshda edi. Biroq u qayta turmush qurmadi, sababi Jungkook uchun yaxshi ota topa olmasdi. U umrini, yoshligini Jungkook uchun qurbon qildi.

Otasiz oʻsgan Jungkook oʻz gapidan qaytmaydigan oʻjar va hissiz boʻlib ulgʻaydi. Lekin uning hayotini Hyerin yoritdi. Yoritdiyu bir zumda yana uni zulmatga tashlab ketdi. Hozir Jungkook na tirik va na oʻlik. Jeohyung bilan ham shunday boʻlishini hech birimiz istamaymiz. Men sendan aynan Hyerin kabi qurbonlik qilishingni soʻramayman. Chunki bunga haqqim yoʻq. Lekin Jeohyungni yomon ona qoʻliga topshirishni ham istamayman.

Seo: Buvi.. men sizni tushundim... Menga biroz vaqt kerak... Oʻylab olishim uchun....

Buvi hoʻp degancha jimgina chiqib ketdi......

Davomi bor 🌚🌷🫶🏻