Mermaid and King love ⛩️
Jia taklifni qabul qilib tumorni oldi.
Pari yana osmon qirolligiga qaytdi.
Jia tumorni taqarkan kuchli yorugʻlik koʻzlarini qamashtirdi.
Jia bir necha soniyalar koʻzlarini yumib turdi.
Va koʻzlarini ochganda, dumi oʻrnini oppoq oyoqlar egallagandi.
Jia oʻrnidan turmoqchi boʻldi. Lekin uddalay olmadi. U yurishni bilmasdi.
Bir necha soat harakat qilib biroz yurishni oʻrgandiyu. Saroyga yoʻl oldi
QIROL Yoongi Shahzoda Parkni zindonband qildirgandi.
Yoongi endi uni oʻlimga hukm qila oladi.
U qirol buyrugʻiga qarshi chiqqani uchun oʻldiriladi.
Yoongi shularni oʻylab oʻtirarkan, bir xizmatchi
uning oldiga keldi.
X: Hazrati oliylari kichik qirolicha Yumi sizni koʻrish uchun keldi.
Xizmatchi taʼzim qilib chiqib ketarkan.
Qirolicha Yumi tashrif buyurdi.
Yumi taʼzim qilib eriga qaradi.
Yoongi mamnun qiyofada jilmayarkan yumi uning Qarshisiga keldi.
Yumi: Hazrati oliylari ijozat bersangiz men oʻz shahrimni koʻrish uchun bormoqchiman.
Yoongi 15 yoshli rafiqasiga qararkan uning yuzlari soʻlgʻin ekanligini koʻrdi. Darvoqe Yoongi yosh rafiqasini biror marotaba tabassum qilganini koʻrmadi.
Yoongi uni Kvanjon shahrida koʻrgan paytlari yosh qizaloq kabi chopqillab yurardi. Uni koʻrgan zahotiyoq oʻz odamlarini elchi qilib yubordiyu, qizni hotiniga aylantirdi. Hozir yosh rafiqasi homilador edi.
Yumi qiroldan javob kutgandek hamon termulib turardi.
Yoongi: Bu yerga kelganinga endi4 oy boʻldi buni ustiga homiladorsan. Qorningda mening farzandim bor ekan zinhor koʻz oldimdan uzoqlashmaysan.
Yoongi gap tamom degandek taxtdan tushdiyu, oʻz honasiga kirdi.
Biroq Yumi oʻz oilasini juda sogʻingandi.
Uning ortidan qolmay honaga kirdi.
Yigʻlamsiragan koʻyi. Axir hazrati oliylari oʻzingiz bilasiz anchadan beri oilamni koʻrmadim. Hozir bormasam farzandim katta boʻlgach ruhsat bermaysiz. Ijozat eting hech boʻlmasa 3 kunga oʻz ona shahrimga boray.
Yoongi uning yoniga kelib belidan quchdi.
Yoongi: Bilaman Yumi sen hali juda yoshsan , saltanat qonun qoidalarini bilmaysan. Buni ustiga homiladorlik ogʻir oʻtyapti. Lekin bu seni qirol buyrugʻiga boʻysunmaganingni oqlolmaydi. Yaxshisi oʻz honanga qayt va qilgan beadabligingi yaxshilab oʻylab koʻr.
Yoongi kaftlari bilan qizning hali chiqishga ulgurmagan qornini siladi.
Yoongi: Oʻgʻlimni ehtiyot qil.
Yumi taʼzim qilib jimgina chiqib ketdi.
Jia saroyga yetib keldi. Biroq ichkariga kirishiga soqchilar yoʻl qoʻymaydi deb oʻyladi.
Saroy darvozalari oldida oziq ovqat aravalari turganini koʻrdi.
Bir aravaning ichiga tushib oldi.
Saroy ichkarisiga kirarkan nima qilishni bilmay qoldi.
Shahzoda Park zindonda boʻlsa kerak oʻziga pichirlagancha saroy zindonini qidira boshladi.
Parining yuz qiyofasini eslab qolgan oqsoch uni saroyda koʻrib koʻzlariga ishonmadi. U hamon oʻshanday esi lekin u inson edi. Qayerga yurishni bilmay turgan qiz unga tikilib turgan oqsochni koʻrdi. Bu oqsoch unga taom keltirib berardi. Jia biroz oʻylagancha undan yordam soʻrashga qaror qildi.
Jia: Salom honim iltimos menga yordam bering
O: siz odam??? Qanaqasiga?? Men tush koryapmanmi?
Jia: Yoʻq bu tush emas iltimos menga shahzoda Parkni topishga yordam bering.
O: Shahzoda Park zindonda Qirol Yoongi uni ertaga tongda qatl qilishni buyurdi.
Jia : Nima qatl?? Endi nima qilaman? Qanday qilib uni qutqara olaman.?
O: Saroyda va tansoqchilar orasida deyarli barcha qirol Yoongini taxtdan tushirishni hohlaydi. Biz faqat ularni bir yerga toʻplasak bas.
Jia: Yaxshi honim unda siz ularni bir yerga toʻplang men esa shahzodani ozod etaman.
Jia oqsoch koʻrsatgan yoʻldan Shahzodani oldiga ketdi.
Shahzoda uni quchgancha sevishini aytarkan, Jia ayriliq onlari yaqinlashishini sezib yuragi oʻrtandi.
Saroy soqchilari, aholi va hizmatkorlar qoʻzgʻolon koʻtarishdi. Sudxoʻr Amaldorlarni birin ketin qilichdan oʻtkazishdi. Shahzoda Park esa Yoongining oldiga bordi.
Ikki oʻgay aka-ukalar yuzma yuz keldi...