Mermaid and King love ⛩️
Va nihoyat manzilga yetib kelingandi.
Jimin kemalarni qirgʻoqdan ancha uzoqroqqa toʻxtatdi. Uyog'iga qayiqlarda borishdi. Maʼlum joyni qoʻnoq sifatida tanlashdi. Tush payti yaqinligi uchun barcha baliq oviga shoshib ketdi.
Jimin qolganlarni ortda qoldirgancha, jiani topgan qirgʻoğiga keldi. Uyerda hechkim yoʻq edi. Jimin birorta suv parisini uchratish umidida qirgʻoq boʻylab ketardi. Maʼlum bir goʻr oldiga kelganda toʻxtab qoldi. Bu yerda suv parilari makoni boʻlsa kerak deb oʻylab ichkariga kirdi.
Va gʻayrioddiy manzaga duch keldi.
Bu yerda yarim nahang insonlar bor edi.
Bulardan birortasi jianing otasi boʻlishi kerak edi.
Jimin dadil ichkariga kirib borarkan, gʻalati mahluqotlar unga nafrat bilan tikilib turishardi. Malikalarini bandi qilib olib ketgan insonni burdalab tashlashga tayyor ediyu qandaydir buyruqni kutgan kabi jim turishardi.
Jimin yetarlicha ichkariga kirganiga ishonch hosil qilgach, toʻxtadi.
- Jianing otasi kim? Jimin biroz qaltiroq tovush bilan ovoz berarkan.
Momaqaldiroq gumburlashiday yoʻgʻon ovoz - Men deya hayqirdi.
Jimin Suvli bogʻ oʻrtasidagi mahluqotga qaradi.
U bunaqasini avval koʻrmagan edi.
Belidan yuqorisi 45-50 yoshlar atrofidagi soch soqoli oʻsgan erkak boʻlsa pastgi qism dum edi . Lekin uning dumi suv parilariniki kabi chiroyli emasdi. Tiğli dum huddi nahanglarniki kabi edi.
Jimin uning oldiga bir ikki qadam yaqinlashdi.
Yana oʻsha yoʻgʻon ovoz soʻzlay boshladi.
- Bu yerga ertami kechmi kelishingni bilardim.
Bilasiz? - jimin hayron boʻlgancha qaradi - Demak Jiani qutqarish yoʻlini ham bilasiz shunaqami?
- Ha
Jimin huddi Jia qaytib kelganday hursand boʻlib ketdi.
Uni qaytarasiz toʻgʻrimi?
Neptun jiminning koʻzlariga maʼnosiz termulib turardi.
- Jia qaytsa uni asrab avaylashinga kim kafolat beradi?
Jimin sarosimaga tushib qoldi.
-men !! men asrayman.
Jimin ishonch bilan aytgan soʻzlari Neptunga biroz taʼsir qilganday boʻldi.
Oʻz uyinga qayt jia qaytadi.
Jimin bosh egib dengiz hukmdoriga taʼzim qildi.
Time skip/ 3 oy dan soʻng.
Jimin Cheonjan togʻlaridan qaytganidan beri jiani kutardi.
Bir kun Jiminni qattiq isitma tuta boshladi.
Tushlariga marhum akasi Yoongi kirib bezovta qilayotgan edi.
Isitma ichidan alahsirab Jiani chaqirardi.
Hozir yarim tun qirolning ahvolidan habar olishga kelgan kanizak uni betob holda koʻrdi.
Yuzlarida ter oqqancha alahsirayotgan jimin Oʻz sevgilisini chaqirardi.
Jiminga kerakli muolajalar qilindi biroq issigʻi tushmasdi.
Jimin butun tanasi zirqirab ogʻriyotganidan koʻzlari ogʻirlashib uyqu bosardi.
Qirolning issigʻi tusha boshlaganidan hursand tabiblar qirolni dam olishi uchun yolgʻiz qoldirishdi.
Jimin ogʻriq yengilashgani uchun shirin pishillab uhlar ekan yuzlariga tekkan iliq qoʻllar taʼsirida uygʻondi.
Qarshisidagi...
Bu Jia edi...
Jimin koʻzlariga ishonmadi. Uni qattiq bagʻriga bosdi.
- Meni siqib qoʻydingiz - Jia uning koʻksidan biroz itardi.
--Jim turr agar bu tush boʻlsa senga toʻyib olay.
Jia qiqirlab kulgancha Jiminni quchdi.
- Bu tush emas hazrati oliylari...
Jimin sevgilisini oʻpib quchgancha erkalardi.
Seni sevish — bu nafaqat yurak urishi, balki tinchlik topishdir. Sen bilan sukunat ham ohangga aylanadi, ko‘zlaringda esa butun dengiz goʻzalligi yashaydi. Men seni qandaydir sababga koʻra Sevmayman. Borligin bilan Sevaman! Mavjudliging bilan Sevaman ❤️
Har bir hikoya baxtli yakun topishi kerak...
Sizning hayot hikoyangiz ham baxtli yakunlanishi mumkin. Barchasi oʻz qoʻlingizda!!!