My Cold Husband
Seoyun ertlab koʻzlarini ocharkan, begona honada ekanligini sezdi.
Erinib oʻrnidan turarkan egnida tungi kiyim u uchun begona edi.
Derazadan tashqariga qararkan , xolasining uyida ekanini bildi.
-Yo hudoyim bu yerga qanday kelib qoldim
Seoyun boshi zirqirab ogʻriganidan yerga oʻtirib oldi.
Eshik ochilarkan, oʻziga tanish insonning yuzi koʻrindi. Bu Holasi Hansy edi.
Hansy oʻzi bilan olib kelgan suv va dorini stol ustiga qoʻyib divanga oʻtirdi.
Hansy: Xoʻsh Seoyun balki kechagi holatni izohlab berarsan?
Seoyun: Haligi..... Hola. Men shunchaki biroz dam olish uchun kafega kirgandim.
Hansy: kafe?? Qiziq qachondan beri tungi klublar kafe deb ataladigan boʻldi?
Seoyun yolgʻon gapirganidan yuzi qizardi.
Hansy: Sendan qancha havotir olganimizni bilasanmi..? Xatto oyim va dadam seni yarim tungacha uxlamay kutishdi.
Seoyun: Nima ? Buvim va bobom.... bilishdimi?
Hansy: Yoʻq ular klubga borganingni bilishmadi. Seni tugʻilgan kunga ketgan ekan dedim. Jungkook ham seni toʻgʻri buyerga olib keldi.
Hansy: Seoyun oʻzing bilasan ota onangdan keyin senga masʼul boʻladigan inson men , bobong va buving.
Seoyun jimgina yerga qarab oʻtirar edi.
Hansy: Yaxshi oʻylaymanki bu boshqa takrorlanmaydi.?
Hansy tabassum qilgancha chiqib ketdi.
Seoyun xolasi olib kelib bergani dorini icharkan, telefoniga qaradi. Bugungi kun Jeohyungni tugʻilgan kuni ekanligini koʻrarkan, sevinib ketdi.
Seo: Bugun Jeohyungni tugʻilgan kuni!!
Seoyun bugungi bazm uchun internet magazindan koʻylak va tufli buyurtma qildi.
Seoyun buyurtma berib boʻlgach kiyimlarini almashtirib pastga tushdi.
Nonushta stoli atrofida kichik oila yigʻilgan edi.
Jeohyung zinalardan tushayotgan Seo ni koʻrishi bilan unga yugurdi.
Jeohyung: onni qachon keldingz?
Seo: Immm menmi? Men kecha keldim
Jeohyun biroz hafa boʻlgandek lablarini shishirdi.
Jeohyung: Nega men bilan uhlamadingiz ? Axir oʻziz aytgandizku? Koʻrishsak Sen bilan uhlayman deb😕
Seo: Ha aytgandim lekin kech men biroz kechroq keldim seni bezovta qilgim kelmadi.
Seoyun Jeohyungni yonidagi stoldan joy oldi.
Seoyun: Mening quyonchamning bugun tugʻilgan kuni? Xoʻsh u nima xoxlaydi?
Seoyun: Albatta olib beraman. Xoʻsh nima xohlaysan?
Jeohyung biroz oʻylanib turarkan.
Jeohyung: uka ...uka hohlayman.
Jeohyundan bunday javob kutmagan Seo dovdirab qoldi.
Suxbatga aralashmay ovqatlana yotgan Jk suxbatga qoʻshildi.
Jeohyung yerga qaragancha javob berdi:
Sunhoni ham Jiwooni ham ukasi bor ular men bilan oʻynamay qoʻyishdi.
Sunhoning oyisi chaqaloqlar doʻkonda sotiladi- dedi .
Jeohyungning sodda gaplaridan buvisi Hansy kulib yubordi.
Hansy: Yo hudoyim bilagʻone senga ukacha kerakmi? Yaxshisi senga kuchukcha olib beraman. U bilan oʻynaysan hoʻpmi?
Jeohyung istar istamas jilmaydi:
- Mayli. Lekin keyingi tugʻilgan kunimda ukacha olib berasiz a onni?
Seo : Ha keyingi tugʻilgan kuningda oʻylab koʻramiz
Jeohyung hursand boʻlgancha nonushta qildi.
Jk ovqatlanib boʻlib oʻrnidan turdi.
Seo eshikdan chiqib ketgan otasi tomon moʻltirab termulib qolgan Jeohyungni koʻrib yuragi ezildi.
Seo oʻrnidan turib jkni ortidan chiqdi.
Endigina mashina eshik tutqichini ushlagan yigit ortidan baqirgancha yugurib kelgan Seoni koʻrib toʻxtadi.
Seo: Nima sen bugun ham ishga ketmoqchimisan?
Jk: Ha qandaydir muommo bormi?
Seo: bugun oʻgʻlingni tugʻilgan kuni...
Jk: U uchun bugun tunda ziyofat uyushtiriladi.
Seo: Oʻgʻling sen bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni istaydi. Hech boʻlmasa uni biror yerga aylantirish uchun olib bor.
Jk: shunchalik istar ekansan oʻzing olib bor.
Jk mashina eshigini ochgan ediki, Seo eshikni qattiq itarib yopdi.
Seo: Nima bu dunyoda hotini oʻlgan erkak senmisan.
Jk Seoni jahldan qizargan yuzlariga qararkan uning muddaosini tushunmasdi.
Seo: Bir umr Hyerin uchun aza tutib tarki dunyo qilmoqchi boʻlsang buni tushunaman. Lekin bittagina oʻgʻling uchun bir kuningni bagʻishlay olmasang sen ota emassan.
Jk qizning mashina eshigiga tiragan qoʻllarini siltab tashladi.
Jk: Aqling yetmagan ishlarga aralashma.
Seo mashina derazasidan qaradi.
Seo: Agar Hyerin tirik boʻlganda Jeohyung tugʻilgan kunida yolgʻiz qolmasdi.
Seo ortiga oʻgirilib uy ichiga kirib ketdi.
Mashina yengil qoʻzgʻalar ekan Jk qarama qarshi tuygʻular ogʻushida qolgandi.
Seo stolga qaytarkan Jeohyung nonushta qilib boʻlgan boʻshliq paydo boʻlgan koʻzlari yerga qaragancha jim oʻtirar, Hansy esa unga "otasining ishlari koʻpligini agar imkoni boʻlganda uni aylantirib kelishini, Jeohyungni juda qattiq yaxshi koʻrishini " uqtirardi.
Seo Jeohyungni oldiga quvnoq kayfiyat bilan qaytdi.
Seo: Immm men juda zerikdim balki biroz shahar aylanib kelarmiz?
Hozirgina otasining eʼtiboridan chetda qolgan bolakay sevinchdan koʻzlari yashnab ketdi.
Jeohyung oʻrnidan turib kiyinib kelish uchun honasiga yugurdi.
U bilan birga vaqt oʻtkazsam men ham hursand boʻlaman.
Hansy: Bechora Jeohyung onasining vafotidan soʻng gul kabi soʻlib borayapti.
Seo: Ahh 😮💨 ahmoq otasi u haqida biroz oʻylaganda edi...
Hansy: ha afsuski Jungkook farzandiga mutlaq befarq...
Kiyinib boʻlgan Jeohyung zinalardan shoshgancha pastga tushdi.
Seo Jeohyungni qoʻlidan tutib oldi.
Seo: Biz kechroq ziyofatga yaqin qaytamiz 😀
Hansy jilmaydi, - uni ehtiyot qil
Seo Jeohyungni mashina oldiga oʻtkazdi oʻzi rulga oʻtirar ekan holasiga qoʻl silkib qoʻydi.
Hansy birgalikdagi hushchaqchaq holda chiqib ketgan jiyani va nabirasiga tikilarkan. Ular bir biriga qalban yaqin ekanligini sezardi.
Jk officega kelarkan, hayoli uyda qolgandi.
Jk/pov.. Seo menga aytgan gaplari toʻgʻri
Lekin men Jeohyung uchun ota boʻla olmayapman... Seo menga baʼzan Hyerinni eslatadi
Boshqalar uchun jon kuydiradigan, oʻzini qurbon qila oladigan inson.
Jeohyung bugun biroz hafa boʻlganga oʻxshaydi. Lekin u koʻnikishi kerak.
Men ham otasiz oʻsdim... Bu tuygʻu qanday boʻlishini bilmayman. Jeohyung uchun munosib ota boʻla olmasam Hyerin mendan hafa boʻladi.
Jk rafiqasini qattiq quchgancha erkalar ekan . Quymoq pishirayotgan sevgilisiga halaqit berardi.
Hyerin: Hozir qoʻlimni kuydirib olaman tegmasangchi...
Jk: Yaxshi boʻlaqol meni qornim ochdi.
Hyerin: Yo hudoyim oʻzing halaqit berib yana tezroq boʻlishimni soʻrayapsanmi😡?
Jk: Jahling chiqmasin sevgilim bu bolamga taʼsir koʻrsatadi.
Hyerin: Mening harakterim unga taʼsir oʻtkazmaydi 😌 u senga oʻxshagan boʻladi.
Jk rafiqasi pishirgan quymoqlarni yerdan,
Ha u menga oʻxshab aqlli va kelishgan boʻladi 😌.
Hyerin yosh bolaga oʻxshab ovqat yeyatgan erining yuzidan oʻpib qoydi - Sen dunyodagi eng yaxshi ota boʻlasan
Sen dunyodagi eng yaxshi ota boʻlasan
Jk shirin hotiralar ogʻushiga berilib officega yetib kelganini sezmay qoldi.
Mashina ichida oʻtirar ekan, rulni qayta uy tomon burdi .