April 16

Mermaid and King love ⛩️

Mermaid and King love ⛩️

6-qism

Bogʻ ichra qandaydir nur koʻrinar ekan jimin ikkilangacha u tomon bordi. Bogʻ oʻrtasida jilva taratayotgan nur bu oʻsha Pari edi....
Jiani olib ketgan pari....
Jimin uni koʻrishi bilanoq esladi.

Jimin: Sennn??

Pari: Ha men

Jimin: Mening jiamni qaytarib ber.

Pari: Buni iloji zoti oliylari.

Jimin: Nega iloji yoʻq?? Men senga koʻp oltin beraman istasang saroyimdagi sehrli buyumlarni beraman.

Pari: Inson oʻz maqsadiga erishishi uchun oʻzidagi eng qimmatli narsani qurbon qilishi kerak... Huddi Jia kabi.

Jimin: Jia kabi? U sevgisini qurbon qilgan shundaymi?

Pari: Ha seni qutqarish uchun qoʻlidan kelganini qildi.

Jimin: Menda qimmatli narsa ...

Jimin sarosimaga tushib qoldi. Unda qimmatli narsaning oʻzi yoʻq edi.

Jimin: Men uchun buyerda hechnarsa qadrli emas..

Pari: Rostanmi? Marhum qirolning oʻgʻli chi?

Jimin unga hayron boʻlgancha qaradi. U buni qayerdan biladi? akasini oʻldirganda keyin Yumi unchalik kuyunmadi. Oʻz ona vataniga qaytmoqchi boʻldi. Biroq saroy qonun qoidalariga koʻra u saroydan ketolmasdi. Chunki unda qirol zurriyodi bor edi. Hozir oʻsha chaqaloq 10 yoshda Jimin bilan bazan oʻynashga keladi. Jimin u bilan boʻlsa dardi ancha yengillashardi.

Jimin: Uni senga berolmayman - qatʼiy ishonch bilan javob berdi.

Pari: Yaxshi demak Jiadan butun umrga ayrilmoqchisan?

Jimin: yoʻq undaymas - Jimin sarosimaga tushib qoldi.- buni boshqa yoʻli ham boʻlishi kerakku axir?

Pari: umuman olganda bor.

Jimin : Hoʻsh??

Pari: Jiani topgan yering esingdami?

Jimin: Ha Cheonjan togʻlarining ortida...

Pari: sen olib kelgan His shunchaki suv parisi emas. U dengiz shohi Neptunning qizi. Otasi u yoʻqolgandan beri kemalarni halokatga uchratmoqda. Bu esa insoniyat dunyosini ham xavfga qoʻyadi. Sen oʻsha togʻga borib uning otasiga vaziyatni tushuntir u nima qilish kerakligini biladi.

Jimin yana savol bermoqchi edi. Pari koʻzdan yoʻqoldi

Jimin: Demak Cheonjan togʻlariga borishim kerak.

Jimin bu soʻzlarni aytarkan qirol ekanligi yodiga tushdi.
Qirol sababsiz saroyni tark qila olmaydi. Aks holda dushmanlar suiqasd uyushtirishi mumkn.
Lashkar bilan esa j yerga borib boʻlmaydi. Koʻp odam halok boʻlishi mumkin ..
Jimin oʻylay oʻylay bir qarorga keldi.

Qirolning buyrugʻi bilan ov mavsumi eʼlon qilindi.
Endi ovchilar istagan hayvonini ovlay olardi.

Qirol suv parilari va dengiz jonivorlarini tutishni oʻz boʻyniga oldi.
Ov mavsumi 1 oy davom etardi. Bu vaqt ichida Jimin bemalol Cheonjan togʻlariga yetib boradi.

Jimin 10 ta odami bilan yoʻlga tushdi.

Oʻtgan safargi kabi koʻplab toʻfonlar va toʻlqinlarni yengib oʻtishga toʻgʻri keldi.

Va nihoyat manzilga yetib kelingandi...