April 9

Mermaid and King love ⛩️

5- qism

Ikki oʻgay aka-ukalar yuzma yuz keldi.
Qilichlar qinidan chiqdi. Tashqarida oddiy xalqning qoʻzgʻoloni ichkarida esa haqiqiy hayot mamot jangi boʻlardi. Jia nima qilishni bilmagancha qir pichoq boʻlayotgan aka ukaga tikilib turardi.
Olishuv shiddatli ketardi. Qirol Yoongi ustunlik qilsa, Shahzoda Park ham zarbani boy bermasdi.
Oxir jang Jimin qirolning koʻksiga qilichni qadadi.
Soʻngi bor uning koʻzlarida gʻazab uchqunlari chaqnarkan, shu holatda jon berdi.

Erta tong.
Juda koʻp yoʻqotishlar bilan otdi. Taxtga Shahzoda Park Jimin chiqishi butun shaharda shov shuv boʻldi. Vafot etganlar dafn marosimi koʻngildagidek oʻtkazildi.
Shahzodaning taxtga chiqish marosimi esa uch kundan keyin etib belgilandi.


Shahzoda Park Jimin va Jia
Ikkisi shirin suxbat qurgancha bogʻ ichra oʻtirishar edi.
Jimin parining tizzalariga bosh qoʻygancha soʻzlashardi.
Jimin: Men uch kundan keyin qirolga aylanaman.
Jia homush tortdi.
Jia: Bilaman.
Jimin: Nimadir boʻldimi?
Jia: yoʻq ... Hammasi yaxshi...
Jimin oʻrnidan turdi, jianing yuzlarini kaftlari orasiga olib oʻziga qaratdi.
Jimin: Mendan nimanidir yashiryapsan shundaymi?
Jia: Jimin men siz bilan qola olmayman.
Jimin: Nima bu nima deganing?
Jia: Men samo qirolligiga boʻysunishga majbur boʻldim.
Jimin: Boʻysunish? Bu nima deganing??
Jia: bu men endi sizning buyruqlaringizni bajara olmasligimni bildiradi.
Jimin: Lekin nima uchun?
Jia: Siz uchun. ...
Jimin: Men uchun??
Jia: ha siz uchun endi men ketishim kerak.
Jimin: Seni yana qachon koʻraman?
Jia: Hech qachon - Jia oʻrnidan turarkan, Qayerdandir goʻzal pari paydo boʻldi.
Jimin bir soʻz aytolmadi. Ulgurmadi ham.
Pari Jianing qoʻlidan tutdiyu bir lahzada gʻoyib boʻldi.

***
10 yildan soʻng
Mashʼum hodisaga bu yil 10 yil toʻldi. Koʻpchilik boʻlib oʻtgan fojiani unutib yuborgan. Mamlakat Qirol Jimin boshqaruviga oʻtgandan soʻng juda koʻp oʻzgarishlarni boʻldi.
Mamlakatda adolat oʻrnatildi. Turli taʼlim maskanlari qurildi. Savdo sotiq ishlari ravnaq topdi.
10 yil ichida mamlakat butunlay jannatga aylandi.

Aholi qonli oʻtmishini unutdi
Biroq Qirolning qalbida hamon oʻsha oʻtmish bor edi.


Qirol Bir necha kundan beri tuz totmagan edi.

- Qirolimiz yana oʻsha holga tushdilar- hizmatkor kuyungancha yeyilmagan taomlarni yig'ishtirarkan, yonidagi dugonasiga hasrat qilardi.

- Bu hol tez tez boʻladiku men allaqachon bunga oʻrganib qolganman- ikkinchi hizmatkor unga javob qaytargancha qirol oʻrnini tuzatardi.

- Qirolimiz yana oʻsha bogʻda oʻy surayotgan boʻlsa kerak - hizmatkor yana dugonasiga yuzlanib

- Ha qirolimizga ham qoyil qolmadim. Hali yosh boʻlsa boshqa qirollar kabi bir nechta ayollarga uylanib koʻngilxushlik qilmaydi.

Hizmatkorlar pichirlagancha soʻzida davom etdi - Mish mishlarga qaraganda qirol hamon oʻsha parini sevarkan.

- Boʻlishi mumkin oʻsha parini eslayman juda goʻzal edi.

Ularni chetdan kuzatayotgan beka urishib berdi.

~ ISHYOQMAS DANGASALAR TEZ TEZ ISHINGIZNI QILING!!!!

Hizmatkorlar pisib qolgancha ishini davom ettirdi.

***
Jimin bogʻda oʻtirgancha oʻyga tolgandi. Jiani eslarkan u bilan yetarlicha vaqt oʻtkaza olmagani uchun oʻzini ayblardi.
Bor yoʻgʻi 3-4 uchrashuv qalbini ishq otashi bilan kuydirardi. Baʼzan yashirincha koʻz yosh toʻkardi.
Jia uchun bu bogʻda goʻzal goʻsha qurdirgandi. U qachondir qaytishiga Umid qilib yashardi.
Ishq sharobiga qoniqmay ayriliq azobini tortish naqadar qiyin. Jimin buni boshdan kechirardi

Oradan 10 yil oʻtgan boʻlsa-da Jimin hamon sevgilisini kutardi.
U bilan oʻtgan xotiralarini shirin tabassum bilan eslardi.
Hayol surib oʻtirarkan uzoqdan nimanidir sharpasini sezdi.
Oʻrnidan turib nur koʻringan tarafga harakatlandi.