Generalning sevgilisi
Taehyung Jiminning tizzasida uxlayotganida tashqaridan qandaydir shovqin eshitildi.
Taehyung ko'zlarini ochdi va Jimin nima bo'lganini ko'rish uchun tashqariga chiqdi. U qo'riqchilarning o'nta askar bilan jang qilayotganini ko'rib qoΚ»rqib ketdi.
Askarlar ichkariga kirishga harakat qilayotgandi lekin soqchilar ularni ushlab turishar edi.
Jimin darhol ichkariga kirib, Taehyungning qo'lidan ushlab oldi.
"Biz qochishimiz kerak. Ular shu yerda."
Min He va Jin He ham xonaga kirishdi.
Jimin xonaning orqa eshigini ochdi va Taehyungni tashqariga olib chiqdi.
Min He va Jin ham ularning ortidan ergashdi.
Omadsizlikka uchragan ikki askar xonaga kirib, ularning qochib ketayotganini ko'rishdi. Ular hali ham soqchilar bilan jang qilishardi boshqalari esa ularni ta'qib qila boshladilar.
Jimin va Taehyung uydan qochib ketishdi. Lekin Taehyung homilador bo'lgani uchun bu unga qiyin edi, shunchaki beparvolik bilan yugura olmasdi.
Boshqa tomondan, Min va Jin yugurishda hech qanday muammoga duch kelmaganliklari sababli, Jimin va Taehyungni qoldirib qochib ketishdi.
"Men endi... yugura olmayman", dedi Taehyung og'ir nafas olib. Jimin bir zum uning orqasini ishqaladi, so'ngra uni katta tosh orqasiga olib bordi, chunki askarlar yaqinlashib kelayotgan edi.
"Ular bizga yaqinlashib qoldi Nimadir qilishim kerak ..." Jimin xavotirda edi. Ko'p toshlar yo'q edi va askarlar qayerda yashiringanliklarini bilishlari uchun ko'p vaqt kerak bo'lmasdi.
"Mayli Kelshsin", dedi Taehyung tinchlanib.
"Nima?" Jimin Taehyungning xotirjam yuzini ko'rib, sarosimaga tushdi.
Askarlar ularning yoniga kelib, ularni qidira boshladilar. Askarlardan biri tosh ortida turganini ko'rish uchun kelgandi lekin birdan. Uning tomogβidan qon otila boshladi, va u boshqa gapira olmadi.
U boshqa askarning e'tiborini jalb qilish uchun yerga yiqildi.
Boshqa askar uni ko'rgani kelganida, uning yelkasiga pichoq sanchildi. Og'riqdan tiz cho'kdi va to'satdan kimdir uning oldiga keldi.
U boshini ko'tardi, lekin odamning bo'yniga xanjar sanchganini ko'rishdan oldin, o'zini himoya qilish uchun qilichini ham ko'tardi, lekin u odamning tanasiga yetib bormasdan oldin xanjar uni to'sib qo'ydi.
U yerda yiqilib, qon bilan qattiq yo'taldi va oxiri u o'ldi.
Bularning barchasini burchakdan ko'rib turgan Jimin, Taehyungning bunday urishayotganini ko'rib hayratda qoldi.
Taehyung xanjarini hanbokiga va kichkina pichoqlarini ham poyabzaliga yashirdi.
So'nggi bir necha hafta davomida general unga hujumga uchragan taqdirda o'zini himoya qilishning ba'zi usullaridan qanday foydalanishni o'rgatib yurgan edi.
Kichik pichoqlar Jungkookniki edi. Ular oddiy pichoq emas edi, ularda zahar bor edi. U ishlatgan xanjar unga sovgΚ»a sifatida bergan yagona narsa xanjar.
Keyin u Jiminning qo'lidan ushlab, ikkalasi ham yugurib ketishdi.
Taehyung sharshara topish uchun atrofga qaradi. Jungkook unga sharshara yonida bir qari juftlik yashashini aytgandi.
"Mana..." Jimin sharshara tomon ishora qildi.
,Soatlab jang qilgandan so'ng, nihoyat Jungkook saroyga kirdi. U jarohat oldi va tanasidan qon oqayotgan edi, lekin u bunga e'tibor bermadi.
Uning ko'zlari qonga botgan edi va u imperatorni va uning xotinini o'ldirishga tayyor edi.
Yo'lda bir nechta askarlar bilan jang qilib, u taxt xonasiga yetib keldi.
U imperator va uning rafiqasini bir nechta vazirlarni ko'rdi.
Namjoon ham Daehyung va boshqa vazirlar bilan u yerga yetib keldi.
Jungkook imperator o'tirgan taxt tomon qadam tashladi va yana bir nechta soqchilar unga hujum qilishdi.
Soqchilar jonsiz holda yerda yotishardi.
Jungkook qilichini imperatorga qaratdi. U uni bir zarb bilan o'ldirmoqchi bo'ldi, lekin u imperatorning jag'idan ushlab, oΚ»ziga qaratdi.
"Nima uchun seni o'ldirmoqchi ekanligimni bilmoqchimisan?"
Imperator gΚ»azabdan jag'ini qisdi, lekin hozircha u hech narsa qila olmasdi. U generalga qarshi jangda g'alaba qozona olmaydi. U ham sababini bilishga qiziqib qoldi, shuning uchun Jungkookni intizorlik bilan kutdi.
"Mening asl ismim Vang Jungkook. Men Vang Junghyunning o'g'liman."
Imperator uni eshitib, ko'zlarini katta-katta ochildi. Imperator tishlarini qayrab bir biriga tekazdi u uning jasadini tekshirmaganidan afsuslandi.
Buni eshitgandan so'ng, xonada hozir bo'lgan vazirlar bir-birlari bilan pichirlasha boshladilar.
Hatto Daehyung ham Jungkookning asl kimligini bilmas edi. U Jungkookni shunchaki katta ambitsiyalarga ega bo'lgan katta tashvishli odam deb o'ylardi. U buni qasos olish haqida ham o'ylamagan edi.
Bu taxt otamniki va men uni sendan qaytarib olish uchun shu yerdaman, β dedi Jungkook imperatorni boΚ»gΚ»ib
U yolg'on gapirishga urindi: "Lekin men otangni o'ldirmadim, o'g'lim, bu tasodif edi va undan keyin faqat men qoldim, shuning uchun bu taxtni egalladim".
Jungkook jilmaydi: "Men qachon otamni o'ldirganingni aytdim?"
"Ya'ni... men seni... shunday deb o'ylagandim, shuning uchun..." Imperator ko'proq gapira olmadi Jungkook uni bo'g'zidan ushlab, yerga uloqtirib tashladi.
Shundan so'ng u vaqtni behuda sarflamay, uni pichoqlay boshladi.
"Sen tufayli hamma narsamdan ayrildim."
Sen otamni, onamni, hatto akamni ham o'ldirding.
sen taxtga loyiq emassan, sen o'limga loyiqsan, azobli oΚ»limga..."
Jungkook unga har zarbani soΚ»zlar bilan berardi. Hamma Jungkookka katta ko'zlar bilan qarab turardi.
U qizil ko'zlari va qonli yuzi bilan hayvonga o'xshardi. Qon hamma joyda edi.
Imperator zarbalarga chiday olmaganidan vafot etdi.
Jungkook juda charchagan edi, tanasi taslim bo'layotgan edi, lekin u hali tugatmagan edi.
U o'rnidan turib, undan orqaga chekinayotgan malika tomon yurdi.
" meni o'ldirmang.... Iltimos, yolvoraman..." deb yolvordi u, lekin Jungkook bu ayolning qanchalik shafqatsiz ekanligini bilardi.
Jungkook shunday dedi: "Bilaman, bizni o'ldirish rejasini sen tuzgan eding. Men seni alamli o'limga mahkum qilaman", dedi.
Ayol to'satdan jilmaydi va dedi: "Meni o'ldir, qani boΚ»l meni o'ldir, Jungkook. Lekin bilib qoΚ»y , meni o'ldirgandan keyin hech narsaga erisha olmaysan".
Lekin agar meni tirik qoldirsang hyungingni qaytarib olishing mumkin...
"Hayotingni saqlab qolish uchun yolg'on gapiryapsan. Men bilan ishonmayman..." dedi Jungkook, garchi yuragida bu haqiqat bo'lishini umid qilsa ham.
U ota-onasining jasadlarini ko'rdi, lekin hyungining...
"Sening hyung seokjining tirik, lekin uni topa olmaysan. Men uni hech qachon tasavvur qila olmaydigan joyga yashirdim. Men uning hayotini do'zaxga aylantirdim. Sen menga alamli o'limni berasan va tamom, lekin hyunging har kuni o'limni boshdan kechiradi. U har kuni alamli o'lim bilan o'ladi va asta-sekin ruhi dinadi."
u bilan birga bo'lolmaysa, dedi u
Jungkook kulib yuborgan ayolga qarab
mushtini siqdi.
"Nega bizdan bunchalik nafratlanasan? Biz senga hech narsa qilmadik-ku?" deb so'radi Jungkook ayolning jilmayishini to'xtatib.
"Mening taqdirimni senn yoki hyunging emas, balki onang tortib oldi."
Junghyun menga uylanishi kerak edi, lekin u onangga oshiq bo'lib, qoldi va uni tanladi.
Men imperator malikasi bo'lishni xohlardim, lekin onang mening o'rnimni egalladi...
Xullas, o'tmish haqida gapirishning nima keragi bor. Keling, hozirgi zamon haqida gaplashaylik. Xo'sh, Jeon... wang Jungkook, nima istaysan? Qasos olishni xohlaysanmi yoki akangnimi?