Oʻzbeklar takkasi Uskudardagi Naqshbandiy takka.
Oʻzbeklar takkasi, 1752-yilda buxorolik Naqshbandiya tariqatidagi darveshlar tomonidan Ahmed Yassaviydan qolgan odat boʻyicha Uskudarga qarashli Sultontepa mahallasida qurilgan mashhur takyaxona hisoblanadi.[1]
Bu takyaxona Turkiya ozodlik urushi (Türk Kurtuluş Savaşı) davrida Anaduluga qurol-yarogʻ va boshqa turdagi harbiy yordamlarni yuborib turish uchun oʻziga xos markaz vazifasini oʻtaydi. Bugungi kunda vaqflar mudirligiga qarashli bu takkaning muzeyga aylantirilishi kun tartibida turibdi. Takka Uskudar tumanining Sultontepa mahallasiga qarashli Münir Ertegün koʻchasining qabriston maydonida joylashgan.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Fayl:Uzbek_Dervish_Lodge.jpg
Usmonli davri.
Usmonli davrida takyaxona Oʻrta Osiyodan haj maqsadida kelgan musulmonlarning odati boʻyicha avval Istanbulga kelgan ziyoratchilar qoladigan uch asosiy takyaxonadan biri sanaladi.[3] Uning birinchi sohibi buxorolik Sayid Hoji Abdulloh afandi, eng soʻngi shayxi esa Najmiddin afandidir. Bu takyaxonada oʻtkazib kelingan oʻziga xos suhbat va majlislarga shaharning barcha sinf vakillari chaqirilgan. Maskan esa davlat himoyasida olingan. Oʻzbeklar takkasi oʻzining soʻngi holatini Sulton Abdulmajid davridagi taʼmirlash ishlari ortidan 1844-yilda olgan.
1878-yilgi Usmonli-Rossiya urushidan soʻng Rumelidan qochib kelgan koʻplab insonlar bu yerdan boshpana topgan. Takka mavlaviy dargohlari kabi barchaga ochiq hisoblanadi. Qandil va muharramda oʻqitiladigan mavlud, zikr hamda oʻzbek palovi, uygʻur va chigʻatoy tilida oʻqiladigan ilohiy matnlari va ebru sanʼatining ustalari bilan mashhurdir.[4]
Turkiya ozodlik urushida tutgan oʻrni
"Turkiya ozodlik urushi" (Türk Kurtuluş Savaşı) yillarida Oʻzbeklar takkasi muhim harbiy markazlardan biri boʻladi. U milliy ozodlik harakati tarafdori boʻlgan ziyoli va askarlarning asosiy uchrashuv joyiga aylangan. Oʻzbeklar takkasi oʻz maxfiy faoliyatini ozodlik urushining soʻngiga qadar davom ettiradi.[5]
Oralarida İsmet İnönü, Halide Edip Adıvar, Adnan Adıvar, Yunus Nadi, Mehmet Akif Ersoy kabi Turkiya tarixida oʻz oʻrniga ega boʻlgan shaxslar aynan shu yerdan Anadoluga oʻtib ketishgan edi. Bundan tashqari „Qarakoʻl jamiyati“nin aʼzosi boʻlgan Shayx Ata afandi (keyinchalik Mustafa Kemal Atatürkning topshirigʻi bilan Enver Posho bilan uchrashish uchun yuboriladi) biroz vaqt Oʻzbeklar takkasida yashirinib yuradi va keyinchalik Anadoluga oʻtib ketadi. Qisqa muddat Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)ni boshqargan Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev Takyaxonaga qarashli qabristonga dafn qilingan edi.
Turkiya respublikasi davrida
Turkiya respublikasi davrida Oʻzbeklar takkasi ozodlik urushidagi muhim roli sababli 1925-yilda chiqarigan takyaxona va diniy maskanlar toʻgʻrisidagi qonundan soʻng ham yopilmaydi va adabiyot hamda soʻz majlislari maskani sifatida faoliyat yuritadi. Vaqflar mudirligiga qarashli Oʻzbeklar takkasi bugun ham madaniy markaz sifatida saqlanib turilibdi.[6]