May 31, 2022

Energetika islohoti


Vazirlar mahkamasining "Yoqilg'i-energetika resurslarining narxlarini o'zgartirish to'g'risida"gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Elektr energiyasi bo'yicha;

Elektr energiyasi uchun ijtimoiy norma 250 kvt soat belgilanishi kutilmoqda.
     Aholi uchun 1kvt soat elektr energiyasi iste'moli uchun oyiga 250 kvt soatgacha - 325 so'm (hozirda 295 so'm), 250 kvt soatdan yuqori har 1 kvt soat uchun - 650 so'm;

Tabiiy gaz bo'yicha;

Aholi uchun bir oylik ijtimoiy norma isitish mavsumida 700 kub metr, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metr etib taklif etilmoqda.
  Aholi uchun 1kub metr tabiiy gaz iste'moli oyiga isitish mavsumida (oktyabr-mart) 700 kub metrgacha - 410 so'm (hozirda 380 so'm), 700 kub metrdan  yuqori har 1 kub metr uchun - 1200 so'm,isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha - 410 so'm, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr
uchun - 1200 so'm.

Qaror loyihaisiga ko'ra 2026 yildan boshlab suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va tabiiy gaz erkin bozor mexanizmlariga o'tkaziladi.