Mustafo Cho'qayev
Mustafo Shoʻqay (Choʻqayev) (1886, Oqmachit, Qozogʻiston — 1941.27.12, Berlin) — Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumatining Bosh vaziri. Otasi Choʻqaybey Toʻrgʻay dodxoh oʻgʻli (1912-yilv.e.) boʻlis (volost) boshligʻi edi. Mustafo Choʻqay boshlangʻich maʼlumotni Oqmachitda olgach, Toshkentdagi rus gimnaziyasida oʻqidi (1902—10), Peterburg universitetining huquq fakultetini tugatdi (1917). Rossiya 4-Davlat dumasining musulmonlar fraksi-yasida Turkiston ishlari boʻyicha kotib boʻlib ishladi (1917-yil fevralgacha). Keyinchalik Muvaqqat hukumat Bosh vaziri A. F. Kerenskiy boshchiligidagi komissiya tarkibida Turkistonda boʻddi. 1917-yil aprelda Petrograddan Tosh-kentga qaytdi va siyosiy voqealar ichida boʻldi. Turkiston oʻlkasi musulmonlari Markaziy Shoʻrosi raisi, „Birlik tugʻi“ (qozoqcha) gaz.ning muharriri. Turkiston muxtoriyati hukumatining tashqi ishlar vaziri (1917—18), Bosh vazir (1918-yil yanvar dan). Muxtoriyat qizil askarlar tomonidan tugatilgach, M.Ch. Toshkentga kelib, bolsheviklardan yashirindi. Keyin Tiflisda musulmonlar uchun „Yangi dunyo“, „Shafaq“ gaz.larini chiqardi. 1919-yil fevralda u Yevropa davlatlariga maxsus memorandum bilan murojaat qilib, Turkistondagi istiqlolchilar kurashini qoʻllab-quvvatlashga, bolshevikcha rejimni agʻdarishgachaqirdi. Mustafo Choʻqay muhojirlikda yashab, turli xalqaro anjumanlarda ishtirok etdi, matbuotda maqolalari bilan qatnashib turdi. Jumladan, „Turkistondagi milliy kurash“ (Parij, 1923) maqolasida oʻlkaning mustaqillik yoʻlidagi vazi-falarini koʻrsatib berdi. „Turkistondagi bosmachilik harakati“ (London, 1928) asarida bu harakat milliy istiqlol kurashi ekanligini taʼkidladi.
Oʻrta Osiyodagi Sovetlar“ (Parij, 1928) kitobida Turkistonda oʻrnatilgan sovet rejimining asl mohiyatini ochib tashladi. Mustafo Choʻqay 1929-yildan boshlab Turkiston Milliy Birligi Markaziy qoʻmitasining raisi boʻldi. Parij va Berlinda oʻzbek tilida „Yosh Turkiston“ jurnalinini chiqarib, unga muharrirlik qildi (1929—39). Parijda nemislar tomonidan qamoqqa olinib, Kompyen konslagerida tutqunlikda saqlandi. U yerda yuqumli kasallikka chalinib vafot etdi. Mustafo Choʻqay Berlindagi musulmonlar qabristoniga dafn etilgan (1942-yil 2-yanvar).
Choʻqay rus, oʻzbek, qozoq, turk, fransuz, ingliz, nemis, polyak tillarida Turkistonning 20-asr tarixiga oid koʻplab maqolalar, kitoblar yozdi. „1917-yil, xotira parchalari“ (Berlin, 1937; oʻzbek tilida) kitobi shuhrat qozondi. Bu asari turk (Anqara, 1988), rus (Germaniya, 1989; Tokio—Moskva, 2001), oʻzbek (Toshkent, 1992) tillarida alohida kitob boʻlib nashr qilindi. 2 jildli „Tanlangan asarlar“ kitobi (Olmaota, 1998— 99) qozoq va qisman rus tilida bosilib chikdi.