May 26, 2022

«Markaz» podstansiyasida seminar o'tkazildi

«Jizzax HETK» AJga qarashli 110/10 kVli «Markaz» podstansiyasida jamiyatning bo‘lim va xizmat boshliqlari, muhandislari, xodimlari, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalarining bosh muhandislari, Ishlab chiqarish texnika guruhi muhandislari, ETKga biriktirilgan MXTX muhandislari, ustalari ishtirokida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 31 yanvardagi «Xavfsizlik texnikasiga qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida»gi 10-sonli buyrug‘ining 5-bandidagi topshiriqlarga asosan o'quv-seminar trening o'tkazildi.
Bundan tashqari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ MXTX boshlig'i M.Egamqulov va «Jizzax HETK» AJning MXTX xodimlari bilan birgalikda «Jizzax HETK» AJga qarashli Sh.Rashidov, Zomin, Yangiobod, G'allaorol, Do'stlik va Mirzacho'l tuman elektr ta'minoti korxonalarida «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning 2022 yil 22 apreldagi «Baxtsiz hodisalar va jarohatlanishlarni oldini olish to‘g‘risida»gi 46-sonli buyrug‘ining 6-bandidagi topshiriqlarga asosan ish joylarida xavfsizlik texnikasi, himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh va o't o'chirish qalqonlarining butligi bo'yicha o'rganishlar, xodimlar bilan o’zini-o'zi asrash ko'nikmalarini hosil qilish bo'yicha o'quv va amaliy mashg'ulotlar, baxtsiz hodisalarning tavsilotlarini batafsil tahlil etgan holda ishlab chiqilishini tashkil etish bo'yicha o'quv-seminarlar o'tkazilib, xodimlarga tushunchalar berildi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Matbuot xizmati