June 8, 2022

Zarbdor tuman elektr ta'minoti korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan ishchi-xodimlari bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va «kompleans nazorat» bo‘limi tomonidan tasdiqlangan 2022 yilga mo‘ljallab tuzilgan xodimlarni korrupsiyaga qarshi maxsus o‘qitish rejasiga muvofiq Zarbdor tuman elektr ta'minoti korxonasida korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori bo‘lgan ishchi-xodimlari bilan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.


O‘quv jarayonida «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari bilan tasdiqlangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Markaziy xizmat, bo‘lim, ShETK va TETKlarda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida uchrashuv, seminar va davra suhbati o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar qilinmoqda.


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2021 yil 17 sentabrdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning 6 oktabr kuni Jizzax viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining birinchi ta’sis yig‘ilishi tashkil etilib, unda 38 nafar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi a’zolari tasdiqlangan.


Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalarga urg‘u berildi.
Xususan, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish kabi holatlar, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga barham berishda turli idoralar va aholi orasida targ‘ibot ishlarining samardorligini oshirish, idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, davlat organlari xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.


Korrupsiya O‘zbekiston davlati va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi qayd etilib, korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustivor vazifasi etib belgilangan.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodim javob berdi.
Bu boradagi yig‘ilishlar davomli olib boriladi.

«Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ Matbuot xizmati