Yarashilganligi munosabati bilan qanday hollarda ma’muriy javobgarlikdan ozod qiliniladi?
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 40-moddasida (tuhmat), 41-moddasida (haqorat qilish), 45-moddasida (fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 46-moddasida (fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish), 461-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish), 52-moddasida (yengil tan jarohati yetkazish), 612-moddasida (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 104-moddasida (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast yetkazish), 133-moddasida (transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi), 134-moddasida (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 183-moddasida (mayda bezorilik) hamda 200-moddasida (o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs, agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs) taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu Kodeksning 3131-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboradi.
Yuqorida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.